O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi: t. f. n. Tureeva. G. A Nukus 2008
- 1.1. Manbashunoslik fanini wrganishdan maqsad
- 1.2. Manbashunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari
- 1.3. Manbalar turlari
- 1.3.2. Etnografik manbalar
- 1.3.3. Lingvistik manbalar
- 1.3.5. Ёzma manbalar
- Diplomatika
- Sfragistika
- Numizmatika
- Xronologiya
- 1.5. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati
- 1.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar
- 2-Mavzu. Manbashunoslikning asosiy ywnalishlari. Nazariy va amaliy manbashunoslik Darsning mazmuni
- 2.1. Manbashunoslikning ywnalishlari asosiy maqsad va vazifalari
- 2.3. Manbalarni turkumlash
1 O’ZBEKİSTON RESPUBLİKASİ OLİY VA O’RTA MAXSUS TALİM VAZİRLİGİ BERDAQ NOMİDAGİ QORAQALPOQ DAVLAT UNİVERSİTETİ Gumanitar fakulteti Tarix va arxeologiya kafedrasi. TARİXİY MANBAShUNOSLİK Bakalavrlar uchun Tuzuvchi: t. f. n. Tureeva. G. A Nukus 2008 2 1-Mavzu. Manbashunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari Darsning mazmuni: Tarix ilmida manbashunoslik fanining tutgan o’rni, uning asosiy xususiyatlari, predmeti, maqsad va vazifalari h’aqida malumot, mavjud ilmiy adabiyotlar qisqacha tah’lili beriladi. Reja: 1.1. Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad. 1.2. Manbashunoslik fanining predmeti va vazifalari. 1.3. Manbalar turlari. 1.4. Manbashunoslikka oid adabiyotlarni tah’lili. 1.5. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati. 1.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. Asosiy tushunchalar: manba, tarixiy manba, birlamchi manba, asl nusxa, avtograf, bitik, bitma, yozma yodgorlik, qo’lyozma, qo’lyozma kitob, toshbosma, litografik kitob, nashr, ommaviy nashr, ilmiy akademik nashr, faksimile, arxeografiya, asosiy arab yozuvlari, rwyh’atga olish, tavsifga olish, tasniflash – kataloglashtirish, fih’rist – katalog, kartochka, annotatsiya, monografik tavsif. 1.1. Manbashunoslik fanini wrganishdan maqsad Manbashunoslik fanini wrganishdan maqsad talabalarda ushbu fan soh’asi twg’risida umumiy tushuncha h’osil qilish va ularda qiziqish uyg’otish va O’zbekiston tarixini manbalar asosida mustaqil wrganishga h’arakat qildirishdan iborat. Tarixiy fakt va voqealar baёni inson xarakteri, malumot beruvchi shaxs, guruh’, firqa, sulola, mazh’ab va mamlakatlar manfaati ywlida turlicha talqin qilinishi mumkin. Masalan, Wzbekiston yaqin tarixi mamlakatimizning X1X asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi siёsiy voqealar turli davrlarda, manbalarda va turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Bular wz davrida yaratilgan ёzma ёdgorliklar, tarixiy h’ujjatlar va solnomalarda qanday baёn qilingan? Shwro davrida qanday tushuntirildi? Va nih’oyati mustaqillik sharoitida tarixiy adolatni tiklash, manbalar asosida xolis va obektiv bwlib wtgan voqealarni bilishimiz mumkin va kerak. Bu esa manbashunoslik fanisiz, manbalarga ilmiy ёndoshuvsiz mumkin emas. Chunki, wsha davrdagi ёzma ёdgorliklar aksariyati arab alifbosi asosidagi ёzuvimizda, bir qismi rus tilida h’am bitilgan va wsha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega. Xulosa, manbashunoslik fani yurtimiz tarixi twg’risida xolis va obektiv bilim olishga, wzligimizni anglashga, boy va qadimiy madaniyatimizni bilishga xizmat qiluvchi tarix fanining muh’im soh’alaridan biridir. 1.2. Manbashunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va muh’im soh’alaridan biri bwlib, turli (moddiy, etnografik, ёzma va boshqa) manbalarni wrganish h’amda ulardan ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jih’atlarini wrganadi. Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz? Tarixiy manba deganda uzoq wtmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning malum bosqichdagi kechmishini wzida aks ettirgan moddiy va manaviy ёdgorliklarni tushunamiz. 3 Moddiy ёdgorliklarga - qadimiy obidalar, manzilgoh’lar va mozarlar, shah’arlar, qasrlar va qalalar xarobalari, uy-rwzg’or buyumlari va boshqalar kiradi. Manaviy ёdgorliklar deganda qadimgi ёzuvlar, xalq og’zaki ijodi namunalari, afsonalar, ёzma ёdgorliklar – bitik, qwlёzma kitob, h’ujjatlar va arxiv materiallari tushuniladi. Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bwlgan va uning xususiyatlarini wzida aks ettirgan moddiy va manaviy ёdgorliklardan iboratdir. Ularni wrganadigan fanni biz manbashunoslik deymiz. Manbashunoslik fani ijtimoiy fan soh’asida asosan ikki xil bwlishi mumkin- tarixiy manbashunoslik va adabiy manbashunoslik. Bizning maqsadimiz tarixiy manbashunoslikni wrganishdir. Manbashunoslik fanining vazifalariga kelsak tarixiy manbalarni qidirib topish, ularni rwyxatga olish, turkumlash, chuqur va atroflicha tadqiq etish, manbada wz aksini topgan ёki baёn etilgan voqealar, keltirilgan faktlarni twla va obektivligini aniqlash, manbaning tarix fani taraqqiёtini wrganishdagi ah’amiyatiga bah’o berish, manbashunoslikning asosiy vazifasi h’isoblanadi. 1.3. Manbalar turlari Tarixiy manbalarni, ularning umumiy xarakteri, wtmishni wzida aks ettirishga qarab quyidagi olti asosiy guruh’ga bwlish mumkin. 1.3.1. Moddiy (ashёviy) manbalar Malumki, kishilik jamiyati tarixi qariyb 40 ming yillik davrni wz ichiga oladi, lekin ёzuv paydo bwlganiga esa kwp vaqt wtganicha ywq. Masalan, tsivilizatsiyaning ilk wchoqlaridan biri bwlmish Markaziy Osiёda dastlabki ёzuv arameycha xat negizida taxminan eramizdan avvalgi birinchi ming yillik wrtalarida paydo bwlgan. Xat tarixchisi Erkin Oxunjonovning malumotiga kwra, yurtimizda arab istilosiga qadar wn sakkiz ёzuv turi mavjud bwlgan ekan. Lekin, afsuski, kwh’na tariximizni wzida aks ettirgan ёzma ёdgorliklarning katta qismi bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Ularning kwpchiligi bosqinchilik urushlari vaqtida, qolaversa tabiiy ofatlar oqibatida ywq bwlib ketgan. İlk tarixning ayrim lavh’alari wtmishdan qolgan va insonning ijtimoiy faoliyati bilan bog’liq bwlgan moddiy ёdgorliklarda, aniqrog’i ularning bizgacha saqlangan qoldiqlari etib kelgan. Xullas, moddiy (ashёviy) manba deganda ibtidoiy odamlar istiqomat qilgan va dafn etilgan joylar, ularning meh’nat va urush qurollari, bino va turli inshootlar (qala va qasrlar, h’ammomlar va karvonsaroylar, h’unarmandchilik ustaxonalari h’amda suv inshootlari va boshqalar)ning qoldiqlari, uy-rwzg’or buyumlari va zeb- ziynat taqinchoqlari tushuniladi. Moddiy ёdgorliklarni qidirib topish va wrganish ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunon, arxeo -qadimiy, logos – ilm; wtmish h’aqidagi ilm; kishilik jamiyatining uzoq wtmishni wrganuvchi ilm, qadimshunoslik) shug’ullanadi. 4 1.3.2. Etnografik manbalar Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog’liq bwlgan material va malumotlar etnografik manba h’isoblanadi. Masalan, xalq, qabila va urug’ nomlari, inson qwli va aql –zakovati bilan yaratilgan qurol va buyumlarning naqsh va bezaklari, kishilar ongida, shuningdek, og’zaki va ёzma adabiёtda saqlanib qolgan wtmish urf-odat va ananalari, kishilarning turmush tarzi etnografik manba h’isoblanadi. Bularning barchasini etnografiya (yunon, etnos – xalq, grapxo – ёzaman, xalq h’aqida malumotlar; xalqshunoslik) ilmi tekshiradi va wrganadi. 1.3.3. Lingvistik manbalar Lingvistik manbalar deb tilimizdagi, aniqrog’i uning leksik-swz boyligi tarkibidagi uzoq wtmishdan qolgan, ijtimoiy – iqtisodiy, mamuriy va yuridik atamalar, masalan, xiroj - wrta asrlarda ah’olidan, asosan deh’qonlardan olinadigan asosiy soliq; daromad solig’i; ushr – daromadning wndan bir qismini tashkil etgan soliq; zakot – chorva va mulkdan kambag’allar uchun yiliga bir marta olinadigan soliq; cuyurg’ol – shah’zodalar va amirlarga toju taxt oldida kwrsatgan katta xizmatlari uchun beriladigan er-suv; tansuqot – kamёb, etiborga molik buyum, mato; podshoh’lar, xonlar va nufuzli kishilarga qilinadigan tortiq; cherik - qwshin; qorovul - qwshinning oldi va ёn tomonlarida boradigan maxsus h’arbiy bwlinma; xalifa –Muh’ammad payg’ambarning wrinbosari, wrta asrlarda arab musulmon feodal davlatining boshlig’i; mirishkor – twg’risi – miri shikor, podshoh’ va xonlarning ov qushlari va ov h’ayvonlarini tasarruf etkvchi mansabdor; mirob – suv taqsimoti bilan shug’ullanuvchi mansabdor; qozi –shariat asosida ish yurituvchi sudya; ёrlig’ -wrta asrlarda h’ukmdor tarafidan beriladigan rasmiy h’ujjat; vaqfnoma –masjid, madrasa, xnaqoh’ va mozorlarga inom etilgan er - suv h’aqidagi tuzilgan maxsus h’ujjat va boshqa atamalar juda kwp uchraydi. Bu va shunga wxshash atamalar shubh’asiz qimmatli tarixiy material bwlib, ajdodlarimizning ijtimoiy – siёsiy h’aёtini wrganishga ёrdam beradi. Ularning kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika (lotin, lingua – til) fani wrganadi. 1.3.4. Xalq og’zaki adabiёti Og’zaki adabiёt madaniyatning eng qadimgi qismi bwlib, uning ildizi ibtidoiy jamoa va ilk feodalizm tuzumiga borib taqaladi. Og’zaki adabiёtning ayrim namunalari qadimgi yunon tarixchilari, shuningdek, Tabariy, Masudiy, Beruniy, Firdavsiy, İbn al-Asir kabi sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha etib kelgan. Kayumars, Jamshid va Siёvush h’aqidagi afsonalar, Amort va Sparetra, Twmaris va Shiroq h’aqidagi qissalar shular jumlasidandir. Urug’chilik davri tarixini, ayniqsa, patriarxal – munosabatlarini wrganishda “Alpomish”, “Gwrwg’li” kabi dostonlar, shuningdek, xalq ertaklari, marosim qwshiqlari, matal va topishmoqlarning roli h’am benih’oyat kattadir. Bu xalq durdonalari turli ijtimoiy tabaqaga mansub kishilarning turish – turmushi, manaviy qiёfasi, urf-odati, ayniqsa, uzoq wtmishda h’ukm surgan ijtimoiy munosabatlar h’aqida qimmatli malumot beradi. Tarixiy manbalarning bu turi bilan folklor (nem. Folk – xalq, lore – bilim; donishmandlik, xalq donoligi) fani shug’ullanadi. 5 1.3.5. Ёzma manbalar Ёzma manbalar tarixiy manbalarning muh’im va asosiy turidir. İnsonning ijtimoiy faoliyati, aniqrog’i kishilarning wzaro munosabatining natijasi wlaroq yaratilgan va wsha zamonlarda sodir bwlgan ijtimoiy-siёsiy voqealarni wzida aks ettirgan manba sifatida wrta asr (U1-X1X asrlar) tarixini wrganishda muh’im wrin tutadi. Ёzma manbalar wz navbatida ikki turga bwlinadi: 1.Oliy va mah’alliy h’ukmdorlar mah’kamasidan chiqqan rasmiy h’ujjatlar (ёrliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-h’isobot daftarlari, rasmiy ёzishmalar). İjtimoiy-siёsiy, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni wrganishda rasmiy h’ujjatlar, moliyaviy - h’isobot daftarlari va ёzishmalarning ah’amiyati benih’oya kattadir. Rasmiy h’ujjatlar ijtimoiy-siёsiy h’aёtni malum yuridik shaklda bevosita va kwp h’ollallarda aynan qayd etishi bilan qimmatlidir. Lekin ularning orasida, ayniqsa, rasmiy ёzishmalarda soh’talari h’am uchrab turadi. Shuning uchun h’am ulardan foydalanilganda diqqat-etibor va zwr eh’tiёtkorlik talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimoiy- siёsiy voqea ёki faktni talqin etish uchun foydalanish jaraёnida, bittasi bilan kifoyalanmasdan, wxshash bir necha h’ujjat, manbalarni qwshib wrganmoq zarur, chunki bitta h’ujjatda faqat bir kelishuv ёki fakt ustida gap boradi. Shuning uchun faqat bir h’ujjat bilan malum ijtimoiy-siёsiy masala ustada qatiy fikr yuritib, umumlashtirib qatiy xulosaga kelib bwlmaydi. 2.Tarixiy, geo-kosmografik h’amda biografik asarlar. Tarixiy, geo-kosmografik, h’amda biografik asarlar twg’risida shuni aytish kerakki, ular h’ukmron sinfning topshirig’i bilan ёzilgan va shu tufayli ularning sah’ifalarida kwproq podshoh’lar va xonlarning, amirlar va yirik ruh’oniylarning h’aёti va faoliyati ёritilgan, moddiy boylik yaratuvchi meh’natkash xalqning tarixi esa kwp h’ollarda chetlab wtilgan. Xullas, bu asarlarda, yani ёzma manbalarda h’ukmron feodal sinfning dunёqarashi wz ifodasini topgan, wsha sinfning maqsad va manfaatlari ifoda etilganligi bilan ajralib turadi. 1.3.6. Mwjaz rasm-miniatyuralar X-XIX asrlar davomida qwlёzma kitoblarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis mwjaz rasmlar h’am tarixiy manba bwlib xizmat qiladi. Yurtimiz tarixi va moddiy ashёlar, h’anarmandchilik, kiyim-kechak, memorlik obidalari va umuman moddiy madaniyatimiz xususiyatlarini wrganmoqchi bwlsak, nafis mwjaz tasviriy sanat namunalari- miniatyura rasmlar qimmatli manba rolini wtaydi. Chunki ularda tarixiy ashёlar tasviri aynan, bazan badiiy ijod xususiyatlariga moslashtirilgan h’olda aks ettiriladi. Masalan, buyuk musavvir ustod Kamoliddin Beh’zodning “Samarqanddagi Bibixonim masjidining masjida qurilishi” nomli mashh’ur rasmini eslatish kifoya. Bu rasmda XU asrdagi qurilish jaraёni, unda ishtirok etaёtgan ustalar twg’risida mukammal tasavvur beriladi. Bunday rasmlardan tarixni wrganishda tasviriy vosita 6 sifatida unumli foydalanish mumkin. Biz swnggi yillarda chop etilgan manbalarda ulardan shunchaki befarq foydalanishlarini kwrishimiz mumkin. Umuman, bizgacha etib kelgan qadimgi devoriy rasmlar va qwlёzma kitoblarga ishlangan h’amda aloh’ida muraqqalardagi rasmlar ah’amiyati juda katta. Kwrib chiqqanimizdek, manbashunoslik fani tadqiqot manbalari juda kwp va xilma-h’il bwlib, biz eng asosiylari twg’risida malumot berdik. Shu kunlarda texnika tarqqiёti munosabati bilan yana tovushli manba, foto manba, kino- televidenie manbalari va internet materiallari h’am paydo bwlib, ular ananaviy manbalarni inkor etmaydi, balki qwshimcha vosita bwlib xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa kompakt disklarni yaratilishi turli yangi pedagogik vositalarni qwllash imkonini yaratadi. Manbashunoslik fani tarix ilmining fundamental ywnalishi bwlib, bu soh’ada faoliyat olib borish uchun bir necha til va ёzma manbalar twg’risida katta bilim va tajribaga ega bwlish talab qilinadi. 1.4. Manbashunoslikka oid adabiёtlarni tah’lili Bizning tariximiz juda boy, ёzma ёdgorliklarimiz kwp bwlishiga qaramay, wz madaniy merosimizni butun boyligini namoyish etadigan, uning wziga xos xususiyatlari va jah’on madaniyati xazinasiga h’issa bwlib qwshilganlarini aloh’ida kwrsatdigan manbashunoslik fani soh’asida yaratilgan mukammal dasrlik va qwllanmaga ega emasmiz. Lekin yurtimizda tarix fani soh’asida olib borilgan deyarli uch ming yildan uzoqroq davr davomida twplangan tajriba umumlashtirilgani ywq. Hozircha mavjud darslik va qwllanmalar ichida akademik B.Ah’medovning “Wzbekiston tarixi manbalari” darsligi ikkinchi nashrini eng mukammal deb tan olishimiz mumkin. Qimmatli malumotlar jamlangani bilan ajralib turgan bu asar yanada mukammal darslik uchun asos bwlib xizmat qiladi. A.Habibullaevning “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” qwllanmasida h’am qator ijobiy xususiyatlar mavjud bwlib, ulardan tarixiy manbashunoslik bwyicha darslik tuzishda foydalanish mumkin. A.A.Madraimov tomonidan tuzilgan “Manbashunoslikdan maruzalar majmuasi”da ilk bor arab, fors va turk tilidagi tarixiy manbalar xususiyatlarini xarakterlashga h’arakat qilingan va manbalalar twg’risidagi malumotlar manba nomi ostida berilishi bilan ajralib turadi. Manbashunoslik fani kwp asrlik ananaga ega bwlsa-da, yurtimiz manbashunosligi yuqorida zikr etilgan asarlarda umumlashtirishga h’arakat qilindi. Manbashunoslikni wrganish uchun birinchi galda tarixga oid ilmiy tadqiqotlar, ёzma ёdgorliklar nashrlari va birlamchi ёzma manbalar bilan bevosita ishlashga twg’ri keladi. Bu soh’ada Ya.G’ulomov, B.A.Ah’medov, A.W. Wrinboev kabi yirik olimlar asarlari, Wzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayh’on Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanaёtgan qwlёzmalar tavsifini wz ichiga olgan 11 jildlik monografik katalog 7 h’amda maxsus katalog – fih’ristlar, tadqiqotlar bwlg’usi manbashunoslar uchun namuna bwlib xizmat qilishi mumkin. Talabalar ёrdamchi manba sifatida entsiklopedik qomuslardan foydalanish mumkin. Manbashunoslikni yaxshi egallash uchun talaba bir necha til, ayniqsa arab ёzuvidagi turkiy til va g’arb tillaridan ingliz, nemis va frantsuz tillaridan birini yaxshi bilishi kerak. Bu soh’ada rus tili h’am malum mavqega ega. Manbashunoslik tarix fanining bir qator ёrdamchi soh’alari – paleografiya, diplomatika, geraldika, sfragistika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va xronologiya qwlga kiritgan yutuqlariga tayanadi. Paleografiya (yunon. Paleo - qadimiy, grapxo – ёzaman; qadimiy ёzuv) qadimiy qwlёzma asarlarning qog’ozi, muqovasi, siёh’i, ёzuvi va ёzish usullarini tekshiradi. Diplomatika (yunon. Diploma – ikki buklangan qog’oz; h’ujjat) rasmiy h’ujjatlarni wrganish va tah’lil qilish bilan shug’ullanadi. Geraldika (yunon. Gerald –gerb, belgi, nishon) qadimiy gerblar, turli- tuman nishon va belgilarni (masalan, qadimgi turkiy qabilalarning tamg’alari) wrganadi. Sfragistika (yunon. Spragis –muh’r) qadimiy muh’rlar (podshoh’lar, xonlar, amirlar va qozilar muh’rlari) va ularning ёzuvlarini tekshiradi. Epigrafika – (yunon. Epi –ustida, tepasida, grapxo – ёzuv; biron narsa; buyum ustidagi ёzuv) tosh, metall buyumlar, ёg’och va boshqa qattiq buyumlar ustiga wyib ёzilgan qadimgi bitiklarni wrganadi. Numizmatika (lotin. Numis –pul) qadimiy pullarni, ashёsi, shakli, vazni, ёzuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi. Metrologiya (yunon. Metron -wlchov, logos – tushuncha – bilim; wlchovlar h’aqida tushuncha) wtmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bwlgan og’irlik, masofa va sath’ wlchovlarini wrganadi. Xronologiya (yunon. Xronos – vaqt, logos - tushuncha, bilim; vaqt h’aqida tushuncha) qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda bwlgan yil h’isobi va taqvimni wrganuvchi soh’a. Abu Rayh’on Beruniyning “Osor ul-boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan ёdgorliklar”) nomli asari turli taqvimlarni wrganishga bag’ishlangani uchun Evropada “Xronologiya” nomi bilan mashh’ur. Talabalarga manbashunoslik fanining ywnalishlari va asosiy xususiyatlari twg’risida malumot beriladi. 1.5. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati 1B. A. Ah’medov. Wzbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “Wqituvchi”. 2001. B. 7-14. 2T. S. Saidqulov. Wrta Osiё xalqlari tarixining tarxnavisligidan lavh’alar. - Toshkent: “Wqituvchi”. 1993. –B. 3-9. 3.Sobranie vostochnıx rukopisey Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. İstoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. –S. 3-7. 8 4.Rukopisnaya kniga v kulturax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987.-S.5-17. 1.6. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar: 1. Manbashunoslik maqsadi nimadan iborat? 2. Manbashunoslikning asosiy mavzui va vazifalari nimadan iborat? 3. Qanday manba turlarini bilasiz? 4. Manbashunoslikka oid qaysi darslik va adabiёtlarni bilasiz? 2-Mavzu. Manbashunoslikning asosiy ywnalishlari. Nazariy va amaliy manbashunoslik Darsning mazmuni: Ushbu darsda talabalarga amaliy va nazariy manbashunoslik, ёzma manbalarni qidirib topish, tavsifga olish va tadqiq qilish tushuntiriladi. Reja: 2.1. Manbashunoslikning ywnalishlari asosiy maqsad va vazifalari. 2.2. Nazariy manbashunoslik (ywnalishi). 2.3. Manbalarni turkumlash. 2.4. Arxeografiya.Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tah’lil etish. 2.5. Amaliy manbashunoslik (ywnalishi). 2.6. Manbalarni ichki belgilariga qarab tah’lil etish. 2.7. Foydalanilgan adabiёtlar r´yxati. 2.8. Maruza materialini mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. Asosiy tushunchalar: qog’oz, qog’ozrez, oh’orlash, muh’ralash, mistar, mistar bog’lash, wlcham, varaqlar soni, jild, muqova, sah’h’of, mujallid, jadval, jadvalkash, vassol, juzv, paygir, naqqosh, muzah’h’ib, shams naqshi, sarlavh’a, lavh’a, zarvaraq, unvon, lola naqshi, turunj naqshi, lachak, girih’, islimiy naqsh, abri bah’or, rassom, musavvir. 2.1. Manbashunoslikning ywnalishlari asosiy maqsad va vazifalari Manbashunoslik fani asosan ikki ywnalishga ega bwlib, u nazariy manbashunoslik va amaliy manbashunoslikdan iboratdir. Biz quyida nazariy manbashunoslik xususiyatlarini baёn etamiz. 2.2. Nazariy manbashunoslik (ywnalishi) Nazariy manbashunoslik ywnalishi amaliy manbashunoslik tajribasini umumlashtiradi, ёzma manbalarni vujudga kelishi va ularning real tarixiy sharoitni wzida aks ettirish qonuniyatlari, manbalarni izlab topish, turkumlash, tavsifga olish, tartibga solish asoslarini ishlab chiqadi va ularni ilmiy muomalaga 9 kiritishning, amaliy wrganishning eng maqsadga muvofiq asosiy usul va ywllarini aniqlaydi va amaliёtga tavsiya etadi. Ular quyidagilardir. 2.3. Manbalarni turkumlash Sharq ёzma manbalarni turkumlashning yagona aniq bir qoidasi h’ozirgacha ishlab chiqilmagan. Mavjud qwlёzma manbalar fih’risti bir qismi asarlar tili nwqtai nazaridan kelib chiqib tuzilgan. Masalan, Angliyaning Britaniya muzeyida saqlanaёtgan sharq qwlёzmalari yirik sharqshunos Charlz Riё tomonidan ularning qaysi tilda ёzilganiga qarab, arab, fors va turkiy tildagi qwlёzmalarni aloh’ida, aloh’ida tavsifga olib fih’rist tuzgan. Frantsiya poytaxti Parijdagi Milliy kutubxonadagi saqlanaёtgan sharq qwlёzmalari h’aqida Edgar Bloshe h’am shu tartibda katalog tuzgan. Toshkentdagi Abu Rayh’on Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasidagi qwёzmalar birinchi bor saqlanaёtgan tashkilot “Wzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharq qwlёzmalari majmuasi” nomi ostida turli tildagi va turli mavzudagi asarlar tavsifga olinib, ularning wn bir jildda nashr etilgan. Hozir qwlёzmalarni qaysi fan soh’asiga oidligiga qarab tavsifga olish boshlab yuborilgan mana shunday kataloglar chop etilmoqda. Bazi manbashunoslar qwlёzmalarni mazmuniga qarab, asarda qaysi masala baёn etilganiga qarab, turkumlashni lozim topsalar, ularning boshqa bir guruh’i asarning kelib chiqishiga, yani qaerda va qachon ёzilganligiga qarab turkumlashni maqul kwradilar. Yana bir guruh’ olimlar esa ularni rasmiy h’ujjatlar, tarixiy, geo- kosmografik va biografik asarlar kabi turlarga bwlib wrganishni tavsiya qiladilar. Manbalarni avtograf – yani muallifning wz qwli bilan ekanligiga qarab ёki kwchirilgan nusxa ekanligigi qarab turkumlash h’ollari h’am uchraydi. Hozirgi paytda tarixchi manbashunoslar manbalar ustida ishlashning faqat bittasiga, yani ularning turlariga qarab tadqiq etishni maqsadga muvofiq deb h’isoblaydilar. Chunki boshqa tadqiqot ywllari ёzma manbani chuqur va atroflicha wrganish h’amda tah’lil qilish vazifalariga twla javob bera olmaydi. Birinchidan, tarixiy manbalar ichida faqat bir masala – ijtimoiy-iqtisodiy, siёsiy, madaniy va boshqaga butunlay bag’ishlangan asar deyarli ywq ёki juda kam. Til bwyicha manbalarni wrganish ёmon emas, lekin biror mavzuga oid manbalarni wrganganda, faqat bir ёki ikki tilda yaratilgan asarlar bilan chegaralanish tadqiqot ilmiy qiymatini pasaytiradi. Mana shularni inobatga olganda, tarixiy manbalarni turlariga va qaysi davr voqealarini aks ettirganligiga qarab turkumlash maqsadga muvofiqdir. Avvalgi paytlarda talaygina markaziy oliy wquv yurtlarida wqitilgan “CCJM tarixi manbashunosligi” va “Wrta asrlar tarixi manbashunosligi” darsliklari mana shu qoidaga asoslangan. B. A. Ah’medov “Wzbekiston tarixi (wrta asrlar) manbalari”ni (ёzma manbalarni) quyidagi uch turga bwlib wrganishni tavsiya qilgan: 1) Ashёviy manbalar, yani arxeologik qazishlar natijasida topilgan ashёlar; 2) rasmiy h’ujjatlar; 3) tarixiy, geo-kosmografik h’amda biografik asarlar. Ushbu turkumda qayd etilgan 10 arxeologik ёki ashёviy manbalar, yani qadimda ajdodlarimiz turmush tarzi va ijtimoiy faoliyatini wrganish uchun asosiy manba bwlib xizmat qiluvchi manbalar asosan arxeologiya fani tomonidan wrganiladi va biz uchun qwshimcha ёki ёrdamchi dalil sifatida tadqiqotlarga jalb etilishi mumkin. Bizning fikrimizcha, Wzbekiston tarixi ёzma manbalarini asasan ikki turga bwlib wrganish maqul kwrinadi. 1) rasmiy h’ujjatlar – ёrliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, vaqfnomalar, h’isob-kitob daftarlari, rah’nomalar, rasmiy ёzishmalar, maktublar va boshqalar. Umuman, tarixiy h’ujjatlarning wttizdan ortiq turi mavjud. Hujjatlar ijtimoiy-siёsiy h’aёtni bevosita qayd etishlari, yani feodal er egaligi, ijtimoiy munosabatlar, davlat tuzilishi va shunga wxshash masalalar bwyicha daliliy malumotga boyligi bilan tarixiy manbalarning boshqa turlaridan ajralib turadi. Ular asosan h’ujjatshunoslar tomonidan maxsus wrganilsa-da, tarixiy manba sifatida manbashunoslikda ilmiy qiymati juda katta. 2) tarixiy, geo-kosmografik, agiografik h’amda biografik asarlar. Tarixiy, geo-kosmografik, agiografik h’amda biografik asarlarda rasmiy h’ujjatlarga nisbatan tarixiy voqea va h’odisalar keng va twla ёritiladi. Shuning bilan bir qatorda ularda faktik materialning boyligi kwzga tashlanadi. Ёzma manbalarni faqat zikr etilganlari bilan cheklab bwlmaydi. Xususan, badiiy adabiёtlarda h’am tarixiy voqealar, shaxslar twg’risidagi malumotlar baёni mavjud bwlib, faqat ularning wziga xos baёn uslubi, badiyatini nazardan qochirmasdik kerak. Chunki tarixchi bor h’aqiqatni ёzishi kerak bwlsa, shoir ёki ijodkor badiiy twqima, bwrttirish, mubolag’aga ywl qwyish, yani wz istagiga muvofiq tasvirlash imkoniga ega. Masalan, Alisher Navoiy badiiy asarlarida shoir davriga va zamondoshlariga oid qimmatli fikr, muloh’azalar mavjud. Xususan, uning asarlaridagi shoir biografiyasiga oid malumotlar asosida İzzat Sulton “Navoiyning qalb daftari” nomli kitob ёzib, unda Alisher Navoiy biografisini tiklashga h’arakat qilgan. Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibidagi dostonlarida h’am tarixiy malumotlar, xususan Mirzo Ulug’bek shaxsi va uning ilmiy merosi twg’risida juda qimmatli malumot mavjud. Ёzma manbalardagi wziga xoslikning biri shuki, ularda baёn etilgan voqea, h’odisalarga subektiv ёndoshuv, ayrimlarini xaspwshlash ёki buzib talqin h’ollari uchrab turadi. Bunday asarlar ustida tadqiqot olib borilganda ularga tanqidiy ёndoshish talab etiladi. Bu esa manbashunoslikning asosiy ilmiy talab va printsiplaridan biridir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling