O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Achilova O 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faktorli eksperimentlarning yutug‘i va kamchiliklari.
balansirovka usulidan ham foydalaniladi: turli xil sinaluvchi guruhlarga har xil
eksperimental talablar qo‘yiladi. Guruhlar miqdorini tenglashtirish natijalarni tenglashtirish imkonini yaratadi. Achilova Odina 15 "Barcha sinaluvchilarga - barcha ta’sirlar" strategiyasi aks ettirilgan rejalarni Makk Koll rotatsion eksperimentlar deb ataydi. Kempbell bu rejaga kvazieksperimentlar sonini qo‘shib, ular asosida tashqi validlikni boshqarib turgan. Faktorli eksperimentlarga misol uchun, konsensus liderli yoki lidersiz guruhda yaxshi aniqlanishini bilmoqchi bo‘lsak, qanday boshqa talablarni qo‘yishimizni va o‘zimiz qay tomonga o‘zgarishimizni aniqlab olishimiz lozim. Guruhning har bir a’zosi qatnashishi shartmi va ular bir xil jinsda bo‘lishliligi, kommunikatsiya ya’ni o‘zaro aloqalar erkin yoki tizimlashtirilgan bo‘lishligi, guruhdagi muammoni yechish uchun qiyin yoki oson masalani berishimiz alohidaahamiyat kasb etadi. Balki sizlar bularning hammasi hech qanday rol o‘ynamaydi deb o‘ylarsiz, ammo liderning guruhga ta’sir etish jarayoni uning soniga bog‘liqdir. Biz bu ma’noda faktorlar sirasiga guruh sonini va guruh liderini hisobga olishimiz lozim. Tasavvur qiling, guruhning qabul qilgan qarori nafaqat liderga balki guruh soni va qatnashuvchilar jinsiga ham bog‘liq deb o‘ylaylik. Shuning uchun biz qatnashuvchilar jinsini 3-faktor deb olamiz va uni 3 bosqichga bo‘lamiz : erkaklar, ayollar va aralash guruh(ayollar va erkaklar). Ana shundagina natijalar biz kutgandek bo‘lishi mumkin. Yuqorida biz faktorli eksperimentlar, rejalar va ularda qo‘llaniladigan usullar haqida so‘z Yuritdik. Endi ularning Yutuq va kamchiliklariga to‘xtalib o‘tamiz. Faktorli eksperimentlarning yutug‘i va kamchiliklari. Faktorli eksperimentlarning asosiy Yutug‘i shundan iboratki, biz uning o‘zaro ta’sirini o‘rganishimiz mumkin. Ozaro ta’sirning o‘rni mustaqil va tobe ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro harakatni o‘rganishda benixoyat kattadir. Masalan, 3 kishidan iborat guruhda liderni aniqlashda qaror qabul qilish oson kechadi, ammo guruhdagi shaxslar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, lider bo‘lsa ham bo‘Imasa ham qaror qabul qilish va konsensusni topish uchun juda ko‘p vaqt sarf qilish kerak bo‘Iadi. Shundan kelib chiqqan holda, aytish mumkinki, liderelikni aniqlash va Achilova Odina 16 qaror qabul qilish o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlar guruhdagi shaxslar soniga bog‘liq bo‘ladi. Faktorli eksperimentlar bizga 3 ta alternativ tanlovni beradi ya’ni biz bir holatni yana bir mustaqil ko‘rsatkichga aylantirishimiz, buning oqibatida uning aniqligini va natijalarning o‘zgarishini Yuqori darajaga ko‘tarishimiz mumkin bo‘ladi. Biz natijalarni keng miqyosda olsak bo‘ladi. Chunki faktorlar tarzida katta hajmdagi holatlar va biz aniqligini bilgan, har bir bosqichda Yuqori effektga ega bo‘Igan faktorlar olingan. Shunga ko‘ra bizda eng optimal va bajarilishi muqarrar bo‘Igan holat bor. Har safar biz bir holatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir faktorga aylantirganimiz uchun eksperiment ham qiyinlashib boradi. Lekin bu eksperimentning naqadar chuqur o‘rganishimiz va o‘tkazishimiz uchun qulay kontseptsiya sanaladi. Bu albatta uning Yutuqlaridan biridir. Faktorli eksperimentning yana bir yutug‘I - uning statistik holatidir. Faktorli eksperimentda ma’lum bir holat qaysi tomonga o‘zgarmasin, natijalarni o‘zgartirishdan qat 'iy nazar faktorgaaylanadi. Baxolashning o‘zgaruvchanligi esa, pasayib boraveradi. Qanchalik holatlar ko‘payib borsa, biz ularni faktorlarga aylantiraveramiz, baho qanchalik past bo‘Isa, demak biz aniqlagan har bir farq statistik qiymatga ega bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan Yutuqlar bilan bir qatorda, faktorli eksperimentlarning kamchiliklari ham mavjud. Faktorli eksperimentning eng asosiy kamchiliklaridan biri uning juda ko‘p vaqt va mablag‘ni talab qilishidadir. Bizga ma’lumki, ayrim ko‘rsatkichlar boshqa ko‘rsatkichlar bilan aloqaga kirishishi mumkinligi bois faktorli rejaga tayanib ish ko‘ramiz. Chunki faktorli eksperimentga qo‘shiladigan har bir faktor rejadagi qismlarning shunchaga ko‘payishiga olib keladi. Shunga ko‘ra, faktorli rejalar benihoyat chegarasiz o‘lchovlarga ega bo‘lishi mumkin. Har bir qo‘shilgan qism qoshimcha vaqt va e'tiborni talab qilib, bizdan ehtiyotkorlikni va har bir faktorlar qismini tanlamaslikka qaratadi. Achilova Odina 17 Katta masshtabli faktorli eksperimentlarni o‘tkazish uchun kerakli resurslar mavjud bo‘lmasa, unda biz bir nechta kichik hajmdagi eksperimentlarni o‘tkazishimiz mumkin. Muammoni yechishning asosi shundan iboratki, siz mustaqil ko‘rsatkichni har xil eksperimentlarga mansub bo‘lishini va ular o‘zaro ta’sirga ega bo‘lmasligini bilishingiz zaruz. Bu tahminni tekshirish uchun esa, bizda boshqa imkoniyat ham yo‘q. Mana shunday tahminlarga javob izlash uchun ko‘pgina psixologlar real holatlarda keskin yo‘I tutishadi. Kichik eksperimentlarni o‘tkazib, faktorli rejalarni qo‘llashadi. Katta faktorli eksperimentlarga yondashuvning yana bir juda murakkab usuli mavjud. Bu his-tuyg‘ularni chegaralash metodidir. (Mayers 1971 yil) Bu metod faktorli reja ichidagi qismlarni aniqlashga yordam berib, tobe' ko‘rsatkichdagi maksimal va minimal, aniq to‘ldiruvchilarsiz paydo bo‘ladigan qismlarni anglatadi. Bu metodni qo‘llashning asosiy hissiy chegarasi bu boshlovchi eksperimentatorning belgilangan qolipdan chetga chiqishidir. Faktorli eksperimentlarda yuzaga keladigan 2- qiyinchilik - natijalarning Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling