O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lab-lab
- Til orqa
- Portlov- chilar
- Sirg„a- luvchilar (Frikativ to- vushlar)
- Qorishiq (affri- katalar)
- Sonorlar
- Yon to
- Prof. A. Mahmudov
I.A. Kissen hozirgi o‘zbek adabiy tili undosh fonemalarining miqdori 23 ta
deydi va ularni quyidagi jadval tarzida tasniflaydi:
Ko‘rinib turibdiki, I.A. Kissen jadvalida sirg‘aluvchi "j" va qorishiq "ts" undoshlariga o‘rin berilmagan, ammo ishda muallif o‘zbek tili konsonantizmiga oid ayrim masalalar yetarli tadqiq etilmaganligini ham ta'kidlab o‘tadi. Uningcha: 1) geminatalarning (qavatlangan undoshlarning) o‘zbek tilida fonologik ahamiyati borga o‘xshaydi: moda va modda, tila va tilla, yala va yalla, taqa va taqqa, dara va darra, qatiq va qattiq so‘zlarida geminatalar ayni bir xil fonologik qurshovda odatdagi fonemaga qarama-qarshi qo‘yilishi mumkin; 2) sayoz til orqa "ng" ning mustaqil fonemaligi ham shubhalidir, chunki "n" va "g" lar qo‘shilmasi barcha pozitsiyalarda doimo bitta til orqa tovush tarzida talaffuz qilinadi: menga, burungi, ilingan kabi. Intervokal holatda (ikki unli orasida) ularning ikkita tovushga ajralib ketishi hatto bir fonema deb tasavvur qilinayotgan "ng"da ham yaqqol sezilib turadi: yangi, rangi, ongi, tongi, tanga kabi; 3) hozirgi o‘zbek adabiy tilida surat (rasm) - sur'at (temp), sanat (sanatmoq) - san'at (badiiy ijodiyot), qala (qalamoq) - qal'a (qasr), nasha (o‘simlik) - nash'a (lazzat) so‘zlaridagi bo‘g‘in ajratilishi (tutuq holat) ham fonemaning alohida bir turi deb qaralishi kerakdir, chunki bu holat so‘zlar ma'nosini farqlash vazifasini bajarmoqda. A. Kissenning bu fikrlari o‘zbek tili fonetikasi va fonologiyasida munozarali bo‘lib qolayotgan talaygina masalalar borligidan dalolat beradi. Prof. A. Mahmudov undoshlar miqdorini 24 ta deb hisoblaydi va ularni quyidagicha tasniflaydi.
Bu tasnifda sirg‘aluvchi "f" va "j" undoshlari mustaqil fonemalar sifatida berilgan, ammo qorishiq "ts" o‘zbek tili undoshlari qatoriga kiritilmagan. Ishda "v" va "f" tovushlarining jarangli va jarangsizlik belgilari asosida korrelatsiya hosil qilishi, shunga ko‘ra mustaqil fonemalar sanalishi aytiladi. Bunda korrelatsiya tarkibidagi v-f oppozitsiyasi nazarda tutilgan bo‘lsa kerak, chunki "v-f oppozitsiyasining yakka o‘zi korrelatsiyani tashkil etmaydi"(A. Abduazizov). Shuningdek, "s" va "z" undoshlarining rus tilidagidek dorsal emas, balki alveolar (apikal) ekanligi ham ta'kidlanadi. Muallif f va v fonemalarini bilabial (lab-lab) undoshlar deb hisoblaydi. prof. A. Nurmonov ham hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi undosh fonemalarning miqdorini 24 ta deb hisoblaydi, ularning kuchli oppozitsiyadagi asosiy belgilari sifatida shovqin va ovozning ishtirokini, paydo bo‘lish o‘rni va usulini, palatalizatsiyaning bor-yo‘qligini ko‘rsatadi, bularni quyidagi jadval tarzida tasniflaydi.
Yuqoridagi tasnifga izoh berar ekan, A. Nurmonov shunday deydi: "Fonemaning asosiy belgilari korrelativ va korrelativ bo‘lmagan belgilar bo‘lishi mumkin. Kamida ikki fonemaning asosiy belgilari umumiy bo‘lib, birida bor, ikkinchisida yo‘qligi bilan ajralib turadigan belgi korrelativ belgi hisoblanadi. Ma'lum belgilar majmuasi faqat birgina fonemaning o‘ziga xos bo‘lsa, bunday belgilar korrelativ belgi hisoblanadi. Masalan, "p" fonemasida jarangsizlik belgisi asosiy va korrelativ belgidir. Chunki xuddi shu fonemaning asosiy belgilariga ega bo‘lgan, ammo undan boshqa korrelativ belgisining borligi bilan (jaranglilik belgisining borligi bilan) farq qiladigan "b" fonemasi bor. Bundan farqli ravishda "x" fonemasining jarangsizlik belgisi asosiy, ammo korrelativ bo‘lmagan belgidir, chunki uning jarangli belgiga ega bo‘lgan ziddi yo‘q". Shunday qilib, jaranglilik-jarangsizlik belgisiga ko‘ra korrelativ juftliklar hosil qiladigan qatorga A. Nurmonov p-b, t-d, k-g, s-z, ch-dj, q-g‘, f-v oppozitsiyalarini kiritadi, ammo x-g‘ juftligi borligini u inkor etadi. Bu ishdan ma'lum bo‘ladiki: 1) sirg‘aluvchi f, j undoshlari mustaqil fonemalardir; 2) o‘zbek tili konsonantizmida x-g‘ zidlanishi yo‘q (bunda, negadir, o‘zbek tilida xor-g„or, xo„r-g„o„r, xam-g„am kabi minimal juftiiklarning mavjudligi hisobga olinmagan; 3) qorishiq "ts" o‘zbek tili undosh fonemalari qatoriga kiritilmagan (demak, u o‘zbek tili fonemasi darajasiga ko‘tarilmagan deb hisoblangan); 4) "v" fonemasi sonor emas, jaranglilar qatorida berilgan, shuning uchun u jarangsiz "f" bilan zidlanish hosil qilgan: f-v kabi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling