O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Genetik qatlamdagi karbonatlar miqdori(10%li HCI kislotada tuproqning


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Genetik qatlamdagi karbonatlar miqdori(10%li HCI kislotada tuproqning 
qaynashiga qarab)va joylanish chuqurligini aniqlash 
Tuproqdagi erkin CaCO

mavjudligini aniqlash uchun hohlagan genetik 
qatlamdan yoki genetik qatlam ketma-ketligidan lopatkaga tuproq namunasi olib
pipetka bilan 10%li HCI kislotadan bir necha tomchi tomiziladi va qaynashiga 
qarab CaCO
3
miqdori aniqlanadi. 
CaCO
3
-0,3%dan kam tuproq qaynamaydi. 
CaCO
3
-0,3-1% to‘liqsiz kuchsiz juda sekin qaynash. 
CaCO
3
-1-2%to‘liq,kuchsiz to‘xtovsiz qaynash,SO
2
ning kichik pufakchalari 
ajralish bilan boradi. 
CaCO
3
-2-5% to‘liq o‘rtachadan kuchli qaynashgacha bo‘ladi. 
CaCO
3
-5-15% korbonatlarmiqdori ko‘p, to‘xtovsiz CO

- gaz pufakchalari ajraladi. 
Berch qatlamlarni ajratish. 
Sahro va yarim saxro tuproqlarida o‘smliklar qoplamining siyrakligi
tuproqqa tushadigan organik moddaning kamligi va mineralizatsiya jarayonining 
jadalligi tufayli gleyli va gleylashgan qatlam sekinlik bilan vujudga keladi. 
Gleyli va leylashgan qatlam, tabiatan kam chirindili, yengil mexanik tarkibli kuchli 
aeritsiyalangan tuproqlarga nisbatan, og‘ir mexanik tarkibli, torfli va torflanishga 
moyil gidromorf tuproqlardan, aniq ajralib turadi. 
O‘zbekistonda gidromorf tuproqlar maydoni sug‘oriladigan yerlar 
miqdorining 50 foizni tashkil qiladi. Gleyli va gleylashgan qatlamlar strukturasiz, 
berch, og‘ir mexanik tarkibli, tarkibida ko‘p miqdorda kolloid va il zarralari
saqlaydi, bu tuproqning suv-fizik va kimyoviy xossasini yomonlashtradi. 


88 
ZuxurovN., Bikbulatova G.G., Li V.N. va boshqalarning ma’lumotiga ko‘ra 
sahro va yarim sahro mintaqasining gidromorf tuproqlarining gleyli qatlamlarida 
temir oksidi, alyuminiy, fosfor birikmalari miqdorining meyordan yuqori bo‘lishi 
g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari ildizi uchun zararlidir. 
Respublikamizning gidromorf tuproqlarining gleyli katlamlarida Fe CO
3
va Fe 
(HCO
3
)
2
birikmalari ko‘p uchraydi. 
Gleyl va gleylashgan qatlamlarda alyuminiyning miqdori ortadi. Bu gleyli 
qatlamda kaolinit (K AL. S O) ning to‘planishi ya’ni kaolinitizatsiya jarayonining 
jadallashuvi bilan aloqadordir. Undan tashqari gleylanishda alyuminiy saqlovchi 
ikkilamchi minerallar ham vujudga keladi. Gleyli qatlamda eruvchan alyuminiy 
miqdorining ortishi, o‘simlik ildizining kurib qolishina asbab bo‘ladi. Gleyli 
qatlamlarda fosfor miqdorining ortishi, gleylanish jarayonida, uning vivaviy (3 
FeO/ PO-8HO)shakliga o‘tib moddalarning kislorodsiz-anaerob sharoitda 
parchalanishi mahsulotlari sifatida-vodorod sul’fid-NS, uglerod-oksidi SO, metan-
CN ammiak-NH kabi zaharli gazlar ajralib chiqadi. Bu gazlar o‘simliklarning
o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumotlarga ko‘ra tuproq 
xavosi tarkibida vodorod sul’fid HS miqdori 10 foizga etganda qishloq xo‘jalik 
o‘simliklari kuriydi. 
G‘o‘za xosiliga gleyli qatlam joylashishining ta’sirini o‘rganish maqsadida, 
buxoro va Samarqand viloyatlarida tarqalgan sahro mintaqasi va och tusli bo‘z 
tuproqlar mintaqasidagi gidromorf tuproqlarni unumdorligi 5-yil davomida 
kuzatilganda quyidagi natijalariga erishilgan: 

gleyli qatlam chuqurligi 50 sm dan yuqorida botqoq va tuproqlarda hosil 
17, 3 s/ga

gleyli qatlam chuqurligi 60-80 sm da o‘tloqi-botqoq va botqoq –o‘tloqi soz 
tuproq-22,4 s/ga 

gleyli qatlam chuqurligi 80-100sm da o‘tloqli almovil tuproqda -24,0 s/ga 

gleyli qatlam chuqurligi 80-100 sm da o‘tloqi soz tuproqda xosil 26,6 s/ga

gleyli qatlam chuqurligi 110sm dan chuqur bo‘lgan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarda 
hosil-31,2 s/ga 


89 
YUqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib trubdiki, ya’ni gidromorf tuproqlarning
unumdorligi gleyli va gleylashgan qatlamning joylashish chuqurligiga bog‘liq 
ekan. Gleyli qatlam tuproq yuzasiga qancha yaqin joylashsa, tuproq unumdorligi 
shuncha kam bo‘lar ekan. Demak gidromorf tuproqlarning unumdorlik gleyli 
qatlamning joylashgan o‘rniga ham bog‘liq. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling