O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana29.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1400203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Achilova O 2

2. Ko‘p darajali eksperimentlar 
Ko‘p darajali eksperimentlar – bu uch yoki undan ortiq darajali bir 
o‘zgaruvchi bilan o‘tkaziladigan eksperimentlardir. Ayrim tadqiqotchilar ko‘p 


Achilova Odina 

darajali eksperimentlarni funktsional eksperimentlar deb ham ataydilar, chunki ular 
sizga mustaqil va tobe o‘zgaruvchilarni bog`lovchi funktsiyalarning xususiyati 
haqida muayyan tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Afzalliklari
Ko‘p darajali eksperimentning afzalligi asosan shu bilan belgilanadiki, uning 
natijalari bizga eksperimental aloqaning xususiyati to‘g`risida bir to‘xtamga kelish 
uchun imkoniyat yaratadi. Hatto eksperiment faqat uch darajaga ega bo‘lgan holda 
ham u baribir bizga aloqa haqida ikki darajali eksperimentga qaraganda yaxshiroq 
tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Biz talabaning tashvishlanish darajasi imtihon ballariga qanday ta`sir 
ko‘rsatishini bilmoqchimiz, deb faraz qilaylik. Biz umumiy psixologiyani 
o‘rganayotgan talabalarning ikki guruhini olishga va ikki darajali guruhlararo 
mezonni qo‘llashga qaror qilamiz. 1-guruhda o‘qituvchi har bir jiddiy imtihon 
oldidan talabalarga fakultetni muvaffaqiyatli tamomlash uchun baholarning 
muhimligi haqida gapirishga besh daqiqa vaqt sarflaydi. U o‘qishni eng Yuqori 
baholar bilan bitirgan talabalar eng yaxshi ishni olishlarini, ilmiy darajaga ega 
bo‘lgan bitiruvchilar ko‘proq pul ishlab topishlarini va hozirgi vaqtda universitetga 
qabul qilingan talabalar soni me`yordan ortiq ekanini tushuntiradi.
2-guruhda ham o‘qituvchi har bir imtihondan oldin besh daqiqali suhbat 
o‘tkazadi. Bu suhbatda u talabalarga yuqori ball olish materialni o‘zlashtirish bilan 
teng darajada muhim emasligini eslatadi. U talabalarga o‘n yildan keyin mazkur 
imtihonda qanday ball olganlarini ular baribir eslay olishmasligini aytib o‘tadi. Biz 
ko‘proq potentsial aralashuvchi o‘zgaruvchilarni, chunonchi: o‘qish yili, 
imtihonning og`irligi va guruhga berilgan yo‘l-yo‘riqlarni puxta nazorat qilamiz. 
Pirovard natijada biz imtihon ballaridagi farqlarni suhbat tufayli paydo bo‘lgan 
xavotirlanish darajasiga bog‘lash mumkin, degan qarorga kelamiz. Birinchi nutq 
talabalarda Yuqori darajada xavotirlanish, ikkinchi nutq esa – pastroq darajada 
xavotirlanish paydo qiladi, deb faraz qilsak, biz 9.3-rasmda ko‘rsatilgan natijalarni 
olishimiz mumkin.


Achilova Odina 

O‘rtacha imtihon 
balli 
Past 
Baland 
Xavotirlanish darajasi 
26-jadval. Ikki darajali eksperimentning o‘ylab topilgan natijalari; bunda 
talabalarning xavotirlanish darajasi o‘zgartiriladi va ularning o‘rtacha imtihon balli 
baholanadi.
Hozirgi vaqtda biz haqiqatga ayniqsa yaqin bo‘lgan quyidagi farazni ilgari 
surishimiz mumkin: tashvishlanish darajasi va o‘rtacha imtihon bali bir-biri bilan 
umuman bog`liq emas; ikki nuqta orqali o‘tkazilgan to‘g`ri chiziq qat`iy 
gorizontal. Biroq, biz ko‘p darajali mezonni tanladik va xavotirlanishning 
uchinchi darajasi – neytral darajani qo‘shdik deb faraz qilaylik. Bunda o‘qituvchi 
besh daqiqali nutq so‘zlab, talabalarga imtihonni o‘tkazish tartibining ayrim ikir-
chikirlarini eslatib o‘tishi nazarda tutiladi. 9.4-rasmda bu ko‘p darajali eksperiment 
uchun o‘ylab topilgan natijalar ko‘rsatilgan.
O‘rtacha imtihon 
balli 
Past Neytral Baland 
xavotirlanish darajasi 
27-jadval. Uch darajali eksperimentning o‘ylab topilgan natijalari; bunda 
talabalarning xavotirlanish darajasi o‘zgartiriladi va ularning o‘rtacha imtihon bali 
baholanadi. 
Agar ma`lumotlar qiymatlarining uchinchi nuqtasini belgilasak, amalda 
xavotirlanish darajasi va imtihon ballari o‘rtasida muhim aloqa mavjudligini 
ko‘ramiz. Biroq, shunga qaramay, mazkur funktsiya grafigining aniq shakliga 
nisbatan ayrim shubhalar saqlanib qoladi. Aftidan, 9.4-rasmda ko‘rsatilgan uch 
shakldan istalgan biri mavjud bo‘lishi mumkin va psixologik funktsiyalarning 
aksariyati keskin bukilishlarga ega emasligi va yo‘nalishni keskin o‘zgartirmasligi 


Achilova Odina 
10 
bois, biz boshqa aloqalar to‘plamining mavjudlik ehtimoli ozligini bilamiz. Ko‘rib 
turganingizdek, qiymatlarning uchinchi nuqtasi bizga eksperimental aloqa 
xususiyati haqida yaxshiroq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. O‘z 
eksperimentimizga yangi darajalarni qo‘shish orqali biz mustaqil va tobe 
o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi haqiqiy funktsional aloqa to‘g`risida yanada aniqroq 
xulosalar chiqarishimiz mumkin. SHuningdek biz o‘z qiymatlar nuqtalarimizdan 
kelib chiqib interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya amallarini yanada ishonch bilan 
bajarishimiz mumkin. Bu misolda biz qo‘shgan neytral guruh nazorat guruhi 
sifatida qaralishi mumkin, chunki ayni holda o‘qituvchi xavotirlanish darajasiga 
ta`sir ko‘rsatishga aslo harakat qilmagan. Bu erda o‘qituvchi aytilgan so‘zlarning 
birortasi xulq-atvorga ta`sir ko‘rsatgani yoki ko‘rsatmaganini aniqlashga turtki 
beradigan biron-bir gapni aytmaydigan yana bir nazorat guruhini qo‘shish 
mumkin. Ko‘p darajali eksperimentlar bunday moslashuvchanlikni ta`minlaydi.
Bu misol ko‘p darajali eksperimentning ikkinchi afzal jihatini ham namoyon 
etadi: odatda, qo‘shilgan darajalar qancha ko‘p bo‘lsa, mustaqil o‘zgaruvchining 
o‘zgarish (qamrov) doirasi qiymati shuncha oz bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ravshanki
eksperimentda mustaqil o‘zgaruvchilarning darajalari ko‘p bo‘lsa, ko‘rsatib 
o‘tilgan talablarning ikkalasini ham bajarish oson bo‘ladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling