O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Tuproqlarni batafsil masshtabli xaritaga tushirish
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
Tuproqlarni batafsil masshtabli xaritaga tushirish.
Tuproqlarni batafsil masshtabli xaritaga tushirishda ma’lum hududning tuproq qoplami batafsil va katta aniqlikda yoritilgan holda o‘rganilib, reja va xaritalar tuziladi. Bunday toifalarga 1:200 dan 1: 5000 gacha masshtabli xaritalar kiradi. Batafsil xarita tuzish nav sinash maydonchalarida, tajriba dalalarida, 35 bodorchilikda foydalaniladigan maydonlarda, ko‘chatzorlarda, uzumzorlarda, yo‘l qurilishida, aerodromlarni qurishda olib boriladi. Batafsil masshtabli xaritaga tushirishlarda tuproqshunos dala tuproqlarining chegarasini bir kiska vaqt ichida aniqlashni juda yaxshi bajarishi kerak. Batafsil masshtabli xaritaga tushirishda har qanday o‘zgarish, shurxok doQ, tuproq xili, rejali xaritada o‘z tasviri bo‘lishi kerak. Bunday xaritaga tushirishda asos sifatida ko‘rsatilgan masshtabdagi ko‘proq yo‘llantiruvchi bor reja yoki xaritadan foydalaniladi. Topografik asoslarda rel’ef qatlamlari tasviri bo‘lishi juda muhim ahamiyatga ega. Batafsil masshtabli xaritalarni yuqori aniqlikda tuzish uchun joyning mikrorel’efiga katta ahamiyat berish kerak, chunki tuproq yuzasi koplamining murakkabligi shu izlanish olib borilayotgan hudud mikrorel’efi bilan uzviy bog‘liqdir. Ma’lumki, tuproq ona jinsining bir xilligi, joyning rel’efi va tuproqning o‘zlashtirilganlik darajasi tuproq qoplamining bir xilligiga olib keladi. Tuproq hosil bo‘lishida mana shu bir omilning har xilligi tuproq qoplamining hamma vaqt bir xil bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Rel’efning gorizantallari tasviri bo‘lgan asoslarni mavjudligi xaritaga tushirishni onsonlashtirib va tezlashtirib qolmasdan, balki bir butun o‘ziga xos tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Batafsil xaritaga tushirishda mikrorel’efga alohida ahamiyat berish kerak, chunki tuproq qoplami joyning mikrorel’efi bilan yaqindan aloqada bo‘ladi. Har qanday balandlik, do‘nglik, pastlik bu xolatda o‘sha joy tuproq qoplamida o‘z tasvirini yaxshi ifodalaydi, shuning uchun har qanday element o‘z tuproq kesmasi bilan harakterlanadi. YUqori aniqlik bilan xaritaga tushirilganda ko‘p miqdordagi tuproq kesmalari (chuqurlar, yarim chuqurlar, chuqurchalar) qaziladi. 1:2000 masshtabli xaritaga tushirishda o‘rtacha topografik asosga tushirilgan bitta tuproq namunasiga (chuqur, yarim chuqur, chuqurcha) 0,5 dan 2 gektargacha tekshirilgan maydon to‘g‘ri keladi. Kesmalarning soni urganiladigan joy tabiiy sharoitiga, tuproq, tuproq koplamining murakkabligiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘ladi. Tuproq kesmalarining soni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuproqni o‘rganish jarayonida tuproq hosil qilish sharoitlari va tuproq qoplamining murakkabligini hisobga olgan holda belgilanadi, xech qachon oldindan beixtiyor, bilmasdan belgilanmaydi. 36 Batafsil xaritalash jaraenida tuprokshunos katta aniklikda xarita tuzishda kuyidagilarga aloxida etibor karatadi: 1. Hamma morfologik belgilari yozilgan tuproq kesmasi aniq tekshirilgan tuproq rejasi. 2. Tuproq yoki tuproq - grunt profili. 3. Maxsus reja asosida tuproq tushintirish xati. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling