Divergensiya, konvergensiya jarayonlarining va kompen-
satsiya qonunining fonologik tizim taraqqiyotidagi roli
Divergensiya, konvergensiya jarayonlarining va kompensatsiya qonunining fonologik tizim taraqqiyotidagi roli shundaki , ular shu tizimdagi strukturaviy - sistemaviy o‘zgarishlar tarixini belgilaydi, hozirgi fonetik-fonologik tizimlarning tarixiy ildizlarini ochib beradi.Bunday jarayonlarni va qonunlarni o‘rganmay turib, biror bir tilning tarixiy fonetikasi va diaxron fonologiyasi haqida ilmiy mushohada yuritish mumkin emas.
Tilshunoslikda fonologik tizimlarning tarixiy taraqqiyotida sodir bo‘ladigan divergensiya va konvergensiya jarayonlariga oid nazariyani prof. Y.D. Polivanov ishlab chiqqan, bu jarayonlar o‘rtasidagi munosabatdorlik qonuni ham Y.D. Polivanov tomonidan kashf etilgan.32
E s l a t m a: O‘zbek tilining tarixiy fonetikasi bo‘yicha olib borilgan kuzatishlardan shu narsa ayon bo‘ladiki, konvergensiya jarayoni ko‘proq vokalizm tizimida, divergensiya esa ko‘proq konsonantizm tizimlarida yuz bergan.Bunday holatni kompensatsiya qonuniyatining fonetik-fonologik tizimlar taraqqiyotidagi ko‘rinishi deb baholash mumkin, zero, vokalizm tizimidagi o‘zgarishlar (masalan, unlilardagi old qator va orqa qator farqlanish belgilarining fonologik jihatdan
ahamiyatsiz bo‘lib qolishi) shu tizim fonemalari bajargan ayrim vazifalarning undoshlar zimmasiga yuklanishini taqozo qilgan, natijada bir undosh fonemaning old qator (ingichka) va orqa qator (yo‘g‘on) variantlari alohida fonemalarga aylanib, so‘z ma’nolarini farqlash vazifasini bajara boshlagan. Qiyos qiling: kir (iflos) - kbir(adir) -qadimgi va eski turkiy tillarda; kir(iflos) va qir (adir)- eski o‘zbek va hozirgi o‘zbek tillarida.
Tekshirish savollari
Konvergensiya nima?
Divergensiyani qanday tushunasiz?
Konvergensiya va divergensiya jarayonlari qanday farqlanadi?
Kompensatsiya qonunini qanday izohlaysiz?
Bu jarayonlardan xabardor bo‘lishning qanday amaliy ahamiyati bor?
Konvergensiya va divergensiyaga oid nazariyani kim ishlab chiqqan?
Tayanch tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |