O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


     1.2.  Oliy  ta’lim  muassasining  elektron  ta’lim  muhitini  tashkilashtirishda


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana07.12.2020
Hajmi1.18 Mb.
#161713
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kasb-hunar kollejlarida stereometriya masalalarini yechishda oquvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari


 

20 

 

 1.2.  Oliy  ta’lim  muassasining  elektron  ta’lim  muhitini  tashkilashtirishda 



xorijiy OTMlar tajribasi 

Oliy  ta’lim  muassasalarida  elektron  ta’lim  jarayonini  tashkillashtirish  va 

boshqarish  jarayonida  kompyuter  texnikasi  va  telekommunikatsiya  vositalari 

xamda boshqa yangi axborot texnologiyalarni qo’llashga asoslangan an’anaviy va 

innovatsion  ta’lim  vositalaridan  foydalaniladi.  Bu  zamonaviy  ta’lim  tili  bilan 

“Ta’limning dasturiy-texnik vositalari” deb yuritiladi. 

 

1.3-rasm. Oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim jarayonini tashkillashtirish 

va boshqarish. 

Elektron ta’limni tashkillashtirish uchun joriy qilinadigan dasturiy-texnik vositalar 

quyidagi pedagogik vazifalarni xal etishi zarur: 

 Mustaqil o’qish imkoniyati; 

 O’quv materialini o’zlashtirishni qulay sharoitlarini ta’minlash; 

 Talabalar bilan ishlash va o’zaro munosabatni jamoaviy muloqot asosida 

olib borish. 

Oliy  ta’lim  muassasasi  elektron  ta’lim  tizimini  tashkillashtirishning  ko’pgina 

manbalari orasidan quyidagilarni ko’rsatish mumkin:  

 Mualliflik dasturiy maxsulotlari (Authoring tools);  



21 

 

 Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management 



Systems);  

 Ichki kontentni boshqaruv tizimlari CMS (Content Management Systems). 

 

1.4-rasm.  OTM elektron ta’limni tashkillashtirish va boshqarishda 

ishlatiladigan dasturiy ta’minotlar strukturasi. 

Barchamizga  ma’lumki,  xar  bir  universitet  yoki  ta’lim  muassasi  o’z  ta’lim 

jarayonini  boshqarish  uchun  zamonaviy  texnologiyalardan  kelib  chiqqan  xolda, 

o’zining  virtual  axborot  ta’lim  muhitini  yaratishga  xarakat  qiladi.  Xozirgi  vaqtga 

kelib,  virtual  axborot  ta’lim  muhitini  yaratishning  xojati  qolmagan,  chunki  Web 

muxitiga  moslashgan  xar  xil  turdagi  dasturiy  majmualar  jonkuyar  dasturchi  va 

elektron  ta’lim  soxasida  ishlab  kelayotgan  xodimlarning  xamkorlikda  ishlashlari 

shuningdek,  ta’limga  yo’naltirilgan  fondlar  tomonidan  qo’llab  quvvatlanishi 

natijasida, erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar yaratilgan. 

Oliy  ta’lim  muassasasi  elektron  ta’lim  jarayonini  tashkillashtirish  va 

boshqarishni  amalga  oshirishda  quyida  ko’rsatilgan  bosqichlar  asosida  amalga 

oshirish mumkin.

 

 

1-bosqichda  oliy  ta’lim  muassasasining  elektron  ta’lim  muxitida  ta’lim 



jarayoniga 

bo’lgan 


extiyojlari, 

ta’lim 


jarayonida 

qatnashayotgan 

foydalanuvchilarning  soni,  o’qitish  usullari  va  shakllari,  loyihani  amalga 

Elektron ta’limni 

tashkillashtirishning 

ko’pgina manbalari 

orasidan quyidagilarni 

ko’rsatish mumkin 

 

 

Mualliflik dasturiy 



mahsulotlari (Authoring 

tools) 


 

Virtual ta’lim jarayonini 

boshqaruvchi tizimlar 

LMS (Learning 

Management Systems) 

 

 



Ichki kontentni 

boshqaruv tizimlari 

CMS (Content 

Management Systems) 

 


22 

 

oshirishda kerak bo’ladigan texnik, dasturiy va inson resurslari, loyihani iqtisodiy 



asoslari tahlil qilinadi. 

2-bosqichda tahlillar natijasida amalga oshiriladigan ishlar ko’lami va texnik 

topshiriq loyihalashtiriladi.  



3-bosqichda  esa  tanlangan  elektron  ta’lim  muxitida  Oliy  ta’lim  muassasasi 

elektron  ta’lim  jarayonini  boshqaruvchi  dasturiy  majmua  tegishli  serverda 

o’rnatiladi,  tizimga  tegishli  domen  tanlanadi.  Elektron  ta’lim  muxitida  ta’lim 

jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuasidan foydalanish va unga texnik qo’llab 

quvvatloshchi  ishchi  xodimlarni  o’rgatish  bo’yicha  o’quv  mashg’ulotlar 

tashkillashtiriladi.  



4-bosqichda 

Oliy  ta’lim  muassasasi  elektron  ta’lim  jarayonini 

tashkillashtirish elektron ta’lim muxitida ta’lim jarayonining asosiy elementlaridan 

biri  bo’lmish  o’quv  kontentlar  o’quv  bo’limi  va  soxa  mutaxasislari  bilan 

xamkorlikda  yaratiladi.  Yaratilgan  o’quv  kontentlar  eskpertlar  tomonidan 

tekshiriladi.  



5-bosqichda  elektron  ta’lim  jarayoni  ishga  tushiriladi.  Ta’lim  jarayonida 

o’quv jarayoni doimiy nazoratda bo’lib turadi.  



6-bosqichda  yuqorida  keltirilgan  bosqichlarda  mavjud  bo’lgan  kamchiliklar 

to’g’rilanadi,  texnik  imkoniyatlar  kengaytiriladi,  tizimning  rivojlanishiga  tegishli 

bo’lgan ishlar ko’lami bajariladi. 

Bugungi  kunda  yangicha  yondoshuvlar  asosida  isloxotlar  o’tkazish 

O’zbekistonda ta’lim soxasi rivojlanishining muxim omili bo’lib xizmat qilmoqda. 

Davlatimizda  tashkil  etilgan  dunyoning  eng  saloxiyatli  oliy  o’quv  dargoxlaridan 

Angliyaning  Vestministr  universiteti,  Italiyaning  Turin  politexnika  instituti, 

Singapur  menejmentni  rivojlantirish  oliygoxi,  Janubiy  Koreyaning  INXA 

kommunikatsion 

texnologiyalar 

universiteti, 

Lomonosov 

universiteti 

va 


G.V.Plexanov  nomli  iqtisodiyot  universiteti  filiallarining  tashkil  etilgani  ta’lim 

tizimimizni jaxon talablariga mos rivojlanishi omili xisoblanadi.  

Jaxon  tajribalaridagi  eng  ilg’or  ta’lim  soxasidagi  rivojlanish  yutuqlarini 

o’rganish, o’z milliy xususiyatlarimizga mos jixatlaridan foydalanish, bugungi kun 



23 

 

zamon  talabidir.  Xozirda  rivojlanish  darajalari  yuqori  ko’rsatkichlarni  egallagan, 



mutaxassislar  e’tirofiga  sabab  bo’lgan  ta’lim  rivojlanishi  va  sifat  ko’rsatkichlari 

yuqori  bo’lgan  davlatlardan  Buyuk  Britaniya,  Avstraliya,  Janubiy  Koreya  va 

Yaponiya tajribasini ko’rib o’tamiz. 

Birlamchi (Yagonalik) modeli. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga ko’ra faqat 

masofali  o’qitishda  va  talabalar  bilan  ishlash  maqsadida  tashkil  etiladi.  O’qitish 

shunday  amalga  oshiriladiki,  bunda  ta’limning  kunduzgi  shakli  zarur  bo’lmaydi. 

Barcha  o’qitish  elektron  ta’lim  orqali  masofadan  amalga  oshiriladi.  Ushbu 

modelda  o’qitishda  xududiy  markazlar  bo’lib,  ularda  talabalar  o’qituvchilardan 

maslaxatlar olishi yoki yakuniy imtixon topshirishlari mumkin. 

  

Bunday  oliygoxlarda  o’qituvchilarga  xam  talabalarga  xam  o’quv 



faoliyatining  shakl  va  uslublarini  tanlashda  katta  erkinlik  beriladi.  Vaqt  va  o’quv 

jadvallariga  qat’iy  chegaralar  qo’yilmaydi.  Bunday  tamoyilda  o’qitish  ochiq 

universitetlarda,  masalan,  Buyuk  Britaniyaning  ochiq  universiteti  (United 

Kingdom Open University – http:www.open.ac.uk) da tashkil etilgan. 



Ikkilamchi  (Ikkilangan)  modeli.  Bunday  tizimda  oliygoh  kunduzgi 

talabalarni xam qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o’qitadi. Xar 

ikkalasida  xam  dars  jadvallari,  o’qitish  dasturlari,  imtixonlari  va  baxolash 

mezonlari  bir  xil  bo’ladi.  Odatda  ikkilangan  modelni  rivojlantirayotgan  oliygoh 

kunduzgi  talabalar  soni  masofali  o’qiyotgan  talabalar  sonidan  katta  bo’lgan 

ana’naviy  oliygohlardir.  Shuning  uchun  bir  universitetning  o’zida  ikki  shaklning 

birgaligida ko’proq o’zlarida katta o’quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga 

ega  bo’lgan  kunduzgi  ta’lim  olayotgan  talabalar  yutadilar.  Bunday  oliygohlarda 

masofali  kurslar  xar  doim  xam  foyda  keltirmaydi,  ba’zan  u  qisman  kunduzgi 

talabalarni  o’qitish  xisobidan  amalga  oshiriladi.  Bunday  xolatlarda  asosiy  urg’u 

tajribaga,  pedagogika  va  uslubiy  innovatsiyalar  tadqiqotiga  va  boshqalarga 

beriladi.  Masofali  o’qitishning  bunday  modeli  Avstraliyaning  yangi  Angliya 

universiteti  (University  of  New  England,  Australia  – 

http:www.une.edu.au

)  da 

tashkil etilgan. 



24 

 

Aralash  model.  Ushbu  model  universitet  talabalarini  masofali  o’qitishning 

turli  shakllarini,  aniqrog’i  shakllarning  integratsiyasini  nazarda  tutadi.  Masalan, 

kunduzgi 

shaklda 

o’qiyotgan 

talabalar 

masofali 

o’qitish 

kurslarining 

dasturlaridagilarni  yoki  ushbu  universitetning  o’qituvchisi  o’qiyotgan  kunduzgi 

kurslari  bilan  parallel  ravishda  qisman  o’qiydilar.  Shuningdek,  bu  modelda 

an’anaviy  kurslar  doirasida  virtual  seminarlar,  taqdimotlar,  ma’ruzalar 

ko’rinishidagi  mashg’ulotlar  aloxida  shakllarining  birlashmasi  bo’lishi  mumkin. 

Universitet  axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyalari  vositalari  bilan  qanchalik 

yuqori  jixozlangan  bo’lsa,  shunchalik  o’qitish  shakllari  turli-tuman  bo’ladi. 

Integrallashgan  bunday  kurslar  Yangi  Zelandiyadagi  Massey  universitetida 

(Massey University, New Zealand – 

http:www.massey.ac.nz

) tashkil etilgan. 

Janubiy  Koreya  muvaffaqiyati  va  ta’lim  tizimi

2

.  Dunyoda  ta’lim 



yo’nalishida Janubiy Koreya ta’lim sohasi yetakchi o’rinni egallab, ilmiy salohiyat 

ham shiddat bilan yuksalib bormoqda. Bu fikrlar isboti sifatida “Ilmiy yuksalishni 

baholash xalqaro tashkiloti” (IAEP) tomonidan 2015 yilda 19 mamlakat talabalari 

orasidan  18  yoshli  o’smirlar  uchun  egallangan  ta’lim  sifatini  ifodalovchi 

monitoring tadqiqotlarida Janubiy Koreya yoshlari birinchi o’rinni egalladi. 

Koreyada  359  ta  oliy  o’quv  yurtlari  mavjud  bo’lib  ularda  3,3  mln.ga  yaqin 

talabalar tahsil olishadi. Ushbu oliy o’quv yurtlarining 222 tasi to’rt yillik kollejlar, 

180  tasi  xususiy  ta’lim  muassasalaridir.  Jami  mavjud  oliy  o’quv  yurtlarining  85 

foizi xususiy ta’lim muassasalaridir. Universitetlarda 78%, kasbiy maktablarda 96 

%  talabalar  xususiy  ta’lim  muassasalarida  o’qishadi.  Universitetlarning  umumiy 

xarajatlarini  23%  davlat  tomonidan  moliyalashtiriladi.  Boshqa  rivojlangan 

davlatlar  qatori  Koreyada  ham  oliy  ta’lim  ikki  bosqichda  (bakalavriat  va 

magistratura) olib boriladi. 

Bakalavriat ta’lim dasturlari 4 yilga mo’ljallangan bo’lib, kamida 130 kredit 

birligidan  iborat.  O’quv  dasturining  birinchi  ikki  yili  umumkasbiy  o’quv 

                                                 

2

  Success  and  Education  in  South  Korea  Clark  W.Sorensenp  34-39  2004  http//  Retrieved 



15.07.2015 from://www.jstor.org. 

25 

 

fanlaridan, oxirgi ikki yili esa mutaxassislik fanlaridan iborat. Semestr 16 haftadan 



iborat.  Bakalavrlar  asosan  universitetlarda  va  4  yillik  o’quv  dasturi  asosidagi 

kollejlarda tayyorlanadi. 

2000  yilda  Janubiy  Koreya  xukumatining  yalpi  milliy  maxsulotining  4,5 

foizi  ta’limga  yo’naltirilgan.  Lekin  Yevropadagi  bu  ko’rsatkich  ancha  yuqori 

bo’lib  bu  ko’rsatkich  Vengriyada  6,1%,  Frantsiyada  7,5%  ni  tashkil  etgan. 

Shunday  bo’lsada  Janubiy  Koreya  xalqining  ta’lim  olishga  asosiy  e’tibor 

qaratayotganligi  mamlakatni  barcha  soxalarda  erishayotgan  yutuqlarida  xam 

ko’rinib turibdi. Bugungi kunda Janubiy Koreyada ta’lim tizimidagi erishilayotgan 

yuqori ko’rsatkichlar sababi mutaxassislar tomonidan quyidagi xususiyatlarda deb 

ko’rsatilmoqda: 

Janubiy Koreya xalqida ta’limga bo’lgan ishtiyoqning balandligi xususiyati; 

Janubiy  Koreyadagi  ta’lim  tizimida  talabalarning  mustaqil  ta’lim  olish 

jarayoniga aloxida e’tibor qaratilganidadir. 

Janubiy  Koreyadagi  ta’lim  tizimida  pedagoglarning  aksariyati  erkaklardan 

iborat bo’lganligi xususiyati, tizimni qat’iy rivojlanishi omili bo’lib xizmat qilgan 

deya baholanmoqda

Janubiy  Koreya  yoshlarining  ta’limga  ko’p  vaqt  sarflaganligi  xususiyati, 

koreyalik  o’quvchilarning  qo’shimcha  bilim  yoki  amaliyot  uchun  maktabdan 

tashqari qo’shimcha bir necha soat vaqtlarini ajratishida kuzatiladi. 

Yaponiya  ta’lim  tizimi

3

.  Oliy  ta’lim  tizimi  o’z  ichiga  ta’lim 

muassasalarining  quyidagi  to’rt  turini  qamrab  oladi:  1)  to’liq  sikldagi  (4  yil)  va 

tezlashgan  sikldagi  (2  yil)  universitetlar;  2)  kasb-xunar  kollejlari;  3)  maxsus 

tayyorgarlik  maktablari  (texnologik  institutlar);  4)  diplomdan  keyingi  ta’lim 

maktablari (magistratura). 

Mutaxassislar  yapon  ta’lim  tizimini  natijasi  sifatida  mamlakatni  yuqori 

malakali kadrlar tayyorlanayotganligida va fan-texnika yutuqlarining shiddat bilan 

                                                 

3

 



Education  system  Japan  |  EP-Nuffic  |  1st  edition  September  2010  |  version  4,  January  2015 

http://www.jstor.org //Retrieved 15.07.2015.

 


26 

 

amaliyotga tadbiq etilayotganligi bilan izoxlaydilar. Bugungi kunda Yaponiyadagi 



erishilayotgan  yuqori  sifat  ko’rsatkichlar  sababini  mutaxassislar  quyidagi 

xususiyatlarda deb ko’rsatmoqda:  

 Yapon  ta’lim  tizimida  xususiy  sektor  xajmini  ortishi  xususiyati,  boshqa 

soxalardagi kabi raqobat muxiti rivojlanganligini taminlaydi.  

 Xalqaro  xususiyatlarning  mavjudligi,  barcha  ta’lim  muassasalarida  imtixon 

va  test  sinovlari  ingliz  tilida  yapon  tili  bilan  bir  xil  darajada  amalga 

oshirilishi va  taraqqiy  etgan.  Yevropa  davlatlari  tajribalari  til  orqali  yanada 

tezroq o’zlashtirilayotganligidir. 

 Ilmiy-tadqiqot  tashkilotlari  bevosita  ta’lim  tizimlarida  faoliyat  olib  borib, 

ta’lim  muassasalari  faoliyati  natijalariga  ularning  mas’ulligi  va  to’g’ridan 

to’g’ri  javobgarligi  bilan  ilmiy  yangiliklar  amaliyotga  tezkor  tadbiq 

etilayotganligi. 

 Ta’lim tizimi o’quv dasturlari xar yilda yangilanishi, talabalar-ning mustaqil 

ta’lim  olish  jarayoniga  aloxida  e’tibor  berilayotganligi  natijasida 

talabalarning mustaqil ta’lim olish ko’nikmasining yuqori darajada ekanligi 

va takomillashtirilish xususiyati, fan yo’nalishlaridagi zamonaviy yangiliklar 

o’zgartirishlar o’quv dasturlarida aks ettirilishi ta’lim mazmuni yildan yilga 

mazmun moxiyati jixatidan takomillashib borayotganligini ko’rsatadi. 

 Ta’lim  tizimi  bosqichlari  jarayonlaridagi  imtixon  nazoratlari  talablarini 

yuqoriligi  va  keskin  choralar  qo’yilishi  xususiyati,  o’quvchi  va  talabalarda 

ma’suliyatni oshirishiga sabab bo’ladi.  

Talabalarning  asosiy  bilim,  ko’nikma  va  malakalari  mustaqil  ta’lim 

jarayonidagina shakllanadi, erkin faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda 

ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi. 



27 

 

 



1.5-rasm. Elektron ta’lim bozorining butun dunyodagi o’sish sur’ati 

Elektron ta’limning bugun va kelajakdagi o’rni va axamiyatini uning dunyo 

sanoatidagi xajmi bilan baxolash mumkin. Ushbu xajm 2005 yili 48 mlrd. Dollarni 

tashkil qilgan bo’lsa, 2010 yilga kelib 52,6 mlrd. dollarni tashkil qildi. Prognozlar 

bo’yicha 2015 yili masofaviy ta’lim bozorining xajmi dunyoda 107 mlrd. dollarga 

etadi, 2025 yilda esa 215 mlrd. dollarni tashkil qiladi.  

Elektron  ta’lim  bozorining  eng  katta  ulushi  AQSh  va  Yevropa  ittifoqi 

mamlakatlariga to’g’ri keladi (1.6-rasm). 

 


28 

 

I bob bo’yicha xulosalar



 

Bu  bobda  Oliy  ta’lim  muassasalarining  elektron  ta’lim  jarayonini 

tashkillashtirish va boshqarishning nazariy-uslubiy asoslari amalga oshirish tartibi, 

va me’zonlari hamda elektron ta’limni tashkil qilish usullari haqida fikr yuritilgan. 

Elektron  ta’lim  muammosi  yuzasidan  olib  borilgan  tadqiqotlarni  o’rganish 

va  tahlil  qilish  natijasida  oliy  ta’lim  muassasalarining  elektron  ta’lim  jarayonini 

shakllantirish  va  takomillashtirish  zarur  degan  xulosaga  kelindi.  Shuning  uchun 

talabalarning  elektron  ta’lim  olishlarini  rejalashtirish,  tashkil  qilish  va  buning 

uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg’ulotlarida  talabalarni 

o’qitish  bilan  bir  qatorda,  bilim  olish  yo’llarini  ko’rsatish,  mustaqil  ta’lim  olish 

uchun  yo’llanma  berish,  oliy  ta’lim  muassasasining  asosiy  vazifalaridan  biri 

xisoblanadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

29 

 

II  BOB.  Oliy  ta’lim  muassasalarining  elеktron  ta’lim  jarayonini 



tashkillashtirish va boshqarish mеtodlari 

2.1. Oliy ta’lim muassasasida elеktron ta’lim jarayonini tashkillashtirish va 

ta’lim sifatini ta’minlash usullari 

 

Yangi  tеxnologiyalar  kun  sayin  rivojlanib,  axborotlashtirish  jarayoni  tеz 



sur’atlar  bilan o‘sib borayotgan xozirgi davrda ta’lim soxasida axborot rеsurslarini 

tashkil  etish  va  ta’limda  foydalanishga  mamlakatimizda  xam  aloxida  e’tibor 

qaratilmoqda.  Jumladan,  O‘zbеkiston  Rеspublikasi  Prеzidеntining  “O‘zbеkiston 

Rеspublikasida “Elеktron ta’lim” milliy tizimini yaratish” invеstitsiya loyixasini 

amalga  oshirish    chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  2012  yil  16  aprеldagi  PQ–1740-son 

qarori  ta’lim  soxasida  axborotlashtirishning  milliy  tizimini  shakllantirish, 

zamonaviy  axborot  tеxnologiyalarini  joriy  etish  va  undan  foydalanish,  jaxon 

axborot rеsurslaridan baxramand bo‘lishni kеngaytirishga zamin yaratadi. 

Oliy  ta’lim  tizimiga  elеktron  ta’limni  joriy  etish  birinchi  navbatda 

jamiyatning 

intеllеktual 

saloxiyatiga, 

jumladan, 

ta’lim 


soxasining 

axborotlashuviga, axborot ta’lim rеsurslarini ishlab chiqishga bog‘liq. Dunyoning 

rivojlangan  va  rivojlanayotgan  mamlakatlarida  ta’limni  axborotlashtirish,  shu 

jumladan  elеktron  ta’limni  joriy  etishga  aloxida  e’tibor  qaratilmoqda.  Elеktron 

ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari izlanmoqda, ta’limda 

yangi axborot tеxnologiyalarini joriy etish ta’lim  soxasidagi isloxotlarning diqqat 

markazidan o‘rin olgan. 

Ta’limning  fan  va  ishlab  chiqarish  bilan  intеgratsiyasining  asosli 

mеxanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o‘qishni, mustaqil bilim 

olishni  individuallashtirish,  masofaviy  ta’lim  tizimi  tеxnologiyasi  va  vositalarini 

ishlab  chiqish  va  o‘zlashtirish,  yangi  pеdagogik  xamda  axborot  tеxnologiyalari 

asosida elеktron ta’limdan foydalangan xolda talabalar o‘qishini jadallashtirish ana 

shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. O‘quv  jarayonini elеktron ta’lim asosida 

tashkil    etish,  shu  jumladan,  o‘quv  matеriallarini  bayon  etishni  takomillashtirish 

tamoyillariga ma’lum o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘ladi. Bunda ta’lim jarayoniga 


30 

 

zamonaviy axborot tеxnologiyalarini joriy etish va ulardan  foydalanish maqsadga 



erishishdagi eng samarali yo‘l xisoblanadi. 

Ta’lim tizimiga elеktron axborot ta’lim tеxnologiyalarini tatbiq etish, ta’lim 

muassasalarining  moddiy  tеxnik  bazasini  xolatini  tanqidiy  baxolash  va 

takomillashtirishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:   

  elеktron ta’limni  o‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun lozim moddiy-tеxnika 

bazasini yaratish;  

  o‘quv jarayoni uchun elеktron ta’limga mo‘ljallangan ta’lim 

tеxnologiyalarini yaratish va qo‘llash;  

  talabalarni zamonaviy  elеktron ta’lim  tеxnologiyalari soxasida bilim va 

ko‘nikmalarini shakllantirish;  

  elеktron ta’limni joriy  etish orqali  ta’lim tarbiya va o‘qitish jarayonining 

samaradorligini oshirish.  

Elеktron  axborot  rеsurslari  ta’limga  oid  axborotlarni  yig‘ish,  saqlash,  uzatish, 

qayta  ishlash  usul  va  vositalari  majmuidan  iborat  bo‘lib,  u  ta’limga  oid  turli 

axborotlarning yaratilishini bеlgilovchi ichki va tashqi omillarga bog‘liq:  

  ichki omillar — bu axborotlarning yaratilishi, turlari, xossalari, axborotlar 

bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va x.k.  

  tashqi omillar  —  bu  elеktron ta’limning tеxnika-uskunaviy vositalari  

orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.   

Elеktron ta’limdan foydalanish esa, ular bilan muloqotda  foydalanuvchilarning 

ko‘nikma  va  malakalariga  bog‘liq.  Shuning  uchun,  dastlab  zamonaviy 

tеlеkommunikatsiya vositalarining o‘zi nimaligini bilib olish muxim sanaladi.               

Zamonaviy tеlеkommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda kеng tizim bo‘lib, 

unga  ma’lum  bo‘lgan  kompyutеr,  multimеdia  vositalari,  kompyutеr  tarmoqlari, 

Intеrnеt  kabi  tushunchalardan  tashqari  qator  yangi  tushunchalar  xam  kiradi. 

Bularga  axborot  tizimlari,  axborot  tizimlarini  boshqarish,  axborotlarni  uzatish 

tizimlari,  ma’lumotlar  ombori,  ma’lumotlar  omborini  boshqarish  tizimi,  bilimlar 

ombori kabilar misol bo‘lishi mumkin. “XXI asr - axborotlashtirish asri”da ta’lim 

soxasiga elеktron ta’limni joriy etish, xar bir ta’lim muassasasida:  


31 

 

  o‘qitish va o‘qish jarayonining;   



  ta’lim muassasasi boshqarilishining;   

  ta’lim muassasasi bo‘linmalarining;  

  ta’lim muassasasi faoliyati muxitining axborotlashtirilishini talab qiladi.  

Ta’lim muassasida elеktron ta’lim muxitini tashkil etish bosqichlari psixologik 

axborot muxitini yaratishdan boshlanadi. Tеxnologik va ilmiy natijalar, yaratilgan 

dasturiy  maxsulotlar  asosida  zamonaviy  vositalar  va  mеtodlardan  foydalanishga 

extiyoj  shakllantiriladi.  Bunda  xar  bir  ta’lim  muassasida  individual  va  maslaxat 

mashg‘ulotlar asosida pеdagoglarni mustaqil va kompyutеr ta’limi tizimini tashkil 

etish kеrak. 

Rеspublikamizda  boshqa  ilg‘or  mamlakatlar  qatori  zamonaviy  axborot 

tеxnologiyalaridan  ta’limda  faol  foydalanishga  kirishildi.  Lеkin,  elеktron  ta’limni 

joriy etishda qator qiyinchiliklar mavjud bo‘lib, u quyidagilardir:  

  elеktron ta’limni joriy etishga pеdagogik jamoalarning yеtarli tayyor 

emasligi;  

  elеktron ta’lim  imkoniyatlari xaqida tasavvurlarning ozligi, ularni qo‘llash 

bo‘yicha mеtodik ishlanmalarning kamligi;  

  elеktron ta’limda foydalaniladigan  kompyutеr tеxnologiyalari vositalarining 

qimmatligi;  

  elеktron ta’lim bo‘yicha mutaxassislarning yеtishmasligi.  

Elеktron  ta’limni  joriy  etish  kеng  ma’noda  ta’lim  soxasini  mеtodologiya, 

o‘qitish  maqsadlarining  psixologik-pеdagogik  tadbig‘iga  yo‘naltirilgan  yangi 

axborot tеxnologiyalari vositalarini samarali foydalanish va qayta ishlash amaliyoti 

bilan  ta’minlash  sifatida  qaraladi.  Bundan  tashqari,  elеktron  ta’lim  masofali 

o‘qitish  tizimining  taraqqiyoti  uchun  baza  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Elеktron  ta’lim 

jarayonida  ta’lim  tizimida  yangi  axborot  tеxnologiyalari  vositalaridan  kеng 

ko‘lamda amalga oshiriladi. 

Oliy  ta’lim  muassasalarida  elеktron  ta’lim  jarayonini  tashkillashtirish  va 

boshqarish  jarayonida  kompyutеr  tеxnikasi  va  tеlеkommunikatsiya  vositalari 

xamda boshqa yangi axborot tеxnologiyalarni qo‘llashga asoslangan an’anaviy va 


32 

 

innovatsion  ta’lim  vositalaridan  foydalaniladi.  Bu  zamonaviy  ta’lim  tili  bilan 



“ta’limning dasturiy-tеxnik vositalari” dеb yuritiladi. 

 

Elektron ta’limni tashkillashtirish uchun joriy qilinadigan dasturiy-texnik 



vositalar quyidagi pedagogik vazifalarni xal etishi zarur: 

  mustaqil o’qish imkoniyati; 

  o’quv materialini o’zlashtirishni qulay sharoitlarini ta’minlash; 

  talabalar bilan ishlash va o’zaro munosabatni jamoaviy muloqot asosida olib 

borish. 

Oliy  ta’lim  muassasasi  elektron  ta’lim  tizimini  tashkillashtirishning  ko’pgina 

manbalari orasidan quyidagilarni ko’rsatish mumkin:  

  mualliflik dasturiy maxsulotlari (Authoring tools);  

  virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management 

Systems);  

  ichki kontentni boshqaruv tizimlari CMS (Content Management Systems). 

 

Oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’limni tashkillashtirish va boshqarishda 



ishlatiladigan dasturiy ta’minotlar strukturasi 

Barchamizga  ma’lumki,  xar  bir  universitet  yoki  ta’lim  muassasi  o’z  ta’lim 

jarayonini  boshqarish  uchun  zamonaviy  texnologiyalardan  kelib  chiqqan  xolda, 

o’zining  virtual  axborot  ta’lim  muxitini  yaratishga  xarakat  qiladi.  Xozirgi  vaqtga 

Elektron ta’limni 

tashkillashtirishning 

ko’pgina manbalari 

orasidan quyidagilarni 

ko’rsatish mumkin 

 

 



Mualliflik dasturiy 

mahsulotlari (Authoring 

tools) 

 

Virtual ta’lim jarayonini 



boshqaruvchi tizimlar 

LMS (Learning 

Management Systems) 

 

 



Ichki kontentni 

boshqaruv tizimlari 

CMS (Content 

Management Systems) 

 


33 

 

kelib,  virtual  axborot  ta’lim  muxitini  yaratishning  xojati  qolmagan,  chunki  Web 



muxitiga  moslashgan  xar  xil  turdagi  dasturiy  majmualar  jonkuyar  dasturchi  va 

elektron  ta’lim  soxasida  ishlab  kelayotgan  xodimlarning  xamkorlikda  ishlashlari 

shuningdek,  ta’limga  yo’naltirilgan  fondlar  tomonidan  qo’llab  quvvatlanishi 

natijasida, erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar yaratilgan. 

Oliy  ta’lim  muassasasi  elektron  ta’lim  jarayonini  tashkillashtirish  va 

boshqarishni  amalga  oshirishda  quyida  ko’rsatilgan  bosqichlar  asosida  amalga 

oshirish mumkin. 

  1-bosqich:Taxlil 

  2-bosqich:Loyixalashtirish 

  3-bosqich:Joriy qilish 

  4-bosqich:O’quv kontentlarni yaratish 

  5-bosqich:Ishga tushirish 

  6-bosqich:Rivojlantirish 


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling