O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet84/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Divergensiya - til strukturasidagi o‘zgarishlar ta’sirida bir fonemaning ikki fonemaga bo‘linishi. Masalan, eski turkiy tildagi chuqur til orqa “x” undoshi qadimgi turkiy tildagi “q” va “g„”undoshlarining fonetik o‘zgarishga uchrashi orqali paydo bo‘lgan, u turkiy tillar uchun yangi tovushdir: q>x (burqan > burxan,28 qag„an >xaqan ),29 g„>x (o„g„sha> o„xsha,swg„da> swxta)30 kabi.Bundagi “x” dastlab “q” va “g„“larning variantlari (ottenkalari) sifatida yuzaga kelgan, keyinchalik esa “q-x” va “g„-x” zidlanishlari shakllanib, “x” undoshi ham mustaqil fonema darajasiga ko‘tarilgan: hozirgi o‘zbek tilida qor va xor, taqir va taxir, g„or va xor, g„o„r va xo„r kabi kvaziomonimlarning borligi shundan guvohlik beradi.Professor A. Rustamovning ta’kidlashicha, qadimgi turkiy tildagi “k” va q“ tovushlari ham bir xil pozitsiyada kela olmagan: “k” faqat ingichka so‘zlarda til oldi unlilari bilan, “'q” esa faqat qalin o‘zaklarda til orqa unlilari bilan yondosh qo‘llangan. Shuning uchun bu tovushlar qadimgi turkiy tilda bir fonemaning ikki varianti bo‘lgan.“G„ ” bilan “g” ham qadimgi turkiy tilda bir fonemaning ikki varianti sifatida reallashgan. Hozirgi o‘zbek tilida esa bu variantlarning har biri alohida (mustaqil) fonemalar sanaladi, chunki ular bir xil fonetik qurshovda qo‘llanib, so‘zlarni farqlay olish darajasiga ko‘tarilgan: toq - tok,qon - kon, g„o„r- xo„r kabi31. Demak, qadimgi turkiy tildagi “k(q)” va “g(g„)” fonemalarida keyinchalik parchalanish (divergensiya) sodir bo‘lgan: ularning har bir varianti alohida mustaqil til birliklariga - k-q va g-g‘ fonemalariga aylangan. Bunday parchalanish (divergensiya) portlovchi “b”ning sirg‘aluvchi “v”ga o‘tishida ham kuzatiladi: sub (qadimgi turkiy tilda) - suv (eski o‘zbek va hozirgi o‘zbek tillarida), ab(qadimgi turkiy tilda) - av (eski turkiy va eski o‘zbek tillarida). Mazkur so‘zlardagi b/v almashinuvi keyinchalik “b va —v” larning ikkita mustaqil fonemaga aylanishi bilan yakunlangan: —boy” va “voy”so‘zlarining farqlanishi — b” va —v” fonemalarining farqlanish belgisiga asoslanganligi shundan dalolat beradi.

Divergensiya yo‘li bilan bir fonemaning ottenkalaridan o‘sib chiqqan yangi fonema tilshunoslikda divergent deb yuritiladi: —q”ning divergenti х”, —b”ning divergenti esa —v” bo‘lgani kabi.


  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling