O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet65/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

"U" fonemasi - tor (yuqori ko‘tarilish), orqa qator, lablangan unli. So‘zning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llanadi: uka (birinchi bo‘g‘inda), uzum (birinchi, ikkinchi bo‘g‘inlarda), ko„zgu (oxirgi ochiq bo‘g‘inda) kabi. Urg‘uli bo‘g‘inda kuchli, biroz cho‘ziq; urg‘usiz bo‘g‘inda esa qisqa, kuchsiz talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: butun, uchun, tuzuk (birinchi bo‘g‘inlar urg‘usiz, oxirgi bo‘g‘inlar - urg‘uli) kabi. Bu unli ham q, g‘, x bilan yondosh qo‘llanganda yo‘g‘onlashadi (orqa qator ottenkaga aylanadi), k, g, ng, y, h undoshlari bilan yonma-yon kelganda esa old qator, ingichka ottenka tarzida aytiladi. Qiyos qiling: kul va qul, tugun va turg„un, ko„zgu va qayg„u, buyuk va burg„u, hukm va xulq, guv-guv va g„uv-g„uv, mangu va urg„u kabi.

"U" unlisi arabcha o‘zlashmalarda ketma-ket qo‘llanishi mumkin: shuur kabi.
Ruscha o‘zlashmalardagi "u": a) so‘z boshidagi urg‘usiz bo‘g‘inda o‘zbekcha "u" dan yo‘g‘onroq talaffuz etiladi: uzun (o‘zb.) - uzual (rus.), uxla (o‘zb.) - uklad (rus.) kabi; boshi yopiq va to‘la yopiq bo‘g‘inlarda: urg‘usiz bo‘g‘inda o‘zbekcha "u" ruscha "u"dan qisqaroq bo‘ladi: dushman (dъshmэn) - turbina, muzday (mъzdэy) - muzey kabi; urg‘uli bo‘g‘inda ruscha "u" ancha cho‘ziqroq va yo‘g‘onroq talaffuz etiladi: mangu (o„zb.< mo„g„.) - mangusta (rus.), mavzu (o„zb.< ar.) - meduza (rus.) kabi; v) undosh+unli+undosh sxemasidagi bir bo‘g‘inli so‘zlarda "u" fonemasi o‘zbekcha so‘zlarda ingichkaroq,qisqa va tor, ruscha o‘zlashmalarda esa yo‘g‘onroq, cho‘ziqroq va kengroq bo‘ladi: dud (o‘zb.< f-t.) - dub (rus.), pul (o‘zb.< f-t.) - puls (rus) kabi; g) ruscha o‘zlashmalarda yumshoq undoshdan so‘ng qo‘llangan "u" o‘zbekcha "u" dan ham ingichka va yumshoq talaffuz qilinadi: byuro (b'uro), salyut (sal'ut) kabi.Bunday holatlarda ham ruscha “u” o‘zbekcha “u”ning fakultativ varianti sifatida tavsiflanishi mumkin.
"U" unlisi o‘zbek tilida qadimiydir.


  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling