O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Achilova O 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI SIRTQI TA’LIM YO‘NALISHI 902- GURUH TALABASINING PSIXODIAGNOSTIKA VA EKSPERIMENTAL
- QABUL QILDI: ____________. TAYYORLADI: ACHILOVA O. Jizzax – 2023 yil
- Mavzu: Eksperimentlarni loyihalashtirish Reja
Achilova Odina 1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI SIRTQI TA’LIM YO‘NALISHI 902- GURUH TALABASINING PSIXODIAGNOSTIKA VA EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN Mavzu:Eksperimentlarni loyihalashtirish. QABUL QILDI: ____________. TAYYORLADI: ACHILOVA O. Jizzax – 2023 yil MUSTAQIL ISHI Achilova Odina 2 Mavzu: Eksperimentlarni loyihalashtirish Reja: 1. Bitta o‘zgaruvchili eksperimentlar. 2. Ko‘p darajali eksperimentlar 3. Faktorli loyihalar. 4. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Bir o‘zgaruvchili eksperimentlar Oddiy eksperimentda bir mustaqil o‘zgaruvchi ikki darajaga ega bo‘ladi. Ayrim tadqiqotchilar mazkur darajalarga mos keluvchi guruhlarni eksperiment guruhi va nazorat guruhi deb nomlashni ma`qul ko‘radilar. Ba`zi hollarda nazorat sharti – biron-bir ta`sirning mavjud emasligi aniq-ravshan bo‘ladi. Masalan, sizni biron-bir dorining xulq-atvorga ta`siri qiziqtirsa, nazorat guruhi bu dorini olmaydi, eksperiment guruhi esa – oladi. Bu erda nazorat guruhi kuzatilayotgan effekt eksperimentda ishtirok etishining o‘zi bilangina paydo bo‘lmaganini ko‘rsatishga ham yordam beradi. Boshqa hollarda, ayniqsa mustaqil o‘zgaruvchining bir necha darajalaridan foydalanilganida, qaysi guruhni nazorat guruhi deb nomlash zarurligi aniq bo‘lmaydi 1 . Shu sababli odatda, mustaqil o‘zgaruvchini tavsiflash uchun daraja atamasi ishlatiladi. Nima bo‘lganda ham biz real eksperimentga ega bo‘lish uchun kamida ikki darajadan foydalanishimiz lozim. Aks holda mustaqil o‘zgaruvchining o‘zgarishi xulq-atvorda o‘zgarish Yuz berishiga sabab bo‘lgan, deb aytish mumkin bo‘lmaydi, chunki taqqoslashni amalga oshirish mumkin emas. Ma`lumotlarga qaraganda, eksperimental psixologiya endigina paydo bo‘lgan davrda bir o‘zgaruvchili va ikki darajali eksperimentlar odatdagi bir hol hisoblangan. Fanimiz o‘zining shakllanish bosqichida bo‘lgani bois, tadqiqotchilar 1 Masalan, biz mustaqil o‘zgaruvchi sifatida jinsni (u sizda qay darajada ifodalangani nuqtai nazaridan emas, balki siz ikki jinsdan qaysi biriga mansubligingiz nuqtai nazaridan) qo‘llashga qaror qilgan bo‘lsak, kimni nazorat guruhi deb nomlasak, o‘rinli bo‘ladi: erkaklarnimi yoki ayollarnimi? Feministlar va ularning raqiblari bu xususda soatlab bahslashishlari mumkin, shu bois, undan butunlay uzoqlashish va guruhlarni 1-daraja va 2-daraja deb belgilash, bizningcha, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Achilova Odina 3 mustaqil o‘zgaruvchi ta`sirining xususiyatini aniqlashdan ko‘ra, umuman mustaqil o‘zgaruvchi biron-bir ta`sir ko‘rsatadimi, degan savolga javob topish bilan ko‘proq shug`ullanganlar. Boz ustiga, ular yanada murakkab eksperimental omillarni tahlil qilish uchun zarur tekshirishlarning statistik metodlarini hali ishlab chiqqan bo‘lmagan. Bir qator holatlar uchun metodlar mavjud bo‘lgan, biroq, qoida tariqasida, o‘rtacha tadqiqotchiga ular yaxshi ma`lum bo‘lmagan. Bugungi kunda jurnallarning muharrirlari odatda eksperimentda ta`sirlarning ikkitadan ortiq darajalarini ko‘rishga umid qiladilar. Ba`zan juda yaxshi bajarilgan ikki darajali eksperimentlar maqbul deb qaraladi (ayniqsa bir nechta eksperimentlar to‘g`risida xabar berilganida), biroq tipik eksperiment odatda darajalar to‘plamiga ega bo‘ladi. SHunga qaramay ikki darajali eksperimentdan birinchi qadam sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Boshlovchi eksperimentatorlar bunday eksperimentni o‘tkazishni o‘rganib olishlari lozim. Ayrim hollarda ikki darajali eksperimentlar qimmatli natijalar berishi mumkin. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling