O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.3.10. Terma h’ujjatlar
- 12.3.11. U (Xudo) g’aniydir!
- 12.3.12. U (XUDO), YaGONADİR!
- 12.3.15. HU, ALLOH AL-MUSTAON!
- 12.3.20. MAKTUBOTİ ALLOMİY
- 12.3.21. “MURAQQAYİ MİR ALİShER”
- 12.3.22. SAYYİD AMİR HAYDAR BAHODİRXON MAKTUBLARİ
12.3.9. VASİQA Hijriy 1000 yil rabi ul-avval oyining 11-sida (1591 yil 28 dekabrda) xoja Husaynning qizi Og’a Xovandzoda sharan twg’ri iqror bwldi, shu twg’ridakim, tasarrufida bwlgan bitta bwg’doyrang, ochiq cheh’rali wrtadan sal yuqori bwyli, sog’lom, taxminan 17 ёshlardagi Davlatbaxt ismli xonazot kanizagimni sof kumushdan zarb etilgan bir misqolli 140 tanga badaliga mutlaq ozod qildim. Va yuqorida tilga olingan Davlatbaxt u bergan ozodlik tufayli twla ozod bwlib, h’ur kishilar qatoriga qwshildi... Vasiqa xolis kishilar h’uzurida tuzildi. 12.3.10. Terma h’ujjatlar Wzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti kwlёzmalar fondida, Wzbekiston Respublikasi Markaziy tarix arxivida, Buxoro wlkashunoslik muzeyi va Abu Ali iyun Sino nomidagi Buxoro kutubxonasida saqlanaёtgan h’ujjatlar: farmonlar, h’umnomalar, inoyatnomalar, vasiqalar, oldi- sotti h’aqidagi h’ujjatlar va ajrimlardan iborat bwlib, ulardan O.D.Chexovich 51- tasini tanlab olib, rus tiliga tarjima qilib, matni bilan kwshib, 1954 yili 154 “Drkumentı k istorii agrarnıx otnosheniy v Buxarskom xanstve XU11 – X1X vv.” nomi bilan aloh’ida kitob qilib chop ettirdi. Kitobda keltirilgan h’ujjatlar Ashtarxoniy h’ukmdorlardan İmomqulixon (1611-1642 yy.) bilan Ubaydullaxon soniy (1702-1711 yy.), mang’at sulola vakillari amir Haydar, amir Muzaffar va Nasrullolarning farmonlari, h’ukmnomalari XU 11 asrda wtgan yirik er va mulk egalari bwlmish Yalangtwshbiy, Alloh’ёr devonbegi, Odina Muh’ammadjonlarga tegishlidir. Hujjatlar er-suvni soliqlardan ozod qilish, erni sotish, garovga qwyish - vasiqai joiz, erni sotib olish va uni imtiёzli mulkka aylantirish –vasiqai mubodila, erni inom qilish – vasiqai baxshish, tanh’oh’, mulkni ijaraga berish – vasiqai ijara, malumot etkazish – ariza va boshqa masalalar h’aqidadir. Ularning ichida aloh’ida xiroj olinadigan va davlat erlarini mulki xurri xolisga aylantirish, yani soliqlardan ozod etish h’ollari uchraydi. Bu twplam mamlakatimizning wsha davridagi ijtimoiy-iqtisodiy tarixini wrganishda muh’im manba vazifasini wtaydi. Quyida mazkur twplamdan misollar keltiramiz. 12.3.11. U (Xudo) g’aniydir! Abulg’ozi İmomquli Bah’odirxon swzimiz! Baxtiёr birodarlar, saodatli farzandlar, ziliqtidor 55 amirlar, kifoyat asar vazirlar, Samarqand viloyatining anёnlari, arboblari va kalontarlari 56 bilsinlarki, shu kunlarda baxtiёr xoqonning arziga etdikim, amirlar suyanchig’i, Yalangtwshbiyning zikr etilgan viloyatning (Samarqandning) tumanlarida sotib olgan erlari bor. Shariat qoidalariga kwra uning bir qismini davlat h’isobiga wtkazganlar, ikki qismini esa mulki xurri xolisga 57 aylantirgan va bu h’aqda uning qonuniy h’ujjati (cheki) bor. Binobarin, biz mazkur amlokni 58 , yuqorida tilga olingan h’ujjatlarga asosan, unga inoyat qildik. Mazkur amlokni uning mulki xurri xolis deb h’isoblasinlar va h’ech kim unga daxl qilmasin, undan biron narsa talab qilmasin. Moli jih’ot, ixrojot 59 va boshqa oliq-soliq talab qilinmasin. 60 12.3.12. U (XUDO), YaGONADİR! Hukmi oliy sodir bwldiki, Tobon degan erdagi lah’yak er Muh’ammad Zamonxojaning mulki va wg’li Changakning meros mulki bwlganligi, shu kunlarda Chakchak vafot etganligini etiborga olib, .qorida zikr etilgan erni yuqorida ismi sharifi tilga olingan shaxsga (Muh’ammad Zamonxojaga) inom qildik. 55 Зулиқтидор – иқтидор (куч-қудрат) эгаси. 56 Калонтар – қишлоқ, даҳа оқсоқоли. 57 Мулки хурри холис – солиқ ва бошқа тўловлардан озод этилган ер-сув. 58 Амлок – мулкнинг кўплиги, нуфузли ва бой-бадавлат шахс қўлида тўпланган катта ер-сув. Бир қисми алоҳида хизматлари учун ҳукумат тарафидан инъом қилинган бўлиши ҳам мумкин. 59 Ихрожот-саройнинг кундалик ҳаражатлари учун раиятдан тўпланадиган махсус йиғим. 60 Б.Аҳмедов. Юқ. асар.87-88 бетлар. 155 Devon xizmatchilari ushbu erni daftarga, Muh’ammad Zamonxoja nomiga ёzib qwysinlar va mazkur inoyatnomaga h’urmatsizlik qilmasinlar. İmomquli Bah’odirxon (h’ijriy) 1036 yil 12.3.13. (HUKMNOMA) Hu, Alloh’ al-mustain! Abulmuzaffar va-l-mansur Ubaydulla Bah’odirxon swzimiz! Buxoroning Poyariq (tumani) h’okimlari, omillari(omil-qishloq oqsoqoli), kadxudolari(oila boshlig’i), ellikboshilari, wnboshilari, shuningdek Shomuh’ammad qishlog’ining kadxudolariga malum bwlsinkim, Rabotak qiglog’idagi 46 tanob er mulla Mir Shofkga taalluqli ekanligi h’aqida berilgan shariy chekka asosan uch qismga bwlingan edi. Shu kunlarda u vafot etgan. (Shuning uchun) mazkur erlar meros sifatida uning wg’li Wzbekxojaga taalluqli deb tomilgan va uning tarafidan tasarruf qilinmoqda va h’amma soliqlardan ozod etilgan. Shuning uchun biron vajh’ bilan dirh’am, ёki dinor twlamagan. Shu sababdan buyuramiz. Ushbu erlarni qadimdan mulki xurri xolis h’isoblab, undan tanobona, avorizot va boshqa oliq-soliq talab qilinmasin. Aytilganlardan tashqariga chiqmasinlar va undan yangi h’ujjat talab qilmasinlar. 12.3.14. U, ALLOH! (Hijriy) 1131 yil safar oyining (1718 y. dekabr oyining...), olijanob va shuh’rat topgan Ёrmuh’ammad qaravulbegi marh’um Tilovbiy wg’li mana bu etiborli (h’ujjat)ni taqdim etdi: “Unda bunday deyilgan: Kesh viloyatiga qarashli Ulug’ wg’il degan joydagi davlatga qarashli ёbisalarni 61 wz ichiga olgan erlarni, bu erlar g’arb tarafdan qisman Qora botqoq bilan va qisman Tug’i degan er bilan, shimol tarafdan Qashqadarё bilan, sharq tarafdan qisman Xosёr va qisman Balxiёn bilan, junub tarafdan Hojakent bilan tutash, (oralaridagi) masofa h’ar tarafdan aniqlangan ёbisa erlarni ёbisa sifatida olijanob, g’oziylik rutbasi bilan sharaflangan va Alloh’ tarafidan mag’firatlangan G’ozi chuh’ra oqosi 62 Sher chuh’ra oqosi wg’liga, u erdagi barcha chorpolar 63 va uch g’aram qilingan bichan bilan, uning mulki deb h’isoblanadi. Bundan buёn ushbu ёbisaga bizning daxlimiz ywqdir. Usha kuni va wshal soatda buni yuqoridagi tilgan olingan G’ozi chuh’ra oqosi h’am ishonchli guvoh’lar h’uzurida tasdiqladi. Ushbu kelishuvda ishtirok etgan guvoh’lar: Olijanob oxund mulla Muh’ammad wg’li; Qodirberdi udaychi 64 ; Tursunxoja sadr 65 ; 61 Ёбиса - қўриқ ер. 62 Чуҳра оқоси – хон қўриқчилари бошлиғи. 63 Чорпо – тўрт оёқлилар. 64 Удайчи – уруш пайтида навкар ва қўшиннинг тўғри тақсимланиши билан шуғулланган. 156 Mirza Abdulla chuh’ra boshi; Niёz arbob va boshqalar. Hammasi 16 kishi.” 66 12.3.15. HU, ALLOH AL-MUSTAON! Abulmuzaffar va-l-mansur sayyid Ubaydulla bah’odirxon swzimiz! Buxoroga qarashli Poyirud (tumani)ning h’okimlari, amollari, arboblari, kadxudolari, ellikboshilari va wnboshilari h’amda Shoh’muh’ammad qishlog’ining kadxudolari bilsinlarki, Rabotak qishlog’idagi qonuniy h’ujjat asosida qadimda mulki xurri xodisga aylantirilgan 46 tanob er eshonimiz mulla Mir Shofega tegishli bwlgan. U h’ozir vafot etgan. Bu er meros tariwasida uning wg’li Wzyuekxwjaga wtgan. U h’ozirda shu erga egalik qiladi va soliqlardan ozod qilingan, biron dirh’am ёki dinor twlamaydi. Shu vajh’dan buyuraman. Bu erlar bundan keyin h’am mulki xurri xolis va soliqlardan ozod etilgan deb h’isoblansin; tanobona, avorizot, taklifot va qora xat h’amda mardikor berish majburiyatlari xususida undan biron dirh’am ёki dinor talab qilmasinlar. Bundan buёn bu erlarda karvon twxtamasinlar. Farmonni buzmasinlar va h’ar yili yangi h’uddat talab qilmasinlar 67 . 12.3.16. AMİR NASRULLO 68 HUKMNOMASİ Hukmi oliy sodir bwldiki, Qorakwl viloyatidagi Ziёrat arig’i bwylarida joylashgan va Abdurah’im mirobga tegishli taxminan 100 tanoblan iborat dah’yak er yuqorida ismi sharifi zikr etilgan Ablurah’im mirobga tegishli deb bilsinlar va oliy h’ukmga binoan uning mulki deb bilsinlar. Soliq yig’uvchilar va dorug’alar 69 unga daxl qilmasinlar va oliq-soliq xususida aralashmasinlar; mazkur oliy h’ukm asosida ish yuritsinlar. Hijriy 1212 yil zulh’ijja oyida (1798 yilning may oyida) ёzildi. 70 12.3.17. (İJARA AKTİ) Ushbu h’odisa h’ijriy zulqada oyida (1856 y. iyul oyida) sodir bwldi. Buxoroning Somjin tumanida, Hoki mullo Mirza degan joydagi va mulla Mir mah’ramga ёzilgan taxminan 5 tanob dah’yakiy erning wndan bir qismiga beriladigan daromaddan ajratib mulla Abdurah’im mullo Ablurah’mon wg’liga (bir yil muddatga) ijaraga berildi. Mazkur h’ujjat quyidagi guvoh’lar ishtirokida tuzildi: Mulla Avaz; Boqmyxoja; Arbob Abduzoh’ir; 65 Садр – Бухорои шарийнинг ичкари қисмида жойлашган вақфларнинг ҳисоб-китоби билан шуғулланувчи мансабдор. 66 Б.Аҳмедов. Юқ. асар. 89-90 бетлар. 67 Б.Аҳмедов. Юқ. асар. 90 бет. 68 Амир Насрулло – Манғитлар сулоласидан чиққан ҳукмдор (1826-1860 йй.) 69 Доруға – шаҳарнинг ҳарбий бошлиғи. 70 Б.Аҳмедов. Юқ. асар. 91 бет. 157 Arbob Ywldosh; Alloh’berdiyuoy; Hodiboy; Hakimboy va boshqalar. 71 12.3.18. RASMİY ЁZİShMALAR Rasmiy ёzishmalar, yani xonlar, podshoh’lar, amirlar, tariqat etakchilari va shoirlar wrtisidagi ёzishmalar h’am tariiy manba bwlib xizmat qiladi va uning h’am ijtimoiy-siёsiy tarixni wrganishdagi ah’amiyati kattadir. Ular ayniqsa mamlakatdagi ichki vaziyat va mamlakatlararo munosabatlarni wrganishda tadqiqotchilarga katta material beradi. Shunday maktublardan kwplari wz vaqtida kwchirilib kitobat qilingan va ulardan birmunchalari bizning zamonimizgacha etib kelgan. “Maktuboti Temuriya” (“Temuriylarning maktublari”), “Majmuayi murosilot” (“Maktublar twplami”) va boshqalar shular jumlasidandir. 12.3.19. “Maktuboti Temuriya” “Maktuboti Temuriya” h’ozirda Wzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qwlёzmalar fondida 2278 raqam ostida saqlanaёtgan, 191 varaqli XU1 asrda kitobat qilingan maktublar majmuasining nomidir. Eronlik olim Abulh’usayn Navoiy mazkur majmuaga Eron, Turkiya, Oxarbayjon va Fors h’ukmdorlarining xatlarini h’am qwshib, 1991 yili “İsnod va maktuboti tarixi Eron (az Temur to shoh’ İsmoil” nomi bilan nashr etgan. Mazkur twplamga Amir Temur va temuriylar (Shoh’ruh’, Sulton Husayn va boshqalar)ning Fors, Ozarbayjon, İroq va Turkiya h’ukmdorlari bilan ёzishmalari jamlangan. Bu ёzishmalar Amir Temur va temuriylarning mazkur mamlakatlar bilan bwlgan siёsiy munosabatlari tarixini wrganishga, xususan Amir Temurning 1381-1404 yillari Eron, İroq, Ozarbayjon, Suriya va Turkiya ustiga qilgan h’arbiy yurishlarining saboqlarini twg’ri anglashga ёrdam beradi. Mazkur twplam Haydar va Er wg’lining “Majmuayi munshaot”, xoja Shah’obiddin Abdulla Marvaridning “Munshaot”, Frudunbekning “Munshaoti Fridunbek” asarlariga h’am asoslangan. “Maktuboti Temuriya” xurosonlik mashh’ur shayx, Amir Temurning pirlaridan biri Zayniddin Abubakr Taybodiy (1395 yili vafot etgan0ning wz muridi amir Temurga ywllagan bir tarixiy maktubi bilan boshlanadi. Amir Temur bu maktubni “Temur tuzuklari”ning “Tadbirlar va kengashlar” deb atalgan birinchi maqolasida keltirgan. “Tuzuklar”da keltirilgan mazkur maktub h’aqida, xususan, mana bularni wqiymiz: “Pirim Zayniddin Abubakr Taybodiy menga ёzmishlarkim, “Abulmansur Temur saltanat yumushlarida twrt ishni qwllasin, yani 1) kengash; 2) mashvarutu maslah’at; 3) h’ushёrligu maloh’azakorlik; 4) eh’tiёtkorlik. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatning 71 Ўша жойда. 158 barcha qilgan ishlari va (podshoh’ning) aytgan gaplari xato bwlgan. Unday podshoh’ni joh’il odamga qiёslash mumkin. Uning swzlari va qilmishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgan. Shunday ekan, saltanatni boshqarishda, mashvarutu maslah’at va tadbir bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bwlmagaysan. Yana shuni h’am bilginkim, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bwlgay, yana bir qismi esa bilib-bilmaslikka, kwrib- kwrmaslikka solish bilan bitur. (Xullas) tadbirlardan ogoh’ qilingandan keyin shuni h’am aytish joizdurkim, qatiylik, sabr-toqat, chidamlilik, h’ushёrlik, eh’tiёtkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay. Vassalom.”Amir Temur pirining bu wgitlariga umr bwyi, butun faoliyati davomida amal qildi. “Bu maktub,-deb ёzadi h’azrat soh’ibqiron,-menga ywl boshlovchi yanglig’ rah’namolik qildi. U menga saltanat ishlarining twqqiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash bilan, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirilishini anglatadi” 72 . “Twplam”dagi quyidagi maktublar Amir Temurning Eron(Fors), Ozarbayjon va Turkiyaga nisbatan 1381-1404 yillarda olib borgan siёsatini va nomlari sanab wtilgan mamlakat h’ukmdorlarining Amir Temurga qarshi h’arbiy ittifoq tuzish xususida olib borgan siёsatini tushunishda ёrdam beradi: İroq h’ukmdori Sulton Ah’mad jaloir (1382-1410)ning Fors h’ukmdori Muzaffariy Shoh’ Shujo (1359-1384 yy.)ga ёzgan maktubi; Ozarbayjon h’ukmdori Qora Yusuf (1389-1420)ning Yildirim Boyazid I (1389-1402) ga ywllagan maktubi; Yildirim Boyazid I ning Qora Yusufga javob maktubi; Shoh’ Shujoning birodarzodasi Shoh’ Mansur (1387-1393) ning Yildirim Boyazid I ga ёzgan xati; Yildirim Boyazid 1 ning Shoh’ Mansurga javob maktubi; Amir Temur kwragonning Gilon h’okimi Mir Said Aliga maktubi; Sultoni Azam Amir Temur kwragonning Sayyid Ali Kiё buzurgga (Gilon) yuborgan xati; Sayyid Ali Kiё buzurgning Amir Temurga ёzgan javob xati; Amir Temur kwragonning Bag’dod podshosi Sulton Ah’mad Jaloirga ywllagan maktubi; Bag’dod podshosi Sulton Ah’mad Jaloirning h’azrat Amir Temurga javob maktubi; Amir Temur kwragonning Misr podshosiga ёzgan maktubi; Sulton Ah’mad jaloirning Yildirim Boyazid 1 nomiga ywllagan maktubi; Yildirim Boyazid 1 ning Sulton Ah’mad Jaloirga yuborgan javob xati; Qora Yusuf qoraqwyunluning Yildirim Boyazid 1ga yuborgan nomasi; Amir Temurning Yildirim Boyazid 1ga ywllagan ywllagan birinchi maktubi; Sulton Yildirim Boyazid 1 ning Amir Temurga gustoxona javob xati; Amir Temurning Rum qaysariga ёzgan ikkinchi maktubi; Rum podshosi Yildirim Boyazid 1 ning Amir Temurga ёzgan javob xati; Amir Temurning Rum qaysari Yildirim Boyazid 1ga ywllagan uchinchi maktubi; Yildirim Boyazid 1 ning Amir Temurga javob maktubi; 72 “Темур тузуклари”.-Тошкент: 1996, 25-бет. 159 Amir Temurning Sulton Boyazidga ywllagan twrtinchi maktubi; Sulton Yildirim Boyazid 1 ning h’azrat Amir Temurga ywllagan javob maktubi; Amir Temurning Yildirim Boyazid 1ga sulh’ taklif qilib Marog’adan jwnatgan maktubi; Sulton Boyazidning Amir Temurga yuborgan javob xati 73 . 12.3.20. MAKTUBOTİ ALLOMİY “Maktuboti Allomiy” –“Maktuboti Abulfazl”, “İnshoyi Abulfazl” (”Abulfazl (Allomiy) tarafidan bitilgan (va kwchirilgan) maktublar”)i deb h’am ataladi. Maktublarning asosiy qismi Boburiylar saltanati (1526-1858 yy.)ning atoqli podshoh’laridan Jaloliddin Akbar (1556-1605 yy.) nomidan, bir qismi vazir va yirik tarixchi olim Abulfazl ibn Muborak Allomiyning shaxsiy mazmundagi maktublaridan iborat. Twplam uch qismga bwlingan. Undan bizga uchdan ikki qismi, yani ikkita daftari etib kelgan, xalos. U Allomiyning qarindoshi Abdusamad ibn Afzal Muh’ammad tarafidan tuzilgan. “Maktuboti Allomiy”da 1586-1596 yillarda Buxoro va Balx xonliklari bilan Boburiylar davlati (Hindiston) wrtasidagi siёsiy munosabatlar h’aqida wta qimmatli malumotlarni uchratamiz. Malumki, wsha yillari Hindistonning nafaqat Buxoro va Balx xlndiklari, balki Eron bilan h’am munosabatlari jiddiy tus olgan edi. Agar Boburiylar bilan Shayboniylar davlatlari wrtasidagi siёsiy munosabatlar Badaxshon tufayli, twg’risi Badaxshonni wz h’ukmronligiga kiritib olish xususida bir qadar buzilgan bwlsa, Safaviylar Eroni bilan Hindiston wrtasidagi munosabatlar katta siёsiy-strategik ah’amiyatga ega bwlgan Qandaxor xususida bir muncha buzilib qolgan edi. Majmuadagi maktublarda mana shu chigal masalalarning moh’iyatini tushuntirib bera oladigan daliliy malumotlar kwp. Bu jih’atdan Akbarning Abdullaxonga ywllagan uchta maktubi va Abdullaxonning mavlono Mir Quraysh, Ah’mad otaliq boshchiligida Hindistonga yuborgan elchiligi, va Buxoro elchisi olib borgan maktub, va Akbarning Balx bilan Buxoroga xoja Afzal, Hakim Humom va Mir Sadrijah’on boshchiligida ywllagan elchiliklari xususida qimmatli malumotlar keltirilgan. Yana bir muh’im masalani h’am aytib wtishga twg’ri keladi. Maktublarning birida kelgusida tutiladigan siёsat xususida ikki davlat – Boburiylar davlati va Buxoro xonligi h’ukmdorlarining maxsus uchrashuvini uyushtirish masalasi kwtariladi. “Maktuboti Abulfazl” majmuasining yaxshi bir qwlёzma nusxasi (tartib raqami 290, 154 varaq) Wzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti xazinasida mavjud. 12.3.21. “MURAQQAYİ MİR ALİShER” ““Muraqqayi Mir Alisher” ёki “Majmuayi murosilot”(“Maktublar twplami”) wz davrining nufuzli ruh’oniylari – Abdurah’mon Jomiy (1414-1492 yy.), xoja Ubaydulla Ah’ror (1404-1492 yy.), xoja Arorning wg’li xoja 73 Аҳмедов Б. Юқ. асар. 93-95 бетлар. 160 Muh’ammad Yah’ё (1500 yili wldirilgan), xoja Ah’rorning safdoshi va kuёvi Mir Abdulavval Nishopuriy (1495 yili vafot etgan) va boshqalarning Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469 yy.), Sulton Husayn Mirzo va Alisher Navoiyga ywllagan maktublarini wz ichiga oladi. Ushbu twplam Alisher Navoiy tomonidan tuzilgani uchun “Muraqqayi Mir Alisher” ёki “Navoiy albomi” nomi bilan h’am ataladi. Twplam X1X asr yirik ziёlilaridan biri Buxoro qozi kaloni Shariyjon Maxdum sadri Ziё kutubxonasida bwlgan va undan Alisher Navoiy nomidagi Xalq kutubxonasining Sharq qwlёzmalari bwlimiga, va undan keyin – 1943 yili Wzbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutining qwlёzmalar fondiga wtkazilgan. U 2178 tartib raqami bilan saqlanmoqda. Twplamda Abdurah’mon Jomiyning xatlari 334 bwlib, ular shaxsiy mazmunda bwlib, kwpchiligi h’ar xil iltimosnomalardan iborat. Ularda soliq va jarimalarning og’irligi va soliq yig’uvchilarning zulmu bedodligi, Temuriyzodalarning wzaro nizosi tufayli mamlakat va xalq ah’volining og’irlashgani, shuningdek, madrasa talabalariga ёrdam berish twg’risidagi Alisher Navoiy, Sulton Husaynga iltimosnomalardan iborat. Xoja Ah’rorning maktublariga kelsak, ular 128ta bwlib, ular mazmunan Abdurah’mon Jomiy xatlariga wxshashdir. Ularda Movarounnah’r va Xurosonning XU asrning II- yarmidagi ijtimoiy-siёsiy ah’voli, Samarqand h’okimi Sulton Abu Said Mirzo(1451-1469 yy.) va Xuroson podshoh’i (1469- 1506 yy.) wrtasidagi og’ir munosabatlar, soliq va jarimalar, xususan tamg’a solig’ining og’irligi va uni imkoni bwlsa bekor qilish masalalari kwtariladi. Tinimsiz h’arbiy yurishlar va wzaro urushlarning pirovardida fojeaga olib kelishini Temuriylarga uqdirishga h’arakat qilinadi. Masalan, Xoja Ah’ror Sulton Abu Saidga ywllagan bir maktubida uni Ozarbayjon ustiga, uning h’ukmdori Qora Yusuf ustiga qilmoqchi bwlgan yurishiga qarshi chiqadi. Maktubda, “Hargiz az Marv maguzarid” (“Hargiz Marvdan nariga wtmasinlar”) deb ochiq ogoh’lantirgani ёzilgan. Malumki, wsha yurish natijasi Sulton Abu Said uchun fojea bilan tugadi. 1469 yilgi jangda u h’alok bwldi. 12.3.22. SAYYİD AMİR HAYDAR BAHODİRXON MAKTUBLARİ Sayyid Amir Haydar Bah’odirxon maktublari ёki “Majmuayi maktuboti Sayyid Amir Haydar Bah’odirxon” nomli twplamda Mang’itlar sulolasi (1753- 1920 yy.)ning yirik namoёndaoaridan biri Amir Haydar(1800-1826 yy.)ning wziga yaqin amirlaridan Muh’ammad İnoqqa 74 ( keyincha oliy qushbegi 75 ) ywllagan turli masalalarga doir muboraknomalari 76 , inoyatnomalari 77 va boshqa 900ga yaqin 10 yil davomida, 1814-1824 yillar ёzilgan maktublari, jamlangan. U 464 varaqli, Wzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik 74 Иноқ - қўшинни қуроллантириш ва уни юриш пайтида ва жанг олдидан жой-жойига жойлаштирувчи олий мансабдор. 75 Қушбеги – тўғриси қушбегийи кулл, олий ҳукмдор турадиган жой мутасаддиси, сарой вазири. 76 Муборакнома – бирон мансабга тайинланиши ёки зафар қучганлигини табриклаб юбориладиган мактуб. 77 Иноятнома-бирон мулк бериш ёки мансабга кўтариш. 161 institutining qwlёzmalar fondida 2120/II tartib raqami bilan saqlanmoqda. X1X asrning birinchi yarmida kwchirilib, kitob h’oliga keltirilgan. Hakimbiy inoq kwp yillar davlat xizmatida bwlib, amir Haydarning ishonchini qozongan. Uning wlimidan (1826 y.) keyin taxt vorisi shaxzoda Umarga xiёnat qilib, Ark darvozasini 1723 yildan beri Qarshida h’okim bib wtirgan shah’zoda Nasrulla twraga ochib bergan. Hakimbiy qushbegi 1739 yili Eron podshoh’i Nodirshoh’ (1736-1747 yy.) askariga Qarshini, keyin Buxoroni topshirgan. Maktublarda Buxoro amirining mamuriy-xwjalik faoliyati, shuningdek uning davrida amalda bwlgan qonun-qoidalar, er egaligining turlari, suyurg’ol, tanh’o, mulki xurriy xodis h’amda soliqlar-xiroj, zakot, ushrlar h’aqida muh’im malumotlarni uchratamiz. Quyida misol tariqasida, wsha maktublardan bazilarini keltiramiz. “Xoqonning h’urmatiga sazovor bwlgan, davlatning ishonchli odami Muh’ammad Hakimbiy meh’tar 78 bilsinlarki, yakshanba kuni sih’at-salomat Qarshiga kelib qwndik. İnshoalloh’, (kelasi) yakshanba kuni Samarqandga jwnaymiz. Bizga lozim bwlgan va (janoblariga) tayin qilingan narsalarni olib, agar Qarshiga kelolmaydigan bwlsalar, Wrta chwl va Xuzor Bug’a orqali h’uzurimizga etib kelsinlar. Madrasayi oliyga vaqf etilgan ”Xazonayi muftadiyn” otlig’ kitobni meh’tardan talab qilib olsinlar va tolibi ilmlarning qwliga topshirsinlar.” “Amirlik panoh’i, vazirlikdan ogoh’ bwlgan, xoqonning yaqin odami, marh’amatga loyiq... xoqon h’azratlarining marh’amati tufayli zwr h’urmat topgan Muh’ammad Hakimbiy inoq bilsinlarki, Abdurasul twqsabo 79 , Safar bah’odir, Husayn, Alibek yasovul 80 , Farmonboy, Xolboy, Norbwta, Murod, Shomurod va Toshniёz, h’ammalari wn kishi bwlib, zakot 81 yig’ish uchun jwnab ketishgan. Ulardan qaysi biri olti tillo yiqqan bwlsa, ёzib yuborsinlar.” Hijriy 1224 yil. “Amirlik tayanchi, vazirlik ah’volidan ogoh’ bwlgan, xoqonning yaqin odami, baland martabalik Muh’ammad Hakimbiy inoq, xoqonning marh’amatidan sarfaroz bwlganlar, bilsinlarki, alh’amdulilloh’ h’ol-ah’volimiz sog’-salomatlik va shod-xurramlik darajasidadir, muborak xotirimiz jamuljamdir. Soniyan, maxfiy qolmasinki, qutlug’ uzangiga yuborgan arznoma etib keldi. Uning mazmunidan ogoh’ bwlib, xursandlik h’osil bwldi. Va yana (bilsinlarki), Pashog’ir tepasiga Xwqand lashkari kelib tushgan edi. Biz tarafdan unga qarshi lashkar yuborganimizdan keyin (dushman) zafar asar lashkarning qorasini kwrishi h’amono, yuzini chekinish sari wgirdi va bizga doxil bwlishga tob berolmay orqaga chekindi. 78 Меҳтар-бошлиқ, бирон давлат муассасаси, қурхона-қурол-аслаҳа омбори, тўшакхона – подшоҳ, хон хобхонаси учун зарур бўлган ашёлар омборининг бошлиғи. 79 Тўқсабо-подшоҳнинг олий мансабдорларидан, вазифаси шароитга қараб ўзгариб турган . 80 Ясовул-кичик лавозимдаги сарой хизматчиси. 81 Закот-йилда даромаднинг қирқдан бир улуши миқдорида олинадиган солиқ. 162 (Va yana) Yalangtwshxon h’uzuridan ikki nafar chwri kelgan ekan, ularga qarab tursinlar. Va yana, qachonki, biz tarafdan ul vazirlar tayanchi tarafga (Yalangtwshxon tarafga) odam yuboriladigan bwlsa, ёki u tarafdan inoyatnoma kelsa, unga ruxsat berib wtkazib yuborsinlar. İnoyatnomada ёzilganlarga amal qilsinlar. U tarafdan yuborilgan sarupo va sovg’alarni eh’tiёt qilib bir ming tanga zakot va 1080 tanga xiroj 82 h’isobidan bizga tegishlisini berib yuborsinlar. Va yana, Eshmurod wnboshiga javob berdik. Kwrgan-bilgan va eshitganlari xususida wzi swzlab beradi.” Hijriy 1229 yil. “Vazirlik suyanchg’i, amirlik wrni, xoqon h’azratlarining yaqin odami... Muh’ammad Hakimbiy inoq bilsinlarki, oliy ostonaga yuborgan arznomalari etib keldi. Uning mazmunidan ogoh’ bwlganimizdan keyin, alh’amdulilloh’ muborak xotirimiz h’ar vajdan xotirjam bwldi. Va yana (shuni malum qilamizki) chorshanba kuni, mazkur oyning 25- kuni h’olimizga qarab xalifalik eshigi (bwlmish) Kattaqwrg’onga jwnaymiz. Sarkarda, mah’ram, xossabardor, qalmoqlar va boshqa amaldorlarga meh’ribonlik kwrsatib, Buxoroyi sharifga borishlari uchun ijozat berdikki, biron kishi ularga daxl qilmasin”. Hijriy 1248 yil. “Vazirlik tayanchi, amirlik wrni, (h’azrat) xoqonning yaqin kishisi... Muh’ammad Hakimbiy inoq, xoqon h’azratlarining marh’amatlari sarfaroz bwlganlar, bilsinlarki, mulla Solih’boyni, Sharif twqsaboni, Xudoyyuerdi mirzaboshini 83 , Sharifxoja va Musobekni, Lochin mah’ram 84 , mulla Muh’ammad mulla Vose wg’liga ruxsat berib jwnatdik, Qarshiga etib borgandirlar. Ёzib yuborilgan kwrsatmaga amal qilsinlar.” Hijriy 1231 yil, muh’arram oyining 17-si. “Vazirlik tayanchi, amirlik wrni, (h’azart) xoqonning yaqin jwsti... Muh’ammad Hakimbiy inoq, h’azarat xoqonning marh’amatlari bilan sarfaroz etilgan edilar, bilsinlarki, Urganchdan kelgan elchilar to eson-omon Buxoroyi sharifga etib olgunlaricha (ularga) oziq-ovqat va em-xashak bersinlar... Boshqa gaplarni h’umoyun egar qoshidan tutganlarida aytiladi. Vassalom”. “Vazirlik tayanchi, amirlik kwmakchisi... Muh’ammad Hakimbiy inoq, xoqon (h’azratlari)ning marh’amatlaridan sarfaroz etilganlar, bilsinlarki, saёdat panoh’ Muh’ammad Siddiqxoja sudurni 85 xonning farzandi h’isoblab, amlok bilan siyladik.”... Hijriy 1229 yil. 82 Хирож-асосий солиқлардан, даромад солиғи, одатда даромаднинг учдан бир қисмини ташкил этган. 83 Мирзабоши – хоқон девонидаги мирзалар бошлиғи. 84 Маҳрам – хонга яқин, унинг ҳамма йиғинларида қатнашиш ҳуқуқига эга бўлган мансабдор.+ 85 Судур – барча вақфлар мутасаддийси, мамлакат садрларининг бошлиғи. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling