O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/30
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#280
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30

8.3.23. “Zafarnomayi Temuriy” 
“Zafarnomayi Temuriy”, “Fath’nomayi soh’ibqironiy”, “Tarixi 
jah’onkushoyi Temuriy” ёki “Zafarnoma” nomi bilan mashh’ur bwlgan asarni wz 
davrining yirik tarixchisi Sharafuddin Ali Yazdiydir. U asli Eronning Yazd 
viloyatidagi Taft qishlog’idan bwlib, turli fan soh’alarini egallangan edi. Shuning 
uchun h’am Alisher Navoiy uni “Sharaf davla va din”, yani din va davlat sharafi 
deb tariflagan. 
Sharafuddin Ali Yazdiy Fors viloyatining h’okimi Temuriy İbroh’im  Sulton 
(1415-1435 yy.) saroyida xizmat qilgan. U ilm-fan h’omiysi bwlmish mazkur 
shah’zodaniina emas, balki Shoh’ruh’ning h’am zwr h’urmat-etiborini qozongan 
edi. 
Sharafuddin Ali Yazdiy 1442 yili Shoh’ruh’ning nabirasi va Sultoniya, 
Qazvin, Ray h’amda Qum h’okimi Sulton Muh’ammad (1442-1446 yy.)ning taklifi 
bilan Qumga keldi va shah’zodaning xizmatiga kirdi. Sulton Muh’ammad 1446 yili 
                                                 
32
 1313-1393 йиллари Форс, Кирмон ва Курдистонни идора қилган сулола. Асосчиси Муборизиддин ибн 
Музаффар (1313-1359 йй.)
 

 
91
Shoh’ruh’ning og’ir kasalligidan foydalanib, isёn kwtardi, Hamadon h’amda 
İsfah’onni bosib oldi, Sherozni qamal qildi. Shoh’ruh’ unga qarshi qwshin tortti. 
Culton Muh’ammad Shoh’ruh’ bilan ochiq jang qilishdan qwrqib toqqa qochdi
33

Shoh’ruh’ Sulton Muh’ammad bilan yaqin bwlgan kishilarni, shuningdek, 
mah’alliy sayyidlardan birmunchasini isёnda ishtirok etishda ayblab h’ibsga oldi 
va kwplarini wlimga mah’kum qildi. Wshanda h’ibsga olinganlar orasida 
Sharafuddin Ali Yazdiy h’am bor edi. Faqat Mirzo Abdullatifning (Ulug’bekning 
twng’ich wg’li) aralashuvi bilan Sharafuddin Ali Yazdiy jazodan qutulib qoldi. 
Shah’zoda uni Samarqandga, otasi h’uzuriga jweatib yubordi. Sharafuddin Ali 
Yazdiy Samarqandda bir yil chamasi istiqomat qildi va fikrimizcha, Ulug’bekning 
ilmiy izlanishlarida ishtirok etgan bwlishi kerak. Shoh’ruh’ vafotidan (1447 y.) 
keyin 1449 yilda Sharafuddin Ali Yazdiy Xurosonga qaytdi va Sulton 
Muh’ammadning ruxsati bilan yana wz vatani Taftga qaytib bordi va umrining 
oxirgi qismini uzlatda kechirdi. Sharafuddin Ali Yazdiy 1454 yili vafot etdi. 
“Zafarnoma” asosan Nizomuddin Shomiyning shunday nomli asari asosida 
zwr badiiy mah’orat bilan ёzilgan. Lekin Sharafuddin Ali Yazdiy Nizomuddin 
Shomiy asarida baёn etilgan voqealarning bazilariga yangi tarixiy manbalar 
asosida aniqliklar kiritdi, uni yangi isbot va dalillar bilan boyitdi. Amir Temurning 
shaxsiyati va uning faoliyatidagi qarama-qarshiliklar, yani bir tomondan qattiqqwl 
ekanligi, ikkinchi tomonlan esa Movarounnah’rdagi tarqoqlikka barh’am berib, 
markazlashgan davlatga asos solganligi birmuncha twg’ri va h’aqqoniy ёritilgan.   
Sharafuddin Ali Yazdiy asarining zwr qimmati shundaki, unda Mwg’ul 
imperiyasining tarkibida tashkil topgan Oltin Wrda, Elxoniylar davlati, Chig’atoy 
ulusi, shuningdek Movarounnah’rning Chingizxon zamonidan to Temur 
davlatining paydo bwlishigacha bwlgan ijtimoiy-siёsiy tarixi qisqa tarzda ёritib 
yuerilgan. Asarning bu qismi “Tarixi jah’ongir”, ёki “Muqaddimayi Zafarnoma” 
nomi bilan ataladi va 1419 yili ёzib tamomlangan.  
“Zafarnoma” asarining asosiy qismi, muallifning dastlabki redalariga kwra, 
uch qism – maqoladan iborat bwlmog’i, birinchi qismda Amir Temur tarixi, 
ikkinchi qismda Shoh’ruh’ Mirzo va nih’oyat, uchinchi qismda ushbu asar 
ёzishning tashabbuskori İbroh’im Sultonning davrida wtgan voqealar baёn etilishi 
mwljallangan edi. Lekin, biz h’ozir asarning birinchi qismigagina egamix, xalos. 
Uning ikkinchi va uchinchi qismlari saqlanmagan. Eh’timol, ikkinchi va uchinchi 
qismlari  ёzilmay qolgan bwlsa kerak. “Zafarnoma” asarining asosiy qismi 1425 
yili ёzib tamomlangan. 
Asarning qwlёzma nusxalari kwp, xorijiy mamlakat kutubxonalari, xususan 
Toshkentda WzR FA Sharqshunoslik institutida uning yigirma twrt nusxasi bwlib, 
ularning ikkitasiga (İnv.  № 3440 va № 4472) XV va XVII asrlarda rasmlar 
ishlangan. “Zafarnoma” asari matni Hindiston (1885-1888 yy.), Eron (1957 y.) va 
1972 yili A.W.Wrinboev  tomonidan Toshkentda  chop qilingan. Asar ikki marta 
wzbek tiliga, ingliz, frantsuz va turk tillariga tarjima qilingan. Undan ayrim 
parchalar ingliz h’amda rus tillarida bosilgan. 
                                                 
33
 Орадан бир йил чамаси вақт ўтгач, 1447 йили Султон Муҳаммад яна Форсни эгаллади, Шоҳруҳ вафотидан 
сўнг (1447 йил 12 март) Хуросонни қўлга киритди, лекин 1451 йили иниси Абулқосим Бобурдан енгилди ва 
унинг амри билан қатл этилди. 
 

 
92
“Zafarnoma” asarining muqaddimasi terma tarjimasi va 10 yilgi 
Movarounnah’r voqealari baёni O.Bwriev tomonidan tarjima qilinib, 1996 yili 
nashr qilindi. Kitob Wzbekiston va Markaziy Osiё mamlakatlari tarixini 
wrganishdagi ilmiy ah’amiyati juda katta. Keyincha yaratilgan tarixiy asarlarga bu 
kitobning tasiri yaqqol seziladi. 
  
8.3.24. “Ulusi arba-yi Chingiziy” 
“Ulusi arba-yi Chingiziy” (“Chingiziylar twrt ulusi” (tarixi) ёki “Tarixi arba 
ulus” (“Twrt ulus tarixi”) nomli asar asosiy mualliflaridan biri, uning yaratilish 
tashabbuskori XU asrda wtgan buyuk olim, yirik davlat arbobi, Shoh’ruh’ 
Mirzoning wg’li Muh’ammad Tarag’ay Mirzo Ulug’bekdir. U 1394 yil 22 martida 
Amir Temurning İroq va Ozarbayjonga qilgan navbatdagi besh yillik h’arbiy 
yurishi vaqtida Sultoniya shah’rida, Eron Ozarbayjonida tug’ilgan. Amir Temur 
saroyida h’ukm surgan ananaga kwra, shah’zoda soh’ibqironning katta xotini 
Saroymulk xonim, Bibi xonimning tarbiyasiga topshiriladi. Oradan bir yil chamasi 
vaqt wtgach, 1395 yili Amir Temur Saroymulk xonim va nabirasini Shoh’ruh’ga 
qwgib Samarqandga jwnatadi. 
1398 yili Ulug’bekka mashh’ur qissaxon, shoir va olim, shayx Orif Ozariy 
(1382-1462 yy.) muallif etib tayinlandi va u dastlabki asosiy talimni ana shu ajoyib 
shaxsdan oldi. Shah’zoda Amir Temurning bar qator h’arbiy h’arakatlarida, 1399-
1404 yillari Turkiya va Suriyaga qarshi wtkazilgan yurishda, 1404-1405 yili 
Xitoyga qarshi uyushtirilaёtgan yurishda qatnashdi. 
Amir Temur 1405 yil 18 fevralda vafot etgach, Movarounnah’r taxtini 
nabirasi Xalil Sulton zwrlik bilan egallab oldi. Bu vaqtda Ulug’bek otasi Shoh’ruh’ 
xizmatida bwldi. 1409 yili Xalil Sulton wz amirlari tomonidan asir olingach, 
Shoh’ruh’ Xurosondan Movarunnah’rga kelib, Mirzo Ulug’bekni Movarounnah’r 
va Turkiston h’okimi etib tayinlandi. U 1449 yil 25 oktyabrigacha bu mamlakatni 
boshqardi. 
Mirzo Ulug’bek yirik davlat arbobi, sarkarda edi. Lekin u buyuk olim va 
ilm-fan h’amda madaniyat h’omiysi sifatida tengi ywq edi. Samarqand uning 
davrida Sharqning yirik ilm-fan va madaniyat markazlaridan biriga aylandi. 
Mirzo Ulug’bek ikki yirik asar yaratdi. Biri “Ziji jadidi kwragoniy” 
(“Kwragoniyning yangi astronomik jadvali”) bwlib, 1437 yili yaratilgan kitobda 
ilmi nujumning nazariy va amaliy masalalari qamrab olingan, wsha davrdagi eng 
yuksak ilmiy jasorat h’isoblangan. 
Olimning ikkinchi asari “Ulusi arba-yi Chingiziy” bwlib, unda XIII-XIV 
asrlarda Mwg’ul imperiyasi tarkibiga kirgan mamlakatlarning ijtimoiy-siёsiy tarixi 
qisqa tarzda baёn etilgan. Kitob 1425 yildan keyin tugallangan.   
“Tarixi arba ulus” muqaddima va twrt qismdan iborat. Muqaddimada wrta 
asrlarda tarixchilar wrtasida h’ukm surgan ananaga kwra, islomiyatdan avval 
wtgan payg’ambarlar, turklarning afsonaviy ota-bobolari h’isoblangan Ёfas ibn 
Nuh’ va uning farzandi Turkxon, shuningdek, turk mwg’ul qabilalari va 
Chingizxon tarixi baёn etilgan. 

 
93
Birinchi qism Ulug’ yurt, yani Mwg’uliston va Shimoliy Xitoy tarixi, 
Wgadayxon (1227-1241 yy.), Chingizxonning uchinchi wg’li davridan to Ariq 
Bug’o avlodi Wrdoy qoon zamonigacha yuz bergan voqealarni wz ichiga oladi. 
İkkinchi qismda Jwji ulusi, yani Oltin Wrda tarixi, Jwjixondan davridan to 
Shoh’ruh’ning zamondoshi bwlmish Muh’ammadxon zamonigacha, XIII-XV 
asrning birinchi choragi tarixi baёn etilgan. 
Uchinchi qismda Elxoniylar, yani Eron h’amda Ozarbayjonning XIII-XIV 
asrlardagi tarixidan baxs yuritiladi. 
Twrtinchi qismda Chig’atoy ulusining, Koshg’ar, Ettisur, Movarounnah’r, 
Shimoliy Afg’oniston h’ududidagi XIII-XIV asrlardagi tarixi talqin etilgan. Shuni 
h’am aytish kerakki, muallif mazkur ulusda h’ukmronlik qilgan h’ar bir h’ukmdor 
xon ustida qisqa va aloh’ida-aloh’ida twxtalib, ularning davrida sodir bwlgan 
voqealardan eng muh’imlarini yuaёn etgan. 
“Tarixi arba ulus” asarining ayrim qismlari, xususan uning twrtinchi qismi, 
kwp jih’atdan Sharafuddin Ali Yazdiyning “Muqaddimayi Zafarnoma”siga wxshab 
ketadi. Lekin Ulug’bek asari birmuncha mukammaldir. Bundan tashqari, unda twrt 
ulus wrtasidagi siёsiy munosabatlar, “wzbek” etnonimining kelib chiqish vaqti 
xususida h’am qimmatli malumotlarni uchratamiz. 
Ushbu kitobning faqat qisqartirilgan tah’ririning twrt mwtabar qwlёzmasi 
yuizgacha etib kelgan. Ularning ikkitasi Angliyada, bittasi Hindistonda va 
twrtinchi nusxasi AQShda saqlanmoqda. 
Mirzo Ulug’bek tarixiy asarining inglizcha tarjimasi 1838 yili Mayls 
tomonidan Angliyada chop etilgan. Wzbekcha tarjimasi B.Ah’medov, M.Hasaniy 
va N.Norqulovlar bajarilib, 1994 yili Toshkentda chop etildi. 
“Tarixi arba ulus” Markaziy Osiё, Wzbekiston va Qozog’istonning XIII-
XIV asrlardagi tarixini, ayniqsa Chig’atoy ulusi tarixini wrganishda muh’im 
manbalardan biri vazifasini wtashi mumkin. 
 
8.3.25. “Matla us-sadayn va majma ul-bah’rayn” 
“Matla us-sadayn va majma ul-bah’rayn” (“İkki saodatli yulduzning chiqish 
joyi va ikki azim darёning qwshilish eri”) nomli yirik tarixiy asar muallifi wz 
davrining yirik diplomati va tarixchi olimi Abdurazzoq Samarqandiydir. Uning 
twla ismi Kamoluddin Abdurazzoq ibn Jaloluddin İsh’oq Samarqandiy (1413-1482 
yy.) bwlib, Hirotdagi badavlat va nufuzli xonadonlarning biriga mansubdir. 
Tarixchining otasi Shoh’ruh’ h’uzurida qozi askar va imomlik lavozimida turgan. 
Abdurazzoq yaxshi wqib, fiqh’, tafsir, h’adis, arab tili, g’azal va tarix ilmlarini 
puxta egallagan, wz zamonasining etuk olimlaridan biri bwlib etishdi. 
Abdurazzoq Samarqandiy 1438 yili wzining qozi Azizuddinning arab tili 
grammatikasining bazi masalalari, yuklama va olmoshni tadqiq etuvchi “Risolayi 
Azudiya” kitobiga bag’ishlangan sharh’ini ёzib tamomladi va uni Shoh’ruh’ga 
taqdim qildi. Hukmdor asar bilan tanishib va ёsh olimdagi ulkan saloh’iyatni 
kwrib, uni saroy xizmatiga, devoni inshoga tayin qildi. Shu vaqtdan boshlab to 
1463 yilga qadar Abdurazzoq Samarqandiy dastlab Shoh’ruh’, swngra Abulqosim 
Bobur (1451-1457 yy.) va boshqa Temuriy shah’zodalarning saroyida xizmat qildi. 

 
94
Abdurazzoq Samarqandiy kwproq xorijiy davlatlar bilan olib boriladigan 
diplomatik  ёzishmalarni h’ozirlash, shuningdek elchilik ishlari bilan mashg’ul 
bwlgan. Masalan, u Shoh’ruh’ davrida 1441 yili Janubiy Hindistonga elchi qilib 
yuboriladi. Kolikut shah’rida h’amda Vijayanagar rojaligida bwlib oradan ikki yil 
wtgach, 1444 yilning 27 dekabrida Hirotga qaytib keladi. Mazkur elchilik 
Temuriylar davlatining Hindiston bilan bwlgan munosabatlarini mustah’kamlash 
va rivojlantirishda katta rol wynaydi. Abdurazzoq Samarqandiy Hindiston safari 
vaqtida kwrgan-bilganlarini twplab, bir xotira sifatida ёzib qoldirgan va bu 
malumot Temuriylar davlati bilan Hindistonning wsha vaqtlardagi ijtimoiy-siёsiy 
ah’voli, ayniqsa Hindistonning ijtimoiy va madaniy h’aёtini wrganishda katta wrin 
tutadi. 
Abdurazzoq Samarqandiy 1447 yili Shoh’ruh’ning topshirig’i bilan Gilonga 
bordi va uning h’okimi amir Muh’ammad bilan muzokaralar olib bordi. Wsha yili 
u Misrga elchi qilib tayinlandi, lekin Shoh’ruh’ning 1447 yil 12 martdagi vafoti 
tufayli bu tashrif amalga oshmay qoldi. 
Abdurazzoq Samarqandiy Abulqosim Bobur xizmatida bwlgan kezlarida 
uning h’arbiy yurishlarida, masalan, 1458 yili Mozandaron va 1454 yili Samarqand 
ustiga qilgan yurishlarida qatnashdi. 1458 yili Hirotni egallagan Sulton Abu Said 
Mirzo uni 1463 yili Shoh’ruh’ xonaqosiga shayx qilib tayinladi va Abdurazzoq  
umrining oxirigacha wsha manzilda istiqomat qilib, asosan ilmiy ish bilan 
mashg’ul bwldi. 
Abdurazzoq Samarqandiy yirik tarixnavis olim sifatida h’am nom qoldirdi. 
U Eron, Wrta Osiё va Wzbekistonning XIV-XV asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy h’aёtidan, shuningdek, Temuriylar davlatining qwshni mamlakatlar 
Hindiston, Xitoy va boshqalar bilan iqtisodiy, siёsiy va madaniy aloqalari tarizidan 
baxs yurituvchi “Matla us-sadayn va majma ul-bah’rayn” deb ataluvchi asari bilan 
mashh’ur bwldi. Kitob 1467-1470 yillar orasida yakunlangan. 
“Matla us-sadayn” ikki qism – daftardan iborat: 1) Elxon Abu Said (1316-
1335 yy.) davridan to Amir Temurning vafoti va Xalil Sultonning Samarqand 
taxtiga wtirishigacha, yani 1405 yilgacha bwlgan davr tarixi va 2) Shoh’ruh’ning 
1405 yili Hirotda Temuriylar imperiyasining oliy h’ukmdori deb elon qilinishidan 
to Temuriy Abu Saidning 1469 yili wldirilishigacha bwlgan tarixi. Asarning 1427 
yilgacha bwlgan davrni wz ichiga olgan qismi kompilyatsiya bwlib, Hofizi 
Abruning “Majmu at-tavorix” kitobi asosida ёzilgan.      
Asarda voqealar xronologik tartibda, yilma-yil baёn qilingan. Bu h’ol 
kitobdan foydalanishda katta qulayliklar tug’diradi, albatta. 
“Matla us-sadayn”ning qwlёzma nusxalari Sankt-Peturburg, Toshkent, 
Dushanbe va Angliya, Frantsiya, Hindiston, Eron va boshqa mamlakatlarning 
kutubxonalarida saqlanmoqda. 
Asarning ikkinchi davtari matni Muh’ammad Shafe tarafidan 1941 va 1949 
yillari Loh’ur shah’rida chop etilgan. 
Abdurazzoq Samarqandiyning Hindistonga qilgan safari baёn etilgan qismi 
h’amda ikkinchi davtarning 1405-1427 yillar voqealarini wz ichiga olgan birinchi 
qism-juz A.Wrinboev tarafidan wzbek tiliga tarjima qilinib, 1960 va 1969 yillari 
chop etilgan.  

