7. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. XX asr analitik kimyosi oldingi davrlardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
2. 1920 yillarda Ukrainada analiz sohasida qanday yangiliklar yuzaga keldi?
3. Kompleks birikmalardan analizda foydalanishda qanday yutuqlar qo’lga kiritildi?
4. Nodir elementlarning analizi sohasidagi ishlar haqida so’zlab bering.
5. Reaktivlar ishlab chiqarish qachondan boshlangan?
6. 20 yillardan keyingi davrda fizik-kimyoviy analiz qanday rivojlandi?
7. J.V. Tananayev, A.K. Babko, N.P. Komar, H.A. Chugayev, N.A Izmaylovlarning ishlari.
8. Zavod laboratoriyalarining tashkil etilishi analitik kimyo rivojlanishiga qanday ta’sir qildi?
9. A.P. Kreshkov kislota-asoslar to’g’risidagi nazariyalardan qaysi birini yaratgan?
10. Rossiya olimlarining 20-yillardan keyingi davrda analitik kimyo tarixiga qo’shgan hissalari.
8. Adabiyotlar:
1. Волков В.А., Вонский Е.В., Кузнецова Г.И. Выдающиеся химики мира. –М.: Высшая школа. 1991. -656 с.
2. Internet ma’lumotlari.
IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYINGI DAVRDA ANALITIK KIMYODA BAJARILGAN ILMIY IZLANISHLAR
1. Mavzu rejasi: Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda analitik kimyoning rivojlanishiga turtki bo’lgan amaliy ishlar. Radiokimyoviy analiz sohasidagi yangiliklar. Fizikaviy analizning rivojlanishi. Suvsiz erituvchilar va hozirgi zamon kislota-asoslar to’g’risidagi nazariyalar. Elektrokimyoviy analiz va ion selektiv elektrodlar. A.P. Kreshkov, Yu.A. Zolotov, P.K. Agasyan, V.V. Bardin, G.J. Sizin, G.V. Golorkin, V.A. Davankovlarning ishlari. Moddalarni ajratish usullari.
2. Tayanch iboralar: Jahon urushidan keyingi davr, analitik kimyoda toza va nodir metallar, radioaktiv indikator, yarim o’tkazgichlar analitik kimyosi, fizikaviy analiz, elementlarni aniqlash, elektrokimyoviy zanjir, elektrod, ion selektiv elektrod, kulonometriya, sorbsion analiz, ajratish va konsentrlash, xromatografik analiz, organik moddalar, oqsillar analizi.
Do'stlaringiz bilan baham: |