O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/30
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
#280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30

Avesta 
Zoroastrizm – otishparastlik, miloddin avvalgi U1 – milodning U1 asri 
dinining muqaddas kitobi bwlib, miloddin avvalgi U1- milodning U1 asrlarida 
ёzilgan, Eron h’amda Wrta Osiё xalqlarining qadimgi madaniyati, etiqodi, tili, 
adabiёti va qisman tarixini wrganishda asosiy manba h’isoblanadi. 
Asarning ёzilgan joyi h’aqida turlicha fikrlar mavjud. Bir guruh’ olimlar frantsuz 
J.Darmsteter, ojarbayjon olimi İ.Aliev “Avesta” Midiya - h’ozirgi Eronning 
shimoliy-g’arbiy qismi va Ozarbayjonda ёzilgan desalar, kwpchilik V.V.Struve, 
S.P.Tolstov, F.Altxaym va boshqalar Amudarё bwyida joylashgan viloyatlarda, 
Balx va Xorazm oralig’ida yaratilgan, deb h’isoblaydilar. Oxirgi fikr swnggi 
vaqtlarda Eron olimlari, masalan İbroh’im Pur Dovud tarafidan h’am etirof etildi.      
 
“Avesta” matni twliq saqlanmagan. Bizgacha, uning juda oz qismi etib 
kelgan, xalos. Malumki “Avesta” Kaёniy h’ukmdorlardan Gishtosp – Vishtosp 
zamonida kitob h’oliga keltirilgan. Rivoyatlarga qaraganda, uning gatlar deb 
ataluvchi asosiy qismi xudo Zaratushtra tomonidan ёzilgan va Masudiy, Tabariy va 
Beruniylarning swzlariga qaraganda, 12 000 h’wkiz terisidan tayёrlangan maxsus 
pergamentga oltin h’arflari bilan ёzilgan. Wsha vaqtlarda uning uch nusxasi 
mavjud bwlgan, lekin bir nksxasi İskandar Zulqarnaynning amr-farmoni bilan ёqib 

 
28
yuborilgan.  İkkinchi nusxasini Yunonistonga  olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa 
otashparastlar diniga wta etiqodli bwlgan kishilar qwlida saqlanib qolgan. Lekin bu 
nusxa twla emas. 
 
Asarning saqlanib qolgan qismlarini twplash va kitob h’oliga keltirish 
ishlariParfiya podshosi Valgash 111 (148-192 yy.) h’amda Sosiniylar (milodning 
111 asri) davrida h’am davom ettirildi. “Avesta” sosoniy Shopur 11 (309-379) 
davrida tartibga solindi, izoh’lar va qwshimchalar (zand) bilan boyitildi va twla 
kitob h’oliga keltirilib, asrsiy qismlari pah’laviy tiliga tarjima qilindi. Bu kitob 
“Zand Avesta” nomi bilan mashh’ur. 
 
Afsuski, “Zand Avesta” h’am bizning zamonimizgacha twla h’olda etib 
kelmagan. Uning bir qismi İskandar Zulqarnayn yurishlari vaqtida, boshqa bir 
qismi esa arablar istilosi (674-715 yy.) vaqtida ywq qilingan. Asarning bizgacha 
etib kelgan qismi, professor E.E.Bertelsning malumotiga qaraganda
13
, 83 000 
swzdan iboratdir. U asosan twrt qismdan – yasna, yashtov, vispered, vendidad 
tashkil topgan. Yasna tarkibiga kirgan gat deb ataladigan qwshiqlar  “Avesta”ning 
eng kwh’na va qimmatli qismlaridir. 
 
“Avesta”ning qwshiqlari va qissalari Abulqosim Firdavsiyning (taxm.940-
1030 yy.) “Shoh’noma” dostoniga manba bwlib h’izmat qilgan.  
 
“Avesta” nisbatan yaxshi wtganilgan (K.Zalemen, X.Bartolomey, 
E.E.Bertels, V.V.Struve va boshqalar). U frantsuz (Anketel dyu Perron, 
Y.Darmsteter), rus (K.A.Kossovich), ingliz (L.X.Mayls), Laniya (A.Xristensen) va 
fors (İbroh’am Pur Dovud) tillariga tarjima qilingan. Uning Kopengagenda 
(Daniya) saqlanaёtgan yagona nusxasi asosida tayёrlangan fotomatni 1937-1944 
ymllari olti jild qilib nashr etilgan. 
 
4.2.1.3. “Xvaday namak” 
 
“Xvaday namak” (“Podshoh’noma”) qadimgi Eronning 627 yilgacha bwlgan 
ijtimoiy-siёsiy h’aёtidan bah’s etuvchi afsonaviy tarixiy asar bwlib, pah’laviy tilida 
ёzilgan. Sosoniylardan Yazdigard 111 (632-651 yy.)ga yaqin kishi tomnidan 632-
637 yillar orasida ёzib tamomlangan. Asar ayniqsa Ah’amoniylar, Ashkoniylar va 
Sosniylar tarixi bwyicha muh’im manbalardan h’isoblanadi. 
 
“Xvaday namak”ning wzi h’am, mashh’ur shoir, olim va tarjimon Abdulloh’ 
ibn Muqaffa (721-757 yy.) tarafidan qilingan tarjima (“Siyar al-muluk” deb 
atalgan) h’am bizgacha etib kelmagan. Lekin uning ayrim parchalari Yaqubiy (897 
ёki 905 yili vafot etgan), ibn Qutayba (828-889 yy.), Tabariy, ibn al-Asir, 
shuningdek Abulqosim Firdavsiyning “Shoh’noma”sida saqlangan. 
 
4.2.1.4. “Matakdani xazar datastan” 
 
“Matakdani xazar datastan” (“Bir ming nafar h’uquqiy ajrim”) pah’laviy 
tilida  ёzilgan (U111 asr) bwlib, unda Eronning Sosoniylar davridagi davlat 
tuzulishi va uning ijtimoiy h’aёti h’aqida qimmatli malumot bor. Asarning faqat 
ayrim qismlarigina saqlangan. Mitropolit İshobaxt qilgan surёniycha tarjima (U111 
                                                 
13
 Е.Э.Бертельс. История персидско-таджикской литературы.- Москва. 1960. С. 52.
 

 
29
asr) saqlangan). İnglizcha tarjimasi S.Y.Bulsara tomonidan chop etilgan (Bombay, 
1937 y.). 
 
Geografik asarlardan “Shah’ristonh’oyi Eron” (“Eron  shah’arlari h’aqida 
risola”) Eronning Sosoniylar davridagi geografik h’olati va ularning bunёd etilishi 
h’aqida malumot beradi. “Ajoyib as-Sakiston” (“Sakiston viloyatining 
ajoyibotlari” nomli asar Eronning kwh’na viloyatlaridan Sakiston (Seiston)ga 
bag’ishlangan. Bu ikkala asar h’am pah’laviy tilida, U111 asrning ikkinchi 
yarmida  ёzilgan. “Shah’ristonh’oyi Eron”ning matni va qisqacha inglizcha 
tarjimasi J.Asana h’amda Modi tomonidan 1897 va 1899 yillari Bombayda chlp 
etilgan. 
 
Qadimgi Eronning ijtimoiy-siёsiy h’aёtiga oid ayrim malumotlarni 
“Kornomayi Artashir Papakan” (“Artashir Papakanning ishlari h’aqida qissa”), 
“Mazdak namak” (“Mazdak h’aqida qissa”), “Ayatkari zariran” (“Zarira h’aqida 
rivoyat”), “Podshoh’ Xusrav va uning mah’rami” kabi tarixiy qissalarda 
uchratamiz. 
 
Sosoniylar lavlati ichki va tashqi siёsati asoslarini wrganishda 
“Andarznoma”(“Nasih’atnoma”) h’amda “Tojnoma” kabi etik - didaktik 
xarakterdagi asarlarning h’am qimmati kattadir. 
 
4.2.1.5. “Shoh’noma” 
Abulqosim Firdavsiy(taxm. 940-1030 yy.) qalamiga mansub “Shoh’noma” 
asari uch qism va 65 ming baytdan iborat doston bwlib, u 976 – 1011 yillar orasida 
ёzilgan. 
Uning birinchi qismi afsonaviy bwlib, “Avesta” materiallariga asoslanib 
ёzilgan va Eron h’amda Turon xalqlarining diniy aqidalari va rivoyatlaridan bah’s 
yuritadi. 
Asarning ikkinchi va uchinchi qismlari muh’im h’isoblanadi. İkkinchi qism 
qah’ramonlik dostoni bwlib, qadimgi Eron podshoh’lari va ular zamonida wtgan 
qah’ramonlar Rustam va Kova siymolari talqin qilingan.  
“Shoh’noma”ning uchinchi qismi tarixiy doston bwlib, unda Eron va 
Turonning zardushtiylikning paydo bwlishidan to arablar istilosigacha bwlgan 
siёsiy h’aёti talqin etilgan. 
“Shoh’noma”ning qwlёzma nusxalari kwp mamlakatlarning 
kutubxonalarida, shuningdek WzR FA Abu Rayh’on Beruniy nomidagi 
Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Asarning twla matni Hindiston (1829 y.), 
Frantsiya (1838-1878 yy.), Olmoniya (1877-1884 yy.), Eron (1934-1936 yy.) va 
Rossiyada (1960-1971 yy.) chop etilgan, rus va wzbek tillariga tarjima qilingan. 
“Shoh’noma” matnini tiklash ustida manbashunoslik tadqiqot ishlarini 
Boysung’ur Mirzo ibn Shoh’ruh’ Hirotda olib borgan. Kwp tarixchilar, xususan 
Muh’ammad Mirxond undan manba sifatida foydalangan. Alisher Navoiy bu 
asarda lof kwpligini qayd etgan.   
 
4.2.2.2.. Qadimgi h’ind manbalari 

 
30
Saklar, massagetlar, toh’arlar va qadimgi Qanh’a xalqi, ularning ijtimoiy-
iqtisodiy h’aёti h’aqidagi qimmatli malumotlarni h’indlarning epik dostoni 
“Mah’abh’arata”da h’am uchratamiz.  
“Mah’abh’arata”(“Bh’arata avlodlari jangnomasi”) sanskrit tilida ёzilgan 
bwlib, 100 ming baytni wz ichiga olgan 18 uitobdan iborat. Afsonaviy shoh’ 
Bh’arataning ikki toifa avlodlari kavravlar va nandavlarning wzaro adovatlari va 
urushlari baёn etiladi. U miloddan avvalgi X-U111 asrlarda yaratilgan. 
Asarda masalan, uzoq Hindistonga, fikrimizcha savdo-sotiq ishlari bilan 
borgan saklar, toh’arlar va qanh’alar h’aqida mana bu muh’im malumot keltirilgan: 
“Uning (podshoh’ Yudh’ishtraning) eshigi oldida boshqa xalqlar bilan birga saklar
toh’arlar va qanh’aliklar h’am navbat kutib turardilar. Paxmoq soqol, peshonalari 
shoh’lar bilan bezatilgan, qwllarida turli-tuman sovg’alar, jun, rangu, ipak va patta 
(oq qayinning bir turi) daraxti tolasidan, shuningdek, kamёb matolardan, paxtadan 
twqilgan gazlamalar, mayin, nafis terilar, uzun va wtkir qilichlar, shamshirlar, 
temir nayzalar, h’ar xil boltalar, ichimliklar, xushbwy narsaoar, turli-tuman 
qimmatbah’o toshlar”
14

 
1.3. 
Qadimgi Yunon va Rim manbalari 
Wzbekistonning qadimgi va antik davrdagi tarixini wrganishda qadimgi 
Yunoniston va Rim tarixchilari h’amda geograf olimlarining asarlari muh’im 
manba bwlib xizmat qiladi. Quyida ulardan ayrimlari h’aqida malumotlarni 
keltiramiz. 
 
4.3.1. XERADOT 
Xeradot (miloddan avvalgi 490-480 yillar wrtasi – 425 y.) – yirik qomusiy 
olim, tarix fanining “ota”si, asli Kichik   Osiёning Galikarnas shah’ridan, 455-447 
yillari Evropa, Osiё va Misr bwylab saёh’at qilgan. 
Xeradot Ellada va Sharq mamlakatlari (Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, 
Elon va Skifiya)ning qadim zamonlardan to miloddan avvalgi 479 yilgacha bwlgan 
ijtimoiy-siёsiy h’aёtidan h’ikoya qiluvchi 9 uitobdan iborat  “Tarix” nomli asari 
bilan shuh’rat topgan. Bu asar umumiy tarix ywnalishida ёzilgan birinchi kitob 
h’isoblanadi. Shu tufayli h’am Xeradot, Tsitseronnning (miloddan avvalgi 106-43 
yy.) swzlari bilan aytganda, tarix fanining “ota”si h’isoblanadi. 
Xeradot garchi wzi baёn etaёtgan voqealar ustida chuqur muloh’aza 
yuritmasa h’am, ularni twg’ri baёn etishi, wzga xalqlar va mamlakatlar tarixiga 
h’urmat nuqtai nazaridan qarashi bilan bazi tarixchilardan ajralib turadi. 
Xeradotning asarida Wzbekistonning qadimiy xalqlari bwlmish agrippiylar, 
issedondar, massagetlar, daylar va saklar h’aqida, ularning turmushi, urf-odatlari 
h’amda qwshni mamlakatlar bilan aloqalari h’aqida qimmatli malumotlarni 
uchratamiz. 
“Tarix”ning Shteyn tarafidan tayёrlangan tanqidiy matni 1869-1871 yillarda 
chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860 yy.) h’amda rus (F.G. 
Mishchenko, Moskva, 1858-1860 yy.) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda 
                                                 
14
 Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари.-Т.: “Ўқитувчи”, 2001, 33-34 бетлар.
 

 
31
asarning mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izoh’lar bilan A.İ.Davatur, 
D.P.Kallistov h’amda İ.A.Shishova  tomonidan yangidan nashr etilgan. 
 
4.3.2. DİODOR 
Diodor (miloddan avvalgi 90-21-yillar) yirik tarixchi olim, asli Sitsiliyaga 
qarashli Argiriya shah’ridan. U  “Tarixiy kutubxona” nomli 40 kitobdan iborat asar 
ёzib qoldirgan. Umumiy tarix ywnalishida ёzilgan bu asar asosan Yunoniston va 
Rimning qadim zamonlaridan to milodning 1 asr wrtalarigacha bwlgan tarixini wz 
ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, Wzbekistonning   qadimiy xalqlari 
skiflar, saklar, massagetlar, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bwlgan 
munosabatlari h’aqida qimmatli malumotlar bor.   
Diodorning mazkur asari kwp jih’atlari bilan kwchirma-kompilyatsiya 
h’isoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, 
kwp h’ollarda baёn etilaёtgan voqealar uzviy bog’lanmay qolgan. Shunga 
qaramay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ah’amiyatga egadir. 
Diodorning asari twla h’olda bizning zamonamizgacha etib kelmagan. 
Uning faqat 15 kitobi - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari h’aqida 
h’ikoya qiluvchi 1-5- kitoblari, Yunoniston h’amda Rimning Yunon-Eron 
urushlari(miloddan avvalgi 500-449 yy.)da to miloddan avvalgi 301 yilshacha 
bwlgan tarixini wz ichiga olgan 11-20- kitoblarigina saqlangan, xalos. 
Bu asar 1774-1775 yillari İ.Alekseev tomonidan olti qismda va 1874-1875 
yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.  
 
4.3.3. POMPEY TROG 
Pompey Trog( milodgacha 1-milodning 1 asrlari wrtasida yashab wtgan) – 
“Filipp tarixi” asari bilan mashh’ur bwlgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu 
asar afsonaviy Assuariya podshoh’lari zamonidan to Rim imperatori Avgust 
(miloddin avvalgi 63 – milodning 14-yili) davrigacha bunёda bwlib wtgan 
voqealarni baёn qiladi, lekin asosiy etibor Yunonistonning makedoniyalik   Filipp 
11 (miloddan avvalgi 359-336-yy.) va İskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy-
siёsiy tarixini baёn etishga qaratilgan. 
Mazkur asarning qimmati shundaki, u bir talay nomalum kitoblarga suyanib 
ёzilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bwlishi va tarixini keng 
ёritib bergan. Muh’imi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-oqibatda 
inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni h’arakatga keltiruvchi kuch urf-
odat va taqlir deb h’isoblagan. 
“Filipp tarixi”da skiflar, Baqtriya, İskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va 
Swg’dda qurilgan shah’ar va katta imoratlar, İskandar Zulqarnayn vafotidan keyin 
yuz bergan voqealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularning urf-odatlari, Parfiya 
podsholigini tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya va Midiyaning wzaro 
munosabatlariga oid muh’im malumotlar mavjud. 
Pompey Trogning bu asari Yustin (11-111 asr) tarafidan qisqartirilib qayta 
ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha etib kelgan va Ruxl tomonidan 1935 
yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy 

 
32
tomonidan “Vestnik drevney istorii” jurnalining 1954 yil 2-4 va 1955 yil 1-
sonlarida bosilgan. 
 
4.3.4. ARRİAN FLAVİY 
Arrian Flaviy (taxminan 95-175-yy.) – yirik yunon ёzuvchisi, tarixchisi va 
geograf olimi, asoi Kichik Osiёning Nikomadiya shah’ridan. U “İskandar h’aqida”, 
“Parfiyaliklar h’aqida”, “Hindiston” va 7 jildlik “İskandarning yurishlari” nomli 
kitoblar muallifidir. 
Wzbekiston va Eronning qadimiy tarixini wrganishda Arrianning 
 
“İskandarning yurishlari” nomli asari muh’im ah’amiyat kasb etadi. Unda 
fotih’ning Wzbekiston, Eron h’ududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik 
yurishlari tarixi batafsil baёn qilingan. 
Asar panegrizm-maddoh’lik ruh’ida ёzilgan – muallif İskandar Zulqarnayn 
va uning faoliyatini kwklarga kwtarib ulug’laydi. U kwpgina qwlёzma manbalar va 
rasmiy h’ujjatlar asosida ёzilgan bwlib, mavzu bwyicha muh’im va asosiy 
manbalardan h’isoblanadi. 
Arrian Flaviyning “İskandarning yurishlari” asari nemis (Myuller, Leyptsig, 
1886 y.) h’amda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 y. va M.E.Sergeenko, M.-L., 1962 
y.) tillarida nashr etilgan. 
 
4.3.5. KVİNT KURTsİY RUF 
Kvint Kurtsiy Ruf (milodning 1 asri) – mashh’ur Rim tarixchisi, İskandar 
Zulqarnaynning Eron, Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan h’arbiy yurishlari 
h’aqida 10 kitobdan iborat “Buyuk İskandar tarixi” nomli asar ёzib qoldirgan. 
Muallif Ptolomey Lag va İskandar Zulqarnaynning safdoshlari Onesikrit va 
Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan. 
Kvint Kurtsiy Rufning asarida Wzbekiston h’ududining İskandar 
Zulqarnayn qwshinlari tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el 
bosqinchilariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen boshliq qwzg’olon keng ёritib 
berilgan.   
“Buyuk İskandar tarixi” 1841 yili Myuttsel, 1867 yili T.Nёldeke va 1885 yili 
Fogel tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov tah’riri ostida 
chop etilgan (M.,1963 y.). 
 
4.3.6. GAY PLİNİY SEKUND 
Gay Pliniy Sekund (24-79 y.) – rimlik mashh’ur ёzuvchi, tarixshunos olim 
va davlat arbobi, 79 yili mashh’ur Vezuviy vulqonining otilib chiqishi natijasida 
yuz bergan umumxalq fojeasi vaqtida h’alok bwlgan. 
Gay Pliniy Sekund – sermaxsul olim, 20 kitobdan iborat “Germanlarning 
urushlari”, ikki jilddan iborat “Pomponiy Sekundning h’aёti” va 37 kitobdan iborat 
“Oddiy tarix” nomli asarlar ёzib qoldirgani malum. 
Pliniyning germanlar tarafidan Reyn va Dunay bwylari mamlakatlarining 
bosib olinishi tarixidan bah’s yurituvchi “Germanlarning urushlari” nomli asari 
bizning davrimizgacha etib kelmagan, lekin u Korneliy Tatsitning (taxminan 56-
117-yy.) “Colnomalar” imperator Oktavian Avgust vafotidan (milodning 14-yili) 

 
33
Neronning h’alok bwlishigacha (milodning 68 yili) bwlib wtgan voqealarni wz 
ichiga oladi h’amda “Germaniya” (unda german va boshqa qabilalarning tarixi 
baёn etilgan) nomli asarlari uchun birinchi manba bwlgan.  
“Pomponiyning h’aёti”da Pliniy sobiq boshlig’i Pomponiy Sekundning 
h’aёti va faoliyati h’aqida h’ikoya qiladi. Bu asar h’am bizning zamonamizgacha 
etib kelmagan. 
“Oddiy tarix” Gay Pliniy Sekundning shoh’ asari h’isoblanadi va unda antik 
dunё tarixi, iqtisodiy ah’voli h’amda madaniyati baёn etilgan. Unda miallifning wz 
manbalariga jiddiy va tanqidiy munosabatda bwlmaganligi, ayrim dalil va 
voqealarni buzib kwrsatilganligi sezilib turadi. Bu kitob antik dunё tarixi bwyicha 
keng malumot beruvchi qomusiy asar sifatida etiborga sazovordir. 
“Oddiy tarix”da Wzbekistonning h’am qadimiy tarixi, unda yashagan 
xalqlar, masalan, skiflar, Oks-Amudarё, Yaksart-Sirdarё va skifcha joy nomlari, 
tabiiy boyliklari, Antioxiya shah’arlarining barpo etilishi h’aqida qimmatli 
malumotlar bor. 
4.3.7. POLİBİY 
Polibiy (miloddan avvalgi 201-120- yy.) – yirik yunon tarixchisi, 40 
kitobdan iborat “Umumiy tarix” asari bilan mashh’ur. Unda Yunoniston, 
Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning 220-146- yillar orasidagi 
ijtimoiy-siёsiy tarixini wz ichiga oladi. Umumiy tarix ywnalishida ёzilgan bu 
asarning katta qismi saqlanmagan, bizgacha faqat 1-5- kitoblargina etib kelgan, 
xalos. 
Polibiyning “Umumiy tarixi” daliliy malumotlarga boyligi, voqealarning 
nisbatan xolisona ёritilishi bilan aloh’ida ah’amiyatga egadir. 
Unda Oks – Amudarё va Yaksart – Sirdarё h’aqida, Antiox 1 ning Baqtriya 
podshoh’i Eftidemga qarshi h’arbiy yurishi h’aqida muh’im malumotlar bor. 
“Umumiy tarix”ning matni 1889-1905 yillar orasida twrt jildda Leyptsigda 
chop etilgan. Uning inglizcha (V.R.Paton, London, 1922-1927; ikkinchi nashri, 
London, 1957-1960) va ruscha (F.G.Mishchenko, 1-3 jildlari. Moskva,1890-1899) 
tarjimalari mavjud. 
Wzyuekistonning qadimiy tarixini wrganishda qadimiy Yunoniston va Rim 
tarixchilarining asarlari benih’oyat qimmatlidir. 
Efor (miloddan avvalgi taxminan 405-330-yillar), Klavdiy Ellian (taxminan 
milodning 170-235-yillari), aleksandriyalik Kliment (milodning 11 asri), Korneliy 
Tatsit (taxminan milodning 56-117-yillari), Ksenefont (taxminan miloddan avvalgi 
430-355-yillar), Plutarx (milodning 46-127-yillari), Polien (milodning 11 asri) va 
boshqalarning asarlari h’am ana shunday qimmatga egadir. 
Geograf olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari h’am zwr ilmiy qiymatga 
egadir.  
4.3.8. STRABON 
Strabon (miloddan avvalgi 63 – milodning 23 y.) qadimgi Yunonistonning 
atoqli geograf olimlaridan, asli amosiyalik (Pont podshoh’larining 
qarorgoh’laridan), nufuzli va badavlat oiladan chiqqan, mashh’ur yunon faylasufi 
Aristotelning (miloddan avvalgi 384-322-yy.) shogirdi, qariyb 80 yil umr kwrgan.  

 
34
Strabonni dunёga tanitgan uning 17 kitobdan iborat “Geografiya” nomli 
asaridir. Asarning 1-2- kitoblari  “Muqaddima” deb ataladi va unda geografiya ilmi 
va uning h’okimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi wrni va roli h’aqida 
gap boradi. Eratosfen, Poseydon va Polibiyning  Er tuzilishi h’aqidagi talimoti 
tanqid qilinadi, Er yuzini tavsiflash h’aqida umumiy tushuncha bkriladi. 
3-10- kitoblarida Evropa mamlakatlarining tavsifiga, shundan 8-10- kitoblar 
Ellada va unga tutash mamlakatlarga bag’ishlangan. 
Asarda Osiё mamlakatlariga katta wrin berilib, ular twg’risida 11-16 
kitoblarda malumot berilgan. 17 kitob Afrika mamlakatlariga bog’ishlangan. 
Strabon Polibiyning “Umimiy tarix”ini davom ettirib, unga miloddan 
avvalgi 146-31- yillar orasida bwlib wtgan voqealarni qwshgan. Afsuski, bu 
muh’im asar bizning zamonimizgacha etib kelmagan, lekin kning ayrim qismlari, 
xususan Wzbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim parchalar olimning 
 
“Geografiya” nomli asariga kirib qolib saqlangan. 
Strabonning “Geografiya”sida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va 
Marg’iёnaning tabiiy h’olati, shah’arlari, qisman ularga borish ywllari, Oxa 
(Harrirud), Oks va Yaksart darёlari h’aqida, Wzbekistonning qadimiy xalqlari – 
saklar, massagetlar, daylar, atasiyalar, toh’arlar h’amda xorazmliklar va ularning 
kelib chiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va etiqodi, shuningdek Parfiya va 
Baqtriyaning miloddan avvalgi 111 asrning birinchi choragidagi ichki ah’voli va 
wzaro munosabatlari h’aqida muh’im va qimmatli malumotlar mavjud. 
Strabrnning ushbu asari 1844 va 1848 yillari Kramer va Myuller tarafidan, 
maxsus xarita va tarh’lar bilan qwshib nashr qilingan. Uning nemischa (Grosskurd, 
Berlin, 1831-1834) h’amda ruscha (F.G.Mishchenko, Moskva, 1879, 
G.A.Stratanovich, Moskva, 1964) tarjimalari h’am mavjud. 
 
 
4.3.9. PTOLOMEY KLAVDİY 
Ptolomey Klavdiy (taxminan 90-160 yy.) – mashh’ur qomusiy olim, 
Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika, 
mexanika) h’amda geografiyaga oid asarlar ёzib qoldirgan. 
Jah’onga mashh’ur “Almagest”- “Al-majastiy” (18 kitobdan iborat, 
astronomiya va trigonometriya ilmlarini wz ichiga oladi), “Optika” (5 kitobdan 
iborat), “Germanlar h’aqida tushuncha” (3 kitobdan iborat) va, nih’oyat, 
“Geografiya” shular jumlasidandir. Lekin olimga shuh’rat keltirgan asarlari 
“Almagest” va “Geografiya”dir. 
“Geografiya”ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog’i uning 24- 
bobi jah’on mamlakatlarini tavsiflashga bag’ishlangan va katta ilmiy qiymatga ega. 
Shunisi muh’imki, asarda shah’arlar, mamlakatlar va ularning koordinatalari 
keltirilgan va unga 27ta xarita ilova qilingan. 
Ptolomeyning “Geografiya”sida Girkaniya, Marg’iёna, Baqtriya, Swg’diёna 
h’amda skiflar mamlakatining geografik h’olati, Baqtriya va Swg’diёnaning 

 
35
mashh’ur shah’arlari, shuningdek wsha mamlakatlar va ular bilan tutash wlkalar va 
ularning ah’olisi h’aqida asl va qimmatli malumotlar keltirilgan
15
.  
Yunon va Rim olimlarining tarix va gkografiyaga oid asarlari malum 
darajada musulmon, shu jumladan yurtimiz olimlari Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, 
Beruniy va boshqalarning ijodiga asos bwlib xizmat qildi. 
 
4.4. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati. 
 
1.  B.A.Axmedov. Wzbekiston tarixi manbalari.-T.: «Wqituvchi». 2001.  
2.  Wzbekiston tarixi. R.X.Murtazaeva taxriri ostida.-T.: 2003.  
3.  Sadullaev A.S. Qadimgi Wzbekiston tarixi manbalardan.-T.: 1996.  
4.  Tolstov S.P. Qadimgi Xorzm madaniyatini gullab.-T.: 1964.  
5.  Beruni. Qadimgi xalqlardan qolgan ёdgorliklar.  
6.  Rtveladze E.V. Velikiy shelkovıy put.-T.: 1999.  
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling