"G„" fonemasi - chuqur til orqa (uvular), sirg‘aluvchi, jarangli, shovqinli (ayrim tilshunoslar fikricha - sonor) undosh. Bu fonema so‘z boshida (g„or, g„alvir), o‘rtasida (tog„ora, sog„inch) va oxirida (tog„, yog„, mablag„) kela oladi. Qadimgi turkiy tilda "g"ning variatsiyasi bo‘lgan va so‘z boshida qo‘llanmagan. Demak, tarixan "g"ning divergensiyaga uchrashi natijasida "g‘" yuzaga kelgan, shuning uchun uni "g"ning divergenti deyish mumkin. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida "g‘" bilan tugagan so‘zlarga "g" bilan boshlangan affikslar qo‘shilganda "g‘" va "g"larning "qq"ga kochish holatlari uchraydi: tog„+ga>toqqa, bog„+ga>boqqa, og„+gan>oqqan, sog„+gani>soqqani kabi(bu hodisa tilshunoslikda koartikulatsiya deb ataladi. Qarang: 1,37-b.). Shevalarda so‘z oxiridagi "g‘ " o‘rnida "v"ning
qo‘llanish hollari (g‘/v almashinuvi) ham uchrab turadi: tog‘> tov, to„g„ri>tuvri, og„iz>ovuz kabi. Bunday holatlar adabiy til uchun me‘yor hisoblanmaydi.
"X" fonemasi - chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh. Bu fonema so‘z boshida (xalq, xabar), o‘rtasida (maxsus, maxfiy) va oxirida (do‘zax, mix, tarix) kela oladi. Qadimgi turkiy tilda "x" undoshi bo‘lmagan. U eski turkiy
til davrida paydo bo‘lgan: qan>xan (xon), qayu>xayu (qaysi),yaqshi>yaxshi kabi .
Qipchoq lahjasi shevalarida "x"ning o‘rnida "q"ning qo‘llanish holatlari hozir ham uchraydi: xabar>qabar, xalq>qalq, xalta>qalta kabi. "X" undoshidan so‘ng qo‘llangan unlilar, odatda, orqa qator ottenka bilan talaffuz etiladi (akkomodatsiya hodisasi sodir bo‘ladi): xulq, xavf, xato kabi .
Do'stlaringiz bilan baham: |