 
95
“Matla us-sadayn” asarining ikkinchi qismi, xususan uning 1427-1469 yillar 
voqealarini wz ichiga olgan qismi yangi bwlib, Eron, Markaziy Osiё va 
Wzbekistonning shu davr ichidagi ijtimoiy-siёsi“Matla us-sadayn”y tarixi va 
madaniy h’aёtini wrganishda asosiy manba vazifasini wtaydi. 
 
8.3.26. “Ravzat us-safo” 
“Ravzat us-safo” (“Cof jannat bog’i”) ёki “Ravzat us-safo fi siyrat al-anbiё 
va-l-muluk va-l-xulafo” (“Payg’ambarlar, podshoh’lar va xalifalarning tarjimai 
h’oli h’aqidagi sof jannat bog’i”) nomi bilan mashh’ur bwlgan asar umumiy 
tarixga oiddir. Uning muallifi Mir Muh’ammad ibn Sayyid Burxoniddin 
Xovandshoh’ ibn Kamoluddin Mah’mud al-Balxiy bwlib, asosan Mirxond (1433-
1497 yy.) nomi bilan mashh’ur.  
Muarrixning ota-bobolari asli Buxorodandir. Mirxondning otasi sayyid 
Burxoniddin Xovandshoh’ h’am wqimishli va keng malumotli kishi bwlib, 
Temuriylar h’ukmronligi davrida Balxga ketib qolgan va wsha erda vafot etgan.  
Mirxond Balxda tug’ilgan, lekin umrining kwp qismini Hirotda wtkazgan. 
Uning nabirasi Xondamirning guvoh’lik berishicha, Mirxond Alisher Navoiy bilan 
uchrashguncha turli ilmlar bilan shug’ullangan, ammo birontasida mutayin emas 
edi. Tarixchi Alisher Navoiy bilan uchrashgach, shoir wzining “İxlosiya” 
xonaqoh’idan unga aloh’ida xona ajratib, shaxsiy kutubxonasidagi kitoblardan 
foydalanishga ijozat berib, olimni umumiy tarixga oid katta asar ёzishga undagan, 
uni bu soh’ada doimo moddiy qwllab turgan. Ammo Mirxond ulkan asarini 
mukammal tugata olmiy, yani ettinchi jildi va jug’rofiy ilova materiallari yig’ilgan 
musavvada h’olida qolganida vafot etadi. Uning asarini nabirasi G’iёsiddin 
Xondamir yakuniga etkazadi. 
“Ravzat us-safo” asarini yaratishda Mirxond qirqta muallif, yani arab tilida 
ijod qilgan wn sakkizta va fors tilida ijod qilgan yigirma ikkita olim ijodiga 
murojaat qilgan. Shak-shubh’asiz,  bu asar zamonaviy tadqiqot darajasida 
yaratilgan tarixiy ёdgorlikdir. 
Kitob muqaddima, xotima va etti jilddan iborat: 
4.  Dunёning “yaratilishidan” to Sosoniy Yazdijard III (632-651 yy.) 
davrigacha; 
5.  Muh’ammad payg’ambar va xalifai Roshidin davri; 
6.  12 imom tarixi; Umaviy va Abbosiy xalifalari; 
7.  Abbosiylar bilan zamondosh sulolalar; 
8.  Chingizxon va uning avlodi; 
9.  Amir Temur va uning avlodi to Sulton Abu Said vafotigacha (1469 y.); 
10. Culton Husayn va uning avlodi tarixi (1523 yilgacha) baёn etilgan. 
Swnggi 7- jildi musavvadaligicha qolib ketgan va uni Xondamir twldirib, 
oqqa kwchirgan. 
“Ravzat us-safo” asarining 1-6- jildlari kompilyatsiya –boshqalar asaridagi 
malumotlar asosida ёzilgan bwlsa-da, kwplab manbalardan foydalanish asosida 
yaratilgani uchun bu qismi h’am katta ilmiy qiymatga ega. 6- jildning bir qismi va 
7- jild yangi malumotlar va muallif wzi kwrgan, bilgan va shoh’idi bwlgan 
voqealar baёnidan bwlganligi uchun juda katta ah’amiyatga ega.  

 
96
“Ravzat us-safo” asarini eng mashh’ur va manzur umumiy tarixga oid fors 
tilidagi kitoblardan biri deb bah’olash mumkin, chunki birgina Toshkentdagi 
Wzbekiston FA Abu Rayh’on Beruniy nomli institut xazinasida uning yuzdan ziёd 
mwtabar qwlёzmalari mavjud. Ushbu ulkan asarning wzbek tiliga tarjimasi 
Xorazmda bir necha yillar davomida etuk tarjimon, shoir va tarixchilar Munis va 
Ogah’iy ishtiroki va rah’barligida amalgaoshirilgan. 
Kitob matni 1845-1848 yillari Bombey, 1853-1857, 1960 yillari Teh’ron, 
1874-1883-1891 yillari Lakh’nav shah’arlarida chop etilgani h’am asarning 
shuh’rati va ah’amiyatidan dalolatdir. 
Asardan ayrim parchalar ingliz, frantsuz, nemis va rus tillariga tarjima 
qilinib, chop etilgan. Bu kitob twg’risida 1999 yili sharqshunos Mah’mud Hasaniy 
risola elon qilgan.    
 
8.4. Fors tilidagi tarixiy manbalarning umumiy xususiyatlari va ah’amiyati 
Fors tilida bitilgan tarixiy asarlar ananaga binoan arab tilida nomlanar, 
ularda h’am islomiy manbalar va islom tarixiy asarlar xususiyatlari yaqqol kwzga 
tashlanar edi. Xatto ёzuv  ёki xat turi arab alifbosida bwlib, keyincha forsiy va 
turkiy til xususiyatlarini h’isobga olgan h’olda yigirma sakkiz arab h’arfiga twrt 
h’arf qwshildi va natijada arab ёzuviga asoslangan fors va turkiy til ёzuvi vujudga 
keldi. 
 
XIV asrgacha asosan arab ёzuvi mumtoz turlari kufiy, nasx va suls istemol 
etilgan bwlsa, XV asrdan boshlab yangi ёzuv nastaliq Temuriylar davrida Mir Ali 
Tabriziy nomli xattot tomonidan ixtiro etilib, istemolga kiritildi bu ёzuv badiiy va 
tarixiy asarlarda etakchi wrin egalladi. 
 
Ammo tarixiy asar matni ichida kelgan “Quroni karim” oyatlari, “Hadisi 
sharif”lar ananaga binoan arab tilida, kufiy, nasx va suls ёzuvlarida barcha 
h’arakatlari kwrsatilgan h’olda ajratilib bitilar va swngra ularga forsiy ёki turkiy 
tilda izoh’, tafsir keltirilar edi. 
 
Fors tilining tarixiy manbalar tiliga aylanish davri va taraqqiy etishi kitobat 
sanatining Movarounnah’r va Xurosonda yuksak darajada rivojlanish zamoniga 
twg’ri keldi. 
 
Aksariyat fors tilidagi tarixiy asarlar bksak sifatli qog’ozga bitilar, kitob turli 
ajoyib naqshlar va mwjaz rasmlar bilan ziynatlanib, saroy kutubxonalari va aёnlar 
uchun yaratilgan mwtabar qwlёzmalar oltin va kumush suvlari, turli bwёqlar bilan 
bezatilib, kitobat sanatining shoh’ asarlari darajasida yaratilib, yuksak sanat 
namunalariga aylantirilar edi.  
 
Ananaviy tarixiy asarlar, yani ulkan umumiy tarixga oid, barcha xalqlar 
tarixini wz ichiga qamrab oluvchi mah’obatli  kitoblar wrnini asta-sekin aloh’ida 
davr va biron bir sulolalar tarixiga bag’ishlangan asarlar paydo  bwlib, ularning 
wrnini egallay boshladi. 
 
Eng qadimgi fors tilida bitilgan manbalardan biri Narshaxiyning “Buxoro 
tarixi” asari bwlsa, Temuriylar davrida Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali 
Yazdiy, Hofizu Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Muh’ammad Mirxond, 
G’iёsiddin Xondamir kabi yirik muarrixlar bu tilda asarlar yaratdilar. Swnggi fors 

 
97
tilida yaratilgan tarixiy manbalardan biri sifatida Ah’mad Donishning tarixiy 
asarlarini namuna sifatila kwrsatish mumkin. 
 
Forsiy tilda bitilgan tarixiy manbalarga xos xususiyatlardan biri matn 
orasida, voqealar baёni davomida sheriy lavh’alarning keltirilishidir. Bu sheriy 
lavh’alar tarixchining wz asari bwlishi mumkin va u boshqalarning sheriy 
asarlaridan h’am bemalol foydalanishi mumkin. Bu badiiy-sheriy  lavh’alarda 
konkret tarixiy shaxslar nomlari obraz, timsol sifatida juda kwp ishlatilishidir. 
 
Fors tilida bitilgan ayrim tarixiy asarlarda wxshatish, mubolag’alar kwp 
ishlatilib, baёn uslubi wta jimjimador bwlishi mumkin. Mana shunday asarlar 
twg’risida Amir Temur tarixchi Nizomiddin Shomiyga shunday degan: “Shu 
uslubda ёzilgan, tashbih’ va mubolag’alar bilan oro berilgan kitoblarda kwzlangan 
maqsadlar wrtada ywqolib ketadi, agar swz qoida-qonunidan nasibador 
bwlganlardan birontasi manini fah’mlab qolsa qolar, ammo qolgan wntasi, balki 
yuztasi uning mazmunini bilishdan, maqsadga etishdan ojiz. Shu sababli, uning 
foydasi barchaga barobar bwlmaydi.”
34
 
 Yurtimiz 
h’ududida 
fors tilida yaratilgan tarixiy manbalarda h’am arabiy, 
h’am turkiy, ayrim h’ollarda mwg’ul tili elementlari, swzlar, iboralar, atamalar va 
h’ujjatlar uchrashi va mavjud bwlishi biz uchun bir tabiiy h’oldir. Chunki 
wtmishda xalqimiz ziёlilari va namoёndalari uchun bir necha tilni bilish va ularni 
ishlatish odatiy h’ol edi. 
 
Ushbu qwllanmada barcha fors tilidagi tarixiy manbalarni twla qamrab 
olishni maqsad qilib qwymay, ularning ichidan eng muh’imlarni namuna sifatida 
tanlab olib, ular twg’risida ixcham, qisqa malumotlar keltirdik, xalos. Chunki bu 
bilimlarni talabalar wzlari mustaqil kengaytiradilar degan umiddamiz. Bizning 
maqsadimiz, keltirilgan ushbu malumotlar asosida talabada fors tilidagi tarixiy 
manbalar xususida umumiy tasavvurni shakllantirish va uni mustaqil fikrlashga 
wrgatishdir. 
 
8.5.Foydalanigan adabiёtlar rwyxati: 
1. 
B. A. Ah’medov. Wzbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “Wqituvchi”. 
2001. 
2. 
T. S. Saidqulov. Wrta Osiё xalqlari tarixining tarixnavisligidan lavh’alar. 
- Toshkent: “Wqituvchi”. 1993. –B. -. 
3. 
Sobranie vostochnıx rukopisey Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. 
İstoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 
1998. –S. -. 
4. 
Rukopisnaya kniga v kulturax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-
Moskva: ‘’Nauka’’. 1987.-S. 330-406. 
5. 
B.A.Axmedov.  İstoriko-geograficheskaya  literatura Sredney Azii. XU1-
XU111 vv. (Pismennıe pamyatniki).-Tashkent: “Fan”, 1985. 
6. 
Manbashunoslikdan maruzalar majmuasi. Tuzuvchi A.A.Madraimov.-
Toshkent: TDPU, 2001. 42-53 betlar. 
 
                                                 
34
 Шомий Низомиддин. Зафарнома. Форс тилидан ўгирувчи Ю. Ҳакимжонов.-Т.: “Ўзбекистон”, 1996, 23 бет.
 

 
98
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling