Kuchli pozitsiya - fonemaning asosiy ottenkasi saqlanadigan pozitsiya.
Kuchsiz pozitsiya - fonemaning asosiy ottenkasi o‘zgarishiga olib keladigan pozitsiya.
Intervokal holat - undosh fonemaning ikki unli orasidagi holati.
Assimilativ holat - nutq oqimida fonemalar assimilatsiyasiga olib keluvchi vaziyat.
Dissimilativ holat - nutq oqimida fonemalar dissimilatsiyasiga olib keluvchi vaziyat.
Divergent - divergensiya yo‘li bilan bir fonemaning ottenkalaridan o‘sib chiqqan yangi fonema.
Variativlik- bir fonemaning fizik-akustik va artikulatsion jihatdan farqlanadigan ko‘rinishlarga ega bo‘lishi.
Allofonik variativlik- fonemalarning pozitsiyaga bo‘g‘liq ravishda o‘zgarishi sifatida qaraladigan variativlik.
Diafonik variativlik- fonemalarning pozitsiyaga bog‘liq bo‘lmagan holda(bir xil fonetik qurshovda) yuz beradigan almashinuvi.
Adabiyotlar: 10 (64-72-betlar), 11 (143-151-betlar),), 23 (2002 - yil nashri,52- 103-betlar; 2004-yil nashri, 44-83-betlar), 33 (62-65).
Fonologik sistemalar taraqqiyotidagi
jarayonlar
Ma’lumki, har qanday tilning fonetik-fonologik tizimlari uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida u yoki bu o‘zgarishlarga uchrab turadi. Bunga bir qator omillar sabab bo‘ladi: til va nutq o‘rtasidagi aloqalar, bilingvizm sharoitida yuz beradigan tillar substratsiyasi, uning asos tilga ta‘siri va hokazolar shular jumlasidandir. Bular orasida konvergensiya, divergensiya va kompensatsiya jarayonlari alohida o‘rin tutadi.
Konvergensiya, divergensiya va kompensatsiya1
Do'stlaringiz bilan baham: |