91
6.2. Sug’oriladigan tuproqlarning tarixi.
O’rganilayotgan maydonlar qanchadan beri sug’orilayotganligiga
qarab
tuproqlar 3-ta guruhga ajratiladi:
1.
Eskitdan(Qadimdan) sug’orilayotgan
2.
Yangidan sug’orilayotgan
3.
Yangi o’zlashtirilgan
Eskitdan sug’oriladigan tuproqlar. 50
yildan ortiq vaqt davomida
sug’orilishi natijasida tuproq profile katta chuqurligigacha o’zgargan. Bu
tuproqlarda karbonatlar va gips erib yuvilib ketganva
pastki qatlamlar chirindi
bilan boyigan bo’ladi. Ko’p hollarda eskitdan sug’oriladigan
tuproqlarning
qalinligi agroirrigatsion qatlamning qalinligiga to’g’ri keladi. Suvi tiniq(Loyqasi
yo’q) joylarda eskitdan sug’oriladigan tuproqlarda
agroirrigatsion qatlam
bo’lmaydi va tuproq qalinligi biologic agentlarning
faoliyati yaxshi
ifodalanganqatlam qalinligiga qarab belgilanadi.
Tuproq profilida o’simliklar tomirlaritarqalgan
qatlamning mexanik tarkibi
bir xil bo’ladi va bu qatlamlarda oziq moddalar bir me’yorda tarqalgan bo’ladi.
Eskitdan sug’oriladigan tuproqlar tarqalgan maydonlar odatda tekislangan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: