O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana29.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1400203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Achilova O 2

Kamchiliklari.Garchi to‘g`ri chiziq ikki nuqta o‘rtasidagi eng qisqa masofa 
hisoblansa-da, bu ularning o‘rtasidagi birdan-bir chiziq emas. Boshqacha qilib 
aytganda, ikki darajali eksperimentlarning aksariyatida siz noaniqlik holatiga 
tushib qolasiz, chunki mustaqil va tobe o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi aloqaning 
xususiyati noma`lum bo‘lib qoladi.  
Kitobxon murakkab nasriy asarning mazmunini tushunishga mumkin qadar 
kamroq vaqt sarflashi uchun mazkur kitobni qanday shriftda bosish zarurligini 
aniqlash maqsadida biz eksperiment o‘tkazdik deb faraz qilaylik. Biz elektron matn 
muharriri yordamida bir nechta abzatslarni chop etishimiz mumkin. Abzatslarning 
ayrimlari balandligi 12 punkt bo‘lgan shrift bilan, boshqalari esa – balandligi 
kichikroq, 10 punktga teng bo‘lgan shrift bilan chop etiladi. Shundan keyin biz har 
bir shriftda chop etilgan abzatslarni o‘qish uchun odamlarga zarur bo‘lgan vaqtni 
o‘lchashimiz mumkin. Albatta, dastavval biz abzatslarni mazmunning 


Achilova Odina 

tushunarliligiga tekshirib ko‘ramiz va tartibni muvozanatga solamiz, shuningdek 
biz mazkur kitobdan o‘qib bilgan boshqa zaruriy amallarning barchasini bajaramiz.
O‘qish vaqti 
12 punkt 
10 punkt 
Shrift balandligi 
24-jadval. Balandligi 12 va 10 punkt bo‘lgan shrift bilan chop etilgan 
abzatslarni o‘qish vaqtini o‘lchashga bag`ishlangan eksperimentning ehtimol 
tutilgan natijalari 
24-jadvalda mazkur eksperimentning o‘ylab topilgan natijalari ko‘rsatilgan. 
Ma`lumotlar qiymatlarining ikki nuqtasi orqali o‘tkazilgan erkin to‘g`ri chiziq 
shrift qancha kichkina bo‘lsa, o‘qish vaqti shuncha uzoq bo‘lishini ko‘rsatadi. Shu 
tariqa eksperiment bizning savolimizga javob berdi: balandligi 12 punkt bo‘lgan 
shrift matnni yanada tezroq o‘qish imkonini beradi. Ammo biz mavjud barcha 
shriftlar orasida eng yaxshisini aniqlamoqchi bo‘lsak va eksperiment uchun 
shriftning ikki balandligini ular bizga ayniqsa ma`qul bo‘lib tuyulgani tufayli 
tanlasak, bu holda biz qaror qabul qilish uchun etarli axborotga ega bo‘lmaymiz. 
Bizning natijalarimiz shriftning balandligi va o‘qish vaqti o‘rtasidagi to‘g`ri 
chiziqli aloqa 12 va 10 punktli shriftlardan tashqari boshqa shriftlarning barchasi 
uchun to‘g`ri yoki to‘g`ri emasligi haqida biron-bir ma`lumot bermaydi.
O‘qish vaqti 
12 punkt 
10 punkt 
25-jadval. Shrift balandligi va o‘qish vaqti o‘rtasida mavjudligi ehtimol 
tutilgan bir qator aloqalar. Barcha funktsiyalar ma`lumotlar qiymatlarining ayni bir 
nuqtalari orqali o‘tadi


Achilova Odina 

25-jadvalda amalda mavjudligi ehtimol tutilgan bir qator aloqalar 
ko‘rsatilgan. Siz aloqaning xususiyatini bilmaslik interpolyatsiyaga shubhali tus 
berishini ko‘rishingiz mumkin. Biz balandligi 12 va 10 punktlar oralig`ida 
joylashgan shrift mazkur kattaliklar o‘rtasida yotuvchi o‘qish vaqtini beradi, degan 
xulosaga kelib yanglishishimiz mumkin.
Ikki 
nuqta 
chegarasidan 
chetga 
chiqish 
yoki 
ekstrapolyatsiya 
interpolyatsiyaga qaraganda xavfliroq. Psixologik funktsiyalarning aksariyatiga 
shift va tub effektlari xos. Shift effekti tobe o‘zgaruvchi oshib o‘tish mumkin 
bo‘lmagan darajaga etganida paydo bo‘ladi. Oshib o‘tish mumkin bo‘lmagan 
darajalarga reaktsiyaning 100% ga teng aniqligi; reaktsiyaning 1,0 ga teng 
ehtimolligi; reaktsiyaga bo‘lgan 100% ishonch misol bo‘lishi mumkin. 
Ko‘rsatilgan holatlarning har birida kimdir amalga oshirgan reaktsiya muayyan 
kattalikdan oshib ketishi jismonan mumkin emas. (Boshqacha qilib aytganda, 
sizning aniqligingiz 100% dan oshishi mumkin emas.) Boshqa hollarda, garchi 
reaktsiyalar biron-bir mutlaq shift bilan cheklangan bo‘lmasa-da, ularni amalda 
ayrim nisbatan elastik shift cheklaydi. Masalan, hatto mashqni hisobga olganda 
ham, biz qisqa muddatli xotirada saqlab qolishimiz mumkin bo‘lgan elementlar 
soni uchun muayyan faktik shift mavjud: taxminan etti element. Xuddi 
shuningdek, odamlar qayd etilgan ma`lum vaqt mobaynida ishlov berishga qodir 
bo‘lgan axborot hajmi ham amalda cheklangan. Bunday axborot jumlasiga odamlar 
qo‘sha oladigan sonlar miqdori, ular displeyda topishga qodir bo‘lgan ob`ektlar 
soni, ular chop eta oladigan so‘zlar soni va hokazolar kirishi mumkin. Mazkur shift 
haddan tashqari qattiq bo‘lmasligi ham mumkin, lekin undan hali hech kim oshib 
o‘tgan emas. 
Tub effekti – bu shunday bir kattalikki, undan quyi darajada reaktsiya paydo 
bo‘lishi mumkin emas. Masalan, nol sekunddan kamroq vaqt ichida reaktsiya 
qilishga yoki noldan ortiq reaktsiya paydo qilishga hech kim qodir emas. Xuddi 
shuningdek, tub mutlaq bo‘lmasligi ham mumkin. Amalda nisbatan elastik 
muayyan tub mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, stimulni tanib olish uchun eng 


Achilova Odina 

qisqa vaqt nazariy jihatdan olib qaraganda nolga teng, amalda esa taxminan 150 
millisekundni tashkil etadi. Agar biz natijalarning ikki qiymatini olsak va shiftdan 
Yuqorida yoki tubdan quyida joylashgan qiymatlarni ekstrapolyatsiya qilishni 
amalga oshirsak, chordoqqa yoki erto‘laga emas, balki mushkul ahvolga tushib 
qolamiz! Bunda shift yoki tub qaerda bo‘lishi lozimligi ba`zan aniq bo‘lmaydi. 
Ikki darajali eksperiment o‘tkazayotganda bu muammolarni chetlab o‘tish uchun 
siz eksperimentda mavjud bo‘lgan darajalardan tashqariga ekstrapolyatsiya yoki 
interpolyatsiya qilmaslikni o‘zingiz uchun qoidaga aylantirishingiz lozim.
Ikki nuqta o‘rtasida interpolyatsiya qilish xavfli 
Ikki nuqtadan tashqariga ekstrapolyatsiya qilish bundan ham xavfliroq! 
Bundan tashqari, ikki darajali eksperimentlarning nazariy qimmati ba`zan 
cheklangan bo‘ladi. 1–3-boblarda biz fan zamirida o‘zaro aloqalar yotadi va 
olimlar nazariyadan eksperimentlarda aniqlanadigan o‘zaro aloqalarni tushuntirish 
uchun foydalanadi, degan fikrga qo‘shildik. Toki nazariyalardan birini 
tasdiqlaydigan va boshqa nazariyalarning barchasini rad etadigan eksperiment 
o‘tkazilmagan ekan, har bir nazariya mavjud boshqa nazariyalar bilan 
raqobatlashadi. Ko‘pgina nazariyalar mustaqil o‘zgaruvchining o‘zgarishi tobe 
o‘zgaruvchini ma`lum tomonga o‘zgarishga majbur etishini bashorat qilishi bois, 
ikki darajali eksperiment natijasi aksariyat hollarda raqobatlashayotgan 
nazariyalarni bir-biridan ajratish imkonini bermaydi. Raqobatlashayotgan 
nazariyalar qarama-qarshi yo‘nalishlarda o‘zgarishlarni bashorat qilgan yoki 
nazariyalardan biri o‘zgarishni bashorat qilgan, boshqasi esa uni bashorat qilmagan 
hollarni istisno etganda, nazariyalarni tekshirish odatda yanada murakkab 
mezonlarga muvofiq eksperimentlar o‘tkazishni talab qiladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling