Undoshlar tizimidagi munozarali masalalar
Yuqoridagi ma'lumotlardan quyidagilar ma'lum bo„ladi:
O‘zbek tilshunosligida undosh fonemalar miqdori xususida hozircha tugal bir fikr yo‘q.
f, j, ts undoshlarining o‘zbek tilida fonema deb qaralishi masalasi o‘ta munozarali bo‘lib qolmoqda :
S.Otamirzayeva bu uch undoshni o‘zbek tili fonemalari darajasiga ko‘tarilmagan deb hisoblaydi. Uningcha, sirg‘aluvchi "f" va "j"lar o‘zbek tilining "p" va "dj" fonemalarining fakultativ variantlari darajasida qo‘ llanadi, xolos.
I.A. Kissen ham bu uch undoshni o‘zbek tili fonemalari qatoriga qo‘shmaydi.
A. Mahmudov, Sh. Rahmatullayev, M. Mirtojiyev ishlarida sirg‘aluvchi "f" va "j" undoshlari fonemalar sirasiga kiritilgan, ammo qorishiq "ts" bu siraga kiritilmagan;
V.V. Reshetov "f", "j", "ts" undoshlarini fonemalar deb qaraydi.
j) A. Abduazizov ham shu pozitsiyada turadi. Bunda u "f", "j", "ts" undoshlarining ruscha o‘zlashmalarni tanib olish uchun xizmat qiluvchi funksiyasi borligiga tayanadi.
Tekshirish savollariTekshirish savollari
Konsonantizm nima?
Hozirgi o‘zbek adabiy tili konsonantizmi qanday undoshlardan tarkib topgan? Ularning soni nechta?
Tovush fokusi nima? Uning ahamiyati?
4.O‘zbek tilining qaysi tovushlari ikki fokusli? Sababi?
Undosh fonemalar qaysi belgilar asosida tasnif qilinadi?
Artikulatsiya o‘rniga ko‘ra undoshlar tasnifi?
Artikulatsiya usuliga ko‘ra undoshlar tasnifi?
Un paychalari ishtirokiga ko‘ra undoshlar tasnifi?
9 Ovoz ishtiroki darajasiga (ovoz va shovqin munosabatiga) ko‘ra undoshlar tasnifi?
10.O‘zbek tili konsonantizmidagi munozarali masalalar?
Tayanch tushunchalarchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |