O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/30
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#280
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30

 
13.2.5. “Ajoyib at-tabaqot” 
“Ajoyib at-tabaqot” (“Er qatlamlarining ajoyibotlari”)-daliliy 
malumotlarga boy, kam wrganilgan geo-kosmografik asar. Bir qancha tarixiy
geografik va kosmografik asarlar h’amda sayёh’larning esdaliklari va 
muallifning shaxsiy kuzatuvlari asosida ёzilgan bwlib, Wrta Osiёning XU!-
XU11 asrlardagi tarixi va geografik sharoitiga oid malumotlarga boy. 
“Ajoyib at-tabaqot” mavlono sayyid Muh’ammadToh’ir tarafidan Balx 
xoni Ashtarxoniy Nadr Muh’ammadxon (1606-1642 yy.)ning topshirig’i bilan 
ёzilgan. Muallif asarning muqaddimasida keltirilgan ayrim malumotlarga 
qaraganda, mazkur xon saroyida xizmat qilgan olimlar jumlasiga kirgan. 
“Ajoyib at-tabaqot”ning ёzilish tarixini quyidagi dalillarga asoslanib 
belgilash mumkin. Muh’amad Toh’ir asarining “Balx” qismida Xoja h’ayron 
Qishlog’idagi h’azrat Ali (656-661 yy.) mozori tepasiga qurilgan h’ashamatli 
bino h’ijriy 886 yilda shoir va tarixchi olim Kamoliddin Binoiy va uning otasi 
Muh’ammad Sabz tarafidan qurilganligini aytadi va shundan beri 172 yil wtdi, 
deb  ёzadi. Shu 172 ga 886 (bino qurilgan yili)ni qwshadigan bwlsak, 1648 yil 
kelib chiqadi. Shunga asoslanib, asar h’ijriy 1058, melodiy 1648 yili ёzilgan deb 
aytish mumkin. 
Muh’ammad Toh’ir wz asarini ёzishda «Majmu ao-g’aroyib»dan tashqari 
al-Battoniy (852-929 yy.), Abu Rayh’on Beruniyning «Qonuni Masudiy», 
«Javoirnoma», shuningdek, Abulmalik Marvarudiy, Nosiriddin Tusiy, 
Narshah’iy va boshqa olimlarning asarlaridan foydalangan. 

 
172
“Ajoyib at-tabaqot” kam wrganilgan, nashr etilmagan. Uning uchinchi 
qismi, tabaqa katta ilmiy qimmatga ega. Unda Wzbekistonning Samarqand, 
Toshkent, Andijon, Termiz va boshqa shah’arlari, shuningdek Sharqiy 
Turkiston-Koshg’ar va Afg’oniston h’aqida qimmatli malumotlar uchraydi. 
WzR FA Sharqshunoslik instituti fondida ushbu asarning uchta qwlёzma 
nusxasi (raqamlari № 411,2380 va №9654) mavjud. Ularning yana bir qimmatli 
tomoni shundaki, chiroyli nastaliq xati bilan bitilgan, unvon va sarlavh’alari 
rangli va tillo suvi berib ёzilgan, Kaba va payg’ambarimiz Muh’ammad 
alayh’issalomning Madinadagi muborak qabri tasviri h’am keltirilgan. 
Kitobda shah’arlar tavsifi bah’oli imkon twliq berilgan. Namuna sifatida 
Balx va Qubodiёn shah’arlari h’aqida berilgan tavsifni keltiramiz. 
“Balx – ulug’ shah’ar, Xurosonga qaraydi, twrtinchi iqlimga kiradi. Uni 
qadimgi Eron podshoh’laridan Kayumars qurgan, Tah’muras obod qilgan
Luh’rasip qaytadan qurib, tevarak atrofini pishiq devor bilan wrattirgan. Bir 
rivoyatga kwra, uni birinchi bunёd qilgan kishi Qobil ibn Odam..., boshqa 
rivoyatga kwra shoh’ Gishtosip Ayyub payg’ambarning amri bilan 
qurdirgan...Uchinchi rivoyatda keltirilishicha, (uni) Minucheh’r ibn İroj bino 
qilgan. “Tarixi Balx”
92
 kitobida ёzilishicha, Balxning qalasi (kwp bor) vayron 
qilingan va 22 marta qaytadan tiklangan. Balxning eng swnggi imoratibir vaqtlar 
Xuroson h’okimi bwlib turgan Abu Muslim Marvoziy tarafidan qurdirilgan. 
Undan keyin shah’id etilgan Abdulmwminxon
93
 shah’arning g’arbiy va janubiy 
taraflardagi devorni tamirlatgan. Uning uzunligi 20 mign qadam. 
Shah’ar ikki qismdan; tashqi shah’ar (shah’ri birun) va ichkm shah’ar 
(shah’ri darun)dan iborat. 
İchki shah’ar arkdan iborat. Ark shah’arga asos solingandan beri ulug’ 
podshoh’lar va qudratli xonlarga makon bwlib xizmat qilgan...Hozirgi kunlarda 
h’am shunday. Balx shah’ri Meh’robi sangin deb ataluvchi bir masjid bor. Ushbu 
rivoyatni aytuvchining h’ikoya qilishicha, shah’arga mwminlar h’ukmdori 
h’azrat Alining (xudo undan rozi bwlsin), maktubini olib kelganlarida, uni 
balandroq bir joydan ovoza qilmoqchi bwldilar, toki uning mazmunidan h’amma 
yuaxtiёr bwlsin. Baxtga qarshi shu payt qattiq shamol turib, maktubni uchirib 
ketdi. Bir payt mwminlar Makkani ziёrat etib yurganlarida bir (seh’rli) tosh va 
undagi ёzuvga kwzlari tushgan. Ёzuvja (h’azrat Alining) wsha maktubi bitilgan 
ekan. (Shu sabadan) toshni muqaddas h’isoblab, (Balxga) olib kelganlar va wsha 
masjidning meh’robiga wrnatgan ekanlar. Boshqa bir rivoyatda bunday gap bor; 
toshni olib kelganlaridan keyin uni uch qismga bwlganlar va bir bwlagini wsha 
masjidda (Muh’robi sanginda) qoldirganlar, yana bir parchasini tashqi 
shah’arning (shah’ri birunning) janubiy tarafida, shah’ardan bir milya
94
 narida 
joylashgan Masjidi xoja Nwh’ gunbadon masjidiga olib borib wrnatganlar. 
                                                 
92
  «Тарихи  Балх» – шайхулислом  Сафиуддин  Абубакр  Абдулла  ал-Балхийнинг  асари.  Ҳақиқий  номи 
«Фозоили Балх».
 
93
 Абдулмўъминхон –Шайбоний хонлардан, 1598 йили олти ой Бухоро тахтида ўтирган, унга қадар Балхни 
идора қилган.
 
94
 Миля – турли мамдакатларда турлича бўлган масофа ўлчови, тахминан 7 метрга тенг.
 

 
173
Malumki, Nwh’ gunbadon nur taratuvchi manzil bwlib, Qab al-axbor 
h’azratlarining, undan xulo rozi bwlsin, eikr etilgan mozorda yuino qilingan. 
Nwh’ gunbadon masjidi gwzal va mustah’kam bir binodir. Aytishlaricha, 
Chingizxon xuruji paytida Balxob darёsini shah’arga burib yuborganlar. 
Ushanda masjid olti oy suv ostida qolib ketgan. Lekin uning qoldiqlari h’ali 
h’anuz saqlanib qolgan. Zikr etilgan toshning uchinchi qismini shah’arning kun 
chiqish tarafida, undan ikki farsang narida joydashgan Xoja Xayron qishlog’ida 
bino etilaёtgan masjidning meh’robiga wrnatdilar. Qishloqning kun chiqish 
tarafida, undan 100 zira
95
 masofada mwminlar amiri Ali ibn Abu Tolibning qabri 
topilgan. Va h’aq ywlga tushib olganlar namunasi janob mavlono Binoiyki, 
malumotli va binokorlik ilmida tengi ywq kishi edi, avvalgi binokorlarning 
h’arakati beh’uda ketgan va bino bwsh qurilgan deb h’isoblab, h’ijriy 886 yili, 
padari buzrukvori bilan birgalikda wsha muqaddas mozorda pishiq g’ishtdan 
baland bir bino qurdi. Lekin, wsha bino, qurilganiga 170 yil wtganiga qaramay, 
uning biror joyi buzilmagan. (Alloh’ tarafidan) mag’firatli qilingan marh’um 
Vali Muh’ammadxon (1601 yili) Balxga h’ukmdor etib tayinlangandan keyin 
balandligi taxminan 30 zira, aylanasi bir jarib
96
 bwlgan bir oliy bino qudirdi va 
uning (tevarak-atrofini) obod qildi. Atrofida (gwzallikda) Chmn sanami bilan 
bellasha oladigan bir chorbog’ va uning ichida 18 ta chamanzor qurdirdi. Wsha 
chorbog’ning shimoliy tarafida jannat bulog’iga wxshagan bir h’ovuz h’am 
qurdirdi. 
Balxning tashqi shah’arida (shah’ri birunda) va valiylar qutbi xoja Abu 
Nasr Porsoning
97
 obod mozori bor. Bu mozorning aylanasi taxminan 15 jarib. 
Ushbu muqaddas maqbaraning kun botish tarafida ikkita katta masjid bor. Har 
chorshanba kuni, peshin namozidan keyin, wsha saodatli maqbara tevaragida 
donishmand kishilar, ulamo va shuaro ibodat uchun yig’ilishadi. Sufiylar bosh 
egib, yarim oh’angda (bir birlari bilan) suh’batlashadilar, ulamolar 
bah’slashadilar, shuaro mushoira va h’azil-mutoyibaga bel bog’laydi. Suh’bat 
shu zaylda kechgacha davom etadi. 
Va yana wsha tashqari shah’arda (shah’ri birunda) shayx Shaqiqi Balxiy 
h’azratlarining, shuningdek jabrlangan xoja İsh’oq va boshqa valiylarning 
maqbaralari joylashgan. 
Va yana shah’arning kunbotar tarafida Sulton İbroh’imning twng’ich 
wg’li Adh’am Soqaning nurga chwmgan maqbarasi joylashgan. Shu kunlarda bu 
maqbara Xoja rushnoyi nomi bilan mashh’ur. 
Va yana mazkur shah’arning janub tarafida xoja Sulton Ah’mad 
Hazraviya janoblari va ul kishining ёsdiqdoshi Bibi Fotimaning maqullangan 
maqbaralari joylashgan. 
Va yana shah’arning kunchiqar tarafida xoja Ukkosha janoblarining 
maqbul maqbarasi joylashgan.  
Qubodiёn. Movarounnah’rning katta qishloqlaridan, twrtinchi iqlimga 
kiradi. Qayqubod ibn İroj asos solgan. Aytishlaricha, Zol wg’li Rustam 
                                                 
95
 Зираъ-узунлик ўлчови, 81,28 сига тенг.
 
96
 Жариб-ер ўлчови, бир таноб, 4097 кв.метрга тенг.
 
97
 Хожа Абу Наср Порсо – Балх шайхулисломи, тахминан 1460-61 йили вафот этган.
 

 
174
Qayqubodniwsha erdan Eronga olib kelib taxtga wtqizgan. Bu viloyat qadimda 
Qubodobod deb atalgan. Keyincha Qubodiёn nomi bilan shuh’rat topgan. 
Hozirgi paytda oliy h’azrat, Alloh’ning erdagi soyasi Nadr Muh’ammadning 
adlu eh’soni tufayli u qadar obod bwldiki, h’ar kimning u viloyatdan wtadigan 
bwlsa elkasi devor va daraxtlarning soyasiostida bwladi. Ob-h’avosi yumshoq. U 
erda turli navdagi shirin-shakar mevalar kwp etishtiriladi. Xususan, anori kwp 
mashh’ur. U viloyatda qovun va uxum sotish odati ywq. Ularni bir xarvardan 
kam bwlsa pulga sotmaydilar va sotib olmaydilar, balkim h’arkim istiganicha 
olishi mumkin.Egalari bunga monelik qilmaydilar. 
Xalqi meh’ribon va meh’mondwst. Meh’mon uchun aloh’ida xona 
tutadilar. Odamlari wqishga ixlosmand, aksariy qishloqlarda madrasa va 
mudarris bor». 
“Ajoyib at-tabaqot” asarida Toshkent, Andijon, Farg’ona, Samarqand va 
Wzbekistonning boshqa shah’arlari h’aqida h’am mana shunday malumotlarni 
uchratamiz. 
Mazkur asarning yana bir muh’im tarafi shundaki, unda qimmatbah’o 
toshlar va metall va ularning konlari h’aqida h’am etiborga molik malumotlar 
bor. 
Shuni h’am aloh’ida takidlab wtish lozimki, mazkur asarda Abu Rayh’on 
Beruniyning “Javoh’inoma” asarining bizning zamonamizgacha etib kelmagan 
nusxalarida tushib qolgan parchalar uchraydi. Bu parchalar buyuk olimning 
mazkur yirik asarini qaytadan nashr qilishda juda zarurdir. 
 
13.2.6. “Dili g’aroyib” 
“Dili g’aroyib” wzbek tilidagi geo-kosmografik xildagi, kwp jih’atdan 
umumlashtirma asar bwlib, 1831-1832 yili xivalik olim Xudoyberdi ibn 
Qwshmuh’ammad tarafidan Rah’monquli inoqning topshirig’i bilan ёzilgan. 
Muallif wzini bir joyda Swfizoda deb ataydi. Shunga qaraganda, otasi 
Qwshmuh’ammad ibn Niёzmuh’ammad Xiva masjidlarining birida swfilik 
qilgan va Kubroviya tariqatiga mansub bwlgan.  
Xudoyberdi ibn Qwshmuh’ammad keng malumotli, arab va fors tillarini 
yaxshi bilgan kishi bwlib, asosan tarjimonlik bilan shug’ullangan. U asosan 
tarixiy va geografik asarlarni wzbek tiliga tarjima qilish bilan shug’ullangan. 
Masalan, u Shermuh’ammad Munisning topshirig’i bilan Sharafuddin Ali 
Yazdiyning “Zafarnoma” asarini 1823-1826 yillari forschadan wzbek tiliga 
qisqartirib tarjima qilgan. 
“Dili g’aroyib” umumlashtirma asar, yani Mah’mud ibn Valining “Bah’r 
ul-asror” va mavlono Muh’ammad Toh’irning “Ajoyib ut-taboqot” asarlariga 
taqlid qilib ёzilgan va unda aniq malumotlar kam uchraydi. Undagi Xorazm va 
uning shah’arlari h’aqidagi malumotlar qimmatlidir. Misol tariqasida bazilarini 
keltiramiz; 
Xorazm mamlakati. U katta mamlakat. Bir tarafdan Sayxun darёsi bilan, 
ikkinchi tarafdan h’ozirgi paytda Baqirton nomi bilan mashh’ur bwlgan Oq 
qwrg’on bilan, uchinchi tarafdan chwl bilan va twrtinchi tarafdan bir xamonlar 
Faridun tarafidan qazdirilgan nah’rning shimoliy tarafida joylashgan Wnguz otli 

 
175
manzil bilan tutash. Xorazmning yana bir tarafida Saroy sulton joylashgan. Bu 
h’adlar orasida katta-kichik qalalar va kentlar joydashgan. Xorazmning janubiy 
tarafida Qizilqum bwlib, unda saksovul wsadi. 
Qadimda Xorazmning wn twrt darvozali shah’arlari kwp bwlgan. 
Shulardan biri Jurjoniya, ikkinchisi Utganch bwlgan. 
Jurjoniya. Jurjoniyaga suv Sirdarёdan olib kelingan. Bu shah’arning 
joylashgan wrnini quyidagicha belgilaganlar. Uning kunchiqish tarafida Bag’lon 
va shimol tarafida Oqcha dengizi, kunbotishida Gurlan, janub tarafida Kot 
joylashgan. Ularning (Gurganjning) xarobalikka yuz tutishi, aytishlaricha, suv 
bwlmay qolishi sabadan bwlgan. Sirdarёdan kelib turgan suv ziroatiga etmay 
qolgan. Shu sababli uch qirni oshib nah’r qazdirib Amudarёning suvini burib 
olib kelganlar. Amu Gurganjni suv bilan taminlab, Unquzning janubidan 
Urganjga qarab oqar va janub bwylab oqishni davom ettirib va janubiy-sharqiy 
tarafdan Abulxon tog’larni aylanib wtib, Wg’irchagacha etgan va swng 
Mozandaron dengiziga
98
  borib quyilgan. 
Jurjoniyaning tevarak-atrofi mah’kam qilib mustah’kamlangan joylar, 
ekinzorlar va bog’lar bwlgan. Vaqt wtishi bilan Jurjoniya qalsi suv ostida qoldi 
va shah’ar xarobalikka yuz tutdi. Aytishlaricha, undan faqat bitta minora qolgan, 
keyincha uni Boynazar swfi ismlik bir avliё buzdirib tashlatib, wrniga masjid 
qurdirgan. Bu masjid h’ozir h’am wz wrnida turibdi. Yazir alayh’issalom va 
Yumaloq avliё qabriwsha erda. Saksondan oshgan va bularning h’ammasini 
kwrgan  ёki (kimdandir) eshitgan keksalarning swzlariga qaraganda, minorani 
buzaёtganlarida unda bir ёzuvga kwzlari tushgan. Ёzuvdan malum bwlishicha
mazkur minora shu joydagi juma masjidining kichik minorasi bwlgan, tevarak-
atrofdagi odamlarni namozga chorlovchi minoraning balandligi 100 qaridan kam 
bwlmagan. Bu erda “Quron” tilovat qiluvchi qori, imom, muazzin (swfi) va 
farroshning maoshi h’ar biriga 300 oqchadan belgilangan. Masjid ёnida madrasa, 
bozor va karvonsaroy h’am bwlib, ularning barchasi suv ostida qolgan. 
Xorazmning yana bir shah’ri Gurganj bwlib, Chingizxon tarafidan vayron 
etilgan. Ushbu zolim kelganga qadar uning 12 juma masjidi bwlib, ...ularning 
h’ar biri uch tanobdan maydonni egallagan edi. Uning tevaragida daraxtlar 
ichida chwmgan (obod) namozgoh’lar bwlib, ularning h’ar biriga (namoz 
kunlari) uch-twrt lak
99
 xalq twplanar edi. Ularning h’ar birida 1000 dan olam 
xizmat qilgan. 
Shah’ar ah’olisining katta qismini Yaqub payg’ambarning ...avlodlari 
tashkil qiladi. Uning wg’li Shamunning muqaddas mozori h’ozirda Xoja eli 
(Xojaydi) deb atalmish Mizdaxkandadir. 
Shu kunlarda Urganch vayronagarchilikka yuz tutgan, jabr etgan shayx 
Najmiddin Kubro va Xoja Ali Azizon janoblarining maqbaralari Gurganchdadir. 
Xorazmning yana bir shah’ari Ramldir. Unga (qadimgi Eron 
podshoh’laridan) Som ibn Narimon asos solgan...Uni otasining kemasiga 
wxshatib qurdirgan. Hozirda Xivaq nomi bilan malum. Aytishlaricha, bu swzda 
                                                 
98
 Мозандарон денгизи –Каспий денгизининг ўрта асрлардаги номларидан.
 
99
 Лак – сон бирлиги, юз минг.
 

 
176
(“Raml” swzida Pah’lavon Mah’mud h’azratlari vafot etgan yili tarixi 
yashiringan. Shu bois bu tarixni shah’arga nom bwlib qolgan...Va yana 
aytadilarki, Xivaq kwp bor vayron qilingan va qayta tiklangan. U alo h’azratlari 
xonning (Alloh’qulionning) otasi (Alloh’ tarafidan mag’firat qilingan Abulg’ozi 
Muh’ammad Rah’imxon
100
 va uning og’asi marh’um Qutlug’ Murod inoq 
tarafidan obod qilingan. Ularning say-h’arakati bilan shah’arda oliy madrasa 
bino qilingan. Bunga nomi yuqorida zikr etilgan inoqning katta xizmatkorlaridan 
biri Sher devonbegi va vaziri azam Muh’ammad Rizo devonbegilarning 
h’issalari katta bwlgan. Jannatmakon xonning amri bilan yana bir karvonsaroy, 
tim va ularning wrtasida (yana bir) katta madrasa qurildi. (Xivaq) qalasida 
sayyid Alouddin Xivaqiy va uch yuz mashh’ur shayx dafn etilgan. Shah’ar 
tashqarisida shayx Abulvafo Xorazmiy janobalri, ёnida esa mingdan lrtiq avliёlar 
dafn etilgan. 
Shah’arning janubi-sharqiy tarafida, undan 200 qadam narida, h’azrat 
shayx Husayn Boboning ...manzilgoh’i joylashgan. U erda soya-salqin berib 
turuvchi gujum otli katta daraxt bor... 
Xivaqning qovuni va gurunchi juda mazali. Uning ob-h’avosi yaxshi, 
odamlari xushfel, lekin qishi sovuq keladi. Eng sovuq kunlari bir oy davom 
etadi. Shu paytda erni taxminan uch qarich muz qoplaydi. Gurlan, Xwjayli va 
Qwng’irotda uch-twrt gaz qalinlikda qor ёg’adi. 
Jurjoniyaning wrnida h’ozirda suv oqadi va u Sir (dengizi)ga borib 
quyiladi. Uning oqibatida Gurganj xarobalikka yuz tutdi va chwlga aylanib 
qoldi. Bu h’odisa h’ijriy 984 yili sodir bwldi. 
Sir (dengizi) h’ech vaqt twlmaydi. Qayiqlarda ov qilib yurgan baliqchilar 
«(dengiz) tubida tshdan qurilgan binolarning qoldiqlarini kwradilar. Shuningdek, 
katta bir qalaning qoldig’i h’am bor», deb aytadilar... 
Xorazmda mevalar va g’alla yashi etishadi, xususan qovun shunday 
etishtirilgan, qovun urug’ini yantoq wzagiga joylashtirib, uni mah’kam bog’lab 
qwyganlar. U suvsiz, yantoq tomiridan nam olib, etishgan. Lekin juda shirin 
bwlgan. 
Xorazmning, xususan Xazoraspning olmalari juda shirin. Aytishlaricha, 
bu shah’arga (Xazoraspga) Sulaymon payg’ambar asos solgan. Xazoraspda 
asosan sholi etishtirilgan. 
Xorazmning wriklari va uzumi (h’am) kwp bwladi. Masalan, Chinkning 
pastida bir qishloq bor, nomi Ekinlik. Uning uzumidan shirin uzum (boshqa 
erda) uchramaydi. 
(Xorazmning yana bir shah’ari) Zamaxshar. Xivaning kun botish 
tarafida,undan bir kunlik ywlda joylashgan. Jannatmakon, oliy janob xon 
(Alloh’qulixon)ning otasi u erga suv olib kelib uni obod qilgan».   
“Dili g’aroyib” asarida Gurlan va uning osori-atiqalari, Xivaning kun-
chiqish tarafida qurilgan katta yangi bozor h’aqida h’am qiziq malumot 
keltirilgan. Muallifning guvoh’lik berishicha, bu bozor shu erdagi katta bir kwl 
                                                 
100
 Бу ерда Хива хони Муҳаммад Раҳим аввал (1825/26-1842 йй.) назарда тутилган.
 

 
177
ustiga qurilgan. “45 kun ichida,-deb ёzadi Xudoyberdi ibn Qwshmuh’ammad,-
maydoni besh-olti tanob keladigan kwl kwmib tashlandi”.  
WzR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida “Dili g’aroyib” asarining 
uchta qwlёzma nusxasi mavjud bwlib, ulardan biri, raqami №1335 matni twla va 
muallifning wz qwli bilan ёzilgan deb h’isoblanadi. 
 
13.3. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati.  
1. 
B.A.Ashmedov  «Izbekiston  tarixi  manbalari».-T.:  I=ituvchi, 2001. 
Ñîáðàíèå âîñòî÷íıõ ðóêîïèñåé ÀÍÐÓZ. Èñòîðèÿ. 
Ñîñòàâèòåëè Ä.Yu.Þñóïîâà, Ð.Ï.Äæàëèëîâà-Ò.: Fan. 1998.  
2. 
Rukopisnaya  kniga  v  kulture  narodov  Vostoka.  Ocherki  Red. 
O.F.Akimushkin  i  dr.  Kniga  pervaya.-Moskva.: «Nauka», 1987; 
Kniga vtoraya.-Moskva: 1988. 
3. 
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèêíèíã äîëçàðá ìóàììîëàðè 
(èëìèé-àìàëèé àíæóìîíëàð ìàòåðèàëëàðè). Tuzuvchilar: 
A.A.Madraimov, G.S.Fuzailova-Ò.: TDPU. 2001. 
4. 
A.Shàáèáóëëàåâ «Adabiy  manbashunoslik  va  matnshunoslik».-T.: 
TDShİ. 2000.  
5. 
Manbashunoslikdan  maruzalar  majmuasi.  Tuzuvchi À.À.Ìàäðàèìîâ 
-T.: TDPU. 2001. 
6. 
Tarixiy  manbashunoslik  muammolari.  Respublika  ilmiy-amaliy 
anjumani materiallari (2003 yil 25 aprel).-T.: «Universitet». 2003.  
7. 
Temuriylar davri madaniy ёdgorliklari. 1-kitob.-T.: 2003.  
8. 
T.Saidkulov.  Irta  Osiё  xal=lari  tarixining  tarixshunosligidan  lavshalar, 
(I =ism).-T.: «I=ituvchi», 1993.  
9. 
A.Murodov. Irta Osiё xattotlik sinati tarixidan. Toshkent, Fan. 1971. 
10. 
Vostochnoe istoricheskoe istochnikovedenie i spetsialn e istoricheskie 
distsiplin . V pusk 1.-Moskva, «Nauka», 1989.  
 
3.12. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
1. 
Geografik asarlar deganda nimani tushunasiz?  
2. 
Qanday geografik asarlarni bilasiz? 
3. 
Kosmografik asarlar deganda nimani tushunasiz?  
4. 
Qanday kosmografik asarlarni bilasiz?  
5. 
Geografiya va kosmografiyaga oid asarlar qanday xususiyatlarga ega? 
6. 
Geografiyaga oid asarlarda qanday tarixiy malumotlar uchraydi?  
7. 
Ёqut Xammaviyni «Mujam-ul Bundol» asarida Markaziy Osiё tarixiga oid 
qanday manlumotlar bor?  
8. 
«Samariya» asarining Samarqand 
tarixini wrganishdagi ah’aiyatini 
ochib bering?  
9. 
«Ajoyib at-tabokat» asari h’aqida 
swzlab bering?  
 

 
178
 
14-mavzu. Wzbek xalqining shakllanishiga oid manbalar. 
 
Darsning mazmuni: talabalarni wzbek xalqining shakllanishiga oid manbalar 
bilan tanishtirish.  
 
Reja. 
 
14.1. Wzbek xalqini shakllanishiga oid manbalar umumiy xususiyatlari.  
14.2. Manbalar tavsifi.  
14.3. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati.  
14.4. Mavzuni mustah’kamlash uchun berilgan savollar.  
 
 
14.1. Wzbek xalqining shakllanishiga oid manbalar umumiy 
xususiyatlari 
Wzbek xalqining shakllanish masalasi yaxshi wrganilmagan, echimini 
topmagan ilmiy muammolardan biri. Masalani bir manba bilan, bir tadqiqotchi, u 
garcha fan mirishkori bwlganda h’am, echib berolmaydi. Buning uchun uzoq 
wtmishdan qolgan va turli tillarda, qadimgi eron, yunon, rim, xitoy, arab, fors va 
turkiy tillarda ёzilgan qwlёzma va toshga, ёg’ochga, sopolga va boshqa 
buyumlarga bitilgan ёzuvlarni wqiy oladigan mutaxassis – manbashunos
arxeolog, etnograf va antropolog olim, adabiёtshunos (folklorshunos), tilshunos 
va geograf olimlar birgalashib, bir ilmiy jamoa bwlib ishlashlari zarur bwladi. 
Afsuski, bizga shunday h’amkorlik etishmay turibdi. Lekin bu ishni wzbek 
olimlari echib berishlari kerak. Paysalga solmay yaqin uch-twrt yil ichida! 
Vah’olanki, muh’taram Prezidentimiz İ.A.Karimov juda twg’ri aytganlaridek, 
«Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, naslu nasabini, wzi tug’ilib voyaga 
etgan qishloq, shah’ar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi»
101
. Demak, 
bu – xalq talabi, Vatan talabi. 
Wzbeklarning xalq bwlib shakllanishiga oid biron aloh’ida manba ywq. 
Bu masalaga oid malumotlar tarixiy, geografik, lingvistik va xalq og’zaki 
adabiёtiga oid asarlarning barchasida mavjud. Lekin ularni sinchkovlik bilan 
bittalab terib olish kerak bwladi. Ularni Tabariy va arab geografiya olimlarining 
asarlarida, Nizomullin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiyning 
«Zafarnoma»sida, Juvayniy va Rashiduddinning yuqorida tilga olib wtilgan 
asarlarida, «Nusratnoma» va «Abdullanoma»da va X-XVI asrda ёzilgan barcha 
asarlarda uchratish mumkin. 
XV asr oxiri va XVI asr boshida ikki azim darё-Amudarё bilan Sirdarё 
oralig’ida joylashgan kwh’na mamlakatimizga qwshni Dashti qipchoqdan 20 dan 
ortiq qavm; qwng’irot, nayman, ming, dwrmon va boshqa qavmlar kwchib kelib, 
mah’alliy turkiyzabon xalq tarkibiga qwshildilar. «Tarixi Abulxayrxoniy», 
«Abdullanoma» va «Maktuboti Allomiy» (XVI asr) kitoblarida keltirilgan 
                                                 
101
 Каримов И.А. «Тарихий хотирасиз келажак йўқ», 1-бет.
 

 
179
malumotlarga qaraganda, wzbek xalqi tarkibiga kirgan qavmlar soni 92 tag 
etgan. Bu h’aqda malumot beruvchi uchta-twrtta asarni misol tariqasida tilga olib 
wtamiz. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling