377
19. Ekstravert shaxslarga qanday hislatli insonlar kiradi?
a. Shaxslarga xos umumiy faollik,
osoyishtalik, ta’sirchanlikka moyil
kishilar.
b.
Janjalkash, mahmadona,
hech kimni mensimaydigan, madaniyatsiz,
o‘z ishiga sovuqqon kishilar.
c.
Xushmuomala, quvnoq, xushchaqchaq,
barcha bilan bir xil
munosabatda bo‘ladigan faol kishilar.
d. Badjahl, mensimaydigan va odamlarga aralashmaydigan,
doimo
yolg‘izlikni xush ko‘radigan kishilar.
20. O‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan, har qanday ta’lim-
tarbiyaviy tadbir mohiyatini o‘quvchilarga yetkazadigan, ziddiyatli
jarayonlardan olib chiqish qudratiga ega bo‘lgan faoliyatni bel-
gilang?
a. O‘qituvchining pedagogik mahorati.
b. O‘qituvchining jonli muloqoti.
c. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati.
d.
Notiqlik san’atini namoyon qila olishi.
21.
Inson kamolotida o‘qituvchining mehnatini namoyon
etuvchi asosiy vositalar?
a.
Shaxsning ta’lim va tarbiya jarayonida erishgan yutuqlari.
b. Axborot texnologiyalari asosida mashg‘ulotlarni o‘tkazish.
c. Insonning hayotiy faoliyatida erishadigan yutuqlari va
ijobiy
natijalari.
d. O‘quv materiallarini nazariy va amaliy jihatdan puxta o‘zlashtirishi.
22. O‘qituvchining pedagogik muloqot asosida sinf jamoasini
boshqarishi odatda nechta bosqichdan iborat?
a. Ikkita bosqichdan iborat.
b. To‘rtta bosqichdan iborat.
c. Oltita bosqichdan iborat.
d. Uchta bosqichdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: