O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Dala sumkasini jihozlash. Tuproqni xaritaga tushurishning dala ishlariga 
tayyorgarlik ko‘rishning uchinchi bosqichi bu tuproqning fizik xossalarini 
o‘rganish uchun zarur bo‘ladigan asbob anjomlarni tayyorlash. 


28 
1. Topografik asosnomalarni solib yurish uchun planshet. 
2. Tuproq kesmasining morfologik ta’rifini yozish uchun maxsus daftar. 
3. Tuproq namunalarini solish uchun xaltalar. 
4. Yorliqlar. 
5. Tuproq kesmasining genetik qatlamlari qalinligi va chuqurligini aniqlash 
uchun metr lentasi. Lentaning uchiga mixga mahkamlangan tasma 
biriktiriladi.Mixni tuproqqa kirgizganimizda metrning O raqami kesmaning 
qoshi ustiga to‘g‘ri kelishi kerak. 
6. Tuproq kesmasi devorlarini ko‘chirish va namuna olishda ishlatish uchun 
pchoq. 
7. Lopatkilar.
8. Kompas.
9. Navigator. 
10. Egov va qayroq toshlar. 
11. Tuproqqatlamining mezomorfologik tasnifini berishda ishlatiladigan lupa. 
12. Tuproq hajim og‘irligini aniqlash uchun 50x45mm keladigan metal silindir. 
13. Gerbariy setkasi. 
14. Dala sumkasi. 
15. Kachinskiy yoki Malkola buri. 
16. Daftar,ruchka, qalam, o‘chirg‘ich, skripka. 
17. Qiyalikning tikligini aniqlash uchun Eklimetr. 
 
2.2. Tuproqlari xaritaga tushiriladigan hududning tuprog‘i va tuproq hosil 
qiluvchi omillari haqida ma’lumot to‘plash va o‘rganish.
Hududnin tabiiy-iqtisodiy sharoiti bilan tanishishni, fiziko-geografik 
adabiyotlardan boshlash zarur. O‘rganiladigan hududning joylashgan joyi va 
kordinatlari aniqlanadi, ushbular haqida ma’lumot beruvchi adabiyotlar topiladi, 
o‘qiladi, o‘rganiladi. Bunda e’lon qilingan adabiyotlar, arxiv materiallari
qo‘lyozmalar, hisobotlar, tushuntirish xatlari ham o‘rganiladi.Hududning 


29 
o‘simliklari haqidagi adabiyot- tuproq hosil bo‘lish jarayonlari haqida boy material 
beradi. Geologiyasi haqidagi adabiyotlar esa-tuproq hosil qiluvchi ona jins haqida 
ma’lumotlar bersa, joyning rel’efi topografik xaritalar asosida o‘rganiladi va 
geomorfologik adabiyotlar asosida gorizantal kenglik bo‘ylab joylashishini 
ta’riflaydi.O‘rganilayotgan hudud tuproqlarining issiqlik va suv rejimi haqidagi 
ma’lumotlar iqlim ko‘rsatkichlaridan olinadi, va hududni agronomik jihatdan 
to‘g‘ri tasniflashda xizmat qiladi. Dala ishlarining boshlanishidan oldin tuprog‘i 
xaritaga tushiriladigan hudud tuproq tipi, kenja tipi, tur va tur xili ya’ni tuproq 
ayirmalarining ro‘yxatini tuzish zarur.Talaba tuproqning mexanik tarkib bo‘yicha, 
sho‘rlanishi,yuvilish darajasi, skletliligi, gipslashganligi va gips qatlamning 
joylashishlari bo‘yicha klassifikatsiyalanishi bilib oladi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling