O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet89/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Dissimilatsiya - so‘z tarkibidagi bir xil (yoki o‘xshash) tovushlardan birining boshqa tovushga ko‘chishi: birorta>bironta (ror>ron), kissa>kista (ss>st) kabi. Bu hodisani assimilatsiyaning aksi deyish mumkin.

Dissimilatsiya hodisasi yo‘nalishiga qarab ikki xil bo‘ladi:

  1. progressiv dissimilatsiya. Bunda keyingi tovush o‘zgaradi: zarur>zaril kabi;

  2. regressiv dissimilatsiya. Bunda oldingi tovush o‘zgaradi: maqtanmoq> maxtanmoq kabi.

Tovushning o‘zgarish darajasiga ko‘ra dissimilatsiya yana ikki turga bo‘linadi:

  1. to„liq dissimilatsiya. Bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo‘xshash tovushga aylanadi: kissa>kista (ss>st) kabi;

  2. to„liqsiz dissimilatsiya (qisman dissimilatsiya). Bunda tovushning artikulatsion xususiyatlaridan ayrimlarigina o‘zgaradi. Masalan, uchta>ushta (ch>sh) kabi: "ch" va "t" undoshlarining ikkalasi ham portlovchi, ammo "t"ning ta‘sirida "ch" sirg‘aluvchi "sh" ga o‘tgan.

Tovushlar o‘rtasidagi masofaga nisbatan ham dissimilatsiya ikki xil bo‘ladi:
a) kontakt dissimilatsiya. Bunda yonma-yon turgan tovushlardan biri o‘zgaradi: kissa>kista kabi;
b) distant dissimilatsiya. Bunda dissimilatsiyaga uchrayotgan tovushlar bir- biridan uzoqroqda joylashgan bo‘ladi. Masalan: birorta>bironta kabi.

  1. Nazalizatsiya - so‘z tarkibidagi burun sonantlari ta’sirida shu sonantlar yonida qo‘llangan unlining rezonator ton bilan aytilishi: non, nok, men, meng kabi. Bunday hollarda ham fonemaning kombinator ottenkasi (unlining ko‘rinishi) paydo bo‘ladi.


Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling