138. Oilaning
mustaxkamligi
oiladagi tinchlik, xotirjamlik, bir- biriga bo‘lgan samimiy
munosabat hisoblanadi. U oila azolarining axloqiy
tarbiyasiga ham bog‘liq. Xalqimizda bejiz “Sog‘lom
turmush tarzi mustaxkam oilaning garovidir” deb
aytilmagan. Sog‘lom turmush tarzi deganda biz nafaqat
oiladagi Yer va xotinning bir – biriga bo‘lgan munosabati
balki, ulardagi axloqiy fazilatlar, imonlilik, poklik, halollik,
rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, kabi axloqiy meyorlarga amal
qilgan xolda urf – odatlarga asoslangan, zamonaviy oiladagi
iqlimni tushunamiz. Bunday iqlimda tarbiya topgan bola
manaviy va axloqan etuk inson bo‘lib shakillanadi.
139. Oilaning
psixologik muxiti
bu oila azolarining oilaviy munosabatlarda, ijtimoiy muhit
va kasbiy munosabatlaridagi ijtimoiy – psixologik faolligini
umumiy ko‘rsatkichlari majmui hisoblanadi. Psixologik
muxit – bu oilaning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, ijtimoiy
jarayonlarda, ayniqsa, oilaning ijtimoiy muhitdagi salbiy
tasirlarga qarshi tura olish qobiliyatida aks etadi. Oilaning
psixologik
muxiti
uning
azolarini
xayot
faoliyati
davomidagi o‘ta keskin xolatlarda ham, muammoli
vaziyatlarni hal qilishda yuzaga keluvchi bosiqlikni
tavsiflaydi.
140. Oilaviy ajrimlar
har bir oila azolariga qattiq tasir qiladigan jarayon. Etikada
oilaviy ajrimlarning uch turi ko‘rsatiladi. Birinchisi, nikohni
bekor qilinishi bilan ajralish – bunda oilaviy mulk, va
farzandlar tarbiyasi qonun asosida taqsimlanadi. Bunday
sabab o‘zaro kelishmovchilik hamda tushunmovchilik,
o‘zaro muhabbatning yo‘qligi natijasida paydo bo‘ladi.
Ikkinchisi, tabiiy ajralish bo‘lib – oila azolarining biri
falokat, yoki kassallik tufayli vafot etgan oila mulkining
meros sifatida taqsimlanishiga sabab bo‘luvchi ajralishdir.
Uchinchisi – axloqiy ajralish bo‘lib, bunda bolalar
balog‘atga etib, oila qurilishlari – ota-onalar ular uchun
oilaviy mulkdan uy-joy, turli maishiy jihozlar ajratib
berishlari belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |