26
Har bir tuproq tipi uchun (zonallik qonuniyatiga asoslangan holda)tabiiy
sharoit, tuproq paydo bo’lish jarayoni,
morflogik tuzilish, xossasi, qo’llanilgan
indeksi ta’riflanishi kerak.
Tuproqning sistematik ro’yxatida o’rganilayotgan maydonda tarqalgan
tuproqlarning tipi, tipchasi, turi va xili ko’rsatilishi kerak.
Tuproqning to’liq
nomlanishi, xarf sonlardagi indeksi va rangli
belgilanishlari barcha taksonomik birliklarni hisobga
olgan holda berilishi kerak
(tip, tipcha, tur va xili).
Masalan: Yangidan sug’orilayotgan to’q tusli bo’z tuproqlar Ya s bt, yoki
o’tloq tuproqlar o’ch o’b (Cho’l yoki bo’z tuproqlar
zonasida tarqalganligiga
qarab).
Topografik xaritalarni tayyorlash. Tuproqni xaritaga tushrishda asosan 1:10000,
1:25000, 1:50000 masshtabli gorizontallari bor topografik xaritalardan foydalaniladi.
Topografik xaritalarni tanlanganda shunga aloxida e'tibor berish kerakki, ularda aniq,
etarli darajada to’liq tafsilotlar -rel’ef, sug’orish tarmoqlari, yo’llar, o’rmon
polosalari, axoli yashaydigan joylar va boshqalar ko’rsatiilgan bo’lishi kerak. Uchta
nusxada topografik xarita bo’lishi tavsiya qilinadi. Shulardan: bittasi dala sharoitida
foydalanish uchun; ikkkinchisi oxirgi marotaba xaritaga ma'lumotlarni
tushirish
uchun; uchinchisi rezerv uchun bir nusxa 1:100000; 1:200000 masshtabli kartalardan
butun tekshiriladigan noxiya uchun bo’lsa ayni maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday
xaritalar ayniqsa boshlang’ich xudud bilan tanishish davrida va tuproq qoplamida
umumiy qonuniyatni o’rganish davrida juda zarur.
Tuproq xaritasining mazmunini to’liq tushirish
uchun katta masshtabli
topografik asoslardan foydalanish shart, hech qachon tuziladigan tuproq xaritasining
masshtabidan
topografik
asosni
masshtabi
mayda
bo’lmasligi
kerak.
Tuproqshunosning qo’lida yaxshi topografik asosi bo’lishi ishni ancha engillashtiradi
va tuproq xaritasining sifatini yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: