"Ch" fonemasi - til oldi-tanglay, qorishiq portlovchi (affrikata), jarangsiz, shovqinli undosh. Bu undosh so‘zning boshida (choy, chegara), o‘rtasida (bechora, ko ’cha) va oxirida (omoch, tilmoch, kech, soch) kela oladi. Jarangsiz undosh ta'sirida ba'zan "sh"ga o‘tadi: uchta>ushta (ch>sh) kabi.
—Ch” undoshi qadimiydir.
Til o„rta undoshi tavsifi
"Y"fonemasi - til o‘rta, sirg‘aluvchi, sonor undosh (og‘iz sonanti). Bu undosh so‘z boshida (yil, yo„q),o‘rtasida (bayram, vayrona) va so‘z oxirida (boy, toy) qo„Dllanadi, "i" unlisidan so‘ng qo‘llanganda, shu unli bilan singishib, fonetik diftong hosil qiladi: vodiy >vodi:, dohiy>dohi: kabi.
"Y" undoshi yumshoq (palatal) tovushdir, shuning uchun u bilan yondosh qo‘llangan unlilar akkomodatsiyaga uchraydi - orqa qator unlilar old qator
(ingichka) ottenka bilan talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: qo„l (qol) -yo„l (yel), quvmoq (quvmoq)-yuvmoq (Yuvmoq) kabi .
Sayoz til orqa undoshlari tavsifi
1"K" fonemasi - sayoz til orqa, portlovchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu fonema so‘z boshida (katta, kiyim), o‘rtasida (aka, tikan) va oxirida (o„rdak, go„dak) kela oladi. Ko‘p bo‘gDinli so‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda, asosdagi "k" jarangli "g" ga otadi: kovak > kovagi (k>g), telpak >telpagim (k>g), yurak>yuraging (k>g) kabi. Bir bo‘g‘inli so‘zlarda va ayrim o‘zlashma so‘zlarda bunday o‘zgarish yuz bermaydi: yuk-yukim, yuking, yuki; ishtirok-ishtirokim, ishtiroking, ishtiroki; idrok-idroking, idroki kabi. Demak, ko‘p bo‘ginli so‘zlarning ba'zi grammatik shakllarida jarangsiz "k" ning jaranglashgan ottenkasi qatnashadi.
"K " dan so‘ng unli tovushlarning faqat old qator ottenkalari qo‘llanadi: ko‘l (kel), kul (kul), kitob (kbtop) kabi.
"K" undoshi ancha qadimiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |