O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet87/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Konvergensiya - tarixiy taraqqiyot jarayonida ikki fonemaning qo‘shilib ketishi va bir fonemaga aylanishi.
Konvergent-konvergensiya mahsulu sifatida yuzaga kelgan fonema. Masalan, hozirgi o‘zbek tilidagi lablangan, orqa qator “u” fonemasi qadimgi“u-u”fonemalari birlashuvidan hosil bo‘lgan, demak, u shu ikki fonemaning konvergenti sanaladi.
Divergensiya - til strukturasidagi o‘zgarishlar ta’sirida bir fonemaning ikki fonemaga bo‘linishi.
Divergent-divergensiya mahsuli tarzida yuzaga kelgan fonemalar. Masalan, “k/q” (qadimgi turkiy tilda bir fonemaning ikki varianti) - “k” va “q” shu ikki variantning mustaqil fonemalarga aylangan divergentlari.
Kompensatsiya -fonologik tizimda yo‘qotilgan strukturaviy imkoniyatlarning o‘rnini to‘ldirish qonuni.
Adabiyotlar: 3 (52-53-b.),10 ( 17 va 72-b.), 11 (18—21 va 151-b.), 43 (divergent, divergensiya , konvergent, konvergensiya maqolalariga qarang), 47 (divergent, divergensiya, konvergentlar, konvergensiya maqolalariga qarang.)

  1. Foneti1k21 hodisalar

Fonetik hodisalar-nutq oqimida so‘z yoki morfemalar tarkibida yuz beradi-
gan turli fonetik o‘zgarishlar.Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida kombinator, pozitsion yoki aralash (kombinator- pozitsion) va boshqa omillar ishtirok etadi.
Kombinator omillar ta’siridayuz beradigan fonetik hodisalar

  1. Assimilatsiya - bir xil kategoriyadagi tovushlarning (mas, undosh bilan undoshning) so‘z tarkibida o‘zaro moslashuvi.

O‘zaro ta’sirda bo‘lgan tovushlarning bir-biriga nisbatan oldin yoki keyin kelishiga ko‘ra assimilatsiya quyidagi ikki turga bo‘linadi:

  1. progressiv assimilatsiya - oldingi tovushning keyingi tovushni o‘ziga moslashtirishi: ketdi>ketti (td>tt), ekgan>ekkan (kg>kk), qishloqga>qishloqqa (qg>qq) kabi;

  2. regressiv assimilatsiya. Keyingi tovushning oldingi tovushni o‘ziga moslashtirishi: tuzsiz>tussiz (zs>ss), birta>bitta (rt>tt) kabi.

Tovushning o‘zgarish darajasiga ko‘ra assimilatsiya yana ikki turga bo‘linadi:

  1. to„liq assimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar bir- biriga aynan moslashadi: nonvoy>novvoy (nv>vv), terakga>terakka (kg>kk) kabi;

  2. to„ liqsiz assimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyalardagi tovushlar bir-biriga qisman moslashadi: tanbur>tambur (nb>mb), shanba>shamba (nb>mb) kabi. Bu so‘zlarda "n" (til-tish undoshi) lab-lab "b"ga faqat artikulatsiya o‘rni jihatdan moslashgan (lab-lab "m"ga o‘tgan), ammo boshqa belgilari moslashmagan. Qiyos qiling: "m"-sonor, "b"- shovqinli; "m"- yumuq fokusli burun tovushi (nazal tovushi), "b"- sof portlovchi kabi.

Tovushlar o‘rtasidagi masofaga nisbatan ham assiimilatsiya ikki xil bo‘ladi:

  1. kontakt assimilatsiya - ketma-ket joylashgan tovushlarning o‘zaro moslashuvi ( yuqoridagi misollarga qarang);

  2. distant assimilatsiya - so'z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o‘zaro moslashuvi: sichqon>chichqon, soch>choch kabi.

O‘zbek tilida o‘zak bilan affiksdagi unlilar assimilatsiyasi ham uchraydi. Assimilatsiyaning bu turi singarmonizm (unlilar uyg‘unlashuvi) deb ham nomlanadi. Bunda unlilarning uyg‘unlashuvi lab garmoniyasi va til garmoniyasi (lingval garmoniya) shaklida namoyon bo‘ladi.
Til garmoniyasida o‘zak bilan qo‘shimcha (affiks morfema) tarkibidagi unlilar tilning gorizontal harakatiga (qator belgisiga) ko‘ra moslashadi.Masalan: keldi(o‘zakdagi-"e" old qator unli bo‘lgani uchun, qo‘shimchadagi "i" unlisi ham old qatordir); qoldi(o‘zakdagi-"o" orqa qator unli bo‘lgani uchun,
qo‘shimchadagi "i" unlisi ham orqa qatordir(qoldb kabi).
Lab garmoniyasi ko‘proq shevalarda uchraydi: o'g'//m (adabiy tilda)- ulum (qipchoq lahjasi shevalarida), ko ‘zim (adabiy tilda)- ko „zum (kezYm: qipchoq lahjasi shevalarida). Bunda o‘zak va qo‘shimchalardagi unlilarning lablanish jihatdan moslashuvi sodir bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida assimilatsiyaning bu turi deyarli uchramaydi.
Assimilatsiyada fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi (o‘zgarish tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida bo‘lganligi uchun).


  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling