O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Unli fonemalarning paradigmatik tavsifi


Download 5.3 Mb.
bet67/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Unli fonemalarning paradigmatik tavsifi - unli fonemalarning vokalizm sistemasi ichidagi strukturasini (aloqa-munosabatlarini) belgilaydigan tavsifi.
Unli fonemalarning sintagmatik tavsifi - fonemalarning nutq oqimidagi o‘rni, bo‘g‘in, so‘z yoki morfema tarkibidagi taqsimoti,kuchli va kuchsiz pozitsiyalardagi holatlari (variantlanishi) bilan bog‘liq tavsifi.
Adabiyotlar: 1 (57-63), 10 (51-57-betlar), 11 (113-117-betlar),), 23 (21-35, 33 (62-65))

  1. Hozirgi o„zbek adabiy tili konsonantizmi

Konsonantizm haqida umumiy ma’lumot
Konsonantizm undoshlar tizimidir.Hozirgi o‘zbek adabiy tili undoshlari tizimi 24 fonemani o‘z ichiga oladi: b, v, g, d, j, dj, z, y, k, l, m, n, ng, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘,h.Biroq manbalarda hozirgi o‘zbek adabiy tili undoshlari miqdoriga oid boshqa fikrlar ham bor: 22 ta (S.Otamirzayeva, Y.D. Polivanov ), 23 ta (A.K. Borovkov, I.A. Kissen), 25 ta (A.N. Kononov, V.V.Reshetov, A. Abduazizov), 27 ta (M.M. Mirtojiyev). Demak, hozirgi o‘zbek adabiy tili undosh fonemalari miqdori masalasida tilshunoslikda tugal bir fikr yo‘q. Bu hol o‘zbek tili undoshlarining fonologik belgilariga munosabat hozircha har xil bo‘lib qolayotganligidan kelib chiqmoqda.
S. Otamirzayeva va M. Yusupovalar fikricha, hozirgi o‘zbek adabiy tilida f va sirg‘aluvchi j undoshlari, shuningdek qorishiq ts (ц) undoshi fonologik darajaga ko‘tarilmagan: f va j undoshlari portlovchi "p" ning va qorishiq "dj" ning variantlari darajasidadir. Qorishiq "ts" esa " o‘zbek tilida fonemalik darajasiga ko‘tarila olmagan". Shundan kelib chiqib, mualliflar undoshlarning quyidagi tasnifini berishadi.

  1. Paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra:

  1. Lab undoshlari: p-b, f-v, m;

a) lab-lab: p, b, m;
b) lab-tish: f, v.

  1. Til undoshlari: t-d, s-z, ch-dj, sh-j, k-g, x-g‘, q, n, r, y, ng, l;

  1. til oldi undoshlari: t-d, s-z, ch-dj, sh-j, r-n;

  2. til o‘rta undoshi: y;

  1. til orqa undoshlari: k-g, ng;

  2. chuqur til orqa undoshlari: q, x, g‘;

  3. tilning yonida paydo bo‘ladigan undosh: l.

  1. Bo„g„iz undoshi: h

  1. Paydo bo‘lish usuliga ko‘ra:

  1. Portlovchi undoshlar: p-b, m, t-d, n, k-g, ng, q:

  1. sofportlovchilar: p-b, t-d, k-g, q (bularda portlash kuchli bo‘ladi);

  2. nazal (burun) portlovchilari: m, n, ng (bularda portlash kuchsiz bo‘ladi).

  1. Sirg„aluvchi undoshlar: f-v, s-z, sh-j, y, x-g‘, h.

  2. Qorishiq undoshlar: ch (t+sh), dj (d+j);

  3. Titroq undosh: r.

  1. A. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra:

  1. Jarangsizlar: p, f, t, s, sh, ch, k, q, x, h.

«Н» undoshi jaranglilik va jarangsizlikka ko‘ra ham, turkiy bo‘lmagani tufayli, alohida xususiyatga ega. Uning jarangsizlar safida turishi shartlidir.

  1. Jaranglilar: b, d, z, j (sirg‘aluvchi), dj (qorishiq), g, g‘.

B. Ovoz ishtiroki darajasiga ko‘ra:
1. Shovqinlilar: p-b, f, t-d, s-z, sh-j, ch-dj, k-g, q, x, g‘, h.

  1. Sonorlar: m, v, n, r, l, y, ng.


Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling