O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet66/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

"O„" fonemasi - o‘rta keng, orqa qator, lablangan unli. Sodda so‘zning birinchi bo‘g‘inida qo‘llanadi: o„n, bo„r, zo„r, mo„1 (bir bo‘g‘inli so‘zlarda), o„tin, to„lqin, bo„g„in (ikki bo‘g‘inli so‘zlarda) kabi. Birinchi bo‘g‘indan keyin kelishi ayrim qo‘shma so‘zlarda (urto„qmoq, ochko„z, qirqbo„g„in) yoki tojikcha o‘zlashmalarda (obro „, xudogo „y, xudojo' so‘zlarida) uchraydi. Bu unli ham k, g, h, y undoshlari yonida ingichkalashadi (old qator ottenka bilan aytiladi), q, g‘, x undoshlari yonida esa yo‘g‘onlashadi.Qiyos qiling: ko „1 va qo „1, go „r va go „r, ho „1 va xo ‘r, yo ‘l va xo ‘sh, go ‘zal va g‘o ‘za kabi. Bu tovush arabcha mo ’jiza, mo ’tadil kabi so‘zlarda ayn hisobiga cho‘ziqroq talaffuz etiladi.

Ruscha o‘zlashmalardagi "o" o‘zbekcha "o‘"ga yaqin xususiyatga ega bo‘lsa-da, undan kengroq va yo‘g‘onroq talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: to ‘n (o ‘zb.) va ton (rus. "tovush"), to‘rt (o‘zb.) - tort (rus. "konditer mahsuloti") kabi.
Rus tilida bu fonema yo‘qligi uchun ruslar uni ko‘pincha yuqori tor "u" unlisi sifatida talaffuz qiladilar: o‘rik-uryuk, o‘zbek-uzbek, O‘ktam-Uktam kabi.
"O‘" fonemasi uncha qadimiy emas .

  1. "O" fonemasi - quyi keng, orqa qator, kuchsiz lablangan unli. Bu fonema ham so‘zning barcha bo‘g‘inlarida uchraydi: ota, bola, buloq, bobo, qirmoch (o‘zb.), baho, anor, bodom (f-t.), bahodir (mo‘g‘.), qiroat, matbuot (ar.) kabi. Bu fonema ham k, g, h, y undoshlari yonida ingichka (old qator unli tarzida), q, g„, x undoshlari yonida esa yo‘g‘on (orqa qator unli tarzida) talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: komil va qobil, gov va g‘ov, yosh va qosh, hol va xol kabi.

Tekshirish savollari va topshiriqlar

  1. Fonemalar tasnifi va tavsifini qanday tushunasiz?

  2. Fonemalarning paradigmatik va sintagmatik tavsifi qanday farqlanadi?

  3. “I” fonemasining paradigmatik va sintagmatik tavsiflarini misollar tahlili asosida tushuntiring.

  4. —E” fonemasining paradigmatik va sintagmatik tavsiflarini misollar tahlili asosida tushuntiring.

  5. —A” fonemasining paradigmatik va sintagmatik tavsiflarini misollar tahlili asosida tushuntiring.

  6. —U” fonemasining paradigmatik va sintagmatik tavsiflarini misollar tahlili asosida tushuntiring.

  7. “O‘” fonemasining paradigmatik va sintagmatik tavsiflarini misollar tahlili asosida tushuntiring.

  8. —O” fonemasining paradigmatik va sintagmatik tavsiflarini misollar tahlili asosida tushuntiring.

  9. Qanday holatlarda old qator unlilar orqa qator tarzida (yo‘g‘on) talaffuz

qilinadi?

  1. Qanday holatlarda orqa qator unlilar old qator tarzida (ingichka) talaffuz qilinadi?

Tayanch tushunchalar

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling