O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet64/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

"A" fonemasi - keng (quyi keng), old qator, lablanmagan unli. So‘zning barcha bo‘g‘inlarida kela oladi: anor (birinchi bo‘g‘inda), telpak (oxirgi bo‘g‘inda), nafaqa (barcha bo‘g‘inlarda) kabi. Bu fonema ham, boshqa unlilarda bo‘lganidek, chuqur til orqa q, g‘, x undoshlari bilan yondosh qo‘llanganda orqa qator (yo‘g‘on) unli tarzida talaffuz qilinadi, sayoz til orqa k, g, ng, til o‘rta y va faringal h undoshlari bilan yonma-yon qo‘llanganda til oldi (ingichka) unli sifatida aytiladi. Qiyos qiling: kasal va qasam, kamar va qamar, taka va taqa, mahal va shag„al, so„gal va nag„al, nasihat va tilxat, dangal va dag„al kabi. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarning o‘rtasida va oxirida "a" ning qator kelish holatlari ham mavjud: taassurot, matbaa, mutolaa, taajjub kabi. Bunday hollarda "a"ning talaffuziga ketgan vaqt bir yarim hissa bo‘ladi.

Ma’no, da’vo, ta’na, a’lo kabi arabcha o‘zlashmalardagi "a" unlisi ayn hisobiga cho‘ziqroq talaffuz etiladi.
"A" unlisining "v" undoshi ta'sirida "o" tarzida talaffuz qilinish hollari ham uchraydi:Mavluda>Movluda, mavsum >movsum, gavda>govda,kavlamoq>kovlamoq kabi.
Ruscha o‘zlashmalardagi "a": a) o‘zbekcha "a" dan biroz qattiqroq, yo‘g‘onroq eshitiladi: avval (o‘zb.) - Avrora (rus.), abadiy (o‘zb.) - abajur (rus.), astar (o‘zb.) - asteroid (rus.), banda (o‘zb.) - banda (rus.) kabi; b) bir bo‘g‘inli so‘zlarda "a" unlisi o‘zbekcha so‘zlarda ingichkaroq va qisqaroq, ruscha o‘zlashmalarda esa yo‘g‘onroq va kengroq talaffuz qilinadi: bas (o‘zb.) - bas (rus.), vaj (o‘zb.) - val (rus.) kabi. Bunday holatlarda ham ruscha —a” o‘zbekcha “a”ning fakultativ varianti sifatida tavsiflanishi mumkin.
Bu fonema ham o‘zbek tilida qadimiydir.


  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling