O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana29.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1400203
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Achilova O 2

Kamchiliklari. Amaliy nuqtai nazardan olib qaraganda, ko‘p darajali 
eksperimentning asosiy kamchiligi shu bilan belgilanadiki, u ikki darajali 
eksperimentga qaraganda ko‘proq vaqt va kuch talab qiladi. Esingizda bo‘lsa, har 
safar guruhlararo eksperimentga yangi daraja qo‘shilganda, ishtirokchilar soni ham 
ko‘payadi. Guruh doirasida o‘tkaziladigan eksperimentlarda qo‘shimcha darajalar 
ishtirokchilar sonini ko‘paytirmaydi, biroq, shunga qaramay, ular eksperimentning 
umumiy vaqtini ko‘paytiradi va muvozanatga solish sxemalarini yanada 
yiriklashtiradi.  
Ko‘p darajali eksperimentlarni tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan tekshirish 
statistik metodlarini qo‘llash ham ma`lum darajada qiyinchiliklar tug`diradi. Ular 


Achilova Odina 
11 
ko‘proq vaqt talab qiladi va bunday statistik tekshirishdan keyin ma`lumotlarni 
talqin qilish qiyinlashadi.
Ikki va ko‘p darajali eksperimentlarning afzalliklari va kamchiliklari taroziga 
solinganida, mustaqil o‘zgaruvchili darajalarning qo‘shilishi bilan bog`liq bo‘lgan 
oz miqdordagi qo‘shimcha harajatlarni, odatda, olinadigan axborotning ahamiyati 
ortig`i bilan qoplaydi. Bu afzallik eksperiment rejasiga qo‘shiladigan dastlabki bir 
nechta darajalar uchun ayniqsa muhimdir. O‘z-o‘zidan ravshanki, ma`lum vaqtdan 
boshlab yangi darajalarning qo‘shilishi bizning eksperimental aloqa haqidagi 
bitimlarimizni ko‘paytirishga kam hissa qo‘shadi. 
Shu paytgacha biz barcha eksperimentlar faqat bitta mustaqil o‘zgaruvchiga 
ega ekanligidan kelib chiqdik. Ammo bu cheklash real hayotni emas, balki ko‘proq 
bizning muhokamamiz maqsadini aks ettiradi. Siz o‘tkazishingizga to‘g`ri 
keladigan eksperimentlarning aksariyati bittadan ortiq mustaqil o‘zgaruvchiga ega 
bo‘ladi. Bu erda men yanada murakkab eksperimentlarni rejalashtirayotganda 
qo‘llaniladigan umumiy usullarning ayrimlariga to‘xtalib o‘taman.
Eksperimental psixologiyada omilli reja ayniqsa faol qo‘llaniladi. 
Psixologiyaga oid jurnallarda e`lon qilinadigan aksariyat eksperimentlarning 
natijalarini anglab etish uchun siz omilli rejalar mantiqini tushunishingiz lozim.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling