O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
“Habib us-siyar fi azbor afrod ul-bashar” va G’iёsiddin
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.2.5. “Tarixi Rashidiy”
- 11.2.6. “Ah’san ut-tavorix”
- 11.2.7. “Abdullanoma” ёki “Sharafnomayi shoh’iy”
- 11.2.8. “Akbarnoma” ёki “İqbolnoma”
- 11.2.9. “Musaxxir al-bilod”
11.2.4. “Habib us-siyar fi azbor afrod ul-bashar” va G’iёsiddin Xondamirning tarixiy asarlari “Habib us-siyar fi azbor afrod ul-bashar” (“İnson xabarlari va fardlarida dwstning tarjimai h’oli”) nomli mashh’ur tarixiy asar muallifi G’iёsiddin Xondamirdir (1475-1535 yy.). Uning twliq ismi G’iёsiddin Muh’ammad ibn xoja Burxoniddindir. Otasi xoja Humomiddin Muh’ammad Temuriylardan Sulton Mah’mud Mirzo (1459-1494 yillari Chag’oniёn, Huttalon, Qunduz, Bag’lon va Badaxshon h’okimi)ning vaziri bwlgan. Ona tarafidan tarixchi Muh’ammad Mirxond nabirasidir. Xondamir 15-16 ёshligi chog’ida Alisher Navoiyning etiborini qozonadi va uning kutubxonasiga xizmatga qabul qilinadi. U to Navoiy vafotiga qadar, yaeni 3 yanvar 1501 yilgacha xizmatda bwldi va boy kutubxonasiga mutasaddilik qildi. Xondamir wzining keng va chuqur malumotliligi, ilm-fanga chanqoqligi va saloh’iyati bilan kwplarning tah’siniga sazovor bwldi. Uning h’aqida Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasida mana bularni wqiymiz: “Mavlono Xondamir Mirxondning farzandidir va saloh’iyatli yigitdir. Tarix ilmida mah’orati bordir...” 39 Alisher Navoiy vafot etgandan keyin Xondamir mamlakatda kuchayib ketgan waro kurash, ayniqsa saroy afjiga mingan fmsqu fujurlar oqibatida Balxga ketib qoldi va Badiuzzamon mirzo (1496-1506 yillari Balx h’okimi, 1517 yida vafot etgan)ning shaxsiy krtib sifatida xizmatiga kirdi. 1507 yili Hirot Shayboniyxon tomonidan ishg’ol etilgandan keyin u Zah’iriddin Muh’ammad Bobur h’uzuriga ketib qoldi. 1512 yili Bobur Movarounnah’rdan siqib chiqarilgach, Xondamir Garjistonga bordi va to 1514 yilgacha Pasht qishlog’ida istiqomat qildi. U asosan ilmiy faoliyat bilan mashg’ul bwldi. 39 Алишер Навоий. Асарлар. 12 жилд.-Т.: 1966.-125 бет. 123 1514-1517 yillari Xondamir Balx uchun kurash olib borgan Badiuzzamon mirzoning wg’li Muh’ammad Zamon bilan birga bwlib, uning kotibi sifatida xizmat qildi. Muh’ammad Zamon Safaviylardan engilgach, Xondamir yana Garjistonga qaytib bordi va ilmiy faoliyatini davom ettirdi. 1521 yili Xondamir vazir Habibullo Sovajiyning taklifi bilan Hirotga qaytib bordi va uning topshirig’i bilan wzining yirik tarixiy asari “Habib us-siyar”ni ёzishga kirishdi. Oradan olti yil wtgach, 1527 yilning iyuo oyida Xondamir Hirotni tark etdi va bu safar Hindistonga ketib qoldi. Qishni u Qandah’orda kechirdi va 1528 yilning 17 sentyabrida Agraga kelib tushdi va Bobur xizmatiga qabul qilindi. Bobur vafotidan swng uning twng’ich wg’li va taxt vorisi Humoyun (1530-1542, ikkinchi marta 1555-1556 yy.) bilan birga bwldi. Tarixchi Deh’lida vafot etdi va vasiyatiga kwra mashh’ur Nizomuddin Avliё mozorida Amir Xusrav ёniga dafn etildi. Xondamir sermaxsul olim edi. Movarounnah’r, Turkiston, Yaqin va Wrta Sharq xalqlari tarixi va madaniyatiga oid wnga yaqin asar ёzib qoldirgan. “Xulosat ul-axbor” (“Tarixlar (xabarlar) xulosasi”), “Maosir ul-muluk” (“Podshoh’lar asrdoshlari”), “Nomayi nomiy”(“Atoqli maktublar”), “Makorim ul-axloq” (“Namunali xulq”) va “Habib us-siyar” shular jumlasidandir. Xondamirning ilmiy merosida “Habib us-siyar” nomli yirik tarixiy asari aloh’ida wrin tutadi va Movarounnah’r h’amda Xurosonning XV asr oxiri va XVI asrning birinchi choragi dagi ijtimoiy-siёsiy tarixini wrganishda muh’im va qimmatli manbalardan biri bwlib xizmat qiladi. Asar 1521-1524 yillar orasida ёzilgan. Lekin olim Hindistonda turgan yillari h’am asari ustida muntaxam ish olib bordi, uni yangi dalillar bilan boyitdi, tah’rir qildi. Kitob twla ravishda 1529 yili ёzib tamomlandi. “Habib us-siyar” umumiy tarix ywnalishidagi asar bwlib, muqaddima (iftitoh’), xotima (ixtitom) va uch jild (mujallad)dan iborat. Wz navbatida h’ar bir jild twrt qism (juz)ga bwlinadi. Asarning I-II- jildlari amda III- jildning 1-2- qism, juzlari Turkiston xonlari, Chingizxon va uning Mwg’uliston, Dashti qipchoq, Movarounnah’r va Eronda h’ukmronlik qilgan avlodi, Mamlyuklar 40 , Kirmon Qlraxitoylari, Kartlar va Xuroson sarbadorlari tarixini wz ichiga oladi. III - jildning 3- va 4- qismlari, juzlari esa yangi bwlib, Xuroson va Movarounnah’rning XV asrning 90- yillaridan to 1524 yilgacha bwlgan ijtimoiy-siёsiy ah’volini chuqur va atroflicha baёn etadi. “Habib us-siyar” asarida katta er egaligi, iqtisodiy ah’vol, tinimsiz urushlar tufayli vujudga kelgan sharoit twg’risida ayrim, diqqatga sazovor dalillar va malumotlarni uchratamiz. Masalan, asarda wz aksini topgan 1498 yilgi Samarqand qamali paytidagi shah’ar xalqining ayanchli ah’voli, 1512 yilgi Safaviylar tomonidan 10:22arshi shah’rida uyushtirilgan qirg’in-qatli om, 1514, 1515 yillari Xurosonda yuz bergan qah’atchilik va ochlik h’aqidagi malumotlar ana shular jumlasidandir. Xondamirning ushbu asarida muh’im ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid, kr egaligi, tarxonlar, suyurg’ol egalari va ularning jamiyatda tutgan mavqei, 40 Мамлюклар – турк ва черкас қулларидан чиққан сулола, 922-1217 йиллари Мисрни идора қилган. 124 Temuriylar davlatining mamuriy tuzulishi h’aqida qimmatli malumotlar bor. Shuningdek, asar etnografik va geografik malumotlarga h’am boydir. “Habib us-siyar” asarining qwlёzma nusxalari kwp. Asarning matni 1857 yili Bombay shah’rida va 1954 yili Teh’ronda chop qilingan. Undan ayrim parchalar rus, frantsuz va ingliz tillarida turli twplamlarda elon qilingan. 11.2.5. “Tarixi Rashidiy” “Tarixi Rashidiy” (1544-1546 yillarda Kashmirda ёzilgan) mashh’ur asar muallifi Boburning kichik xolavachchasi Mirzo Muh’ammad Haydar bwlib, uning ota- bobolari Wrtubu, Pwlodchi, Xudoydod, Said Ah’mad, Sonsiz Mirzo, Muh’ammad Haydar, Muh’ammad Husayn turklashgan mwg’ul urug’laridan dug’lot (mwg’ulcha “dog’olot”-chwloq) qabilasiga mansubdir. Ular Mwg’uliston xonlari, Chig’atoylar davrida ulusbegi, Koshg’ar h’okimi lavozimida turganlar. Olimning otasi amir Muh’ammad Husayn bir vaqtlar Andijonda Umarshayx Mirzo, swngra Toshkent h’okimi Sulton Mah’mudxon (1487-1508 yy.) xizmatida bwlgan. U 1495-1503 yillari ana shu Sulton Mah’mudxon nomidan Wratepani idora qilgan. 1503 yili Sulton Mah’mudxon va Sulton Ah’madxon Axsi atrofida Shayboniyxon qwshinlari tomonidan tor-mor keltirilgani va asir olinganini eshitib, amir Muh’ammad Husayn Qorateginga, undan Qunduz, swng Hirotga, Sulton Husayn h’uzuriga qochib bordi. Muh’ammad Husayn kwp wtmay Kobulga, Bobur Mirzo h’uzuriga keldi. 1507 yilgi Boburga qarshi fitnada ayblanib, yana Hirotga qochib bordi. 1508 yili Shayboniyxonning amri bilan Muh’ammad Husayn qatl etilgan. Muh’ammad Haydar 1500 yili Toshkentda tug’ildi. Otasining wldirilganidan keyin Muh’ammad Husaynga sodiq kishilar uni birmuncha vaqt Buxoroda asradilar, swng Badaxshonga olib borib qarindoshi Sulton Uvays Mirzoning, Xon Mirzo deb atalgan, qwliga topshirdilar. Muh’ammad Haydar keyincha Kobulga keldi va Bobur xizmatida 1512 yilgacha bwldi. 1512 yil kuzida u Andijonga, Sulton Saidxon h’uzuriga keldi va u bilan qwshilib Koshg’arga ketib qoldi. Sulton Saidxon kwp wtmay bu erda Abubakr dug’lot ustidan g’alaba qozondi va Koshg’ar h’amda Ёrkandni qwlga kiritishga muvaffaq bwldi. Muh’ammad Haydar 1533 yilgacha, yani Sulton Saidxon vafotiga qadar, uning xizmatida bwldi. Dastlab xonzoda Abdurashidxonga tarbiyachilik-otalik qildi, swng yirik h’arbiy bwlinmalarga qwmondonlik qildi va xonning Badaxshon, Lodak, Kofiriston va Tibet ustiga qilgan h’arbiy yurishlarida faol ishtirok etdi. Otasi wrniga wtirgan Abdurashidxon (1533-1570 yy.) dug’lot amirlarini taqib ostiga oldi, ularning bazilarini qatl etdi. Bularning orasida Muh’ammad Haydarning tog’asi Said Muh’ammad mirzo va qarindoshlarining kwpchiligi bor edi. Tibetda bwlgan Muh’ammad Haydar bundan xabar topib, Badaxshon tarafga qochdi va kwp mashaqqatlardan keyin Kobulga, Bobur Mirzoning wg’illaridan Komron Mirzo h’uzuriga keldi, swng u erdan Agraga, Humoyun podshoh’ h’uzuriga bordi va uning xizmatiga kirdi. Muh’ammad Haydar 1541 yili, Humoyunning h’arbiy ёrdami bilan, Kashmirni bwysundirdi va u erda qariyb 10 yil h’ukmronlik qildi. U 1551 yili tog’lik qabilalarning biri bilan bwlgan twqnashuv paytida h’alok bwldi. 125 Muh’ammad Haydar zamonasining wqimishli va keng malumotli kishilaridan edi. Boburning guvoh’lik berishiga qaraganda, u durustgina shoir, xattot, rassom, shuningdek, nayza va kamon yasovchi usta bwlgan. Muh’ammad Haydarning bizning zamonamizgacha ikki yirik asari etib kelgan. Bulardan biri “Jah’onnoma” deb atalib, ertak tarzida ёzilgan. Uning yagona qwlёzmasi Germaniyaning Berlin shah’ri kutubxonalaridan birida saqlanmoqda. Olimning ikkinchi yirik va mashh’ur asari “Tarixi Rashidiy”dir. Kitob ikki qism, davtardan iborat bwlib, birinchi qismida Mwg’uliston xalqlarining tarixi Tug’luq Temur (1348-1363 yy.)dan to Abdurashidxonning taxtga wtirgani (1533 y.)gacha bwlgan davrni wz ichiga oladi. Asarning birinchi davtari turli naql-rivoyatlar, shuningdek, Ёqut Hamaviyning “Mwjam ul-buldon”, Juvayniyning “Tarixi jah’onkushoy”, Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”, Jamol Qarshiyning “Mulh’aqot us-suroh’”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirzo Ulug’bekning “Tarixi arba ulus” va nih’oyat, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla us-sadayn” kitoblaridagi malumotlar asosida ёzilgan. Lekin unda h’am Markaziy Osiёning XIV-XV asrlardagi ijtimoiy-siёsiy h’aёtiga oid yangi, asl nusxada bwladigan malumotlar kwp. Qolaversa, birinchi daftar Koshg’ar, Qozog’iston, shuningdek, Movarounnah’r va Turkistonning XIV-XVI asr boshlaridagi siёsiy tarixini mukammal qamrab olishi bilan qimmatlidir. İkkinchi daftar birinchisidan keskin farqli wlaroq, esdalik, xltiralar tarzida ёzilgan bwlib, Koshg’ar, Movarounnah’r, Afg’oniston h’amda Shimoliy Hindistonning XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini wrganishda asosiy va qimmatli manbalardan h’isoblanadi. Muh’ammad Haydar va uning “Tarixi Rashidiy” asari wtgan asrning wrtalaridan beri ilmiy jamoatchilikning diqqat-etiborini jalb etib keladi. Uning ayrim qismlari uyg’ur, wzbek va rus tillariga tarjima qilingan. Asarning qisqartirilgan inglizcha tarjimasi bwlib, 1895 yili Londonda nashrdan chiqqan. Twla ruscha tarjimasi swz boshi va zarur izoh’lar bilan, 1996 yili Toshkentda chop etilgan. “Tarixi Rashidiy” asarining qwlёzmalari Sankt-Peterburg, Toshkent, shuningdek, kwpgina xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda. 11.2.6. “Ah’san ut-tavorix” “Ah’san ut-tavorix” 12 jilddan iborat umumiy tarix ywnalishida yaratilgan yirik asar bwlib, uning muallifi XVI asrda wtgan eron tarixchisi Hasanbek Rumludir. Tarixchi yirik h’arbiy sarkarda oilasiga mansub bwlib, bobosi Amir Sulton (1539-1540 yili vafot etgan) wz vaqtida Qazvin h’amda Soujbuloq h’okimi bwlgan. Hasanbek 1530-1531 yillari Qum shah’rida tug’ilgan, yaxshi wqib talim olgan va 1541-1542 yildan boshlab otasi bilan birga qurchi bwlib shoh’ Tah’mosib (1524-1576 yy.)ning h’arbiy yurishlarida qatnshgan va asarida ёzilgan voqealarning kwplarini wz kwzi bilan kwrgan. XII jildli “Ah’san ut-tavorix” asarining faqat XI-XII jildlari saqlanib qolgan bwlib, ularda 1405-1577 yillar orasida Eronda, shuningdek, Movarounnah’r, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon va Gurjistonda bwlib wtgan ijtimoiy-siёsiy 126 voqealar yilma-yil baёn etilgan. Asarning 12 jildi butunlay yangi h’isoblanadi va unda asosan Eronning 1495-1577 yillardagi sёsiy tarixini wz ichiga oladi. Asar 1572-1577 yillari ёzib tamomlangan. Hasanbek Rumluning asarida Safaviylar sulolasiga mansub shoh’lar tariflanadi, ularning faoliyati va bosqinchilik urushlari bir tomonlama ёritiladi. Asarda 1495-1577 yillar orasida qwshni mamlakatlar, shuningdek, Wrta Osiё xonliklari, Buxoro, Xiva bilan bwlgan siёsiy munosabatlariga oid qimmatli malumotlar kwp. Bobur bilan shoh’ İsmoil wrtasida Shayboniylarga qarshi tuzilgan h’arbiy-siёsiy ittifoq, Shayboniylar bilan Eron shoh’lari wrtasidagi Xuroson uchun uzoq yillar davom etgan qurolli kurash va uning oqibatlari, Xorazmning XVI asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli h’aqidagi maxlumotlar ana shular jumlasidandir. “Ah’san ut-tavorix”dan ayrim parchalar rus va gruzin va nemis tillariga wgirilib, twplamlarda chop etilgan. Forscha matni, inglizcha tarjimasi bilan birga, 1931 va 1934 yillari Ch.N.Seddon tarafidan Hindistonning Baroda shah’rida chop qilingan. 11.2.7. “Abdullanoma” ёki “Sharafnomayi shoh’iy” “Abdullanoma” ёki “Sharafnomayi shoh’iy” asarining ijodkori XVI asrda wtgan buxorolik shoir va yirik tarixchi olim Hofiz Tanish Buxoriydir. U 1549 yili Buxoroyi sharifda nufuzli mansablor xonadonida dunёga kelgan. Otasi Mir Muh’ammad al-Buxoriy Buxoroning kwzga kwringan boёnlaridan bwlib, shayboniy Ubaydullaxonning yaqin kishilaridan bwlgan, 1550 yilning boshlarida Koshg’arga ketib qolgan va oradan ikki yil chamasi vaqt wtgach, wsha .rtda vafot etgan. Hofiz Tanish Buxoriy wz davrining chuqur va keng malumotli kishilaridan bwlib, 1584 yili Abdullaxon soniyning (1583-1598 yy.) yaqin odami Qulbobo kwkaltoshning tavsiyasi bilan Abdullaxonning xizmatiga qabul qilingan va uning shaxsiy voqeanavisi, tarixchisi vazifasiga tayinlangan. Hofiz Tanish Buxoriy umrining oxirigacha shu lavozimda ishlagan. Maleh’o Samarqandiyning malumotiga kwra, Hofiz Tanish 1589 yili xotini tarafidan zah’arlab wldirilgan. Hofiz Tanish wzining “Abdullanoma” ёki “Sharafnomayi shoh’iy” asari bilan nom chiqargan. Kitobda Wzbekiston, Qozog’iston, shuningdek, qisman, Afg’oniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy-siёsiy tarixi baёn qilinadi. Undan tashqari, asarda Buxlol xonligi bilan Eron, Hindiston, Koshg’ar va Rossiya wrtasidagi munosabatlar h’aqida h’am qimmatli malumotlar bor. Asar XVI asrning 80-yillari oxirida ёzib tamomlangan. Hofiz Tanishning zamondoshi shoir va adabiёtshunos olim Mutribiyning guvoh’lik berishiga qaraganda, asarning oxirgi qismini, xonning topshirig’i bilan, qozi Poyanda Zominiy (1602 yili vafot etgan) ёzgan. Lekin bu fikrni boshqa manbalar tasdiqlamaydi. “Sharafnomayi shoh’iy” asari muallifning rejasiga kwra, muqaddima, ikki qism ёki maqola va xotimadan iborat qilib ёzilishi mwljallangan. Masalan, muqaddima, odatdagidek Alloh’ning madh’u sanosi, h’omiy, oliy h’ukmdor Abdullaxonning shaniga aytiladigan tarifu tavsif, asarning ёzilishi tarixi, Abdullaxonning ota-bobolari, qadimda Markaziy Osiёda istiqomat qilgan turk- 127 mwg’ul qavmlari, Chingisxon va uning avlodi h’aqida malumot, birinchi maqolada Movarounnah’rda 1533-1583 yillar orasida sodir bwlgan voqealar, ikkinchi maqolada esa Wzbekiston, Qozog’istonva qwshni xorijiy mamlakatlarda 1583 yildan keyin yuz berishi mumkin bwlgan voqealar, xotimada esa Abdullaxonning olijanob fazilatlari, uning bilan zamondosh bwlgan shayxlar, olimlar, shoirlar, vazirlar va amirlar, shuningdek, Abdullaxon zamonida qurilgan binolar h’aqida malumot bkrishi mwljallangan. Lekin, asar ёzilishi jaraёnida reja wzgargan – birinchi va ikkinchi maqolalar qwshib ёzilgan, xotia esa muallifning bevaqt vafoti sababli ёzilmay qolgan. Muallif asar muqaddimasini ёzishda Narshaxiyning “Tarixi Buxoro”, shayxulislom Safiuddin Abubakr Abdullo Balxiyning “Fazoili Balx”, İstaxriyning “Kitob masolik ul-mamolik”, Juvayniyning “Tarixi jah’onkushoy”, Raziduddinning “Jome ut-tavorix”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” va Muh’ammad Haydarning “Tarixi Rvshidiy” asarlarida keltirilgan malumotlardan foydalangan. XVI asrning 30-60- yillari orasida yuz bergan voqealar saroyda muntazam yuritib turiladigan kundalik daftar, sodir bwlgan muh’im siёsiy voqealarning shoh’idi bwlgan keksa kishilarning og’zaki axborotlari asosida, 70-80-yillar voqealari esa muallifning bwlib wtgan voqealarda shaxsan wzi qatnashib twplagan daliliy malumotlar asosida ёzilgan. “Sharafnomayi shoh’iy” asari nasriy qofiyali, yani saj – murakkab badiiy uslubda ёzilgan. Unda sheriy parchalar Firdavsiy, Rudakiy, Sadiy, Kamoliddin Binoiy, Mushfiqiy va muallifning wz sherlari, “Quroni karim” oyatlari, “Hadis sharif”lardan parchalar h’am kwp. Kitobda siёsiy voqealar bilan bir qatorda ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi malumotlar, masalan, er egaligining iqto, suyurg’ol, tanh’oh’ kabi shakllari, turli- tuman soliq va jarimalar, masalan, xiroj, ixrojot, tag’or, ulufa, qwnalg’a, madadi lashkar, boj, tomg’a, begar; wlja va uning jamiyatdagi wrni, asirni qulga aylantirish h’ollari; Wzbekistonning yirik shah’arlari va h’unarmandchilikning umumiy ah’voli; Shayboniylar davlatining mamuriy tuzulishi, Buxoro xonligi bilan Rossiya, Hindiston va Koshg’ar wrtasidagi munosabatlar h’aqida qimmatli dalil va malumotlar mavjud. Bundan tashqari, asar etnografik, masalan, wzbek xalqi tarkibiga kirgan urug’ va qavmlar nomlari h’amda topografik malumotlar, masalan, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Kwlob, Balx kabi yirik shah’arlardagi diqqatga sazovor binolar, osoru atiqalar, shuningdek, mazkur shah’arlarninggeografik h’olati va topografiyasi h’aqidagi axborotlarga nih’oyatda boydir. Ushbu asarning qwlёzma nusxalari kwp, asl matnini uchdan ikki qismini Sankt-Peterbkrglik olima M.Saloh’utlinova ruscha tarjimasi bilan chop etgan. Kitob 1942-1952 yillari Sodiq Mirzaev va oxirgi qismi Yu.Hakimjonov tomonidan 60- yillarda wzbek tiliga tarjima qilinib, 1-2- jildlari, zarur tuzatishlar, tadqiqot va izoh’lar bilan 1966 va 1969 yillari B.Ah’medov tomonidan chop qilingan. 3-4- jildlari bosilmay qolgan edi. 1995-1997 yillari ikki kitob h’olida B.Ah’medov tomonidan nashr etildi. 11.2.8. “Akbarnoma” ёki “İqbolnoma” 128 “Akbarnoma” ёki “İqbolnoma” nomli asar muallifi Abulfazl Allomiydir. U XVI asrda Hindistonda yashagan yirik tarixnavis olim va davlat arbobidir. Olimning nomi Abulfazl ibn Muborak bwlib, bilim doirasi juda keng bwlgani uchun Allomiy, bilimlar soh’ibi deb atashganlar. U 1551 yil 14 yanvarida Agrada tug’ilgan. Otasi shayx Muborak ibn Xizr wz davrining mashh’ur iloh’iёt olimlaridan h’isoblangan. Akasi Abulfayz yirik shoir va olim bwlgan. Abulfazl Allomiy 1574-1602 yillari Boburning nabirasi Jaloluddin Muh’ammad Akbar (1556-1605 yy.)ning Bosh vaziri bwlgan va Hindistonning XVI asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siёsiy h’aёtida katta rol wynagan. 1602 yil 22 avgustda Dekan subasidan qaytib kelaёtganida, shah’zoda Sulton Salim, bwlg’usi Jah’ongir ёllagan qotil tomonidan ywl kstida wldirilgan. Abulfazl Allomiyning asosiy asari “Akbarnoma” ёki “İqbolnoma” Hindiston va Afg’onistonning XVI asrdagi ijtimoiy-siёsiy tarixidan baxs yuritadi. Malum darajada “Vaqoe” ёki “Boburnoma” asarini davomi sifatida yaratilgan bu ulkan asar uch kitobdan iborat. Birinchi kitobda Akbarning tug’ilishi, ota-bobolari – Bobkr, Humoyun, shuningdek Akar podshoh’ligining dastlabki 17 yil ichida bwlib wtgan ijtimoiy-siёsiy voqealar baёn qilinadi. İkkinchi kitob Hindiston va qisman Shimoliy Afg’onistonning 1573-1601 yillardagi tarixini wz ichiga oladi. Uchinchi kitobda Boburiylar davlatining tuzilishi, Hindistonning mamuriy tarkibi, ah’olidan yig’iladigan soliq h’amda jarimalar va ularning miqdori, h’indlarning dini va urf odatlari kabi masalarga keng wrin berilgan. Uchinchi kitob mustaqil mazmunga ega va uni “Oyini Akbari” (“Akbar qonunlari”) nom bilan ataladi. “Akbarnoma” asarining matni 1872-1877 yillari, G. Beverij tomonidan inglizchaga qilingan tarjimasi 1903-1921 yillari Kalkuttada chop etilgan. “Akbarnoma” Boburiylar saroyida muntazam yuritilgan maxsus kundalik davtar, rasmiy davlat h’ujjatlari, shuningdek, bwlib wtgan voqealarning ishtirokchilari bwlgan, ёki wsha voqealarni bilgan kishilarning og’zaki axborotlari asosida ёzilgan. Asarning noёbligi va qimmatligi h’am shundandir. Abulfazl Allomiy asari Boburiylar davlati va Buxoro xonligi wrtasidagi siёsiy va madaniy munosabatlarni wrganishda muh’im manbalardan biri h’isoblanadi. 11.2.9. “Musaxxir al-bilod” “Musaxxir al-bilod” (“Mamlakatlarni bwysundirkvchi”) nomli asarning muallifi Muh’ammadёr ibn Arab Katagondir. Uning h’aёti va ilmiy-adabiy faoliyatiga oid malumotlar kam. Wzining swzlariga qaraganda, u XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asr boshlarida yashab wtgan, Shaybniy Abdullaxon soniy va Ashtarxoniylardan Boqi Muh’ammadxon (1603-1606 yy.)ning xizmatida bwlgan. Muh’ammad ibn Arab Kattagon va uning “Musaxxir ul-bilod” asari yaqin vaqtlargacha ilmiy jamoatchilikka yaxshi malum bwlmagan, qolaversa asar h’aqida turlicha, kwp h’ollarda bir-biriga zid fikrlar h’ukm suradi. Masalan, K.G.Zaleman (1849-1916 yy.) “Musaxxir ul-bilod”ni Hofiz Tanish Buxoriyning 129 “Sharafnomayi shoh’iy” asarining qisqartirilgan nusxasi, deb aytgan 41 bwlsa, ingliz sharqshunosi Ch.A.Stori h’amda “Sobranie vostochnıx rukopisey AN UzCCR” ketalogini tuzuvchilari uni “Tarixi Shayboniy” deb ataganlar 42 . Yaqinda Sankt- Peterburglik olima M.A.Saloh’itdinova “Musaxxir ul-bilod”ni mustaqil asar ekanligini aniqladi va asar h’amda uning muallifi h’aqida qisqa ilmiy axborot elon qildi. “Musaxxir ul-bilod” Shayboniylar sulolasining Abulxayrxondan boshlab shajarasi baёni bwlib, Wzyuekiston va Qozog’istonning XV-XVI asrlardagi tarixini wrganishda muh’im qwllanmalardan biri h’isoblanadi. Asar 1610 yil atrofida ёzilgan. Kitob tarkibi muqaddima va olti bobdan iborat. Birinchi bob Abulxayrxonning wg’li va taxt vorisi Shoh’ Bulog’ Sulton, uning wg’illari Muh’ammad Shoh’baxt, Shayboniyxon va Mah’mud Sulton h’amda udarning avlodi tarixini wz ichiga oladi. İkkinchi bobda Kwchkunchixon (Kwchumxon) va uning Samarqandda h’ukmronlik qilgan avlodi tarixi baёn etilgan. Uchinchi bobda Suyunchxojaxon va uning Toshkent h’amda Turkistonda h’ukmronlik qilgan avlodi tarixi keltirilgan. Twrtinchi bobda xoja Muh’ammadxon va uning Movarounnah’rda podshoh’lik qilgan avlodi tarixi keltirilgan. Beshinchi bob Abdulmwminxonning taxtga wtirishi (1598 y.) va qisqa h’ukmronligi h’aqida. Oltinchi bobda Buxoroning diqqatga sazovor joylari, muallif bilan zamondosh bwlgan va Buxoroda istiqomat qilgan shayxlar, olimlar va shoirlar h’aqida qisqacha malumot beriladi. “Musaxxir ul-bilod” kam wrganilgan, qwlёzma nusxalari h’am kam. Hozir uning faqat qwlёzma nusxasi malum: biri WzR FA Sharqshunoslik institutida (İnv.№ 1505), ikkinchisi Rossiya FA Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg bwlimida (İnv.№ S. 465) saqlanmoqda. Afsuski, ikkala nusxa h’am twla emas. Birinchi nusxada muqaddima va birinchi bobning katta qismi etishmaydi, ikkinchi nusxaning esa eng kerakli V-VI boblari ywq. Asarning I-IV boblarida XVI asr tarixiga oid manbalarni, xususan “Sharafnomayi shoh’iy”dek yirik asarlarni h’am malum darajada twlatuvchi, ularda baёn etilgan voqealarga aniqlik kirituvchi qimmatli malumotlar kwp. Shayboniyxon tomonidan 1507 yili wtkazilgan pul isloh’oti; Shayboniylar wrtasida kelishmovchiliklar va wzaro nizolar, uning sabablari; Shayboniylar bilan qozoq xonlari wrtasidagi siёsiy munosabatlar; wsha zamonlarda Sirdarё bwyida istiqomat qilgan qoraqalpoqlar va ularning XVI asrning oxiri va XVII asr boshlaridagi ah’voli; Toshkent, Turkiston, Sayram, Andijon va Axsiket kabi shah’arlarning XVI asrning swnggi choragidagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli h’aqidagi malumotlar shular jumlasidandir. 41 Умняков И.И. “Абдулла-наме” Хафиза Таниша и ее исслеователи//Записки коллегии востоковедов, У том.-Ленинград, 1930, стр. 322. 42 Стори Ч.А. Персидская литература. Био-библиографический обзор. 2 часть. Стр.117; Собрание восточных рукописей АН УзССР.-Т.: 1 том.1952. стр. 80. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling