O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Tuproq turlarining sistematik ro’yxatini ishlab chiqish


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Tuproq turlarining sistematik ro’yxatini ishlab chiqish. Bu dala va 
kameral ishlarni bajarish uchun eng muhim ishlardan biri hisoblanadi. Bu ishni 
bajarish uchun ilmiy adabiyotlardagi ma’lumotlardan, xaritografik materiallardan
o’rganiladigan joyning tuproq turlari sistematikasidan foydalaniladi. 


26 
Har bir tuproq tipi uchun (zonallik qonuniyatiga asoslangan holda)tabiiy 
sharoit, tuproq paydo bo’lish jarayoni, morflogik tuzilish, xossasi, qo’llanilgan 
indeksi ta’riflanishi kerak.
Tuproqning sistematik ro’yxatida o’rganilayotgan maydonda tarqalgan 
tuproqlarning tipi, tipchasi, turi va xili ko’rsatilishi kerak.
Tuproqning to’liq nomlanishi, xarf sonlardagi indeksi va rangli 
belgilanishlari barcha taksonomik birliklarni hisobga olgan holda berilishi kerak 
(tip, tipcha, tur va xili). 
Masalan: Yangidan sug’orilayotgan to’q tusli bo’z tuproqlar Ya s bt, yoki 
o’tloq tuproqlar o’ch o’b (Cho’l yoki bo’z tuproqlar zonasida tarqalganligiga 
qarab). 
Topografik xaritalarni tayyorlash. Tuproqni xaritaga tushrishda asosan 1:10000, 
1:25000, 1:50000 masshtabli gorizontallari bor topografik xaritalardan foydalaniladi. 
Topografik xaritalarni tanlanganda shunga aloxida e'tibor berish kerakki, ularda aniq, 
etarli darajada to’liq tafsilotlar -rel’ef, sug’orish tarmoqlari, yo’llar, o’rmon 
polosalari, axoli yashaydigan joylar va boshqalar ko’rsatiilgan bo’lishi kerak. Uchta 
nusxada topografik xarita bo’lishi tavsiya qilinadi. Shulardan: bittasi dala sharoitida 
foydalanish uchun; ikkkinchisi oxirgi marotaba xaritaga ma'lumotlarni tushirish 
uchun; uchinchisi rezerv uchun bir nusxa 1:100000; 1:200000 masshtabli kartalardan 
butun tekshiriladigan noxiya uchun bo’lsa ayni maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday 
xaritalar ayniqsa boshlang’ich xudud bilan tanishish davrida va tuproq qoplamida 
umumiy qonuniyatni o’rganish davrida juda zarur. 
Tuproq xaritasining mazmunini to’liq tushirish uchun katta masshtabli 
topografik asoslardan foydalanish shart, hech qachon tuziladigan tuproq xaritasining 
masshtabidan 
topografik 
asosni 
masshtabi 
mayda 
bo’lmasligi 
kerak. 
Tuproqshunosning qo’lida yaxshi topografik asosi bo’lishi ishni ancha engillashtiradi 
va tuproq xaritasining sifatini yaxshilaydi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling