O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet70/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Prof. M. Mirtojiyev fikricha,o‘zbek tili konsonantizmida quyidagi 27 undosh fonema bor: m, n, ng, ng‘, r, l, b, p, v, f, d, t, z, s, j, sh, dj, ch, ch (ts bo‘lsa kerak - J. H.), y, x, g, dz, k , q , g‘, h. Bu tizimda ng„ (vang‘illamoq, do‘ng‘illamoq, to‘ng‘ so‘zlaridagi chuqur til orqa sonant) va dz (chetdan olingan familiyalarda qo‘llanadigan affrikata) tovushlarining fonema darajasidagi birliklar qatoriga qo‘shilganligini ko‘ramiz.
Undosh fonemalarning fokuslari: bir fokusli va ikki fokusli undoshlar
Fokus talaffuzda faol va nofaol nutq a’zolari orasida hosil qilingan to‘siqdir. O‘pkadan kelayotgan havo oqimining portlab yoki sirg‘alib o‘tishidan shovqinning yuzaga kelishi ana shu fokusda sodir bo‘ladi. Shovqin esa undoshlarni tarkib topti- ruvchi asosiy fizik-akustik komponentdir.
Talaffuzdagi to‘siqlar miqdoriga ko‘ra undosh fonemalar ikki turga bo‘linadi:
1) bir fokusli undoshlar. Bunday undoshlar artikulatsiysida faqat bitta to‘siq yuzaga keladi. Masalan, b, p undoshlari artikulatsiyasida to‘siq ikki lab orasida, d, t undoshlari artikulatsiyasida to‘siq til uchi bilan ustki tishlar orasida, k, g undoshlari artikulatsiyasida esa to‘siq tilning orqa qismi bilan yumshoq tanglay orasida hosil bo‘ladi.Bu undoshlar artikulatsiyasida boshqa to‘siqlar ishtirok etmaydi;
2) ikki fokusli undoshlar. Bunday undoshlar artikulatsiyasida bir yo‘la ikki to‘siq yuzaga keladi. Masalan, sirg‘aluvchi sh va j undoshlari artikulatsiyasida shovqin bir yo‘la ikki to‘siqda yuzaga keladi: birinchi to‘siq til uchi bilan qattiq tanglay orasida, ikkinchi to‘siq esa til o‘rtasining orqaroq qismi bilan yumshoq tanglay orasida hosil bo‘ladi. Har ikkala to‘siqdan havo oqimining sirg‘alib o‘tishi shu tovushlar uchun zarur bo‘lgan shovqinni shakllantiradi(A. Mahmudov).O‘zbek tilining qorishiq ch va dj undoshlari artikulatsiyasida ham ikki to‘siq - til uchi bilan qattiq tanglay va tilning o‘rta qismi bilan qattiq tanglay orasidagi to‘siqlar ishtirok etadi(Sh. Rahmatullayev).Demak, hozirgi o‘zbek adabiy tilining sh, j, ch , dj undoshlari ikki fokusli, qolgan barcha undoshlar esa bir fokuslidir.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling