O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/30
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30

 
4.5. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar. 
1. 
Wzbekiston tarixiga oid qanday Eron manbalarini bilasizmi?  
2. 
«Shoxnoma» asarida Wzbekiston tarixiga oid qanday malumotlar bor?  
3. 
Hindlarning «Mah’obxorat» asarida qadimgi Wzbekiston twg’risida 
qanday malumotlar bor?  
4. 
Qaysi Yunon tarixchilari asarida İskandarning yurtimizga yurish aks 
etgan?  
5. 
Avestoda qanday tarixiy malumotlar mavjud?   
 
5-mavzu. VI – VIII ASRLAR TARİXİ MANBALARİ 
 
 Darsning 
mazmuni: 
VI-VII asrlardagi tarixiy voqealar aks etgan Sug’diy, 
Turkiy va Xitoy manbalari twg’risida malumotlar keltiradi.   
 
Reja: 
5.1. 
Muh’im siёsiy voqealar. 
5.2. 
Qadimgi Turk manbalari. 
5.3. 
Xitoy manbalari. 
5.4. 
Swg’d tilidagi manbalar. 
5.5. 
Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 
5.6. 
Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
 
 
 Asosiy 
tushunchalar:  eftaliylar, xeptal, h’aytal, ey – da, i – da, runiy ёzuv, 
Sug’d tili, biyiq.  
 
5.1.  Muh’im siёsiy voqealar 
                                                 
15
 Юқ. асар. 34-41 бетлар.
 

 
36
V-VI asrlarda Wzbekiston tarixi eftaliylar va Eftaliylar davlati tarixi bilan 
bog’liqdir. Tarixiy manbalar, shuningdek, arxeologik qazishlar bergan 
malumotlarga qaraganda, Eftaliylar saklar va masagetlarning avlodlaridir.  
Eftaliylar juda katta h’ududda wz h’ukmronliklarini wrnatdilar. Ularning 
davlatiga Sharqiy Turkistondan Kaspiy bwylarigacha bwlgan erlar qarar edi. 
Eftaliylar milodning 457-yilida Chag’aniёn, Toxariston va Badaxshonni 
bwysundirishga muvaffaq bwldilar. Eron shoh’i sosoniy Piruz (459-484 yy.) 
Eftaliylarga qarshi uch bor qwshin tortti, lekin uning barcha yurishlari mag’lubiyat 
bilan yakunlandi. Buning ustiga Eron Eftaliylarga wlpon twlab turishga majbur 
bwldi. Shundan keyin Eftaliylar Marv va Kobulni, oradan kwp vaqt wtmay, 
Sharqiy Turkistonni h’am bwysundirishga muvaffaq bwldilar. 
Eftaliylar Turon, Eronning sharqiy tumanlari, Afg’oniston, Shimoliy 
Hindiston h’amda Sharqiy Turkiston ustidan h’ukm yurgizdilar. 
563-567- yillari turk xoqoni İstemi (Dizovul) Eron h’ukmdorlari bilan ittifoq 
tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba berdi va ularga qarashli erlarni bwysundirishga 
muvaffaq bwldi. Natijada Turk xoqonligi Amudarё va Orol dengizigacha 
chwzilgan wlkalar ustidan wz h’ukmronligini wrnatdi. U1 asrning uchinchi 
choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan Chjau va Tsi davlatlarini h’am 
bwysundirdilar, 576 yili Bosporni (Kerch) egaladilar, 581 yili esa Xersonni qamal 
qildilar. 
VI asr wrtalariga borib Turk xoqonligi zaminida ilk katta er egaligi 
munosabatlari shakllana boshladi. Shuning bilan bir qatorda wzaro urushlar 
kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581-618 yy.) h’ukmdorlari ustalik bilan 
foydalandilar. Oqibatda Turk xoqonligi ikki qimga – Sharqiy va Garbiy turk 
xoqonligiga bwlinib ketdi. 
Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiёda xoqon Shibi davrida (609-619- yy.) 
Suy imperiyasi bilan kwp urushdi va wz mustaqilligini saqlab qoldi. Xoqon Xelu 
(620-630- yy.) davrida h’am bu kurash davom etdi. Wsha yillari turklar Xitoyga 67 
marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliqlar kwpaydi, meh’natkash xalqning ah’voli 
og’irlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik bilan foydalandilar va Sharqiy Turk 
xoqonligi ustidan wz h’ukmronligini wrnatilshga muvaffaq bwldilar. Lekin kwp 
wtmay, turklar Xitoy istibdodiga qarshi qwzg’olon kwtardilar. Bunga dastlab 
Eltarish qoon (Qutlug’ qoon), keyinchalik esa uning maslah’atchisi Twnyuquq 
boshchilik qildilar. Natijada 681 yili G’arbiy turklar yana mustaqillikni qwlga 
kiritdilar. Xoqon Bilga vafotidan (734 y.) keyin kuchayib ketgan feodal kurashlar 
natijasida G’arbiy turk xoqonligi mayda qismlarga bwlinib ketdi va keyinchalik 
uning wrniga Uyg’ur xoqonligi tashkil topdi. 
G’arbiy turk xoqonligi h’arbiy siёsiy jih’atdan birmuncha qudratli edi. U11 
asrning wrtalarida unga Sharqiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha bwlgan erlar 
qarardi. Uning ijtimoiy-siёsiy tomondan yuksalishida Marv, Chorjwy, Buxoro, 
Samarqand, Choch, İspijob kabi shah’arlarning  wsishi va Xitoy, Eron h’amda 
Vizantiya bilan olib borilgan savdo-sotiq h’am sabab bwldi. Manbalarda keltirilgan 
malumotlarga qaraganda, G’arbiy turk xoqonligi poytaxti Suyabda h’ar yili katta 
yarmarkalar tashkil etilib, unda kwpgina xorijiy mamlakatlardan kelgan 
savdogarlar h’am qatnashgan. 

 
37
G’arbiy turk xoqonligining xalqi xoqon Shabolo Xilishi h’ukmronligi yillari 
10 toifaga bwlingan. Masalan, Chu darёsining wng tarafida istiqomat qiluvchi 
xalqlar Nushibi (5 toifa), darёning swl soh’ilida istiqomat qiluvchilar esa Dulu (5 
toifa) deb atalgan. Kwp wtmay bu toifalar wzlarining mustaqil davlatini tuzib 
oldilar. Bu wzaro feodal kurashning kuchayishiga olib keldi. Xitoy qwshinlari 
bundan foydalanib, 658 yili G’arbiy turk xoqonligi erlariga bostirib kirdilar, lekin 
uni tamoman bwysundira olmadilar. Xoqon Ashina Xudaydao uni yana tiklashga 
muvaffaq bwldi. Biroq katta er egaligi, wzaro kurashlar va shimoldagi qwshni 
xalqlar, xususan qorliqlarning xurujlari natijasida xoqonlik inqirozga yuz tutdi. 
VIII asrning ikkinchi yarmida h’okimiyat tamoman qorliqlar qwliga wtdi. Ular 766 
yili Suyabni bosib oldilar va uni wz poytaxtlariga aylantirdilar. 
G’arbiy turk xoqonligi markazlashmagan davlat bwlib, 15ga yaqin mustaqil 
h’okimliklardan, Swg’dda yuechji xalqidan chiqqan jabg’u, Buxoroda mah’alliy 
buxorxudot, Farg’onada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi. 
Xoqonlik tarkibiga kirgan xalqlar bir qismi Swg’d, Xorazm, Toxariston, 
Farg’ona deh’qonchilik, shah’ar ah’olisi h’unarmandchilik va savdo-sotiq bilan, 
uning tog’li va chwl tumanlarida istiqomat qiluvchi katta qismi esa chorvachilik 
bilan shug’ullangan. 
Arablar istilosi arafasida Wzbekiston mayda-mayda davlatlardan iborat edi. 
Sharq va xitoy tillarida ёzilgan manbalar malumotlariga qaraganda VIII asr 
boshlarida yurtimizda 15 yaqin mustaqil davlatlar bwlib, bularning eng kattasi 
Xorazm, Swg’d, Buxoro, Chag’oniёn, Toxariston, Ustrushona, Choch va Farg’ona 
h’isoblangan. Ularning podshoh’lari jabg’u (knyaz), xudot, ixshid va ispah’bed deb 
atalardi. 
Arablar Wzbekiston h’ududiga 674 yildan boshlab bostirib kira boshladilar.  
Bosqinchi qwshinlarga xalifalikning Xurosondagi noibi Ubaydulloh’ ibn Ziёd 
boshchilik qilar edi. Wshanda ular Poykent va Buxoro shah’arlari h’amda ularning 
tevarak-atrofidagi tumanlarni talon-taroj qildilar va katta wlja (1 mln dirh’am pul, 
4000 asir va boshqalar) bilan qaytdilar. Bundan keyin h’am arablar Wzbekiston 
ustiga kwp marta talonchilik yurishlarini uyushtirdilar. 
705 yildan boshlab arablarning Wzbekiston ustiga istilochilik yurishlari 
kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi yangi noibi Qutayba ibn Muslim (715 
yili h’ozirgi Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida, h’ozirgi Shurunch mozor, 
aslida Qilich mozor temir ywl bekati ёnida wldirilgan) boshchilik qildi. 
Arab qwshini 706 yili Omul (Chorjwy), Zamm (Karki), Buxoro h’amda 
Poykent shah’arlarini, 709 yili esa Buxoroning mustah’kam qalalaridan Shofurkom 
(Vardanza)ni, 710 yili esa Kesh va Nasafni zabt etdi. Buxoro, Swg’d, Vardanza va 
Farg’ona h’ukmdorlari  turklar bilan qwshilib arab istilochilariga qarshi ittifoq 
tuzishga h’arakat qildilar, lekin wzaro kelishmovchiliklar va ishtiloflar ittifoqning 
mustah’kamlanishiga ywl bermadi. Qutayba bundan ustalik bilan foydalandi va 
ular bilan birma-bir kurashda g’alaba qozondi. 
712 yili Qutayba wzaro ichki kurashlardan  foydalanib h’iёnatkorona tarzda 
Xorazmni h’am bwysundirdi. Samarqand podshoh’i G’urak (710-737-yy.) bilan 
tuzilgan bitim shartlariga binoan Samarqand va Swg’diёna xalqi arablarga h’ar yili 
2 million 200 ming dirh’am miqdorida wlpon twlash va arab qwshiniga 100 ming 

 
38
kishi  twplab berishga majbur etildi. 713-715 yillari Qutayba Choch (Toshkent) 
h’amda Farg’ona viloyatlarini, shuningdek  Ettisuv va Koshg’argacha bwlgan 
erlarni bosib oldi. 
Arab istilosi Wzbekistonning ijtimoiy-siёsiy va madaniy taraqqiёtiga katta 
zarar etkazdi, kwplab katta va boy shah’arlarning kuli kwkka sovurildi, ming-
minglab kishilarning “ёstig’i quridi”, Marv, Buxoro, Samarqand va Xorazm 
kutubxonalarida saqlanaёtgan juda kwp noёb asarlar ywq qilindi. 
Arab istilochilari mah’alliy xalqlarni h’am majburan islom diniga kiritdilar, 
meh’natkashlar zimmasiga og’ir soliqlar va jarimalar – xiroj, jizya, zakot 
yuklatildi, ah’olining yarim mulki arab qwshini foydasiga musodara qilindi. 
Wzbekiston xalqlari arab istilochilari zulmiga qarshi bir necha bor 
qwzg’olon kwtardilar. VIII asrning wrtalarida bwlgan İsh’oq turk qwxg’oloni, 769-
776- yillari butun Movarounnah’rni larzaga solgan Muqanna (783 yili wldirilgan) 
boshchiligida bwlib wtgan qwzg’olon, 806 yili Rafi ibn Lays boshchiligida 
Swg’dda bwlib wtgan deh’qonlar qwzg’oloni shular jumlasidandir. 
Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy 
taraqqiёtidagi katta tafovut, ularning etnik jih’atdan bir xil emasligi, ular 
wrtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning zaifligi, ayniqsa, er-suv va 
boylikning tobora mah’alliy boshliqlar qwlida twplana borishi va nih’oyat, 
mah’alliy ah’oli va bosqinchilar wrtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi 
xalq h’arakatlari va wzaro kurashni kuchaytirib yubordi. Bu h’ol, wz navbatida, 
arab xalifaligining inqirozini tezlashtirdi. IX asrning birinchi choragida uning 
zaminida mustaqil mah’alliy davlatlar paydo  bwldi. Masalan, Misrda Tuluniylar 
(868 y.), Tabaristonda Aliylar (864 y.), Xurosonda Toh’iriylar (821 y.), Seistonda 
Safforiylar (867 y.) va nih’oyat, Movarounnah’rda Somoniylar (819 y.) h’okimiyat 
tepasiga keldilar. Boshqa wlkalarda h’am shunday ah’vol yuz berdi. Qisqasi, 935 
yildan boshlab Abbosiylar xalifalikda wz siёsiy mavqelarini tamoman ywqotdilar 
va nomigagina xalifa bwlib qoldilar.  
 
5.2.  Qadimgi Turk manbalari 
 
Qadimgi Turk manbalari orasida XVII asrda Sibir h’amda Mwg’ilistonda, 
Oltoy h’amda  Wzbekistonda topilgan runiy bitiklar aloh’ida qiymatga ega. Bu 
ёzuvlarning etti guruh’i – Lena – Baykalbwyi bitiklari, Enisey, Mwg’uliston, 
Oltoy, Sharqiy Turkiston, Wrta Osiё bitiklari malum. Bu bitiklar Wzbekiston 
xalqlarining arablar istilosi arafasidagi ijtimoiy-siёsiy h’amda madaniy h’aёtini 
wrganishga ёrdam beradi. 
5.2.1. Enisey bitiklari 
Enisey bitiklari mashh’ur rus xaritashunos olimi S.U.Remezov (taxminan 
1642-1720-yy.) tarafidan XVII asr oxirida Enisey h’avzasi (h’ozirgi Xakas 
avtonom viloyatiga qaraydi) topilgan. Undan keyin bu h’aqda shvktsiyalik h’arbiy 
asir F.Stralenberg (Tabbert) malumot beradi. U Enisey h’avzasidagi qabrtoshlardan 
toshga wyib ёzilgan notanish xatlarni topgan. Bu ёzuv h’aqidagi malumotlar 
birinchi marta wtgan asrning birinchi choragida “Cibirskiy vestnik” jurnalida elon 

 
39
qilindi. 1889 yili fmn olimlari Eniseydan topilgan ёzma  ёdgorliklar xaritasini 
tuzdilar. 
 
5.2.2. Mwg’ulistondan topilgan bitiklar 
Mwg’ulistondan topilgan bitiklar orasida Twnyuquq, Kul tegin, Bilga xoqon 
va Ongin muh’im wrin tutadilar. 
Twnyuquq bitigi Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqda, Bain Tsokto 
manzilida joylashgan va ikkinchi turk xoqonligining asoschisi Eltarish xoqonning 
(681-691-yy.) maslah’atchi sarkarda Twnyuquqqa atalgan va 712-716 yillari 
ёzilgan. 1897- yili rus olimi D.A.Klements (1848-1914) va uning xotini Elizaveta 
Klementslar tarafidan ochilgan, V.V.Radlov (1899 y.), V.Tomsen (1922 y.), 
X.Sheder (1924 y.), D.Ross (1930 y.) h’amda G.Aydarov (1971) tarafidan yaxshi 
wrganilgan va matni nemischa, daniyacha, inglizcha va ruscha tarjimalari bilan 
chop etilgan. Obida G’.A.Abdurah’monov h’amda A.Rustamov tomonidan wzbek 
tiliga qisqacha tarjima qilingan (1982 y.). 
Kul tegin bitigi. Bilga xoqonning (716-734 yy.) inisi Kul tegin (731- yili 
vafot etgan) sharafiga ёzilgan. Mwg’ulistonning Kosho Tsaydan vodiysida 
Kwkshin Wrxun darёsi bwyidan rus arxeolog va etnograf olimi N.M.Yadrintsev 
(1842-1894 yy.) tomonidan 1889 yili topilgan. 
Bitik V.V.Radlov (1891 y.), A.Xeykel (1892 y.), V.Tomsen (1896 y.), 
P.M.Melioranskiy (1897 y.), X.Sheder (1924 y.), S.E.Malov (1951 y.), G.Aydarov 
(1971 y.)lar tomonidan nemischa, frantsuzcha, ruscha tarjimalarda chop etilgan. 
G’.A.Abdurah’monov va A.Rustamov tomonidan wzbek tiliga qilingan qisqacha 
tarjimasi (1982 y.) h’am bor. 
Bilga xoqon bitigi. Kul tegin bitigidan 1 km janubi-g’arbda  - Kwkshin 
Wrxun darёsi h’avzasida topilgan bu obida 735 yili bitilgan. Uni V.V.Radlov, 
S.E.Malov, P.M.Melioranskiy va V.Tomsen tomonidan wrganilgan va chop 
etilgan. 
Ongin bitigi Mwg’ulistonning  Kosho Tsaydan vodiysidan topilgan va 
kimga atalganligi aniq malum emas. Bazi fikrlarga qaraganda, yuqorida tilga 
olingan Eltarish xoqon va uning xotini Elbiyga xotun sharafiga qwyilgan (735 y.), 
boshqa fikrga kwra Qopag’on xoqonga (691-716-yy.), yana bir malumotga 
(J.Klosson) qaraganda Bilga xoqonning h’arbiy boshliqlaridan Alp Eletmish 
(taxminan 731 yilda wlgan) sharafiga qwyilgan. 
Obida 1892 yili V.V.Radlov tarafidan (estompaji) va 1957 yili J.Kloson 
tomonidan (inglizcha tarjimasi va tadqiqot bilan nashr qilingan.  
Bulardan tashqari, Qarabalsag’un shah’ri (Ulan-Batordan taxminan 400 km 
janubda joylashgan qadimiy shah’ar) xarobalaridan, Xayto Tamir, Chwyren, 
Beyshin-Udzur, Bayan-Xwngur va boshqa joylardan topilgan ёzuvlar h’am 
muh’imdir. 
Oltoydan topilgan bitiklardan Chorish, Katandi darёlari, Qwshog’och 
h’amda tog’li noh’iyalaridan topilgan bitiklarni aytib wtish mumkin. Bular Wrxun-
Enisey bitiklaridan fvrqli wlaroq, etnografik materialga boydir. Oltoydan topilgan 
ёzuvlar P.M.Melioranskiy, E.R.Tenishev, A.K.Borovkov, K.Seydakmatov, 
V.M.Nadelyaev h’amda D.D.Vasilev tomonidan elon qilingan. 

 
40
Sharqiy Turkistondan topilgan bitiklar orasida Turfon voh’asidagi g’orlarga 
joylashgan ibodatxona devorlariga ёzilgan bitiklar aloh’ida wrin tutadi. Bitiklar 
V.Tomsen tarafidan chop qilingan. 
Qozog’iston h’amda Qirg’izistonda topilgan bitiklar (asrimizning 60-70- 
yillarida topilgan) h’ali chuqur wrganilmagan. Bular orasida Talas voh’asidagi 
(Ayritom, Teraksoy, Qulonsoy, Toldiqwrg’on, Urjor, Sirdarё,  İla, Olma Ota, 
Tolg’ar, Tinbas va h’okazo) topilgan bitiklar muh’im ilmiy ah’amiyat kasb etadi. 
Qozog’iston h’amda Qirg’iziston h’ududidan  topilgan bitiklarning bazilari 
S.Sodiqov, M.E.Masson, A.N.Bernshtam, A.S.Omanjolov, G.Musaboev, Ch. 
Jumag’ulov h’amda G.Karag’ulovalar tomonidan elon qilingan. 
Qadimiy turk runik ёzuvlari (asosan sopol idishlarga ёzilgan) Farg’ona, 
Oloy vodiysi h’amda Janubiy Wzbekiston va Tojikiston h’ududidan, yani 
Bekobod,  İsfara, Marg’ilon, Farg’ona, Andijon, Quvasoy, Wsh, Wzgand, 
Kofirnih’on, shuningdek Swg’ddan h’am topilgan va A.N.Bernshtam, 
B.A.Litvinskiy, V.A.Bulatova, E.R.Tenishev, Yu.A.Zadneprovskiy tarafidan 
wrganilgan. 
Umuman, qadimiy turk runik ёzuvlari xalqimiz tarixini ёritishda juda 
qimmatli manbadir. 
 
5.3. Xitoy manbalari 
Xitoy manbalari h’aqida swz boshlashdan oldin shuni aloh’ida qayd etib 
wtish kerakki, ular h’am xitoy h’ukmdorlarining maqsad va manfaatlarini kwzlab 
ёzilgan, boshqa xalqlarning tarixi kwp h’ollarda bir taraflama ёritilgan. Lekin xitoy 
manbalarida bwlib wtgan voqealarning vaqti va wrni aniq kwrsatiladi, bir-biriga 
qarshi turgan qwshinlarning umumiy soni aniq kwrsatiladi. 
Qadimiy Wzbekistonning uzoq wtmishdagi ijtimoiy-siёsiy tarixini 
wrganishda quyidagi xitoy manbalari muh’im rol wynaydi. 
 
5.3.1. Shi Tszi 
“Shi Tszi” (“Tarixiy esdaliklar”) xitoy tarixshunoslarining otasi 
h’isoblanadigan Sima Tsyanning 130 bobdan iborat asaridir. 
Sima Tsyan –(taxminan miloddan avvalgi 145 ёki 135-86-yillar) Lunmin 
(h’ozirgi Shensi  viloyati) shah’rida saroy tarixchisi Sima Txan oilasida tug’ilgan, 
mamlakat bwylab kwp saёh’at qilgan, otasi vafot etgandan (miloddan avvalgi 108 
yili) keyin uning wrniga saroy tarixchisi sifatida qabul qilingan. Miloddan avvalgi 
98 yili imperatorga qarshi chiqib, sarkarda Li Linni h’imoya qilgani uchun qattiq 
jazoga tortilib (bichilgan) saroydan quvib yuborilgan. Lekin u ruh’iy tushkinlikka 
tushib qolmadi va bwlajak tarixiy kitobi ustidagi ishni davom ettirdi. Kwp vaqt 
wtmay Sima Tsyan yana saroyga taklif etildi va imperator Bosh mah’kamasi 
boshlig’i etib tayinlanadi, kitobini ёzib tamomlashga sharoit yaratib berildi. 
 
Uning “Shi Tszi” nomli asarida Xitoyning qadimiy zamonlardan to 
miloddan avvalgi 1 asr boshlariga qadar wtgan tarix baёn etilgan. Asarda 
Wzbekiston, uning 123 bobida xususan Farg’ona va uning qadimiy xalqi, h’aёti 
h’aqidagi qimmatli malumotlar mavjud. 

 
41
 
“Shi Tszi”ning twla matni olti jild qilib 1959 yili Pekinda elon etilgan, rus 
tiliga tarjima etilib (İ.Ya.Bichurin, L.S.Vasilev, L.S.Perelomov, Yu.L.Krol va 
boshqalar) 1972, 1975, 1984, 1986 yillari chop etilgan. E.Shavann (1865-1905) 
tomonidan frantsuz tiliga tarjima qilinib, 1895-1918 yillari 5 jildda bosmadan 
chiqqan. 
 
5.3.2. “Tsyan Xan shu” 
“Tsyan Xan shu” (“Avvalgi Xan sulolasining tarixi”) yirik tarixchi olim 
Byan Gu (39-92) asaridir. Tarixchi Anlin (Shensi viloyati) shah’rida G’arbiy Xan 
sulolasi (miloddan avvalgi 206 – milodning 220 y.) xizmatida turgan yirik 
mansabdor va tarizshunos oilasida tug’ilgan, 47-55 yillari Loyanda oliy talim 
olgan, 58-82 yillari wz asarini ёzgan. 
“Tsyan Xan shu”ning 95 bobida Wzbekiston (ayniqsa, kangli, yuechji va 
usunlar h’aqida) va Sharqiy Turkistonning qadimiy tarixi, xalqi va uning h’aёti 
h’aqida kwp muh’im malumotlarni uchratamiz. 
“Tsyan Xan shu” 1962 yili Pekinda 12 jildda nashr qilingan. İnglizcha 
tarjimasi (G.Dubs, Baltimor, 1938-1944-yy.) h’am bor. 
 
5.3.3. “Xou Xan shu” 
“Xou Xan shu” (“Keyingi Xan sulolasi tarixi”) tarixchi Fan Xua (398-445 
yy.) asari. Olim avvalgi Xan sulolasi (25-220-yy.)ga xizmat qilgan. Kichik davlat 
lavozimida turgan va 424 yili viloyat h’okimligiga kwtarilgan. Davlatga qarshi 
isёnda qatnashganlikda ayblanib qatl etilgan. 
“Xou Xan shu” Xitoyning avvalgi Xan sulolasi davridagi tarixni wz ichiga 
olgan katta asar (130 bobdan iborat. Unda Wzbekiston, Sharqiy Turkiston va 
Jung’oriyaning 25-221- yillarorasidagi tarixi h’aqida diqqatga sazovor malumotlar 
bor.  
5.3.4. “Bey shu” 
“Bey shu” (“Shimoliy sulolalar tarixi”) 100 bobli asar bwlib, Tan sulolasi 
(618-907 yy.) davrida yashagan yirik tarixchi Li Yan-shou (taxm.595-678-yy.) 
qalamiga mansub. Unda Shimoliy Xitoyda h’ukmronlik Vey (386-535-yy.), Tsi 
(550-577-yy.), Chjou (557-581-yy.) sulolasi h’ukmronligi, yani 386-581 yillar 
tarixi baёn etilgan. 
Asarda Wzbekiston, xususan Xorazm h’amda Sharqiy Turkiston h’aqida 
qimmatli malumotlarni uchratamiz. 
“Bey shu”ning matni 1958 yili Shanxayda chop etilgan. 
 
5.3.5. CUY ShU 
“Suy shu” (“Cuy xonadonining tarixi”) Xitoy tarixchilari jamoasi tarafidan ёzilgan 
asar. Uni ёzishda Vey Chjen (580-643 yy.) –Tan sulolasi davrida wtgan tarixchi, 
imperator Chjen-Guan (626-650) davrida uning wg’li va toju taxt vorisiga 
tarbiyachi bwlgan, Yan Shi-Gu h’amda Kxun İn-da bilan birgalikda ishtirok etib, 
asarda Xitoyning Suy sulolasi davrida, U-U1 asrlardagi  ijtimoiy-siёsiy tarixi 85 
bobda baёn etilgan. Kitobning 55 bobi 637 yili ёzib tamomlangan. Qolgan 30 
bobiga esa 20 yil vaqt ketgan.   

 
42
 
Asarda imperatorning iqtisodiy siёsati, qwshinning tuzilishi, mamlakatning 
ah’voli, xalqning urf-odatlari h’aqida malumotlar keltirilgan. Uning 83-bobida 
Wzbekiston va Sharqiy Turkiston h’aqida h’am diqqatga sazovor malumotlarni 
uchratamiz. Kwp jildli “Sulolalar tarixi” tarkibida 9 jild sifatida 1958 yili 
Shanxayda bosilgan. 
 
5.3.6. “TsZYu TAN ShU” VA ”SİN TAN ShU” 
 
“Tszyu Tan shu” (“Tan sulolasining eski tarixi”) imperator Jen-Tszun (1023-
1063-yy.)ning topshirig’i bilan 940-945 yillari ёzilgan. 
 
Ouyan Syu (1007-1072-yy.) va Sun Tsi (998-1061 yy.) 960-1279 yillari 
h’ukmronlik qilgan Sun (Janubiy va Shimoliy Xitoy) sulolasi tarixchilari1043-
1060-yillari shu sulolaning yangi tarixi “Cin Tan shu” (“Tan sulolasining yangi 
tarixi”) ёzganlar. Har ikkala asar h’am wziga xos afzalliklariga ega bwlib, malum 
darajada bir-birini twldiradi. 
 
XU111 asrda tarixchi Shen Bin-chjen h’ar ikkala tarixni bir-biriga bog’lab, 
unga “Sin tszyu Tan shu xechao” (“Tan sulolasining bir-biri bilan qwshilgan yangi 
h’amda eski tarixi”) deb nom qwydi. Asarda 618-907- yillar vlqealari baёn etilgan.  
 
“Cin Tan shu”da Wzbekiston janubi, Afg’oniston, Eron h’amda Sharqiy 
Turkiston h’aqida malumotlar uchraydi. 
 
1958 yili kwp jildli “Sulolalar tarixi”ning 12 jildi sifatida Shayxayda chop 
etilgan. 
 
5.4.Swg’d tilidagi manbalar 
Swg’d tilidagi manbalar asosan IV-X asrlarga oid bwlib, turli mazmundagi 
h’uquqiy h’ujjatlar – ah’dnomalar, nikoh’ h’aqidagi shartnomalar, oldi-sotti 
h’ujjatlari, tilxatlar, Swg’d, Shosh, Turk va Farg’ona h’ukmdorlari wrtasidagi 
ёzishmalar, xwjalikning kundalik  faoliyatiga oid h’uddatlar, masalan, xarajatlar 
ёzilgan h’ujjat h’amda farmonlardan iborat. 
Bu h’ujjatlar Swg’diёnaning wzidan, Mug’ qaladan, Samarqandda 
Afrosiёbdan, Qirg’iziston va Sharqiy Turkistonda topilgan. 
Bular orasida Mug’ qala xarobalaridan 1932 yili topilgan h’ujjatlar aloh’ida 
ah’amiyatga ega. Hujjatlar bah’orda Tojikistonning Varziminor (h’ozirgi 
Zah’matobod) tumaniga qarashli Xayrobod qishlog’ida shu tumanning sobiq 
birinchi rah’bari A.Pwlotiy tomonidan ochilgan. Huddatlar jami 79 ta bwlib, 
bulardan 74 tasi qadimgi swg’d, 1 dona arab, 3 tasi xitoy va yana biri turk tilidadir. 
Ular h’ar xil materialga – charmga, taxtaga va qog’ozga ёzilgan. Hujjatlar swg’d 
deh’qoni, katta er egasi, podshoh’i Devashtich (708-722-yy.) va yirik 
mansabdorlar-framandarning, shuningdek, Xoxsar h’amda Kshtut deh’qonlarining 
shaxsiy arxiviga tegishli bwlib, Swg’dning VIII asrning birinchi choragidagi 
iqtisodiy, siёsiy va madaniy h’aёtini wrganishda muh’im manba rolini wynaydi. 
Mug’ qalasidan topilgan h’ujjatlar A.A.Freyman, A. V.Vasilev, 
İ.Yu.Krachkovskiy, M.N.Bogolyubov, V.A.Livshits, M.İsh’oqov, U.N.Mansurov 
h’amda O.İ.Smirnovalar tarafidan chuqur wrganilgan.   
Mug’ qalasi h’ujjatlarining topilishi tarixi va ular h’aqidagi dastlabki 
malumotlar 1934 yili maxsus twplam shaklida (“Cogdiyskiy sbornik”, Leningrad, 

 
43
1934) elon qilindi. Ayrim h’ujjatlarning tarjimasi İ.Yu.Krachkovskiy va 
A.A.Freyman tomonidan 30-yillari elon qilindi. Huquqiy h’ujjatlar va maktublar 
tarjimasi, zarur izoh’ va tadqiqotlar bilan (Sogdiyskie dokumentı s gorı Mug. 
Chtenie, perevod, kommentariy. II chiqishi. 1962.) V.A.Lifshits tarafidan chop 
qilindi. 
1961 va 1965 yillari Wzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya 
instituti xodimlari ilmiy safar chog’ida Samarqandning Afrosiёbida V-VI asrlarga 
oid saroy xarobalarini ochdilar. Saroy meh’monxonasining dkvorlari turli 
mazmundagi rasmlar bilan bezatilgan bwlib, ular orasida oq kiyim kiygan 
Chag’oniёn elchisining surati h’am bor. Uning etagiga swg’d tilida wn olti satrdan 
iborat ishonch ёrlig’i  ёzib qwyilgan edi. Bu ёzuvlar VII asr wrtalaridagi xalqaro 
munosabatlar tarixini wrganishda muh’im ah’amiyat kasb etadi. 
Samarqandda topilgan ёzuvlar IX asrga oid uch tilda swg’d, qadimgi turk va 
xitoy tilida ёzilgan turk xoqonining qabr toshidagi bitikdir. 
Bunday h’ujjatlar swg’diylarning Qozog’iston, Qirg’iziston h’amda Sharqiy 
Turkistondagi savdo koloniyadaridan h’am topilgan. Bular orasida ayniqsa 
A.Steyn (1862-1943) tarafidan 1907 yili Dunxuan (Xitoyning Gansu viloyatida) va 
Turfonda (Sharqiy Turkiston) topilgan h’ujjatlar, Talas darёsining wng soh’ilida, 
h’ozirgi Talas shah’ridan 7 km shimolda joydashgan Qulonsoy h’amda Teraksoy 
daralarija qoya toshlarga wyib bitilgan ёzuvdar aloh’ida etiborga molik. Bu ёzuvlar 
IV-XI asrlarda Swg’d koloniyalarining ijtimoiy ah’voli h’aqida, ayniqsa Wrta Osiё 
va Uzoq Sharq mamlakatlari wrtasidagi savdo aloqalari va bunda swg’diylarning 
roli h’aqida qimmatli malumot beradi. 
Dunxuan va Xwtan h’ujjatlari A.Steyn, Talasdan topilgan ёzuvlar esa 
V.A.Kallaur, M.E.Masson, D.F.Vinnik, A.A.Asanaliev, K.Ashiraliev, 
U.Jumag’ulovlar tarafidan wrganilgan. 
Mamlakatimiz tarixi, xususan unda yashagan qadimiy xalqlar tarixini 
wrganishda, swg’d tilida ёzilgan “Xalqlar rwyxati” deb atalgan bir h’ujjat (VIII 
asr) wta muh’imdir. Unda Wrta Osiёda yashagan 21 xalq va elatning nomi 
keltirilgan. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling