O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana29.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1400203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Achilova O 2

Afzalliklari. Ikki darajali eksperimentlar eksperiment o‘tkazishning yanada 
murakkab rejalari oldida bir qancha afzalliklarga ega. Ular mustaqil o‘zgaruvchi 
o‘rganishga arziydimi, degan savolga javob topish imkonini beradi. Agar mustaqil 
o‘zgaruvchi inson xulq-atvoriga aslo ta`sir ko‘rsatmasa, o‘z-o‘zidan ravshanki, 
mazkur ta`sirning xususiyatini aniqlash uchun yanada murakkab eksperiment 
o‘tkazish amalda vaqtni behuda sovurishdan boshqa narsa emas.  
Bundan tashqari, ikki darajali eksperiment natijalarini talqin va tahlil qilish 
oson. Uning yakuni sodda va lo‘nda: “Ha, o‘zgaruvchi ta`sir ko‘rsatdi; xulq-atvor 
falon tomonga o‘zgardi” yoki “Yo‘q, o‘zgaruvchi ta`sir ko‘rsatmadi”. Biron-bir 
effekt chindan ham mavjudmi yoki u tasodifiy variatsiya ta`sirida paydo 
bo‘lganmi, degan savolga javob topish uchun odatda statistik tekshirish talab 
etiladi va ikki darajali eksperimentlar uchun uni o‘tkazish qiyinchilik tug`dirmaydi. 
Masalan, u faqat plYuslar va minuslarni sanab chiqishdan iborat bo‘lishi mumkin. 
Qaysi tekshirish usulini qo‘llash zarurligi sizga ma`lum bo‘lsa, o‘z 
ma`lumotlaringizni statistik tahlil qilish uchun sizga qulay hisoblashni amalga 


Achilova Odina 

oshirishga atigi bir necha minut (yoki kompyuter yordamida hisoblashga bir necha 
sekund) talab etiladi.
Nihoyat, ayrim hollarda ikki darajali eksperiment bergan axborotning o‘zi 
sizga kifoya qiladi. Agar eksperimentning maqsadi ikki raqobatdosh nazariyani 
tekshirishdan iborat bo‘lib, nazariyalardan biri ikki daraja uchun xulq-atvorda 
farqlar mavjudligini, ikkinchi nazariya esa yo o‘zgarishlar mavjud emasligi, yo 
qarama-qarshi o‘zgarishni bashorat qilsa, bu holda ikki darajali eksperiment 
nazariyalarni qarama-qarshi qo‘yish uchun mutlaqo o‘rinlidir. Ba`zi bir amaliy 
tadqiqotlarda ham ikki darajali eksperiment qimmatli axborot berishi mumkin. 
Masalan, siz sanoat qurilmasining ikki birligini solishtirmoqchi bo‘lsangiz va 
mazkur ishda foydalanish uchun faqat ikkita qurilma mavjud bo‘lsa, ikki darajali 
eksperiment sizga zaruriy axborotni to‘liq olish imkonini beradi. Mazkur printsip 
siz ikki davolash usulini, ikki ta`lim tizimini, ikki o‘quv dasturini, ikki dorini, ikki 
jinsni yoki biron-bir o‘zgaruvchining ikki darajasini tadqiq qilganingizda ham 
faqat ikki daraja muhim yoki mavjud bo‘lgan holda mutlaqo to‘g`ridir.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling