O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.2.11. “Tarixi olamoroyi Abbosiy”
- 11.2.12. “Bah’r ul-asror fi manoqib ul-ah’ёr”
- 11.2.13. “Dastur ul-muluk”
- 11.2.14. “Tarixi Muqimxoniy”
- 11.2.16. ”Tarixi kasira” ёki ”Tarixi sayyid Roqim”
11.2.10. “Haft iqlim” “Haft iqlim” (“Etti iqlim”) nomli geografik-biografik asarining ijodkori mashh’ur adabiёtshunos olim Amir Ah’mad Roziydir. U asli Eronning Ray sharidan, badavlat va wqimishli xonadondan chiqqan. Amir Ah’mad Roziy wz asarini 1594 yili tugatgan bwlib, unda VII asrdan to XVI asr oxirigacha etti iqlim mamlakatlari va shah’arlarida istiqomat qilgan 1560 nafar yirik shayx, olim, ёzkvchi,shoir va davlat arboblari h’aqida qisqa, lekin qimmatli malumotlar beradi. Muallif wzigacha bwlgan davrga tegishli masalarni ёritishda “Suvar al-aqolim” (“İqlimning kwrinishi”), “Masolik ul-mamolik” (“Mamlakatlar orasidagi masofalar”), “Tarixi Banokatiy” kabi asarlarga tayangan, lekin ulardan tanqidiy foydalangan, ularni yangi dalillar va malumotlar bilan boyitgan. Shah’arlar va mamlakatlarni tavsif qilganda ularning geografik wrni, diqqtga sazovor joylari, osori atiqalari, xalqi va uning h’aёti, mashg’uloti va urf odatlari, bazida ah’olisining umumiy soni, xwjaligiga oid qimmatli malumotlar keltiradi. Masadan, Chingizxon xurujidan avval Balxda 50 mingdan ortiq odam istiqomat qilgan, XU-XU1 asrlarda Toshkent atrofidagi tog’larda temir, firuza, oh’ak konlari, Xwjandda firuza, Badaxshonda lal konlari ishlab turgan. “Haft iqlim”da Zah’iriddin Muh’ammad Bobur va uning avlodi davrida Hindiston va Wzbekistonning ijtimoiy-siёsiy ah’voli, Sharqiy Turkston, Koshg’arning XVIasr ikkinchi yarmidagi umumiy ah’voli h’aqidagi zarur malumotlarni uchratish mumkin. Asarda VII-XVI asrlarda Wzbekiston va Xurosonda wtgan yirik olim va shoirlar h’aqidagi malumotlar wta muh’imdir. Bular orasida “shoirlar podshoh’i” Rashiduddin Votvot (1088-1182 yy.), “Olimlar faxri” Abulqosim Mah’mud ibn Umar Zamaxshariy (1074-1144 yy.), buxorolik buyuk h’adis olimi Abu Abdklloh’ Muh’ammadibn İsmoil al-Buxoriy (810-870 yy.)lar bor. “Haft iqlim” asarining qwlёzma nusxalari mumlakatimizda va xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida kwp, lekin h’ali twliq nashr qilinmagan. Undan tarixchilar ёrdamchi manba sifatida foydalanishi mumkin. 11.2.11. “Tarixi olamoroyi Abbosiy” “Tarixi olamoroyi Abbosiy” (“(Shoh’) Abbosning olamni bezovchi tarixi”) nomli asar garchi XVI asrda wtgan yirik Eron tarixchisi İskandarbek Munshiy tomonidan yaratilgan bwlsa-da, unda Wzbekistonning tarixi va uning boshqa mamlakatlar bilan munosabatini wrganishda muh’im ah’amiyat kasb etadi. İskandarbek Munshiy wz asarida keltirgan ayrim dalil va malumotlariga qaraganda, 1561 ёki 1562 yili tug’ilgan. U saroy yumushiga qabul qilingunga qadar kichik moliya xizmatchisi bwlib ishlagan, keyinchalik devoni inshoga qabul qilingan. Bwlg’usi tarixchi 1587 yili h’arbiy xizmatga jalb etilgan va shoh’ Abbos avval Safaviy (1587-1629 yy.)ning h’arbiy yurishlarida voqeanavis bwlib ishtirok etgan, 1593 yili esa saroy munshiysi lovozimiga tayinlangan va umrining oxirigacha shu lavozimda turgan. İskandarbek Munshiy 1634 yili vafot etgan. 131 İskandarbek Munshiyning “Tarixi olamoroyi Abbosiy” nomli asarida Eronning 1588-1634 yillar orasidagi tarixi xronologik, yilma-yil tartibida yuaёn qilingan. Bu asar h’am “Akbarnoma” singari saroyda .ritilgan kundalik daftar, rasmiy h’ujjatlar, baёn etilgan voqealar ishtirokchilarining og’zaki axboroti h’amda muallifning shaxsiy kuzatuvlari bilan twpoangan malumotlar asosida ёzilgan. “Tarixi olamoroyi Abbosiy” asari tarkibi muqaddima, uch jild va xotimadan iborat. Asarning I-II jildlari 1616, uchinchi jildi esa 1628 yili ёzib tamomlangan. Kitobning birinchi jildi kompilyatsiya, umumlashtiruvchi xususiyatga ega bwlib, Xondamirning “Habib us-siyar”, Mir Yah’ё Qazviniyning “Lubb at-tavorix” (“Tarixlar mag’zi”) va muallif“Tarixi olamoroyi Abbosiy” nomalum ikki asar “Tarixi shoh’ İsmoil Safaviy” va “Tazkirayi shoh’ Tah’mosib” h’amda boshqa asarlarga tayanib ёzilgan. Unda asosan shoh’ Abbosning ota-boblari, shuningdek, shoh’ İsmoil avval (1502-1524 yy.), shoh’ Tah’mosib avval (1524-1576 yy.), İsmoil soniy (1576-1578 yy.) va Sulton Muh’ammad Xulobanda (1578-1587 yy.) h’ukmronligi yillaridagi tarixi umumiy tarzda baёn etilgan. “Tarixi olamoroyi Abbosiy” asarining II-III jildlari mazmuni yangi bwlib, mustaqil ah’amiyatga ega. Ularda Eronning 1588-1628 yillar orasidagi ijtimoiy- siёsiy tarixi keng ёritib berilgan. Uchinchi jild oxirida shoh’ Abbos avval bilan zamondosh bwlgan shayxlar, olimlar, shoirlar va xattotlar h’aqida qimmatli malumotlar keltirilgan. Asar Wzbekiston tarixini wrganishda h’am katta ah’amiyat kasb etadi. Unda Wzbekistonning XVI asr oxiri va XVII asrning birinchi choragidagi siёsiy ah’voli h’aqida noёb malumotlarni uchratamiz. Bundan tashqari, asar XVI asrning oxiri va XVII asrning birinchi choragida Eron bilan Buxoro xonligi wrtasidagi siёsiy munosabatlarni wrganishda muh’im manbalardan biri h’isoblanadi. Asardan ayrim parchalar B.Dorn (matni) va V.V.Velyaminov-Zernov tomonidan matni va qisqartirilgan ruscha tarjimasi nashr etilgan. Kitob matni yana ikki marta Teh’ronda 1896 yili toshbosma va 1956 yili bosmasi chop etilgan. 11.2.12. “Bah’r ul-asror fi manoqib ul-ah’ёr” “Bah’r ul-asror fi manoqib ul-ah’ёr” (“Olijanob kishilarning jasorati h’aqidagi sirlar dengizi”) nomli asar muallifi XVII asrda wtgan balxlik yirik qomusiy olim Mah’mud ibn Validir. Uning otasi Mir Muh’ammad Vali asli farg’onalik, kosonlik bwlib, Shayboniylardan Pirmuh’ammadxon avval (1546- 1567 yy.) davrida Balxga borib qolgan. U wqimishli va keng malumotli kishi bwlib, asosan fiqh’ ilmida zamonasining peshqadam kishilardan h’isoblangan. U Mir Xislat taxallusi bilan sherlar h’am ёzgan. Mah’mud ibn Valining amakisi Muh’ammad Poyanda (1602 yili vafot etgan) Samarqand h’okimi Boqi Muh’ammad (1603-1606 yillari Buxoro xoni) dnvonida xizmat qilgan. Akasi amir Abulboriy esa fiqh’, tafsir va tibb ilmini yaxshi egallagan olim kishi edi. Mah’mud ibn Vali 1596 yili tug’ilgan. 19 ёshga borganda, yani 1614 yili u yirik fiqh’ va h’adis olimi MMah’mud ibn Valirakshoh’ Husayniyning xizmatiga kiradi va qariyb wn yil undan saboq oladi. Mirakshoh’ Husayniyning boy kutubxonasi bwlib, unda, Mah’mud ibn Valining swzlariga qaraganda, tarix, 132 geografiya, mumtoz adabiёt, fiqh’, h’adis va boshqa ilmlarga doir juda kwp kitoblar saqlanar edi. Bu ilmga chanqoq ёsh olim uchun bkbah’o xazina bwldi, albatta. Keymnchalik Mah’mud ibn Valining wzi kutubxonadagi kwp kitoblarni wqib kwp foyda topganini aytadi. Mirakshoh’ Husayniy vafot etgan 1624 yil 13 aprel kunidan keyin Mah’mud ibn Vali kitobiy ilmini amaliy bilimlar bilan boyitish maqsadida boshqa mamlakatlarga saёh’at qilishga qaror qildi va bir yillik tayёrgarlikdan keyin, 1625 yilning iyul oyida savdo karvoniga qwshilib Hindiston tomon ywl oldi. U Hindistonda qariyb etti yil istiqomat qildi va uning Peshovar, Loh’ur, Deh’li, Agra, Haydarobod, Vijayanagar, Kalkutta, Bixar kabi qator yirik shah’ar va wlkalarni borib kwrdi va ularning ah’olisi, xalqining urf-odati, tarixi, madaniyati, va nih’oyat, osori atiqalari h’aqidagi qimmatli malumotlar twpladi. 1631 yil 20 avgustla Balxga qaytib kelgandan keyin Nadr Muh’ammadxon (1606-1642 yillari Balx, 1642-1645 yillari Buxoro xoni)ning xizmatiga kirdi va to umrining oxirigacha uning kutubxonasida kitobdor bwlib xizmat qildi. Mah’mud ibn Valining qachon vafot etganligi malum emas. Mah’mud ibn Vali fanning juda kwp soh’alarini, tarix, geografiya, ilmi nujum, madanshunoslik, botanika va boshqa soh’alarni qamrab olgan “Bah’r ul- asror fi manoqib ul-ah’ёr” ёki “Bah’r ul-asror” nomli wta qimmatli qomusiy asarini yaratdi. Bundan tashqari u qator ilmiy va badiiy asarlar yaratgan bwlib, ular bizgacha etib kelmagan. 1634-1640 yillar orasida ёzilgan “Bah’r ul-asror” asari mundarijasida kwrsatilishicha, etti jilddan iborat bwlgan. Uning II-VII jildlari jah’on tarixiga bag’ishlangan bwlib, Wzbekiston va u bilan qwshni mamlakatlarning qadim zamonlardan to 1640 yilgacha kechgan tarixidan baxs yuritadi. Asarning birinchi jildi ilmi nujum, geografiya, madanshunoslik va botanika fanlariga oid malumotlarni wz ichiga oladi. Afsuski, bu muh’im va qimmatli asarning faqat I va VI jildlarigina topilgan, xalos. Asarning birinchi jildida etti iqlim mamlakatlarining, guningdek, Wzbekistonning wrta asrlardagi shah’ar va viloyatlarining geografik h’olati, xalqi va uning turmush tarzi h’aqida qimmatli malumotlar keltirilgan. “Bah’r ul-asror”ning VI jildi aloh’ida qimmatga ega. Unda XIII-XVII asrning birinchi yarmida Chig’atoy ulusi, Wrta Osiё, Mwg’uliston va Shimoliy Afg’oniston tarixi keng va atroflicha ёritilgan. Mah’mud ibn Vali va uning mazkur asari ilmiy jamotachilikka 1902 yildan beri malum bwlsa-da, h’ali juda kam wrganilgan. Undan ayrim parchalarning ruscha tarjimasi V.V.Bartold, B.AyuAh’medov va K.A.Pishulina tomonidan elon qilingan. “Bah’r ul-asror” asarining olti nafar qwlёzmasi mavjud. Ularning twrttasi WzR FA Sharqshunoslik institutida I jild va VI jildning 1-3 qismlari, ikkitasi esa Angliya va Pokistonda, VI jildning 4 qismi saqlanmoqda. 11.2.13. “Dastur ul-muluk” “Dastur ul-muluk” (“Podshoh’larga qwllanma”) nomli qimmatli asar muallifi XVII asr tarixchisi Xoja Samandar Termiziydir. Uning wz ismi 133 Muh’ammad Baqoxoja bwlib, asli nasaf(Qarshi)lik, Mir Haydariy tariqati shayxlaridan biri oilasida dunёga kelgan. Xoja Samandar Termiziy Ashtarxoniylardan Abdulazizxon (1645-1681 yy.) va Subxonqulixon (1681-1702 yy.) bilan zamondosh bwlgan. U 1702 yilgacha Qarshida raislik lavozimida 43 turgan, Abdulazizxon va Subxlnqulixonning h’arbiy yurishlarida ishtirok etgan. Oxiri ana shu Mir Haydariy tariqati shayxlaridan bazilarining ig’vosi bilan 1702 yili raislik lavozimidan istevoga chiqishga majbkr bwldi va umrining oxirigacha, u 1735 yili h’ali h’aёt bwlgan, faqat ilmiy faoliyat bilan mashg’ul bwlgan. Xoja Samandar Termiziy wz davrining keng malumotli kishilari jumlasidan bwlgan. Wsha vaqtlarda ёzilgan bir qator kitoblar, jumladan “Muzakkiri ah’bob”, “Muh’it at-tavorix”ning malumotlariga qaraganda, u etuk shoir, ёzuvchi va tarixchi olim bwlgan, iloh’iёt ilmini h’am yaxshi bilgan, kwp saёh’at qilib, nazariy bilmini mustah’kamlagan. Bizning zamonimizgacha olimning ikki muh’im asari etib kelgan. Bulardan biri “Dastur ul-muluk” bwlib, u 1695 yili va ikkinchisi “Anis ul-fuqaro” (“Faqirlar dwsti”) nomi bilan mashh’ur bwlib, 1735 yili ёzilgan. Wzbekiston tarixini wrganishda Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul- muluk” asari zwr qimmatga ega. Asar Buxoro xonligining XVII asrning 70-90- yillardagi ijtimoiy-siёsiy ah’volini, shuningdek, Buxoro bilan Xiva xonliklari wrtasidagi siёsiy munosabatlarni wrganishda katta ah’amiyatga ega. Asarda wzaro kurashlar, oliy martabali mansabdordar orasida keng tarqalgan buzuqlik, poraxwrlik, zulm va meh’natkash xalqning og’ir ah’voli h’aqida qimmatli malumotlar mavjud. “Dastur ul-amal”da wzbeklarning etnik tarkibi h’aqida h’am muh’im dalil va malumotlarni uchratamiz. 1971 yili “Dastur ul-amal”asarining forsiy matnini, ruscha tarjimasi, zarur izoh’lar bilan M.A.Saloh’itdinova chop etdi. Asarning wzbekcha nashri 1997 yili Jabbor Esonov tomondan amalga oshirildi. 11.2.14. “Tarixi Muqimxoniy” “Tarixi Muqimxoniy” nomli tarixiy asar muallifi XVII asrda wtgan yirik olim Muh’ammad Yusuf Munshiydir. Asarida keltirilgan malumotlarga qaraganla, asli balxlik bwlgan va Subxonqulixon (1651-1680 yillari Balx, 1680-1702 yillari Buxoro xoni) h’amda Muh’ammad Muqimxon (1697-1707 yillari Balx xoni) saroyida munshiy bwlib xizmat qilgan. Muh’ammad Yusuf Munshiy Muh’ammad Muqimxonga bag’ishlangan “Tarixi Muqimxoniy”nomli asarini ёzgan. Mazkur asar 1697-1704 yillar orasida ёzilgan bwlib, Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siёsiy tarixini baёn etadi. Muh’ammad Yusuf Munshiy agar “jah’on h’odisalarining kuchli shamoli uning (Muh’ammad Muqimxonning) h’aёt wtini wchirmasa, ywqsizlik dengizining twlqinlari wynoqi otini wz girdobiga tortib ketmasa” ushbu asarining ikkinchi qismini h’am ёzish niyatida ekanligini aytadi. Lekin “Tarixi 43 Раис – ХVII-ХIХ асрларда мусулмонлар томонидан шариат кўрсатмаларини қандай бажарилишини назорат қилиб турувчи мансабдор. Х-ХVI асрларда муҳтасиб деб аталган. 134 Muqimxoniy”ning ikkinchi kitobi ёzilmay qolgan. Fikrimizcha, bunga qandaydir kutilmagan h’odisa, balki muallifning biron falokatga uchrab qolganligi sabab bwlgan. “Tarixi Muqimxoniy” muqaddima va uch bodan iborat. Muqaddimada turkiy xalqlarning afsonaviy onasi Alan quva, Chingizxonning ota-bobolari, mwg’ul qwshinlari tomonidan Movarounnah’r, Balx va Badaxshonning bosib olinishi tarixi qisqacha baёn etilgan. Asarning birinchi bobi Shayboniylar davrida Movarounnah’rning umumiy ah’volidan h’ikoya qiladi. “Tarixi Muqimxoniy”ning yangi va muh’im qismi uning II-III boblaridir. İkkinchi bobda Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli, shuningdek, Buxoro va Balx xonliklarining Hindiston, Eron, Turkiya va Koshg’ar bilan bwlgan siёsiy munosabatlari, uchinchi bobda esa 1702-1704 yillar voqealari, xususan Buxoro bilan Balx wrtasida boshlangan qurolli kurash wrin olgan. Asarda xonlar va katta er egalari twg’risida, mexnatkashlar og’ir ah’voli twg’risida ayrim qimmatli malumotlar uchraydi. “Tarixi Muqimzoniy” asarining qwlёzma nusxalari kwp va Sankt-Peterburg, Toshkent, shuningdek, xloidiy mamlakatlarning kutubxlnalarida saqlanmoqda. Asar twla wzbekchaga 1861 yili tarjima qilingan, unday ayrim parchalar frantsuz va rus tillarida elon q ilingan. 1956 yili twliq ruscha tarjimasi chop etilgan. 11.2.15. “Ubaydullanoma” “Ubaydullanoma” XU11 asrda wtgan Mir Muh’ammad Amini Buxoriy asaridir. U wqimishli va fozil kishilardan bwlib, 1645 yilda tug’ilgan, vafot yili malum emas. Ashtarxoniylardan Subxonqulixon va Ubaydullaxon (1702-1711 yy.) saroyida bosh munshiylik vazifasida xizmat qilgan. “Ubaydullanoma” Buxoro xonligining 1702-1716 yillar orasidagi ijtimoiy- siёsiy va madaniy h’aёti h’aqida h’ikoya qiladi. Asar 1716 yildan keyin ёzilgan, muqaddima, xotima va 80 bobdan iborat. Muqaddimada muallifning h’ol-ah’voli, yani Subxonqulixon h’ukmronligining swnggi yillarida xizmatdan chetlashtirilib, og’ir ah’volga tushib qolganligi va Uaydullaxon xizmatiga qabul qilinishi, Abdulazizxon va Subxlnqulixon davrida Buzoro xrnligining ijtimoiy-siёsiy ah’voli qisqa tarzda baёn qilingan. 1-80- boblarda Buxoro xonligining qariyb 15 yillik (1702-1711 yy.) ijtimoiy-siёsiy tarixi batafsil ёritilgan. Muallif mazkur asarida katta er egaligi, ah’olidan yig’iladigan soliq va jarimalar, Buxoro xonligining mamuriy tuzulishi, tarqoqlikning kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan iqtisodiy qiyinchiliklar va uning afrim sabablari kabi masalalarga keng wrin bergan. Asarda geografik va etnografik malumotlar h’am kwp. Xotimada muallif bilan zamondosh bwlgan va Buxoroda istiqomat qilgan olimlar, shoirlar, masalan, Sayido Nasafiy, Qosixoja, mulla Sarfaroz, Fitrat, 135 Mulh’am, mashh’ur qozilar h’aqida qisqacha, lekin etiborga molik malumotlar keltirilgan. “Ubaydullanoma” asarining 10 dan ortiq qwlёzma nusxasi mavjud. Asar A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va 1957 yili Toshkentda nashrdan chiqarilgan. 11.2.16. ”Tarixi kasira” ёki ”Tarixi sayyid Roqim” ”Tarixi kasira” ёki ”Tarixi sayyid Roqim”, “Tarixi sayyid Roqim Samarqandiy” nomlari bilan mashh’ur bwlgan asarni Mulla Sharafuddin Alam yaratgan. U XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning birinchi choragida yashab wtgan shoir va tarixchi olimdir. V.R.Rozen va A.A.Semenovlar keltirgan malumotlarga qaraganda, Mulla Sharafuddin Alam asli andijonlik, ёsh paytida Samarqandga, otasi h’uzuriga kelib qolgan. Otasining ismi mullo Nuriddin bwlib, xalq orasida oxund mulla Farh’od nomi bilan mashh’ur bwlgan. Mulla Sharafuddin ёshligidan meh’natsevar vailmga chanqoq bwlgan. Otasining ёrdami bilan yaxshi wqidi, turli ilmlarni kasb etdi va keng malumotli olim va shoir bwlib etishdi. V.R.Rozen va A.A.Semenovlarning tadqiqotlaridan anglishilishicha, mulla Sharafuddin Samarqandning eng malumotli olimlaridan mulla Boqijon Buxoriyning xizmatida bwlgan va uning vafotidan keyin wrniga alamlik vazifasigawtirgan. Bazi malumotlarga qaraganda, u qozilik mansabida h’am turgan. Olim “Tarixi kasira” asari bilan mashh’ur. Unda mashur shaxslarning h’aёtiga oid mamlakatda bunёd etilgan katta binolar, usti ёpiq bozor, timlar, h’ammamlar qurilishi va mashur kishilar h’aёti bilan bog’liq sanalarga bag’ishlangan tarix-xronogrammalar majmuidan iboratdir. U Amir Temur tavalludi(1336 y.)dan to XVIII asrning wrtalarigacha kechgan voqealarni wz ichiga oladi. “Tarixi kasira” asarining qwlёzma nusxalari va toshbosma nashrlari kwp. Asarning birinchi toshbosma nashr olim va yirik davlat xizmatchisi Mirza Salimbek tarafidan 1913 yili Toshkentda amalga oshirilgan. Shu erda mazkur asarni “Tarixi tomm” nomi bilan 1998 yili bosmadan chiqqanligini eslatib wtmoqchimiz. “Tarixi kasira” bazi muh’im voqealar tarixini aniqlashda qimmatli manba rolini wynaydi. Dalil sifatida bir necha misollar keltiramiz. Yirik tarixnavis olim va vazir Rashiduddinning wldirilishi voqeasi 1318 yil 27 oktyabr kuni sodir bwlgan. Shoir Kamol Xwjandiyning vafoti 1391 yili yuz berdi. Amir Temur zamonida wtgan yirik alloma Taftazoniy h’aqida quyidagi malumotlar keltirilgadi. 1322 yili tavallud topgan. 18 ёshlik paytida G’ijduvonda “Sharxi Zandoniy” asarini ёzgan. 1347 yilning 10 iyun kuni Jom viloyatida “Sharxi mulaxxas al-miftax” kitobini ёzib tamomlagan. 1373 yil 23 may kuni Samarqandda “Maqosid ul-kalom va sharh’i maqosad” kitoblarini ёzib tamomlagan. Vafoti 1392 yili sodir bwldi. “Tarixi kasira”da Amir Temur davrida wtgan yana bir yirik olim Mir Sayyid Sharif Jurjoniy h’aqida quyidagilarni wqiymiz. Asli Mozandaronning Toun 136 qishlog’idan. 1377 yili tug’ilgan. Sherozdagi “Dor ush-shifo” wquv yurtida mudarrislik qilgan. Amir Temur Sherozni ishg’ol qilgan 1393 yili Samarqandga kwchib kelgan va h’azrat soh’ibqironning inoyat va marh’amatlariga sazovor bwlib, uning saroyida xizmat qilgan. 76 ёshida Sherozda vafot etgan. Movarounnah’rlik iloh’iёt olimi xoja Muh’ammad Porsoning vafoti 1419 yili yuz bergan. Mirzo Ulug’bekning birinchi muallimi shayx Ozariy, h’aqiqiy ismi Hamza ibn Abdulmalik at-Tusiy 1440 yili vafot topgan. “Tarixi kasira”da uning h’aqida yana quyidagilar aytiladi. Otasi sarbadorlar jamoasiga mansub bwlgan. Wz davrining etuk olimi va shoirlari jumlasidan bwlgan. Sherlari mashh’ur bwlib, nazm va nasrda bir necha asar ёzib qoldirgan. “Javoh’ir al-asror”, “Tug’royi h’umoyun” va “Ajoyib ul-g’aroyib” shular jamlasidandir. Shayboniylar, xususan, Muh’ammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullaxon soniy davrida, Movarounnah’r va Balx shah’arlarida bir talay katta qurilishlar, madrasalar, masjidu xonaqolar, timlar, yirik suv inshoatlari qurib ishga tushirilgan. “Tarixi kasira”da bular h’aqida h’am muh’im malumotlarni uchratamiz. Bir necha misol: Kesh(Shah’risabz)da Oqsaroy binosining qurilishi asosan 1382 yilda tamomlangan 44 . Mirzo Udug’bekning Samarqanddagi madrasasi 1425 yili qurib bitkazilgan. Mirzo Ulug’bekning rasadxonasi 1429 yili qurib ishga tushirilgan. Alayka kwkaltoshning Samarqanddagi jome masjidida Kwchkinchixon tarafida qurilgan marmar minbar 1528 yili bitkazilgan. Buxoroda Ubaydullaxon tarafida Mir arab madrasasining bino qilinishi 1536 yili sodir bwlgan. Mavlono Mir muftiy tarafidan Buxoroyi sharifda qurilgan kutubxona 1558 yili bitkazilgan. Juvonmard Alixon tarafidan Buxoroda h’ammom qurilishi 1574 yili poёniga etgan. Muh’tar Qosim tarafidan G’ijduvon ёnida, Kwh’ak darёsi ustiga qurilgan kwp oshiёnalik suv ayirg’ich inshooti 1576 yili qurilib ishga tushirilgan. Abdullaxon soniy tarafidan Buxoroda bunёd etilgan chorbog’ 1584 yili qurib tamomlandi. Mazkur xon tarafidan Buxoroda Chorsu bozorining qurilishi 1587 yili tamomlandi. Karmina ёnida, Kwh’ak darёsi ustiga kwprik qurish ishlari 1587 yili tamomlandi. Kitobda mashh’ur asarlarning ёzib tamomlangan vaqtih’am kwrsatilgan. Masalan, Ulug’bek mirzoning “Ziji jadidi kwragoniy” kitobi 1437 yili, Abdurah’mon Jomiyning “Nafah’ot ul-uns” asari 1469 yili, “Husni Husayn” kitobi 1606 yili ёzib tamomlangan. 44 Лекин, Испания элчиси Луи Гонсалес де Клавихонинг сўзларига қараганда бу ерда қурилиш ишлари 1404 йилда ҳам давои этган. 137 “Tarixi kasira” asari, uning qiymati va idm-fan uchun zarurligi keltirilgan misollardan h’am kwrinib turibdi. 11.2.17. “Tarixi Abulfayzxon” “Tarixi Abulfayzxon” asarini Ubaydallaxon va Abulfayzxon (1711-1747 yy.) saroyida xizmat qilgan munajjim, shoir va tarixchi olim Abdurah’mon Davlat ёzgan. Muallif kwproq Abdurah’mon Tole nomi bilan mashh’ur. Mazkur asar h’ajm jih’atdan kichik, 161 varaq bwlib, “Ubaydullanoma”ning davomi h’isoblanadi va Buxoro xonligining 1711-1723 yillar orasidagi ijtimoiy- siёsiy tarixini wz ichiga oladi. Malumki, XVIII asrning birinchi choragida Buxoro xonligining iqtisodiy va siёsiy ah’voli zaiflashadi, ulus boshliqlarining, yani mah’alliy h’ukmdorlarning mustaqillik uchun olibborgan h’arakati kuchaydi, ularning ayrimlari, masalan, Balx va Samarqand markaziy h’ukumatga bwysunmay qwydilar, Farg’ona XVIII asr boshlarida, 1709 yili Ashtarxoniylar davlatidan ajralib chiqdi va wlkada mustaqil Qwqon xonligi tashkil topdi, 1722 yili Samarqand h’am mustaqillik elon qildi va Rajabxon ismli kimsani xon qilib kwtardilar (1722-1728 yy.), wzaro urushlar boshlanib ketdi. “Tarixi Abulfayzxon” asarida mana shu masalalar keng ёritib berildi. Bundan tashqari, asarda Buxoro xonligining mamuriy tuzulishi va wzbek xalqining wsha yillardagi etnik tarkibi h’aqida h’am ayrim, diqqatga sazovor dalil va malumotlar bor. “Tarixi Abulfayzxon”ning twla ruscha tarjimasi, zarur izoh’lar bilan 1959 yili A.A.semenov tarafidang Toshkentda nashr qilingan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling