O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana07.12.2020
Hajmi1.18 Mb.
#161713
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kasb-hunar kollejlarida stereometriya masalalarini yechishda oquvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari


1-bosqichda  oliy  ta’lim  muassasasining  elektron  ta’lim  muxitida  ta’lim 

jarayoniga 

bo’lgan 

extiyojlari, 

ta’lim 

jarayonida 



qatnashayotgan 

foydalanuvchilarning  soni,  o’qitish  usullari  va  shakllari,  loyihani  amalga 

oshirishda kerak bo’ladigan texnik, dasturiy va inson resurslari, loyihani iqtisodiy 

asoslari taxlil qilinadi. 



2-bosqichda taxlillar natijasida amalga oshiriladigan ishlar ko’lami va texnik 

topshiriq loyihalashtiriladi.  



3-bosqichda  esa  tanlangan  elektron  ta’lim  muxitida  Oliy  ta’lim  muassasasi 

elektron  ta’lim  jarayonini  boshqaruvchi  dasturiy  majmua  tegishli  serverda 

o’rnatiladi,  tizimga  tegishli  domen  tanlanadi.  Elektron  ta’lim  muxitida  ta’lim 

jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuasidan foydalanish va unga texnik qo’llab 

quvvatlovchi  ishchi  xodimlarni  o’rgatish  bo’yicha  o’quv  mashg’ulotlar 

tashkillashtiriladi. 

  4-bosqichda 

Oliy  ta’lim  muassasasi  elektron  ta’lim  jarayonini 

tashkillashtirish elektron ta’lim muxitida ta’lim jarayonining asosiy elementlaridan 

biri  bo’lmish  o’quv  kontentlar  o’quv  bo’limi  va  soxa  mutaxasislari  bilan 



34 

 

xamkorlikda  yaratiladi.  Yaratilgan  o’quv  kontentlar  eskpertlar  tomonidan 



tekshiriladi.  

5-bosqichda  elektron  ta’lim  jarayoni  ishga  tushiriladi.  Ta’lim  jarayonida 

o’quv jarayoni doimiy nazoratda bo’lib turadi.  



6-bosqichda  yuqorida  keltirilgan  bosqichlarda  mavjud  bo’lgan  kamchiliklar 

to’g’rilanadi,  texnik  imkoniyatlar  kengaytiriladi,  tizimning  rivojlanishiga  tegishli 

bo’lgan ishlar ko’lami bajariladi. 

Elеktron  ta’limda  talaba  va  o‘qituvchi  fazoviy  bir-biridan  ajralgan  xolda 

o‘zaro  maxsus  yaratilgan  o‘quv  kurslari,  nazorat  shakllari,  elеktron  aloqa  va 

intеrnеtning  boshqa  tеxnologiyalari  yordamida  doimiy  muloqotda  bo‘ladilar. 

Intеrnеt  tеxnologiyasini  qo‘llashga  asoslangan  elеktron  o‘qitish  jaxon  axborot 

ta’lim  tarmog‘iga  kirish  imkonini  bеradi,  intеgratsiya  va  o‘zaro  aloqa  tamoyiliga 

ega bo‘lgan muxim bir turkum yangi funktsiyalarni bajaradi. 

Elеktron ta’lim barcha ta’lim olish istagi bo‘lganlarga o‘z malakasini uzluksiz 

oshirish  imkonini  yaratadi.  Bunday  o‘qitish  jarayonida  talaba  intеraktiv  rеjimda 

mustaqil 

o‘quv-uslubiy 

matеriallarni 

o‘zlashtiradi, 

nazoratdan 

o‘tadi, 

o‘qituvchining bеvosita raxbarligida nazorat ishlarini bajaradi. Ma’lum sabablarga 

ko‘ra,  ta’lim  muassasalarining  kunduzgi  bo‘limlarida  taxsil  olish  imkoniyati 

bo‘lmagan,  masalan,  sog‘ligi  taqozo  etmaydigan,  mutaxassicligini  o‘zgartirish 

niyati  bo‘lgan  yoki  yoshi  katta,  malakasini oshirish  niyati bo‘lgan  kishilar uchun 

elеktron ta’lim qulay o‘qitish shakli xisoblanadi. 

Elеktron  ta’limda  turli  xil  axborot  va  kommunikatsiya  tеxnologiya-  laridan 

foydalaniladi,  ya’ni  xar  bir  tеxnologiya  maqsad  va  masala  moxiyatiga  bog‘liq. 

Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan o‘qitish vositalari (o‘quv qo‘llanma, 

darsliklar) talabalarni yangi matеrial bilan tanishtirishga asoslansa, intеraktiv audio 

va  vidеo  konfеrеntsiyalar  ma’lum  vaqt  orasida  o‘zaro  muloqotda  bo‘lishga, 

elеktron  pochta  to‘g‘ri  va  tеskari  aloqa  o‘rnatishga,  ya’ni  xabarlarni  jo‘natish  va 

qabul  qilishga  mo‘ljallangan.  Oldindan  tasmaga  muxrlangan  vidеoma’ruzalar 

talabalarga ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish imkonini bеrsa, xabarlar, topshiriqlarni 



35 

 

tarmoq  orqali  tеzkor  almashinish  talabalarga  o‘zaro  tеskari  aloqa  orqali  o‘qitish 



imkonini bеradi. 

Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta tilga 

olinayotgan ayrim tеrminlar tavsifi va ta’riflarni kеltirib o‘tamiz. 

Elеktron  ta’lim  –  eng  yaxshi  an’anaviy  va  innovatsion  mеtodlar,  o‘qitish 

vositalari  va  formalarini  o‘z  ichiga  olgan  axborot  va  tеlеkommunikatsiya 

tеxnologiyalariga asoslangan yangi axborot tеxnologiya- lari, tеlеkommunikatsiya 

tеxnologiyalari  va  tеxnik  vositalariga  asoslangan  ta’lim  tizimidir.  U  ta’lim 

oluvchiga  ma’lum  standartlar  va  ta’lim  qonun-qoidalari  asosida  o‘quv  shart-

sharoitlari  va  o‘qituvchi  bilan  muloqotni  ta’minlab  bеrib,  o‘quvchidan  ko‘proq 

mustaqil  ravishda  shug‘ullanishni  talab  qiluvchi  tizimdir.  Bunda  o‘qish  jarayoni 

ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo‘lishiga bog‘liq emas.  

Nima  uchun  Oliy  ta’lim  muassasalarining  elеktron  ta’lim  jarayonini 

tashkillashtirish  kеrak  bo‘lib  qoldig‘  –  dеgan  savol  tug‘ilishi  tabiiy.  Bu  savolga 

javob tariqasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: 

Ta’lim  olishda  yangi  imkoniyatlar  (ta’lim  olishning  arzonligi, vaqt va  joyga 

bog‘liqmasligi va boshqalar). 

Ta’lim olishni xoxlovchilar sonining oshishi. 

Sifatli axborot tеxnologiyalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 

Xalqaro intеgratsiyaning kuchayishi. 

Yuqorida  sanab  o‘tilgan  sharoit  va  imkoniyatlar  elеktron  ta’limga  extiyoj 

borligini  ko‘rsatadi.  Elеktron  ta’lim  tizimida  bir-biridan  farqlanuvchi  modеl  va 

shakllari mavjud bo‘lib, ular quyidagi qo‘llanish shartlari bilan farqlanadi: 

  gеografik  shartlar  (masalan,  xududining  markazdan  uzoqlikda  joylashuvi, 

iqlimi); 

  mamlakatning axborotlashuvi va kompyutеrlashtirish umumiy darajasi; 

  kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi; 

  ta’lim jarayonida axborot va kommunikatsiya tеxnologiyalari vositalarining 

qo‘llanish darajasi; 

  ta’limda qo‘llaniladigan an’analari; 


36 

 

  ta’limni tashkil etish uchun ilmiy pеdagog kadrlar mavjudligi va ularning 



saloxiyati va boshqalar. 

Umuman olganda elеktron ta’limning maqsadiga quyidagilar kiradi: 

Mamlakat  miqyosidagi  barcha  xududlar  va  chеt  eldagi  barcha  o‘quvchilar, 

talabalar,  ta’lim  olishni  xoxlovchilarga  birdеk  ta’lim  olish  imkoniyatini  yaratib 

bеrish.  Yetakchi  univеrsitеtlar,  akadеmiyalar,  institutlar,  tayyorlov  markazlari, 

kadrlarni  qayta  tayyorlash  muassasalari,  malaka  oshirish  institutlari  va  boshqa 

ta’lim  muassasalarining  ilmiy  va  ta’lim  bеrish  potеntsiallaridan  foydalanish 

evaziga ta’lim bеrishning sifat darajasini oshirish. 

  Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallеl ravishda qo‘shimcha 

ta’lim olish imkoniyatini yaratib bеrish. 

  Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan extiyojini qondirish va ta’lim 

muxitini kеngaytirish. 

  Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish. 

  Ta’lim sifatini saqlagan xolda yangi printsipal ta’lim darajasini 

ta’minlash. 

Axborot  kommunikatsiya  tеxnologiyalarini  elеktron  ta’lim  jarayonida 

qo‘llash  asosan  ikki  xil  ko‘rinishda  amalga  oshiriladi.  Birinchi  sharti  bu  tеxnik 

jixozlar  bo‘lsa,  ikkinchi  sharti  esa  maxsus  dasturiy  ta’minotlar  bilan 

ta’minlanganligidir. 

  Tеxnik  jixozlar  bilan  ta’minlanganlik:  kompyutеrlar,  tarmoq 

qurilmalari, yuqori tеzlikdagi intеrnеt tarmoqlari, vidеo konfеrеntsiya 

jixozlari va xakazo. 

  Dasturiy  ta’minotga:  mavjud  qurilmalarni  ishlatadigan  dasturiy 

ta’minotlardan tortib shu soxa uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami 

kiradi.  So‘nggi  yillarda  G‘arbda  ta’lim  tizimini  boshqarishda 

qo‘llanilib  kеlinayotgan  intеrnеt  yoki  intеranеt  tarmog‘i  orqali 

elеktron  shakldagi  ta’lim  turini  Elearning  (elеktron  ta’lim)  atamasi 

bilan kirib kеldi. 



37 

 

Elеktron  ta’lim  –  axborot-kommunikatsiya  tеxnologiyalari  asosidagi 



ta’limning turli ko‘rinishlarini anglatuvchi kеng tushunchadir. Elearning o‘z ichiga 

elеktron o‘quv kontеntlarni bilim oluvchiga yеtkazish usulidan kеlib chiqqan xolda 

guruxlarga ajratish mumkin.  

Konsortsium. Ushbu modеl ikki univеrsitеtni birlashmasidan iborat. Bunda 

ular o‘quv matеriallari bilan almashadilar yoki ba’zi vazifalarni bo‘lishib oladilar. 

Masalan, bir univеrsitеt masofali o‘qitish uchun o‘quv matеriallar ishlab chiqaradi, 

boshqasi  virtual  o‘quv  guruxlarini  o‘qituvchilar  bilan  ta’minlaydi  yoki  masofali 

o‘qitish  dasturlarini  rasmiy  akkrеditatsiyasini  o‘tkazadi.  Bunday  xollarda 

univеrsitеt  butunlay  yoki  uning  aloxida  markazlari,  fakultеtlari,  xatto  ta’lim 

xizmati  bozorida  ishlayotgan  tijorat  yoki  davlat  tashkilotlari  xamkor  bo‘lishlari 

mumkin. Konsortsiumlar faqat qattiy  markazlashgan boshqarish va yaratilayotgan 

ashyolarning  mualliflik  xamda  matеrial  xuquqlarini  rioya  etish  shartlaridagina 

samarali  bo‘ladi.  Kanadadagi  Ochiq  o‘quv  Agеntligi  (Open  Learning  Agency, 

Canada – 

http://www.ola.bc.ca

) konsortsiumga misol bo‘lishi mumkin. 

Franchayzing.  Franchayzing  tamoyilida  tashkil  etilgan  masofali  o‘qitish 

modеlida  xamkor  univеrsitеtlar  bir  –  birlariga  o‘zlarining  masofali  kurslarini 

bеradilar.  Bunda  ta’lim  xizmati  bozorida  o‘zini  ko‘rsatgan  qandaydir  univеrsitеt 

o‘zida ishlab chiqqan kurslarini masofali o‘qitishni endigina tashkil qilayotgan va 

masofali  o‘qitish  uchun  o‘quv  ashyolarini  mustaqil  ishlab  chiqish  tajribasiga  ega 

bo‘lmagan  boshqa  oliygox  –  xamkorlariga  o‘qitish  xuquqini  bеrishi  mumkin. 

Bunday  modеlning  qiziq  tomoni  shundaki,  talabalar  o‘zlarining  univеrsitеtida 

o‘qishga  yozilib,  konsortsiumga  kirgan  ilg‘or  oliygox talabasi kabi o‘sha xajmda 

va  o‘sha  sifatda  ta’lim  xizmatlariga,  o‘qishni  bitirganlaridan  kеyin  xatto 

diplomlariga ega bo‘ladilar. Bunda ilg‘or univеrsitеtning barcha atributikalari o‘z 

kuchini saqlab qoladi. Franchayzing modеliga misol sifatida Buyuk Britaniyaning 

Ochiq  univеrsitеti  qoshidagi  Biznеs  Maktabi  (Open  University  Business  School, 

Great  Britain)  va  uning  Sharqiy  Yevropadagi  univеrsitеtlari  bilan  aloqasini  olish 

mumkin. 


38 

 

Validatsiya. Masofali o‘qitishning juda kеng tarqalgan modеli bo‘lib, bunda 

ta’lim muassasalari masofali o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni barcha xamkorlari tеng 

darajada  bajarishlari  xaqida  kеlishuv  imzolab  oladilar.  Ularning  biri  diplom 

validatsiyasi,  kurs  va  dasturlarni  akkrеditatsiyasini  qiladi,  rasman  tan  olinadigan 

diplom va sеrtifikatlarni bеrishga mas’ul bo‘ladi, ilmiy darajalar bеradi va xokazo. 

Bosh  oliygox  (davlat  akkrеditatsiyasiga  ega  bo‘lgan  taniqli  oliygox)  va  uning 

xududlardagi  ko‘p  sonli  filiallari  orasidagi  munosabatlar  xam  shu  modеl  asosida 

tashkil etiladi. 

Uzoqlashtirilgan  auditoriyalar. 

Bu 


modеlda 

zamonaviy 

axborot 

tеxnologiyasi  vositalari  faol  foydalaniladi.  Qandaydir  oliygoxda  o‘tkazilayotgan 

o‘quv  kurslar,  ma’ruzalar  yoki  sеminarlar  talabalar  yig‘iladigan  uzoqlashtirilgan 

o‘quv  auditoriyalarga  sinxron  tеlеko‘rsatuv,  vidеoanjuman,  radioeshittirish 

ko‘rinishida  tеlеkommunikatsiya  kanallaridan  uzatiladi.  Bunda  bir  o‘qituvchi  bir 

vaqtni o‘zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu modеl bo‘yicha 

AQSh  ning  Viskonsiya  univеrsitеti  (Wisconsin  University, USA)  da, shuningdеk, 

Xitoyning markaziy radio va tеlеvidеniе univеrsitеti (China Central Radio and TV 

University) da masofali o‘qitish tashkil etilgan. 

2.2. Talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonini MOODLE LMS tizimida 

tashkillashtirish usullari 

 

Oliy  ta’lim  muassasalarida  yo’nalishidan  kelib  chiqqan  holda  yangi 



kiritiladigan  fanlar  bo’yicha,  kiritilgan  (yoki  o’qitilayotgan)  fanlarni  sifatini 

oshirish  maqsadida,  nufuzli  xorijiy  oliy  ta’lim  muassasalarida  o’qitilayotgan 

fanlarni  o’rganib  chiqqan  holda  mustaqil  o’rganish  uchun  OETR/OOOK  taklif 

etilayotgan kurslar bazasini yaratish va o’quv ishchi dasturga kiritish kerak. 

Barchamizga  ma’lumki  talabalarning  mustaqil  ishi  o’quv  rejada  ajaratilgan 

umumiy  soatning  40  %  tashkil  etadi.  Hozirda  talabalarning  mutaqil  ishini 

tashkillashtirishning  fanning  o’ziga  xos  tomonlaridan  kelib  chiqqan  holda  har  xil 

turlarda tashkillashtiriladi. 

Quyidagi  modelda  ommaviy  onlayn  ochiq  kurslardan  foydalangan  holda 

talabalarning mutaqil ishini tashkillashtirish mexanizmi taklif etiladi. 



39 

 

  OTM kafedrasining professor-o’qituvchilari tomonidan OETR/OOOK 



o’rganilib chiqiladi.  

  Kafedraning  yo’nalishidan  kelib  chiqqan  holda  OETR/OOOK  o’quv 

modullari  ajartib  olinadi.  Ajaratib  olingan  o’quv  modullarining 

qiyinlik  darajasi,  O’quv  modulini  o’zlashtirishga  ketadigan  vaqti, 

kursni  o’zlashtirish  uchun  talabadan  talab  qilinadigan  minimal  bilim 

talablari o’rganilib chiqiladi.  

  Tanlab  olingan  o’quv  fan  moduli  bo’yicha  ichki  nazoratni 

tashkillashtirish maqsadida imtihon-nazorat savollari tuziladi. 

  Ajratib  olingan  o’quv  fan  modullari  kafedra  yig’ilishida  muhokama 

qilinadi  va  maxsus  bayonnoma  asosida  tasdiqlanib,  universitet  ilmiy 

uslubiy kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. 

  Mustaqil  ish  sifatida  talabalarga  OETR/OOOK  berilayotgan  o’quv 

fanlari ro’yihati tavsiya sifatida beriladi. 

  Talaba  mustaqil  ish  sifatida  OETR/OOOK  tomonidan  taqdim 

etilayotgan kursni (o’quv fanini yoki modulini) o’zlashtiradi. 

O’zlashtirgandan  keyin  kafedra  tomonidan  ichki  nazorat  testlarini  topshirib 

mustaqil ishi baholanadi.

 

Afvzalliklari: iqtisodiy tomonidan o’rganiladigan o’quv moduli yoki kursini 

o’qitishda  ketadigan  harajatning  tejalishi,  mustaqil  holda  ta’lim  oshirish 

imkoniyati. O’qish jarayonida o’zining shaxsiy o’quv traektoriyasi asosida amalga 

oshishi.  Xorijiy  oliy  ta’lim  muassasidagi  professor  o’qituvchilari  bilan  tanishishi, 

kursga  yozilgan  boshqa  davlatdagi  tengqurlari  bilan  tanishish  imkoniyati.  O’z 

ustida uzluksiz ishlash imkoniyati. 

  OTM tomonidan OETR/OOOK tavsiya etilgan kurslarning havolasini 

(off  layn  rejimda  graberlashatirilgan  holda)  OTM  qoshidagi  Moodle 

ta’lim axborot tizimida tashkil etish mumkin. 

 

Ommaviy  onlayn  ochiq  kurslarda  bilim  olgan  va  tamomlagan 



talabalarning  bilimini  tasdiqlash  jarayoni  maxsus  kommisiya  a’zolari 

tomonidan akkreditasiyadan o’tkaziladi.

 


40 

 

 



OETR/OOOK  o’qish  “Bleanded  learning”  (“Aralashgan  ta’lim”) 

shaklida  an’anaviy  o’qish  bilan    uyg’unlashgan  holda  tashkil  etilishi 

mumkin.

 

 



“Bleanded  learning”  turidagi  ta’lim  shaklida  nazariy,  o’quv-

laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni mustaqil o’zlashtirish,  oraliq, 

joriy  va  yakuniy  baholash  sinovlariga  tayyorgarlik  ko’rish,  mustaqil 

ta’limga  ajratilgan  soatlardan  kelib  chiqqan  holda  nazorat 

topshiriqlarini  bajarish  va  topshirish  jarayonlarini  ayrim  turlari 

masofadan turib ayrimlari esa auditoriyada an’anaviy o’qishni nazarda 

tutadi.

 

 



OTM  Moodle  ta’lim  axborot  tizimi  talabalarning  OETR/OOOK 

o’zlashtirish  davomida  vujudga  keladigan  qiyinchliklarni  echishda 

professor-o’qituvchilar  tomonidan  uslubiy  yordam  berish  uchun 

xizmat qiladi.

 

 

Moodle ta’lim axborot tizimidan foydalangan holda ommaviy  onlayn 



ochiq 

kurslarda 

o’zlashtirgan 

talabaning 

olgan 

bilimini 



akkreditasiyalash  maqsadida  va    talabaning  OETR/OOOK  o’quv 

faoliyatini  samarali  tashkillashtirish  va  elektron  o’quv-uslubiy 

resurslarini ta’minlash uchun  xizmat qiladi.

 

 



  

Moodle  ta’lim  axborot  tizimi  orqali  ommaviy  onlayn  ochiq  onlayn 

kursda  reja  asosida  ta’lim  olayotgan  talabaga  nazariy,  o’quv-

laboratoriya  va  amaliy  mashg’ulotlarni,  joriy,  oraliq  va  yakuniy 

baholashlarni  pedagogik    xodimlarning  ta’lim  oluvchi  talaba  bilan 

bevosita  muloqoti    asosida  konsulьtasiyalar  o’tkazishni  istisno 

qilmaydi. 

    Ta’lim  yo’nalishi  o’quv  rejasidagi  fanlarning  xususiyatlaridan  va 

ta’lim muassasasining texnik, dasturiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, 

nazariy,  o’quv-laboratoriya  va  amaliy  mashg’ulotlarni  o’tkazishda 

“Bleanded learning” (“Aralashgan ta’lim”) shaklidan foydalanish yoki 

pedagogik xodimning ta’lim oluvchi  bilan bevosita muloqoti asosida 



41 

 

olib borish tartibi hamda ularning xajm nuqtai nazardan o’zaro nisbati 



oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi. 

    Oliy ta’lim muassasasi talabalarini, professor-o’qituvchilarini Ochiq 

elektron  ta’lim  resurslaridan  foydalanish,  vaqt  menejmenti  bo’yicha  

ko’nikma  va  malakasini  shakllantirish  maqsadida  talabalar  uchun 

boshlang’ich maxsus kurslari tashkil qilinishini ta’minlaydi. 

    Ta’lim  muassasasi  talabalarni  ommavy  onlayn  ochiq  kurslardan 

foydalanish  bo’yicha  yo’riqnoma  va  uslubiy  kursatmalar  bilan 

ta’minlaydi hamda tegishli maslahatlarni tashkil etadi. 

 

Ommaviy onlayn ochiq kurslar orqali tashkillashtirilgan mustaqil ta’lim 



jarayoni quyidagi hujjatlar asosida tashkil etiladi: 

  Mustaqil ishlarni bajarish grafigi; 

  yo’nalish bo’yicha ishchi o’quv rejasi; 

  fanlar  bo’yicha  o’quv  dasturlari,  nazorat  ishlari  (ularning  bajarilish 

muddatlari ko’rsatilgan holda); 

  mustaqil ishlarini qayd etish jurnali; 

  talabalarning OETR/OOOK o’qish davomida paydo bo’lgan savollari 

bo’yicha forumda qatnashishini qayd etish elektron jurnali; 

  tarmoq  orqali  nazorat  ishlarini  qabul  qilinishini  va  o’tkazilgan 

konsultatsiyalarni qayd etish elektron jurnali. 

  fan (kurs) bo’yicha o’quv dasturi; 

  mustaqil o’rganish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar; 

  mundarija; 

  bo’limlar bo’yicha tuzilgan asosiy mundarija

  bo’limlar  bo’yicha  nazariy  va  amaliy  ma’lumotlar,  testlar,  savollar, 

trening uchun javoblari bilan mashqlar; 

  mustaqil ishlash uchun amaliy topshiriqlar; 

  Glossari (terminlarning izohli lug’ati); 

  qisqartma va atamalar ro’yhati; 

  xulosa; 



42 

 

  adabiyotlar ro’yxati (asosiy, qo’shimcha, fakultativ); 



  Ommaviy onlayn ochiq kurs muallif(lar)i haqida qisqacha ma’lumot. 

  Ommaviy onlayn ochiq kurs taqdim etayotgan universiet nomi. 

  Ommaviy onlayn ochiq kurs joylashgan veb sahifa manzili (havolasi). 

         Ishchi o’quv rejasi va fan dasturlarida, kalendar-tematik rejalarda talabaning 

faoliyatini nazoratini nazarda tutuvchi, OETR/OOOK orqali mutaqil ta’lim sifatida 

o’qiyotgan talabalarga baholashlarning o’tkazilish muddatlari belgilab qo’yiladi. 

         Dastur talabaning OTM (kafedra, fakultet) tomonidan OETR/OOOK fanlarni 

o’rganishi  lozim  bo’lgan  har  bir  fan  bo’yicha  bo’lim  va  mavzular  ro’yxatini 

belgilaydi. Uslubiy ko’rsatmalar esa talabaga fan bo’yicha mustaqil ta’lim olishga 

yordam  beradi.  Ularda  materialni  qanday  ketma-ketlikda  o’rganish  maqsadga 

muvofiqligi  haqida  ko’rsatmalar  beriladi,    asosiy  qoidalar  va  eng  murakkab 

bo’limlarga  e’tibor  qaratiladi,  masalalar  echish  bo’yicha  namunalar  auditoriya 

mashg’ulotlarida yoki  Moodle ta’lim axborot tizimida berib boriladi. 

         Ommaviy  onlayn  ochiq  kurslarda  o’qityotgan(  tugatgan)  talabalarni 

ro’yxatga  olish, OETR/OOOK o’qish tugagandan keyin akkreditasiyadan utkazish 

va ularning bajargan ishlariga  taqriz yozish va saqlash tartibi haqida. 

    Ommaviy  onlayn  ochiq  kurslarda  mustaqil  ravishda  o’qishni 

boshlamoqchi  bo’lgan  talabalar  dekanat  tomonidan  joriy  etilgan 

maxsus  elektron  jurnalga  fan  o’qituvchisi  tomonidan  ro’yxatga 

olinadi. 

    Ommaviy  onlayn  ochiq  kursni  tugatgan  talaba  tomonidan 

tayyorlangan  nazorat  ishi  yoki  kurs  loyihasi  elektron  variantda 

professor-o’qituvchiga  yoki  maxsus  tuzilgan  ishchi  komissiyaga 

Moodle  ta’lim  axborot  tizimida  orqali  yetkaziladi.    Maxsus  tuzilgan 

ishchi  komissiyaga  elektron  guruh  jurnaliga  qayd  qilib  qo’yadi  va 

taqrizdan  o’tkazib  talabaning  Moodle  ta’lim  axborot  tizimida 

talabaning reyting qaydnomasiga tegishli ballni qo’yib baholaydi. 

 Hozirgi  vaqtda  Moodle    (Modular    Object-Oriented    Dynamic  Learning  

Environment)  tizimi  oliy  ta’lim  muassasalarida  keng  qo’llanilmoqda.  Bu  tizim 


43 

 

o’zining  oddiyligi  va  qulayligi  bilan  boshqa  shu  turdagi  ta’limni  boshqaruvchi 



tizimlardan farqlanib turadi. 

 O’quv  jarayonini  optimal  tashkillashtirishda  ta’limni  boshqaruvchi  tizim 

(LMS  )  lardan  foydalanish  ta’lim  olishning  samaradorligini  oshiradi.  Bu  esa 

avvalam 


bor 

talabalarning 

auditoriyadan 

tashqari 

mustaqil 

ishlarini 

tashkillashtirish va nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.  

Birinchidan mustaqil ta’lim olishni metodik jihatdan (mustaqil o’qish uchun 

materiallar bilan) ta’minlab berishi zarur, ya’ni talabalarning tipologik qabul qilish 

va  o’zlashtirish  darajasi  har  hilligini,  hamda  turli  boshlang’ich  bilim  darajasiga 

ekanligini hisobga oluvchi, katta miqdordagi turli variantlarda topshiriqlarni ishlab 

chiqishi talab qilinadi. 

Ikkinchidan  o’z  vaqtida  va  tizimli  tarzda  talabalarning  mustaqil  ishlarini 

boshqarishi,  o’quv  natijalarini  o’z  vaqtida  nazorat  qilib  borishi  zarur.  LMS 

tizimlari hususan Moodle tizimi ham o’quv jarayonini optimallashtirishga, berilgan 

vaqt oralig’ida maksimal natijalarga erishishga yordam beradi. 

Moodle  tizimi  orqali  talabalarning  ochiq  elektron  ta’lim  resurslaridan 

foydalangan  holda  va  xorij  adabiyotlari  orqali  mustaqil  ishlarini  to’laqonli 

baholash  uchun,  masofaviy  usuliga  o’tishni  bosqichma  bosqich  diskret  amalga 

oshirish zarur bo’ladi. Buni shartli uchta bosqichda amalga oshirish mumkin. 



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling