O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/128
Sana04.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1748388
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128
Bog'liq
Jo\'rayev

ASOSLARI 
 
Tayanch so’zlar: qotishma, metal, mashinasozlik, mexanik 
aralashma, komponent, evtetik qotishma, suyuqlanish temperaturasi, 
tajriba sinov ishlari, elementlar, komponentlar, kristall panjara, 
kristallanish. 


21 
3.1. Qotishmalarning turlari va ularning mashinasozlikdagi 
ahamiyati 
Ikki va undan ortiq elementlarni (metallarni metallar bilan yoki
metallarni metalloidlar bilan) birga suyuqlantirish, qizdirib 
qovushhtirish va boshqa yo’llar bilan olingan murakkab birikmaga 
qotishma deyiladi. 
Tajribalar Shuni ko’rsatadiki, qotishmalar tarkibiga kiruvchi 
elementlar xiliga miqdoriga va boshqa ko’rasatgichlariga ko’ra 
ularda quyidagi qotishma uchraydi. 
Mexanik aralashma. Qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlar 
suyuq holda bir-birida to’la yorib, kristallanishh jarayonida bir-biriga 
tortilmay, har biri mustaqil kristallar hosil qilsa, bunday 
qotishmalarga mexanik aralashma beruvchi qotishma deyiladi. 
Komponentlari suyuq holatda bir-birida eriydigan, hamma 
qattiq holatda erimaydigan va o’zaro kimyoviy birikma hosil 
qilmaydigan qotishmalar mexanikaviy aralashmalar deyiladi. 
Bu qotishmalarga kirgan har bir komponent o’z fazoviy 
kristall panjarasini saqlaydi. 
Komponent so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib - tashkil 
etuvchi degan manoni bildiradi. 
Qotishma 
tarkibiga 
kiruvchi 
komponentlar 
atomlarning
diametrlari farqi 15 % dan ortiq bo’lib, turli fazoviy kristall panjarali 
bo’lgandagina mexanik aralashma hosil bo’ladi. 
3.1-rasm. Qotishmalarni eritish jarayoni. 
Bu xil qotishmalar Pv-Sv, Sn-Zn, Rv-Ag qotishmasi misol 
bo’ladi. 


22 
Qotishmalarning 
birlamchi 
kristallaniehi 
o’zgarmas 
temperaturada sodir bo’ladigan bo’lsa, bunday qotishma evtetik
qotishma yoki evtetika deyiladi. 
Evtetik qotishmalarning suyuqlanishh temperaturasi ularning 
tarkibiga kiruvchi komponentlarning suyuqlanishh temperaturasidan 
past bo’lib, yuqori suyuqlanuvchanlikka ega. 
Qotishmaning bir-biridan chegara sirt bilan ajralgan bir jinsli 
bunday qismga faza deyiladi. 
Ikki komponentli mexanikaviy aralashma ikki fazali 
qotishmadir. 
Murakkab shaklli quymalar ko’pincha evtetik qotishmalardan 
olinadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling