O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. 3.20. ”Mafotix ul-ulum ”
- 7. 3.21. “Osor ul-boqiya”
- 7.3.25. “Kitob ul-ansob”
- 7.3.26. “Al-komil fi-t-tarix”
- 7.3.27. “Vafaёt ul-aёn va anbo anbo uz-zamon”
- 7.3.28. ”Mwjam ul-buldon”
- 7.3.29. “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni”
- 7.3.30. “Mulh’aqot as-suroh’”
7.3.19.”Yatimat ad-dah’r” ”Yatimat ad-dah’r” ёki ”Yatimat ad-dah’r fi mah’osin ah’l ul-asr” (“Asr ah’lining fozillari h’aqida zamonining durdonasi”) nomli tazkirani wz davrining yirik olimi va shoiri Abu Mansur Abdulmalik ibn Muh’ammad ibn İsmoil as- Saolibiy yaratgan. U 961 yili Nishopurda tug’ilgan, ilm-fanning turli soh’alari tarix, adabiёt, mantiq, arab tili va boshqalarni yaxshi bilgan, asosan tulki terisidan pwstin tikib sotish bilan shug’ullangan va as-Saolibiy degan nom bilan mashh’ur 18 Зиёрийлар – 927-тахминан 1090 йилларда Эроннинг Табаристон ҳамда Журжон вилоятларида ҳукмронлик қилган сулола. 19 Ғазнавийлар – Хуросон, Афғонистон ва Шимолий Ҳиндистон устидан 977-1186 йиллари ҳукмронлик қилган сулола. 20 Гарчистон – Мурғоб дарёсининг юқори оқимида жойлашган тарихий вилоят. Жанубда Ғазни, шимолда Марварруд, шарқда Ғур ва ғарбда Бодҳиз, Ҳирот вилояти билан туташ. 21 Ганж рустак – Бодҳизнинг шарқий қисмида жойлашган вилоят. 22 Ас-Саолибий. Ятимат ад-даҳр. Араб тилидан И.Абдуллаев таржимаси.-Тошкент: 1976.-95 бет. 60 bwlgan. Olim Eron va Wzbekistonning taliy shah’arlari Jurjon, Marv, G’azni, Buxoro, Xorazmda turgan va ularning madaniy h’amda ijtimoiy-siёsiy h’aёti bilan yaqindan tanish bwlib, 1038 yili Nishoparda vafot etgan. As-Saolibiy ellikka yaqin asar ёzgan bwlib, Wzbekiston xalqlarining X-X1 asrdagi tarixi va madaniy h’aёtini wrganishda ”Yatimat ad-dah’r” h’amda “Kitob al-g’urar” asarlari aloh’ida ah’amiyat kasb etadi. ”Yatimat ad-dah’r” (995-1000 yillari ёzilgan) Wzbekiston, xususan Marv va Buxoroning X asrdagi adabiy muh’itini wrganishda asosiy manbalardan biridir. “Kitob al-g’urar” ёki “G’urar axbor muluk ul-furs va siyaruxum” (“Eron podshoh’larining tarixi va ularning h’aёti”) nomli asar G’aznaviylarning Xurosondagi noibi Abu Muzaffar Nasr ibn Nosuriddin (1020 yili vafot etgan)ning topshirig’i bilan ёzilgan muh’im tarixiy asardir. ”Yatimat ad-dah’r”ning arabcha matni 1883 va 1947 yillarda Bayrut va Qoh’irada chop etilgan. Uning Wzbekistonning X asrdagi adabiy muh’itidan baxs yurituvchi twrtinchi qismi wzbek tiliga İsmatulla Abdullaev tomonidan tarjima qilinib, 1976 yili Toshkentda chop etilgan. 7. 3.20. ”Mafotix ul-ulum ” Wz davri qomusi bwlmish bu kitobni Abu Abdulloh’ Muammad al- Xorazmiy yaratgan. U X asrda wtgan mashh’ur filolog va fan tarixchisidir. Uning twla ismi Abu Abdulloh’ Muh’ammad ibn Yusuf Kotibiy al-Xorazmiy bwlib, olim Somoniy Nuh’ 11 ibn Mansurning (976-997 y.) vaziri al-Utbiy qwlida dabir bwlib xizmat qilgani va asosan Nishopurda istiqomat qilib, fan tarixi h’amda davlat bosh idoralari uchun muh’im qwllanma bwlgan “Mafotix ul-ulum” (“İlmlarning kalitlari”) nomli muh’im asar ёzib qoldirganligi malum. Ushbu asardan malum bwlishicha, Abu Abdulloh’ yunon, surёniy, arab va fors tillarini mukammal bilgan keng malumotli kishi bwlgan. “Mafotix ul-ulum” 976-991 yillar orasida ёzilgan wziga xos izoh’li terminologik lug’at bwlib, ikki qismdan iboratdir. Birinchi qism olti bobodan iborat bwlib, unda shariat bilan bog’liq ilmlar fiqh’, aqidalar, grammatika, idora ishlarini yuritish tartibi, sheriyat va tarix tug’risida malumotlar keltirilgan. İkkinchi qism twqqiz bobdan iborat bwlib, u ajam, yani arab bwlmagan xalqlar yunonlar, suriyaliklar, forslar, h’indlar va boshqa xalqlar orasida taraqqiy etgan ilmlar – falsafa, mantiq, tibb, arifmetika, h’andasa-geometriya, falakiёt- astronomiya, mexanika, musiqa va kimiё fanlarini wz ichiga oladi. Asarda yurtimiz h’aqida, xususan bu erda amalda bwlgan sug’orish wlchovlari h’aqida muh’im malumotlar h’am bor. “Mafotix ul-ulum” iomiy jamoatchilik, xususan V.V.Bartold, İ.Yu.Krachkrvskiy, S.L.Volin, van Flotenning yuksak bah’osiga sazovor bwlgan. Uning arabcha matni 1895 yili van Floten tomonidan, ayrim parchalar tarjimasi S.L.Volin tomonidan 1939 yili nashr qilingan. Toshkentda bu asarni R.M.Bah’odirov tadqiq etib, maxsus kitob ёzgan. 7. 3.21. “Osor ul-boqiya” Ushbu benazir asar ijodkori qomusiy olim Abu Rayh’on Beruniydir (973- 1048). U tabiiy va ijtimoiy fanlar bwyicha 150 dan ortiq asarlar yaratib, asosan 61 tabiiy fanlar soh’asida ulkan kashfiёtlarga va muvaffaqiyatlarga erishgan bwlsa-da, wzining ijtimoiy fan, ayniqsa tarix twg’risidagi chuqur bilimlarini “Osor ul-boqiya an al-qurun al-h’oliya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan ёdgorliklar”) h’amda “Hindiston” ёki “Kitab tah’qiq molil-Hind min manqula fi-l-aql va-l-marzuma” (“Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan talimotlarining tadqiq etish”) va “Kitob ul-musammara fi axbori Xorazm” (“Xorazm h’aqidagi axborotlar h’aqida suh’batlar”) nomli asarlari bilan tarix va madaniyat tarixiga katta h’issa qwshdi. Ayniqsa, bwlg’usi tarixchilar uchun “Osor ul-boqiya” h’ar tomonlama namuna bwladigan qimmatli manbadir. Asar 1000 yili Jurjon shah’rida ёzib tamomlangan. Unda qadimgi Wrta Osiё, Yunon, Eron, Hind, nasroniy, yah’udiy va boshqa xalqlarning islomiyatgacha bwlgan tarixi, urf-odatlari, bayramlari va asosan vaqtni h’isoblash taqvim-xronologiya twg’risida mukammal malumot beradi. Ushbu asarning XIV asrda yaratilgan mwtabar qwlёzmasiga nodir rasmoar ishlangan va bu noёb sanat obidasi Shotlandiya poytaxti Edinburg shah’ri Universiteti kutubxonasida 161 raqam ostida saqlanmoqda. “Osor ul-boqiya”ning ruscha va wzbekcha tarjimalari Toshkentda 1957 va 1968 yillari chop etildi. Kitob Evropada “Xronologiya” nomi bilan mashh’ur. Biz asar twg’risida artiqcha malumotlarni keltirmadik, chunki bizning vazifamiz qimmatli ёzma manbalar twg’risida umumiy tushuncha, bilim va ywnalish berishdir. Ushbu kitob twg’risida talabalar mustaqil ish jaraёnida ёki laboratoriya ishi jaraёnida chuqurroq va keng bilimga ega bwlishi maqsadga muvofiqdir. Beruniyning Xorazm tarixiga oid asari yuqorida zikr etilgan nomdan tashqari, yana “Tarixi Xorazm” va “Mashoh’iri Xorazm” (“Xorazmning mashh’ur kishilari”) nomlari bilan h’am mashh’ur bwlib, uning ayrim lavh’alari – parchalari Abulfazl Bayh’aqiyning 1056 yili ёzib tamomlangan “Tarixi Bayh’aq” va Ёqut Hamaviyning “Mwjam ul-buldon” asarlarida saqlanib qolgan. Beruniyning “Kitob fi axborot al-mubayyizot val-karomita” (“Oq kiyimlilar va karmatlarning xabarlari h’aqida kitob”) asari h’am tarix ilmi uchun aloh’ida qiymatga ega. Unda wsha zamonlarda Wrta Osiёda keng tarqalgan ijtimoiy h’arakat – karmatlar h’arakati h’aqida diqqatga sazovor malumotlar bor. Xulosa qilib aytish mumkinki, Beruniyning asarlarida tarix ilmi uchun malumotlar juda kwp uchraydi, ammo ulardan tashqari nomi zikr etilgan asari uning katta tarixchi olim, etnograf bwlganligini kwrsatadi. 7. 3.22. “Kitob tajorib ul-ulum” “Kitob tajorib ul-ulum” (“Xalqlarning tajribalari h’aqida” nomli ulkan mashh’ur asar ijodkori İbn Miskavayxdir. Uning twla nomi Abu Ah’mad ibn Muh’ammad ibn Mushkuya (vaf. 1030 y.) bir vaqtlar Buvayh’iylar (932-1062) saroyida avval xazinador, swngra vazir bwlib xizmat qilgan. “Kitob tajorib ul-ulum” asari olti jilddan iborat bwlib, unda musulmon mamlakatlarining qadim zamonlardan 983 yilgacha tarixini wz ichiga oladi. Kitobning 1-4- jildlari kompilyatsiya, yani avval wtgan tarixchilar, asosan Tabariyning “Tarixi ar-rusul va-l-muluk” asari asosida ёzilgan. 62 Uning 5-6- jildlari esa muallifning wzi yaratgan va IX asr tarixi bwyicha muh’im manbalardan biri h’isoblanadi. Unda wz davri rasmiy h’ujjatlaridan keng foydalangan. “Kitob tajorib ul-ulum”ning Amedroz h’amda Margolius (1920-1921) va Kaetani (1909-1917) tarafidan amalga oshirilgan ikkita twla nashri mavjud. 7. 3.23. “Devonu lug’at at-turk” “Devonu lug’at at-turk” (“Turkiy swzlar lug’ati”) Mah’mud Koshg’ariy nomi bilan mashh’ur bwlgan XI asr yirik tilshunos olimining noёb asaridir. Olimning twla ismi Mah’mud ibn al-Husayn ibn Muh’ammad al-Koshg’ariy bwlib, Qoraxoniylar xizmatida bwlgan turk beklaridan birining oilasiga mansub. U 1029- 1038 yillar orasida taxminan Barsg’onda tug’ilgan, lekin umrining kwp qismini Bolasog’un, Koshg’ar, Bag’dod va boshqa shah’arlarda wtkazgan. Mah’mud Koshg’ariy ёshligida yaxshi malumot olgan va wrta asr fanining kwp soh’alarini, xususan, arab tili, turkiy tillarni, tarix h’amda geografiya fanlarini chuqur bilgan. Uninng qimmatli “Devonu lug’at at-turk” asarining dunёda yagona qwlёzmasi h’ozir İstambulda (Turkiya) saqlanmoqda. Ushbu asarning arabcha matni 1915-1917 yillari uch jildda İstambulda, mukammal wzbekcha sharh’li tarjimasi S.M.Mutallibov tomonidan amalga oshirildi va 1960-1963 yillari Toshkentda chop etilgan. “Devonu lug’at at-turk” asarining usmonli turkcha 1939-1941 yillari B.Atali, inglizcha 1982-1985 yillari R.Dankoff bilan J.Kelli, uyg’urchasi esa 1981-1984 yillari bir guruh’ tarjimonlar tomonidan amalga oshirilib, chop ettirishgan. 7. 3.24. “Nuzh’at al-mushtoq” “Nuzh’at al-mushtoq” ёki “Nuzh’at al-mushtoq fi xtirak ul-ofoq” (“Jah’on bwylab kezib h’oldan toyganning ovunchog’i”) nomli asarni wz davrining mashh’ur sayёh’i va geograf olimi Al-İdrisiy yaratgan. Uning twla ismi Abu Abdulloh’ Muh’ammad ibn Muh’ammad ibn Abdulloh’ ibn İdris al-İdrisiydir. Al-İdrisiy 1100 yili Marokashning Seut shah’rida tug’ilgan, İspaniyaning Kordova shah’rida talim olgan, Portugaliya, Frantsiya, Angliya va Kichik Osiё bwylab qilgan safaridan qaytgach, 1138 yili Palermo shah’riga kwchib keldi va Sitsiliya qiroli Rojer 11 (1130-1154 yy.) xizmatiga kirib uning topshirig’i bilan wzining “Nuzh’at al-mushtoq” asarini ёzgan. Olim 1165 yili vafot etgan. “Nuzh’at al-mushtoq” etti iqlim mamlakatlarining, yani dunёning geografik h’olatidan baxs yuritadi. Uning ayniqsa Shimoliy Afrika, İtaliya, Frantsiya, Germaniya shuningdek Markaziy Osiёga oid qismlari qimmatlidir. Kitobning matni 1592 yili Rimda chop etilgan. Lotincha tarjimasi 1619 yili Parijda bosilgan. 7.3.25. “Kitob ul-ansob” “Kitob ul-ansob” (“Nasablar h’aqida kitob”) nomli asarning muallifi mashh’ur biograf, tarixchi va sayёh’ Abu Said Abdulkarim ibn Muh’ammad as- Samoniy (1113-1167 y.)dir. U Marvda yirik qonunshunos olim oilasida dunёga keldi, Marv, Buxoro h’amda Samarqandda tah’sil kwrdi, 1155-1156 yillari Movarounnah’r va Xorazm bwylab saёh’at qildi, malum muddat Nishopur, 63 İsfah’on, Bag’dod, Xalab, Damashq h’amda Quddus (İerussalim) shah’arlarida h’aёt kechirdi. Samoniy “Kitob al-ansob”dan tashqari yigirma jildlik “Marv tarixi” nomli asarning h’am ijodkoridir. Ammo bu kitob bizgacha etib kelmagan qwrinadi. Taxminlarga kwra, bu muh’im asar Chingizxon h’uruji vaqtida kuyib ketgan bwlishi mumkin, chunki wshanda Marvning eng katta va boy kutubxonasi bilan birga Samoniylar xonadoniga tegishli bwlgan ikki yirik kutubxona h’am (Ёqut Hamaviy Samoniylar kutubxonasini kwrganligini aytadi) ёnib ketganmikan? Bizgacha olimning faqat “Kitob al-ansob” asarigina etib kelgan. “Kitob al-ansob” asari İbn Xalliqonning malumotlariga kwra sakkiz jilddan iborat bwlgan. Uning twla nusxasi h’am ywqolib ketgan kwrinadi. Kitobning tarixchi İbn al-Asir tarafidan tah’rir etilgan uch jildlik qisqartirilgan qismigina saqlanib qolgan, xalos. “Kitob al-ansob” asarining arabcha matni ikki marta nashr etilgan, bosh qismi 1835 yili prof. D.S.Margoulis tarafidan chop etilgan. Uning Bayrut nashri h’am bor. Bu asarda islomiyatdan to muallifning zamonigacha musulmon mamlakatlarida, kwproq Eron va Movarounnah’rda wtgan mashh’ur kishilar h’aqida keng malumot beriladi. “Kitob al-ansob” Movarounnah’rning qadimiy tarixi, yirik shah’arlari, qwshni mamlakatlar, xususan Xitoy bilan bwlgan savdo va madaniy aloqalarni wrganishda muh’im manbalardan biri h’isobanadi. Ushbu asar twg’risida Sh.Kamoliddinov nomzodlik va doktorlikdissertatsiyalvrini ёqlagan va rus tilida kitob chiqargan. 7.3.26. “Al-komil fi-t-tarix” “Al-komil fi-t-tarix” (“Mukammal tarix”) nomli salmoqli asar muallifi yirik arab tarixchisi İzzuddin Abulh’asan Ali ibn Muh’ammad (1160-1234 yy.) bwlib, u kwpincha İbn al-Asir nomi bilan mashh’ur bwlgan. Muarrix Tigr darёsi bwyida joylashgan Jazirat ul-Umar shah’rida katta er egasi oilasida tug’ilgan. Umrining kwp qismini Mwsulda (Suriya) wtkazgan va wsha erda vafot etgan. İbn al-Asir wz davrining keng malumotli kishisi bwlib, bir necha tarixiy asar ёzgan. “Al-komil fi-t-tarix” va Muh’ammad payg’ambar sah’obalari (izdoshlari) tarjimai h’olini wzada qamrab olgan besh jildli “Kitob usd al-g’aba fi malumot as- sah’oba” (“Sah’obalar h’aqida malumot beruvchi wrmon sherlari”, 1863 yili chop qilingan) shular jumlasidandir. Lekin Sharq mamlakatlari xalqlari, shuningdek Movarounnah’r xalqlari tarixini wrganishda uning birinchi asari “Al-komil fi-t- tarix” katta ah’amiyat kasb etadi. “Al-komil fi-t-tarix” asari wn ikki jilddan iborat bwlib, unda dunёning “yaratilishi”dan to 1231 yilga qadar Sharq mamlakatlarida bwlib wtgan ijtimoiy- siёsiy voqealar yilma-yil, xronologik, yani davr tartibida baёn etib beriladi. Asarda kwpgina qimmatli manbalar, xususan Tabariy h’amda as- Sallomiyning bizgacha etib kelmagan “Kitob fi axbor vuloti Xuroson h’ukmdorlari h’aqida axborot beruvchi kitob”) kabi qimmatli asarlardan keng foydalangan. “Al-komil fi-t-tarix”ning birinchi qismi (I-IV jildlari) olamning “yaratilishi”dan to 931 yilgacha bwlib wtgan voqealar baёnidan iborat. Bular 64 avval bwlib wtgan olimlar Balazuriy, Tabariy, İbn Miskavayx, as-Sulamiy va boshqalarning asarlariga tayanib ёzilgan. Lekin bu qismda h’am kwp h’ollarda asosiy manbalarda uchramaydigan muh’im va qimmatli malumotlar bor. Masalan, 751 yili Talas darёsi bwyida arab va Movarounnah’r qwshinlari bilan xitoy armiyasi wrtasida bwlib wtgan jang va unda kwp minglik xitoy qwshinining tor-mor etilishi h’aqidagi malumot shular jumlasidandir. Undan tashqari, as-Sallomiy va uning muh’im tarixiy asari h’aqida malumot İbn al-Asir tufayligina bizgacha etib kelgan. Asarning VII-XII jildlari mustaqil, aloh’ida ah’amiyatga ega bwlib, 924- 1231 yillar orasida Sharq mamlakatlarida, shuningdek Movarounnah’rda bwlib wtgan voqealarni wz ichiga oladi va asosan kwlёzma manbalar, shuningdek tarixni yaxshi bilgan kishilar bergan axborotlar h’amda muallifning shaxsiy kuzatishlari davomida twplagan boy va faktik material asosida ёzilgan. “Al-komil fi-t-tarix” asarining ayniqsa, mwg’ullar istilosiga bag’ishlangan XII jildi aloh’ida qiymatga ega va Movarounnah’r h’amda Sharq mamlakatlarining XIII asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siёsiy tarixini wrganishda asosiy manba vazifasini wtaydi. Kitobning twla matni ikki marta (1851-1876 yillari va 1901 y.) chop etilgan. Ayrim parchalarni rus tiliga N.A.Mednikov, A.E.Krımskiy tarjima qilganlar. Asar Xivada twla ravishda wzbek tiliga Muh’ammad Rah’im soniy (1863- 1910 yy.) davrida Nurillo Muftiy, Muh’ammad Sharif oxund va boshqalar tomonidan tarjima qilingan bwlib, Toshkentdagi Abu Rayh’on Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti xazinasida wn uchta mwtabar qwlёzmalari saqlanmoqda. 7.3.27. “Vafaёt ul-aёn va anbo anbo uz-zamon” 1256-1274 yillar orasida ёzilgan “Vafaёt ul-aёn va anbo anbo uz-zamon” (“Mashh’ur kishilarning vafoti va zamondoshlari h’aqidagi h’abarlar”) nomli muh’im biografik asar muallifi İbn Xalliqondir (1211-1282 yy.). İbn Xalliqon tarixchi-biograf olimdir. Uning twla nomi Ah’mad ibn Muh’ammad ibn Shamsuddin Abulabbos al-Barmakiy al-Arbiliydir. İbn Xalliqon Suriyaning Xalab (Aleppo) va Damashq shah’arlarida tah’sil kwrgan va yana 1238 yili Qoh’iraga borib wz bilimini oshirgan. 1261 yili Damashqda qozi kalon, swngra Qoh’iraning “al-Faxriya” va boshqa madrasalarida mudarrislik qilgan, ayni vaqtda shah’arning qozi kaloniga noib h’am bwlgan. “Vafaёt ul-aёn va anbo anbo uz-zamon” asarida bizning zamonamizgacha saqlanmagan kwpgina kwlёzma asarlar va olimning shaxsiy kuzutuvlari natijasida twplangan vaktik material asosida ёzilgan bwlib, bu asarda islomiyatdan to muallifning zamonigacha wtgan, shuningdek İbn Xalliqon bilan zamondosh bwlgan mashh’ur olim va adiblarning tarjimai h’olini wz ichiga olgan muh’im malumotlar mavjud. Bular orasida bir talay Wrta Osiёlik adib h’amda olimlar nomlari h’am mavjud. Mazkur asar XIX asrda Gollandiya, Frantsiya, Misr, Eron h’amda Turkiyada chop etilgan. Kitobni de Slen ingliz tiliga tarjima qilib twrt jildda 1842-1871 yillari chop ettirgan. 65 7.3.28. ”Mwjam ul-buldon” Mashh’ur qomusiy asar ”Mwjam ul-buldon” muallifi ajoyib sarguzashtarni wz boshidan kechirgan olim, sayёh’ va xattot Ёqut Hamaviydir (1179 y. tug’.). U asli Kichik Osiёlik (Rum) qul bwlgan. Otasining ismi kim ekanligini bilmagani uchun wzini İbn Abdulloh’ (Tangri qulining wg’li) deb atagan. Bolalik vaqtida asirlar bilan birga Bag’dodga olib kelingan va uni Hama shah’rida (Suriya) Askar ibn İbroh’im al-Hamaviy ismlik savdogar sotib olgan va unga Ёqut deb nom bergan. 7.3.29. “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” Xalqimizning buyuk wg’loniga bag’ishlangan noёb asar “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” (“Sulton Jaloluddin Menkburnining tarjimai h’oli”) nomli kitobni vatandoshimiz Shih’obuddin Muh’ammad Nisoviy (vaf. 1249 y. Xalab) ёzgan. Muarrixning twla ismi Shih’obuddin ibn Ah’mad ibn Ali Muh’ammad Nisoviydir. Tarixchining otasi Xorazmshoh’larning etiborli amirlaridan biri bwlgan. Niso viloyatiga qarashli Xurandiz qalasining h’okimi edi. Otasi vafot (1220 y.) etgach, uning mol-mulki va mansabi wg’liga wtgan. U 1224 yilga qadar Niso viloyatining h’okimi Nusratuddin Hamzaning noibi bwlib xizmat qilgan. Nashjuvon (Nisoning katta qishloqlaridan) h’amda al-Halqa (Jurjon qishloqlaridan) da mwg’ullar bilan bwlgan janglarda shaxsan ishtirok etgan. Swng Astrobod viloyatlaridan Kabud joma (h’ozirgi nomi Hojilar) h’okimi İmom ud-davla Nusratuddin Muh’ammad h’uzuriga kelgan va uning ёrdami bilan yana Nisoga qaytishiga muvaffaq bwlgan, lekin oradan kwp vaqt wtmay, Nisoda wzaro feodal kurash kuchayib ketganligi sababli u İroqqa ketib qoladi va 1224 yili Sulton Jaloluddin Menkburnining (1220-1231) xizmatiga kiradi va uning kotibi (kotib al- insho) lavozimiga tayinlanadi. Shih’obuddin Muh’ammad Nisoviy bu lavozimda 1231 yilgacha, yani sultonning wlimiga qadar xizmat qiladi. Keyin u Mayofarikin (Diёrbakr viloyatida) h’okimi Ayyubiy al-Malik al- Muzaffar G’oziyning (1220-1224 y.) xizmatiga kiradi. Biroq oradan kwp vaqt wtmay qamalib qoladi. Qamoqdan ozod etilgandan keyin İldegiziylar (1137-1225) h’uzurida, swngra 1238 yili Xarron (Eron Ozarbayjoni) qalasiga h’okim etib tayinlanadi. Oxiri Xalab (Suriya) suotoni al-Malik an-Nosir Saloh’iddin Yusuf ibn al-Azizning xizmatiga kiradi va umrining oxirigacha Xalabda istiqomat qiladi. Shih’obuddin Muh’ammad an-Nisoviy Wrta Osiё, Kavkaz, Yaqin va Wrta Sharq mamlakatlarining mwg’ul istilosi davridagi (1220-1231 yy.) ijtimoiy-isёsiy ah’volidan bah’s yurituvchi “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” nomli qimmatli kitob ёzib qoldirgan. Asar 1241 yili Xalabda ёzib tugallangan bwlib, u memuar-xotira-ёdnoma tarzida ёzilgan. Kitob muqaddima va 108 bobdan iborat. Asarning I-IV boblarida mwg’ul- tatarlar, Chingizxonning kelib chiqishi, xon bwlib kwtarilishi masalalari ixcham tarzda baёn etilgan. V-XXII boblar xorazmshoh’ Alouddin Muh’ammadning h’aёti va faoliyatiga bag’ishlangan. 66 XXIII bobdan boshlab kitobning to oxirigacha mwg’ul istilosi va xorazmshoh’ Alouddin Muh’ammadning fojiali taqdiri, sulton Jaloluddinning h’aёti va kurashi, fojiali h’alokati h’ikoya qilinadi. Ushbu asarning ayniqsa 1224-1231 yillar voqealarini wz ichiga olgan boblari original va zwr ilmiy qiymatga ega, chunki baёn etilmish voqealarning kwpchiligida muallifning bevosita shaxsiy ishtiroki bor. Mana shuning uchun h’am bu kitob tarix ilmi namoёndalarining diqqat etiborini wziga jalb etmoqda. Undan h’am wtmishdagi muarrixlar al-Futuvvatiy (1244-1323 y.), İbn Xaldun (1332-1406), Badruddin Ayniy (vaf. 1451 y.) qimmatli manba sifatida foydalanganlar. Zamonaviy sharqshunoslar h’am wsha davrga oid tadqiqotlarida bu asarni chetlab wta olmaydilar. “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni” nomli asarning arabcha matni, frantsuzcha tarjimasi bilan 1891-1895 yillari Parijda h’amda Qoh’irada chop qilingan. Uning qisqartirilgan turkcha (tarjimonlar Yusuf Ziё va Ah’mad Tavh’id) va forsiy (tarjimonlar Muh’ammad Ali Nosih’ va Mujtab Minoviy) tarjimalari mavjud. Asarning turkmanlar va Turkmanistonning XIII asrdagi ijtimoiy-siёsiy ah’volidan h’ikoya qiluvchi qismi rus tilida (tarjimon S. L. Volin) nashr etilgan edi. Kitobni twla h’olida Moskvada Z.M.Buniyatov rus tiliga tarjima qilib, ilmiy izoh’lar bilan nashr ettirgan. 7.3.30. “Mulh’aqot as-suroh’” “Mulh’aqot as-suroh’” (“As-suroh’”ga ilova”) nomli kitobning muallifi XIII-XIV asr boshlarida yashagan tilshunos va tarixchi olim Jamol Qarshiydir (1230 y. tug’.). Uning asli ismi Abulfazl Muh’ammad ibn Umar ibn Xolid, ammo olim kwpincha Jamol Qarshiy (“Qarshi mwg’ulcha “qasr” demakdir.) nomi bilan mashh’ur bwlgan. Olim Olmaliq shah’rida (İla vodiysida, G’uljaning g’arbi- shimoliy tarafida joylashgan yirik wrta asr savdo va madaniyat markazlaridan biri) ruh’oniy oilasida tug’ilgan. Otasi Olmaliqning mashh’ur h’ofizlaridan (“Quron”ni qiroat bilan wquvchi), onasi esa marvlik shayx Abu Alining avlodi bwlgan. Bwlg’usi olim Olmaliqlik mashh’ur shayx Ashraf ibn Najib al-Kosoniydan talim oldi, swng Chingiziylarga tobe bwlgan mah’alliy h’ukmdor Sug’noq takinning (vaf. 1250-1253 y.) wg’li Elbutarning tarbiyachisi sifatida xizmatga kiradi. Bu h’ol, shuningdek sadr Burh’oniddinning h’omiyligi tufayli, uning keyingi yuqori lavozim devoni inshoga kwtarilishiga ёrdam berdi. 1264 yili Jamol Qarshiy, bizga malum bwlmagan sabablarga kwra, istefoga chiqib, Koshg’arga ketib qoladi. Koshg’arda Jamol Qarshiyga sadrlardan Kamoluddin Abu Abdulloh’ ibn Husayn va Saduddin h’omiylik qildilar. Olim Koshg’arda asosan sher ёzish bilan mashg’ul bwldi va sadr Saduddinning taklifi bilan 1302 yili wzining “As-suroh’ min as-Sah’oh’” (“Foydali (muloh’aza)dan kelib chiqqan ochiq gap”) nomli asarini ёzdi. Jamol Qarshiy 1269-1294 yillar orasida Wrta Osiёning kwpgina viloyatlari bwylab saёh’at qilgan. Masalan, 1269-1270 yillari İlamishda (Andijondan Talasga boradigan ywl ustida joylashgan qadimiy shah’ar), bir necha bor (1272,1293 y.) Shoshda, 1273 67 yili Barchinlig’kent va Jandda bwlgan. Olim ana shu saёh’atlar vaqtida twplangan malumotlardan wzining yuqorida nomi qayd etilgan asarini ёzishda keng foydalangan. Jamol Qarshiyning ushbu asari Abu Nasr İsmoil ibn Hammod al- Javh’ariyning (vaf.1008 y.) “As-sah’oh’” (“Mukammal lug’at”) nomli asariga ёzilgan qwshimcha bwlib, kwpincha “Mulh’aqot as-suroh’” nomi bilan mashh’urdir. Asarda XIII asrda Olmaliq va unga qaram erlarda h’ukmronlik qilgan turk h’ukmdorlari, Qoraxoniylar, xususan ularning Koshg’arda h’uk“Mulh’aqot as- suroh’” (“As-suroh’”ga ilova”) nomlimronlik qiogan namoёndalari; Koshg’ar, Xwtan, Farg’ona, Shosh viloyatlari, shuningdek Sirdarёning quyi oqimida joylashgan bir qator yirik wrta asr shah’arlari, masalan Barchinlig’kent, Jand h’aqida, Jamol Qarshiy bilan zamondosh bwlgan mashh’ur kishilar-shayxlar, olimlar, shoirlar h’aqida diqqatga sazovor malumotlarni uchratamiz. Umuman, Jamol Qarshiyning ushbu asari Movarounnah’r h’amda Markaziy Osiё xalqlarining XIII asrdagi tarixi, madaniyati, yirik shah’arlari va ularning ah’volini wrganishda zarur manbalardan biridir. “Mulh’aqot as-suroh’” h’ozirgacha bironta tilga tarjima qilinmagan. Uning qwlёzma nusxalari Angliya, Frantsiya, Germaniya kutubxonalarida, Rossiyaning Sankt-Peterburg shah’rida va Toshkentda mavjud. Ushbu darslikda arab tilida bitilgan yurtimiz tarixiga oid eng muh’im ёzma manbalar twg’risida ixcham va qisqa malumot berishga intildik. Chunki tariximizning bu qatlami, yani arab tilida VII-XIV asrlar davomida yaratilgan ёzma manbalar h’ali mukammal wrganilgan deyish qiyin. Bu kelgusi manbashunoslar oldidagi sharafli vazifa. Albatta, biz keltirgan ёki zikr etgan asarlar nomlari bilan arab tilidagi manbalar rwyxati chegaranlanmaydi, ёxud tugamaydi, ammo bakalavriat talabalarida umumiy tasavvur h’osil qilish uchun kifoya qiladi, deb h’isoblaymiz. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling