"P"fonemasi - lab-lab, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu undosh so‘zning barcha pozitsiyalarida - so‘z boshida (paxta), o‘rtasida (opa), oxirida (qop) keladi. Deyarli barcha holatlarda asosiy ottenkasi saqlanadi.
"V"fonemasi - lab-lab, sirg‘aluvchi, jarangli, shovqinli undosh (E.V.Sevortyan uni sonor tovushlar sirasiga kiritadi,S.Otamirzaevaning fikricha, bu fonema lab-tish undoshidir).So‘z o‘rtasida (gavda, tovuq), oxirida (ov, suv) ishlatiladi. O‘zbek tiliga tojik-fors va arab tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda ham qo‘llanadi : navo (toj.), navodir (arabcha).
"V" fonemasining lab-tish varianti ham bor. Bu variant o‘zbek tiliga arab va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda ko‘proq qo‘llanadi: so‘z boshida (vaqt, va’da, vagon), o‘rtasida (navbat, aviatsiya) va oxirida (afv, ustav) uchraydi. Ruscha o‘zlashmalarda lab-tish "v" jarangsiz undosh ta’sirida yoki so‘z oxirida jarangsiz "f tarzida talaffuz etiladi: avtomat>aftomat, ustav>ustaf kabi.Lab-lab —v”da esa bu hol yuz bermaydi.
"F" fonemasi - lab-tish, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh. Bu undosh sof turkiy so‘zlarda qo‘llanmaydi, fors, arab, rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlardagina uchraydi: farzand (toj.), farq (arab.), fabrika (rus.) kabi. Lablashgan unlilar bilan yonma-yon qo‘llanganda lab-tish 'f'ning lab-lab ottenkasi yuzaga keladi: fazl-fozilfuzalo; faqir- fuqaro kabi. Bunday holat firma va funksiya kabi ruscha o‘zlashmalarda ham uchraydi.
Jonli so‘zlashuvda lab-tish "f" ning lab-lab, portlovchi, jarangsiz "p" tarzida talaffuz qilinish holatlari uchrab turadi: faqat > paqat, qafas > qapas, ulfat>ulpat kabi. Bundagi "p" undoshi sirg‘aluvchi "f'ning kombinator yoki pozitsion ottenkasi emas, fakultativ ottenkasidir, u turkiy til vakillarida "f"ga xos artikulyatsiya bazasining (psixo-fiziologik ko‘nikmaning) o‘tmishda bo‘lmaganligi ta'sirida sodir bo‘ladi. Demak, bundagi f>p holati diafonik variativlik deb qaralishi mumkin25
“F” fonemasi qadimgi turkiy tilda bo‘lmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |