O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/128
Sana04.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1748388
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128
Bog'liq
Jo\'rayev

Qattiq eritmalar. Agar qotishmalar tarkibiga kiruvchi 
komponentlaning atomlari suyuq holatda bir-birida to’la erib qattiq 
holatga O’tganda hali bu xususiyatni saqlab qolib, bir jinsli barqaror 
faza hosil qilsa bunday birikmalarga qattiq eritmalar deyiladi. Bu 
birikmalar zarbiy kuchlar ta’siriga chidamli bo’ladi. Qattiq eritmalarda 
quyidagi bog’lanishlar uchraydi. 
3.2-rasm. Qattiq metallardan eritmalar tayyorlash. 
Komponent atomlarining o’rin almashishi. Agar eruvchi 
komponyonit atomlari erituvchi komponentning kristall panjarasiga 
o’tib, atomlarning urin almashhish jarayoni kechsa, bunda hosil 
bo’lgan qattiq eritma atomlarning urin almashhishi bilan hosil 
bo’lgan qattiq eritmalar deyiladi. 
Bunday qotishmalarga Fe-Ni, Cu-Zn, Cu-Si kiradi. 


23 
3.3-rasm. Mikrostruktura Sxemasi. 
Qotishmada 
eruvchi 
komponentning 
atomlari 
erituvchi 
komponentning kristall panajarasiga sinishidan qattiq eritma hosil 
bo’lishi mumkin, bunday qattiq eritma singish qattiq eritmasi 
deyiladi. (metallar bilan metallmaslar.) Fe-C, Fe-N, Fe-O. 
Qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlarning o’zaro tasiriga 
qarab ularning eruvchanligi turlicha bo’ladi. Masalan, nikelda mis 
yoki misda nikel suyuq va qattiq holida to’la eriy oladi. Bu 
qotishmalarda erituvchi komponentning yorituvchanligi suyuq 
holatdagidek, qattiq holatda ham to’la saqlanadi. Bu xususiyat 
hamma komponentlarga hos bo’lavermaydi. Ko’pchilik metallar 
eruvchi komponentlarni cheklanmagan miqdorda erita olsa, 
ba’zilari cheklangan miqdorda eritadi. 
Cheklanmagan miqdorda eruvchi komponent atomlari erituvchi 
komponent atomlari bilan o’rin almashhishi, ya’ni erituvchida to’la 
erishhi uchun har ikkala komponentning atom diametrlari biri-biriga 
yaqin bo’lib, kristall panjaralari ham bir xil bo’lishhi lozim. 
Agar bir xil kristall panjarali ikki komponentning atom 
diametrlari o’zaro farq qilsa, yani eruvchi komponent atom diametri
erituvchi komponent atom diametridan ancha katta bo’lsa, hosil 
bo’lgan qattiq eritma kristall panjarasining bir muncha buzilshiga
olib keladi. Bu buzilish ma’lum chegaraga yetgach kristall panjara 
o’z barqarorligini yo’qotadi. Bu esa erituvchi komponentda eruvchi
komponentning eruvchanligi cheklanganligini bildiradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling