O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet85/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Kompensatsiya - fonologik tizimda yo‘qotilgan strukturaviy imkoniyatlarning o‘rnini to‘ldirish.Buni yuqorida keltirilgan konvergensiya va divergensiya jarayonlari o‘rtasidagi aloqadorlikda ko‘rish mumkin.Chunonchi,qadimgi va eski turkiy tillar vokalizmidagi i -ы, э - a, и -u, в - o zidlanishlarining keyinchalik yo‘qolishi (ular o‘rnida i, a, u, o‘ divergentlarining paydo bo‘lishi) undoshlar tizimida yangi zidlanishlarning shakllanishiga turtki bo‘lgan deyish mumkin. Qiyos qiling: kir(kirikti -—kir bo‘ldi”: M.K, II, 132 ) - qir ( —yassi tog‘ — -M.K,I,314): bu so‘zlardagi “i” va “i” ikkita mustaqil fonemadir, “k” va “q”tovushlari esa bir fonemaning ikki varianti, xolos. Bu variantlar til orqa, jarangsiz,portlovchi undoshning ingichka so‘zda old qator “i”ga (birinchi misolga qarang), yo‘g‘on so‘zda esa orqa qator “i”ga (ikkinchi misolga qarang) moslashuvi natijasida yuzaga kelgan. kir va qir (кър ва цьр) kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida “ i va i ” fonemalari birlashib, bir fonema holiga kelib qolgan, natijada yuqoridagi ikki so‘z ma’nolarini farqlash vazifasi —k” va —q” tovushlariga yuklangan (kompensatsiya yuz bergan: kir va qir kabi).Demak, bu ikki tovush “k-q” zidlanishi munosabatiga kirishib, ikkita mustaqil fonemaga aylangan.Bunday holni karam va qaram(hozir karam va qaram), kuch va quch (hozir kuch va quch), kol va qol (hozir ko„l va qo„l) so‘zlari tarkibidagi fonemalarning strukturaviy-funksional xususiyatlarida yuz bergan o‘zgarishlar misolida ham kuzatish mumkin,Demak, qadimgi va eski turkiy tillarning vokalizm tizimidagi qator belgisining hozirgi o‘zbek adabiy tilida fonologik jihatdan ahamiyatsiz holga kelishi o‘zbek tili konsonantizmida ayrim strukturaviy o‘zgarishlarning yuz berishiga sabab bo‘lgan: jarangsiz, til orqa, portlovchi fonemaning k(q) variantlari ikki mustaqil fonema darajasiga ko‘tarilgan, shu asosda vokalizm tizimida yo‘qotilgan imkoniyat konsonantizmdagi yangi zidlanishlar hisobiga to‘ldirilgan. Bu faktlar kompensatsiya qonuniyati tirik organizmlardagi reaksiya sifatidagina namoyon bo‘lib qolmay, ijtimoiy hodisa sanalgan tilda ham o‘z o‘rniga egaligidan dalolat beradi.


Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling