Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi buxoro davlat universiteti
Download 0.59 Mb.
|
MD.Husenova Maxliyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB. Fizika darslarida oquvchilarning intellektual qobilyatlarini rivojlantirish 3.1. Fizika darslarida nutqni rivojlantirish
II bob xulosasi
Fanga chuqur va mustahkam qiziqish uyg'otish uchun o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini va diqqatni faollashtiruvchi, ilmiy-texnika revolyutsiyasi sharoitida bilimning ahamiyatini tushunishga yordam beruvchi usullarni qollaydi. Oquvchilarning fanga qiziqishlarini tarbiyalash ko'pgina texnik masalalarni hal qilishlariga yordam beradi. faoliyati, uning shaxsiy sifati va oquvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil qila olishidir. Dunyoni bilish va inson qobiliyatlarini rivojlantirish faqat uning individual mustaqil va faol bilish faoliyati jarayonida sodir bo'ladi. Shuning uchun fizik hodisalarni kuzatish bo'yicha barcha tajribalar, jismlarning fizik xossalarini o'rganish bo'yicha tajribalar, o'quvchilar mustaqil bajarishlari mumkin bo'lgan va xavfsiz bo'lgan gipotezalarni tekshirish, talabalarga mustaqil ravishda bajarishni taklif qilish mumkin. Fizikani muvaffaqiyatli o'rganishga atrofdagi dunyo ob'ektlari bilan mustaqil o'zaro ta'sir qilish, tajriba o'tkazish va natijalarni muhokama qilishda bahslarda ishtirok etish yordam beradi. Fizika darslarida muammoli oqitish usulini organishga faol yondashish bilan uygunlashtirishning eng samarali usuli oquvchilarga mustaqil eksperimental topshiriqlarni taklif qilishdir. III BOB. Fizika darslarida oquvchilarning intellektual qobilyatlarini rivojlantirish 3.1. Fizika darslarida nutqni rivojlantirish Oquvchilarga ilmiy bilimlar berish bilan birga ularni amaliy xarakterdagi mahorat va malaka bilan ham qurollantirib borish lozim. U yoki bu amalni bajarish mahoratini shakllantirish uchun avval oqituvchining ozi o'sha amalni tahlil qilishi va u qanday elementlardan tashkil topishini aniq tasavvur qilmogi lozim. Amalni bajarish elementlarini aniqlagandan keyin uni bajarish ketma-ketligini tuzib, keyin sodda amallarni bajarish malakasini hosil qilishga oid mashqlar bajariladi. Bu qilinadigan ishlarda asosan maxsus tanlangan murakkab topshiriqlar (amallar) bajariladi. Ilmiy bilimlarning tuzilma elementlarini aniqlab, ulardan har birining ozlashtirilishiga bolgan umumiy talablar o'rganilib, ular reja asosida plakat yoki kartochkaga ydzib qoyiladi. Oquvchilar ana shu rejaga kora amallami bajarib boradilar. M.: hodisani organish rejasi taxminan quyidagicha: Hodisani boshqa shunga oxshash hodisalardan ajratish mumkin bolgan tashqi belgilarni aniqlash. Hodisaning sodir bolish sharoitini aniqlash. Laboratoriya sharoitida hodisani kuzatish (agar uni baja rish mumkin bolsa). Hodisani boshqa hodisalar bilan bog'lanishini o'rganish. Hozirgi zamon ilmiy nazariyalar asosida hodisaning tabiatini va uning sodirbolish mexanizmini tushuntirish. Hodisaning miqdoriy tavsifini, uni ifodalovchi fizik kattaliklarni, hamda ular orasidagi bog'lanishlarni aniq- lash. Hodisaning amaliyotda qollanishlari bilan tanishish. Hodisani uy sharoitida va tabiatda kuzatish (agar bunga imkon bolsa) va kuzatish olib borilgan sharoitini tasvirlash. Hodisaning zararli tomonlari va uning oldini olish yollari bilan tanishish. Bu reja hamma hodisalarni o'rganish uchun umumiydir. Fizik tajribalami bajarishda umumlashgan faoliyat quyidagicha: Tajribaning maqsadini aniqlash. Tajriba asosida yechilishi mumkin bolgan muammoni ta'riflash. Tajribani bajarish uchun zarur bo'lgan sharoitni aniqlash. Bu sharoitni qanday vositalar yordamida vujudga keltirish mumkinligini va unga qanday asboblar, materiallar zarurligini oylab topish. Ish stolida tajribani otkazish uchun zarur bo'lgan hamma asboblar borligini tekshirish. Uy sharoitida tajriba o'tkazish uchun zarur bolgan asboblarni mustaqil ravishda topish. Tajriba qurilmasini yig'ish. Tajribani bajarish tartibini o'ylab topish, qanday o'lchashlarni bajarish kerakligi va uning ketma-ketligini aniqlash. Kuzatilgan hodisaning va olchashlar natijasini yozishning eng ratsional usulini aniqlash. Olchashlar olib borish va olingan natijalarni tanlangan usulda yozib borish. O'lchash natijalarini matematik hisoblash va xulosani tariflash. Mahoratning umumiy mezonlari quyidagilardir: Amallarni bajarish ketma-ketligining ratsionalligi. Bajariladigan amallarning toIiqligi. Amalni tola tushunib yetish. Mahoratning umumlashganligi. Oquv predmetlari sikli uchun umumiy bolgan bilish va amaliy mahoratni shakllantirishda predmetlararo bog'lanish muhim rol o'ynaydi. ILMIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH Fizika oqitish jarayonida oquvchilarning ham nazariy, ham amaliy fikrlashlarini tarbiyalab va rivojlantirib borish zarur. Ilmiy fikr yuritishda quyidagilar harakterlidir: Tadqiqot ishining maqsadini aniq ta'riflash. Ozida yangi goyalarga ega bolgan awal bajarilgan nazariy va eksperimental tadqiqot ishiga suyangan holda gipotezaishlab chiqish. Tadqiqot uslubini ishlab chiqish. Asosiy tadqiqot bosqichlarini aniqlash. Ishlab chiqilgan uslub va rejaga asosan shaxsiy kuzatish. Olingan natijalarning tahlili. Xulosani tariflash. 0quvchilarning ilmiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishni bir necha yollar bilan amalga oshirish mumkin. Oquv jarayonida oquvchilardan tadqiqot ishining hamma bosqichlarini mustaqil bajarishni talab qilib bolmaydi. Lekin fan tarixida tadqiqot ishlari qanday amalga oshirilgani bilan oquvchilarni tanishtirib borish maqsadga muvofiqdir. M.: yorug'likning tabiatiga bolgan qarashlar orasidagi qarama-qarshiliklar, tolqin va korpuskulyarxossalamingbirligiga qanday yetib kelinganini oquvchilarga tushunarli qilib hikoya qilish lozim. Bu ilmiy fikrlashni rivojlantirishning birinchi yolidir. Ilmiy fikrlashni rivojlantirishning ikkinchi yoIi oquv- chilarni oquv muammolarini hal qilishgajalb etishdir: gipote- zani tariflash, muammoni hal qilish yollarini qidirish, uni hal qilish rejasini tuzish va tadqiqotni hal qilish uslubini ishlab chiqish. Uchinchi yol — kuzatilgan hodisalarni va jismlarning xossalarini tushuntirishga ideal modellar bilan ishlashga, hodisalar orasidagi boglanishlarni aniqlashga oquvchilarni jalb qilishdan iborat. Tortinchi yol — oquvchilarda induksiya va deduksiya asosida yakuniy xulosa chiqarish mahoratini orttirib borishdan iboratdir. FIZIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH Fizik bilimlar — tushunchalar, qonunlar, gipotezalar va nazariyalar sistemasidan iborat. Qonunlar, nazariyalar tu- shunchalar orasidagi boglanishlarni ifodalaydi. Tushuncha- lar atrof borliqni organish vositasi sifatida xizmat qiladi. Oqituvchining kop qirrali faoliyatidan biri — o'quvchilarda fizik tushunchalarni shakllantirish katta o'rin egallaydi. Bu eng murakkab ishlardan biri bolib, u falsafa, mantiq, psi- xologiya va pedagogikadan chuqurbilimga ega bolishni talab qiladi. Tushuncha — fikrlashninig asosiy shaklidir. Har qanday fikr tushunchalarda ifodalanadi. Fikrlashning boshqa barcha shakllari — hukm va xulosalar tushunchalardan tarkib topadi. Tushuncha bir vaqtning ozida fikrning ham poydevori, ham choqqisidir, hukm va xulosaning boshlangich materiali va oxirgi natijasidir. Tushuncha soz bilan chambarchas boglangan: u soz bilan ifodalanadi va unda mustahkamlanadi. Soz tushuncha ning moddiy tashuvchisidir. Tushuncha fikrlashning asosiy va oliy shakli bolib, u moddiy dunyoning hodisa va narsalarini umumlashtirish va abstraksiyalash orqali ajratilgan asosiy belgilarini, ularning xossalari va munosabatlarini ongda aks etishini ta'minlaydi. Tushuncha odamning ongida qanday shakllanadi? Fikrlovchi qanday qilib tushunchaga ega boladi? Bu jarayonning mexanizmi, uning yonalishlari va asosiy bosqichlari qanday? Bular oqituvchi uchun birinchi darajali savollar hisoblanadi. Tushuncha kishi ongida birdaniga hosil bolmaydi; individual ongda tushunchaning vujudga kelishi, rivojlanishi uzoq, cheksiz jarayondir; dunyoni bilishning chegarasi bolmagani kabi, uning ham chegarasi yoq. Tushunchalarni shakllantirishda asosiy manba — moddiy dunyodir. Aniq bir jism haqidagi tasavvur kopgina belgilarni oz ichiga oladi. Uni boshqa jism tasavvuri bilan solishtirganda bazi bir belgilar ikkinchi jism tasawurida ham takrorlanadi. Ana shu hamma jismlar uchun umumiy bolgan belgilar asosiy belgilar bolib, ular tushunchalarda mustahkamlanadi. Solishtirish, oxshashliklarini va farqini qidirib topish, xususiylarni tashlab yuborish va umumiylarni ajratish, umumlashtirish va abstraktlash tushunchalarni shakllantirish jarayonining eng sodda va shu bilan birga asosiy fikrlash operatiyalarini (amallarini) tashkil qiladi. Tasavvurlardan tushunchaga otish jarayoni sifat jihatidan ajoyib sakrash bolib, u fikrning tugilishidir. Jismlar haqidagi tasawurlarni solishtirish va taqqoslash orqali jismlarning ajratib olingan eng umumiy xarakterli belgilari soz orqali mustahkamlanadi. Natijada tushunchalar hosil boladi. Tushunchani kiritishning uchta asosiy yoli bolishi mumkin. Hali bola ongida aniq shakllanmagan, lekin uning juda kop shaxsiy tasawurlariga suyangan holda yangi tushunchalar kiritiladi. Masalan, 6-sinfda “Mexanik harakat” tushunchasi kiritiladi. Har bir bolaning ongida ko'plab harakatlar haqidagi tasavvurlar mujassamlashgan (poyezd, samolyot, mashina, qushlar,... harakati). Oqituvchining vazifasi bu tasavvurlarni oquvchi ongida yangilashdan iborat. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: awal oquvchilardan har xil jismlarning harakatiga misollar keltirishni soraymiz. Ular koplab misollar keltiradilar. Keyin bu harakatlarni tahlil qilishga otamiz. Oquvchilarday bu harakatlar bir biridan nimasi bilan farq qilishini, qanday umumiylik va oxshashlik borligini so'raymiz. Qoshimcha savollar yordamidajismlarning harakatidagi farqlar aniqlanadi: tezliklarning turlicha ekani, yol uzunliklari, harakat vaqti, yonalishi kabilarning har xilligi aniqlanadi. Faqat bitta umumiy omil (belgi) qoladi: kochishi, ornining ozgarishi, jismning fazodagi holati. Shu yol bilan oquvchilar mexanik harakat mazmunini tushunib oladilar. Bu tushunchani egallashning boshlangich pogonasidir. Oquvchi tasavvurga ega bolmagan yangi tushunchani kiritishda oqituvchi tajribalarni ko'rsatishdan boshlaydi va unga asoslangan holda tushunchani shakllantirishga kirishadi. Oquvchilar ba'zi bir hodisa yoki tushuncha haqida notogri tasawurlarga ega bolishlari mumkin (juda kam uchraydi). Bunday tushunchalarni togri shakllantirish oqituvchi uchun anchagina murakkab ishdir. Uni tajriba va koplab kuzatishlarning natijalaridan dalillar keltirib amalga oshiriladi (masalan, chaqmoq, momaqaldiroq haqidagi oquvchilarning tasawurlari). Korib otilgan uchta yol tushunchani shakllantirishning birinchi bosqichi hisoblanib, u oquvchilarning tasawurlariga asoslangan holda kiritiladi. Shu bilan tushunchani shakllantirish tugamaydi, uning ikkinchi bosqichiga otiladi, yani bunday tushuncha chuqurlashtiriladi va rivojlantiriladi, tariflanadi, boshqa tushunchalar bilan bog'lanishlari korib otiladi. Endi tushunchani hosil qilish va rivojlantirishda muhokama qilish yoli qanday bolishini korib chiqaylik. Mexanik harakatni organayotganda oquvchilar turli misollarni aytish bilan birga biri (masalan, samolyot) ikkinchisidan (qushdan) tezroq uchishini, yonalishlari turlicha bolishi mumkinligini va bosib otgan yollari ham har xil bo'lishi haqida fikrlar beradilar. Bu muhokama orqali harakat fizik hodisa ekani va uning asosiy belgilari bolmish tezlik, yonalishi, bosib otilgan yol haqida ma'lumotlar ' olinadi. Biror hodisa yoki jism haqida mulohaza yuritish (muhokama qilish) bu haqdagi tushunchaning tugilishidir, yani muhokamani tushuncha hosil bolayotgan jarayon deb qarashimiz mumkin. Bir necha tushunchalardan yana muhokama qilish orqali yangi tushunchalar kelib chiqadi. Xulosa bu muhokamalar sistemasidan iborat bolib, muhokamalar xulosa chiqarish orqali tushunchaga aylanadi. Demak, muhokama tushuncha rasmidagi bir yangi chiziq bolsa, xulosa keraksiz chiziqlarni chiqarib tashlab, keraklilarini kuchaytiruvchi oziga xos birochirgich rolini oynaydi. Shunday oxshatish qilish mumkin: muhokama — amal bajarish, xulosa qilish — mahorat, tushuncha — fikrlash malakasi. Insonning amaliy faoliyati (uning asosiy qismi malaka) ham, fikrlash faoliyati (uning asosiy qismi tushuncha) ham, eng avvalo, miyaning ishidir, aniqrogi, oliy nerv faoliyatidir. Demak, muhokama — xulosa, tushuncha — fikrlash hola- ti, uning harakat paytidir. Ular fikrlash shakllarini tashkil qiladi, mazmunning rivojlanib borishi bilan biri ikkinchisini almashtirib boradi. Hodisani muhokama qilish orqali xulosa chiqariladi, xulosa esa tushunchada mujassamlashadi. Tushunchani shakllantirishda oquvchilarning bu haqdagi tasavvurlaridan keng foydalanishning ahamiyati kattadir. Ularning organilayotgan predmet, hodisa haqidagi tasavvurlarini yoki ularda aniq tasavvur hosil qilib, uni muhokama qilishlarini, savollar qoyish orqali kuchaytirib, tezlashtirib boramiz, togri xulosa qilishlariga yordam beramiz. Oquvchilarning bu mustaqil muhokama va xulosa qilishlari tushunchalami shakllantirishdagi muhim bosqichdir. Bu bosqichni chetlab otib bolmaydi. 0quvchi tushuncha haqida shaxsiy fikr yuritib, qancha kop muhokama qilsa, uning ongida tushunchaning maz- muni shuncha boy va tola bo'ladi. 0quvchi ongida tushunchani shakllantirishda oqituvchi uchun eng murakkab narsa bu tushunchani ta'riflashga otishdagi muhokama va xulosa chiqarish yonalishi va yolini oldindan korish va uni rejalashtirishdir. Bu tushunchani shakl lantirishning navbatdagi bosqichidir. Moddiy dunyoning turli-tuman predmet va hodisalarini organish jarayonida inson ularning mohiyatiga kira borib, tushunchalar hosil qilib, ishni uni ta'riflashdan boshlamay- di. U koplab kuzatishlarni, umumlashtirishni, qo'shish va tasavvurlarni abstraksiyalash orqali, muhokama va xulosalarning uzun qatori orqali tushunchaning ta'rifiga keladi. Oqitish jarayonida ham o'quvchilarni asosiy tushunchalarga shunday olib kelish kerakki, ta'rifning tuzilishi, bir tomondan korilgan fikrlash amallari (hodisa va predmet haqidagi tasavvurlarni umumlashtirish, muhokama va xulosalar) bilan tayyorlangan bolishi, boshqa tomondan esa hodisa va predmetni tolaroq va har tomonlama organishga, u haqdagi tushunchani boyitishga yol ochib berishi lozim. Shuni ham aytish kerakki, tushunchaning turli tomonlarini ifodalovchi bir necha tarifini ham berish mumkin. Masalan, kuchni tezlanish beruvchi sabab sifatida va deformatsiyalovchi sabab sifatida tariflash mumkin. Har ikkala tarif ham togridir, chunki ikkalasi ham kuchning xususiyatlarini ifodalaydi (dinamik va statik royobga chiqishini). Bazi bir tushunchalarning togri va notogri ta'riflari bolib, ularni oqituvchi qorqmasdan aytishi va bunday qarashlar orasida tortishuvlar bolgani, shu asosda fanning rivoj lanish tarixi korsatib boriladi. Fanlaming rivojlanish tarixini o'rganish oquvchilarga bizning bilimimiz nisbiyligi va ularning hodisa va predmetlarning mohiyatini (tabiatini) tolaroq va aniq ochib borishdagi harakatining absolyutligini tushinishlariga imkon beradi. Masalan, oqituvchi atomni ”bolinmas“ ligidan boshlab yadro modeliga va undan kvant mexanikasi qonuniyatlariga olib kelish orqali bir tomondan “atom” tushunchasini shakllantirsa, ikkinchi tomondan oquvchilar oldida inson fikrining qudrati- ni va uning ilgarilanma harakat qonunlarini namoyon qiladi. Oquvchilarning notogri tasavvurlarini ikki guruhga bolish mumkin. Birinchi guruh notogri tasavvurlar shundayki, unda o'quvchi faktlarni kuzatish orqali notogri umumlashtirishlar qiladi. Masalan, suv doim 100°C da qaynaydi degan xulosaga keladi. Ikkinchi guruh notogri tasavvurlar shundayki, unda oquvchilar bazi faktlarni mustaqil ravishda tushunib yetmaydilar. Masalan, ular o'zgarmas kuch ta'sirida jism tekis harakat qiladi deb ishqalanish kuchini e'tibordan chetda qoldiradilar. Notogri tasavvurlarni tushuntirish uchun ularni ilmiy tasavvurlar bilan solishtirib muammoli vaziyat hosil qilish va ilmiy tasavvurlarning togri ekanini korsatish eng yaxshi samarali uslubdir. Masalan, tashqi bosimni pasaytirsak, suyuqlikning qaynash haroratining pasayishini tajribada osongina korsata olamiz. Tushunchalar harakatchandir. Fanning rivojlanishi va bilimlarning chuqurlashishi natijasida bazi tushunchalar aniqlashadi, yuqoriroq abstrakt darajaga kotariladi (masalan, massa, yadro strukturasi,...), ba'zi tushunchalar esa yoqoladi (teplorod, magnit massasi,...), lekin uiarga bogliq bolgan atamalar qoladi (issiqlik sigimi, magnit qutblari,...). Bu oqituvchidan atamalarni va fizik kattaliklarning birliklari nomini tushuntirishda maxsus e'tiborni talab qiladi. Togri tashkil etilgan dars oz samarasini beradi, albatta. Ammo har bir bosqichda qollaniladigan metodlarni chuqurroq organmay turib, dars samaradorligini oshirib bolmaydi. Talim standartlari va meyorlari va ananaviy ravishda talim natijalarini baholash uchun foydalaniladi. Oquvchining natijalari standartga qanchalik yaqin bolsa, uning oquv faoliyati shunchalik yuqori baholanadi. Oquvchi tomonidan haqiqiy egallangan va yaratilgan bilimlar hajmi tola darajada nazorat qilinmaydi, chunki oquvchilarning standart doirasidan tashqaridagi shaxsiy bilim yoki boshqa natijalari ananaviy maktab nazaridan chetda qolib keladi. Ijodkorlikda oquv natijalarini baholashga yondashuv ozgacha. Tashqi berilgan natijalarga erishilganlik darajasi emas, balki kopincha undan chetga chiqishlar tekshiriladi. Ijodkorlikni baholashda oquvchilar talimiy natijalarining asosiy parametri- standartlarning minimum talablariga mos kelishi emas balki oquvchining shaxsan talimiy osish darajasidir. Ananaviy talimda oquvchi talim mazmunini saralashda amalda ishtirok etmaydi. Ijodkorlik faoliyatida esa talimda oquvchi talimiy samarasi talimning yangi mazmunini saralashda ishtirok etadi; bilimning hajmi,malakasi, faoliyat turlari hamda oquvchining foydalaniladigan usullari cheklanmagan boladi. Oquvchilarga beriladigan talim standarti kopincha oquvchi shaxsiga, uning haqiqiy talimiy faoliyatiga bogliq bolmagan materiallarni ham vujudga keltiradiki, bu tayyor insholar, referatlar va boshqa yozma manbalarning paydo bolishiga olib keldi. Talim mahsulining bunday turini talimning maktab tizimi taqozo qiladi. Kompyuter texnologiyasi bu jarayonn i yanada qulay va variativ qilib qoymoqda. Tayyor kontrol ishlar, referatlar hamda shu kabi internet tarmogiga joylashtirilgan materiallarning muttasil kopayib borayotgan toplamlari oquvchilarga tayyorgarlik kormay hamda zarur ishlarni bajarmay turib imtihonlar topshirishlarini osonlashtirmoqda. Talim standartlarini tuzishda ijodiy yondashuv kurs yoki mavzuning organish natijasi sifatida tayyor fan mazmunini bermaydi, biroq oquvchidan yangi mazmunni, yani uning shaxsan talimiy osishini talab qiladi. Darslarda aqliy yukning ko'payishi sizni o'quvchilar o'rganilayotgan mavzuga bo'lgan qiziqishini, dars davomida ularning faolligini qanday saqlab qolish haqida o'ylashga majbur qiladi. Tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantirish va axborot jamiyatining shaxsini tayyorlash maqsadida men so'nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanmoqdaman. Agar o'quv jarayoni AKTdan foydalanish asosida qurilgan bo'lsa, bu quyidagilarga imkon beradi: o'quvchilar faoliyatini izlanish, bilimlarni kashf etish, mustaqillikni rivojlantirish asosida tashkil etish, bu esa fanlarni o'qitish sifatini oshirishga olib keladi. So'nggi o'n yillikda ta'lim bo'yicha tahlilchilar "sifat" so'zini boshqa so'zlarga qaraganda ko'proq takrorladilar. Ta'lim muassasalarida ta'limning asosiy qadriyatlari va ideallarini: haqiqatni bemalol qidirish va bilimlarni beg'araz ravishda tarqatish uchun sifat monitoringi zarur. Bilimlarni tizimlashtirishning bir necha turlari mavjud. Eng asosiysi tasniflash - bu tizimlashtirishning bir turi bo'lib, unda ob'ektlar birlashishi ma'lum bir muhim xususiyatlar asosida sodir bo'ladi, bu bizga ob'ektlarni tizimga (umumiy belgilar) va ularning o'ziga xos farqlariga (turlarning xususiyatlariga) birlashtiradigan asosiy, umumiyni ajratib olishga imkon beradi. Tasniflash jarayonida o'rganish ob'ektlari tegishli hodisalarga, umumiy qonuniyatlarga, jarayonlarga asoslangan bo'lishi kerak bo'lgan guruhlarga, bloklarga, modullarga taqsimlanadi. XXI asr bosagasida kompyuterlashtirish yuqori choqqilarni egallagan bir vaqtda, fanlarni kompyuter dasturlari orqali oqitishni davr talab qilmoqda. Oquv jarayoniga kompyuterlashtirish katta jadallik bilan kirib kelmoqda. Kompyuter dasturlari orqali fizik tajribalarni, effektlarni va hodisalarni namoyish qilish mumkin. Kompyuterdan bilim berishda, olgan bilimlarni nazorat qilishda, fizikadan masalalar yechishda va laboratoriyada keng foydalanish mumkin. Ananaviy laboratoriya sharoitida yuqori aniqlikda natija beruvchi qurilmalar bolmaganligi uchun, fizik tajriba va effektlar ogzaki tushuntiriladi, ularni namoyish qilish imkoniyati deyarli yoq. Faqat zamonaviy kompyuterlar orqa- ligina bunday jarayonlarni kuzatish mumkin. Turli xil fizik qonuniyatlarni orgatuvchi, parametrlar ortasidagi boglanishni ornatuvchi, grafiklarni chizuvchi, fizik jarayonlarning tabiatda roy berishiga yaqin tarzda amalga oshiruvchi kompyuter dasturlari keyingi vaqtda koplab tuzilmoqda. Bunday dasturlardan fizika fanini oqitishda ham foydalanib kelinmoqda. Umumiy fizika kursi materiali hajm jihatidan katta. Bu materialning bolimlari boyicha oqitishda kompyuterdan foydalanish afzalroq bolgan materialni tanlab olish lozim. Masalan: fizikaning «atom va yadro fizikasi* bolimining ozidagina olchovi angstrem tartibida bolgan atom va elementar zarralar ortasidagi jarayonlarni, tajribalarni ananaviy laboratoriya sharoitida kuzatib bolmaydi. Chunki odamning korish qobiliyati 10-8 sm olchovdagi nozik majmuani korishga qodir emas. Vaholanki, bu jarayonlarni kompyuterda multiplikatsiya tarzida kuzatish mumkin. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling