Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi buxoro davlat universiteti


Fizika darslarida oquvchilarning shaxsiy amaliy konikmalarni shakllantirish


Download 0.59 Mb.
bet12/15
Sana22.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1646094
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MD.Husenova Maxliyo

3.2. Fizika darslarida oquvchilarning shaxsiy amaliy konikmalarni shakllantirish
Keyingi vaqtda oqitishni yanada takomillashtirish uchun «elektron darslik»lar yaratish yolga qo'yilmoqda. Bundan oqituvchilar yaxshi foydalanishlari mumkin. Bu talaba uchun ham, oqituvchi uchun ham juda qulay bolib, xohlagan mavzuni kompyuter orqali organib, kerakli savollarga javoblar ham olish mumkin. Bu «elektron darslik» larning eng qulay tomoni olisdan turib boshqarishga imkon beradi. Fizika darslarida o'quvchilar ongida dunyoni bilish mum- kinligi va bilish jarayonining dialektik harakteri; dunyoning moddiy birligi materiya va harakatning ajralmas ekanligi; tabi- atdagi hodisalar bir-biriga boglanganligi; moddiy dunyo hos- salarining bitmas-tuganmasligi, bilish jarayonining chegara- siz ekanligi tushuntirib boriladi. Bu esa ularning dunyoqarashlarini togri shakllantirish demakdir.
0quvchilar moddalaming atom va molekulalardan tuzilganligini o'rganish bilan biiga materiyaning ikkinchi korinishi — maydon haqidagi tushuncha bilan ham tanishadilar.
Butun fizika kursi davomida materiya ozaro boglangan ikki korinishda, ya'ni modda va maydon korinishida namoyon bo'lishini korsatib borish lozim. Dunyoning moddiy birligi haqidagi tasavvurlarni oquvchilar ongida togri shakllantirishda modda va maydonning umumiy xossalarini korib chiqish muhim ahamiyatga egadir.
Massa, energiya, impuls, spin tushunchalari ham, «modda» ham «maydon» zarralarini xarakterlaydi.
Korpuskulyar-tolqin dualizmi modda zarralariga ham, maydon zarralariga ham taalluqlidir. Korpuskulyar va tolqin xossalarning birligi hamma elementar zarralarning muhim xarakteristikasidir.
Modda zarralari maydon zarralariga aylanishi kabi maydon zarralari ham modda zarralariga aylanadi.
Har ikkala korinishdagi zarralar barqaror bolishlari ham, qisqa vaqt yashaydigan bolishlari ham mumkin.
Oquvchilar diqqatini modda zarralari maydon yorda- mida turli strukturali sistemalar (atom, molekula, makroqism...) hosil qilishiga qaratilmogi lozim. Modda strukturasini maydonsiz tasavvur qilib bolmaydi. Zarralar ozaro maydon orqali ta'sirlashadi.
Oqituvchi fizika darslarida turli harakatlarni sekin-asta orgatib borishi orqali oquvchilami harakat materiyaning ajralmas xossasi ekanligini tushunishlariga olib keladi.
Maktabda avval oquvchilar mexanik harakat bilan, keyin molekular harakat va elektronlar harakati bilan tanishadilar. Elektromagnit induksiya hodisasini organish vaqtida mexanik harakat (otkazgichning magnit maydondagi harakati) bilan elektronlar harakati orasidagi boglanishga va elektromagnit maydonning hosil bolishiga oquvchilar diqqatini jalb qilmoq lozim.
Harakatning yoqolmasligi energiyaning saqlanish va aylanish qonunida oz ifodasini topadi. Energiya haqidagi boshlangich tushunchalar 6-sinfda beriladi. Elektr hodisalarini o'rganish jarayonida o'quvchilar uchun yangi bolgan harakatning va unga mos energiyaning aylanishi togrisidagi tushunchalar korib chiqiladi. Bu yerda harakatning (energiyaning) yangi korinishlarga otishiga ahamiyat berish lozim.
Fizika oqitish jarayonida oquvchilarga hodisalarning ozaro bogliqligi, ularning sodir bo'lish sabablari va rivojlanish qonuniyatlari tushuntirib boriladi. M.: deformatsiyaning sababi jismlarning ozaro ta'siridir. Elektr zaryadining harakati (sabab) magnit maydonini hosil qiladi (oqibat).
Hodisalar orasidagi boglanishlar haqida oquvchilar aniq tasavvur hosil qilishlari uchun ularning diqqati hodisalar orasidagi muhim boglanishlarni qidirib topishga qaratilmog'i lozim. Bunda faqat fizik hodisalargina emas, balki boshqa (biologik, kimyoviy...) hodisalar bilan ham bog'lanishlarni korsatish imkoniyati ortib boradi. M.: elektr maydonining (sabab) o'simlikning rivojlanishini yaxshilashi (oqibat).
Tabiatda miqdor ozgarishlari sifat ozgarishlariga olib kelishini oquvchilar ongida shakllantirib borish katta ahamiyatga ega. Bu moddaning bir agregat holatdan ikkinchisiga otishini tushuntirishda korsatib otiladi. U jism ichki energiyasining ozgarishi va molekulalaming ozaro ta'siriga asosan tushuntiriladi.
Fizika kursini organib borish davomida qarama-qarshiliklar kurashi, birligi qonuni ham oquvchilar ongida shakllanib boradi. M.: yoruglik va moddaning korpuskulyar to'lqin tabiati va uning birligini tushuntirish.
llmiy dunyoqarashni shakllantirishda fizika qonunlarining obyektiv xarakterini ochib borish, tabiat hodisalarini bilish mumkinligini korsatib borish katta ahamiyatga ega. Chunki fan qonunlari tabiat qonunlarining akslanishidir. Shuning uchun har bir qonunni o'tishda uni tajribada korsatish va qollanilishi bilan tanishtirib borish lozim. Bazi hollarda qonunlar tajribaga asosan ta'riflanadi. (M: Arximed kuchi, Om qonuni va h.k.). Bazi hollarda xulosalarning togriligini tasdiqlash uchun tajribadan foydalaniladi.
Butun fizika kursi davomida oquvchilar dunyoni bilish mumkinligiga ishonch hosil qilib borishlari lozim. Fan va texnikaning rivojlanishi natijasida tabiatning hali organilmagan va hayolga ham kelmaydigan sirlarining ochib borilishini korsatish muhim ahamiyatga ega. M.: atom tuzilishini va koinotni organishni.
Fizika kursini izchil organish orqali oquvchilar dunyoni bilish mumkinligiga, dunyoning hozirgi zamon fizik manzarasiga ishonch hosil qilib boradilar. Ular dialektik usuini amaliyotga qollash malakasiga ham ega bolib boradilar, chunki fizika fani rivojlanishining ozi dialektik yoldir.
Ijodiy qobiliyat - bu insonning turli xil ijodiy faoliyatni bajarish muvaffaqiyatini belgilaydigan fazilatlarining individual xususiyatlari.
Ijodkorlik ko'plab fazilatlarning birlashishi. Inson ijodining tarkibiy qismlari haqidagi savol hozirgi kunga qadar ochiq bo'lib qolmoqda; hozirgi vaqtda ushbu muammoga oid bir nechta farazlar mavjud. 0qitish jarayonida mantiqiy fikrlash uslublari kcng qollaniladi. Mantiqiy fikrlash uslublari induksiya va deduksiya, abstraksiya va umumlashtirish; tahlil va sintcz, analogiya (oxshatish), modellashtirishdan iboratdir.
«lnduktiv xulosa chiqarish — shunday xulosa chiqarishki, uning natijasida malum bir sinfning ayrim predmellari bilimlari asosida sinfning hamma predmetlarining bilimi togrisida umumiy xulosalar hosil boladi».
Tushuntirishning induktiv usulini qollashda oqituvchi tajriba natijalarini korsatish va tahlil qilish asosida oquvchilarni yangi bilimlar olishga olib keladi. Masalan, richagning muvozanat shartini tushuntirishda o'qituvchi «kuch yelkasi» tushunchasini kiritadi, shundan keyin esa richagga turli kuchlar qoyish bilan yuk ta'sirini muvozanatlash mumkin bolgan tajribani ko'rsatadi (bunda katta kuch kichik yelkaga, kichik kuch katta yelkaga ega boladi). Tajriba natijalarini yozib olib (kuchlar va ularning yelkalarini), oqituvchi tajriba malumotlarini tahlil qilish asosida richagning muvozanat shartini (induktiv) keltirib chiqaradi. Kuch va yelkalarni ozgartirish natijasida yana muvozanat holatini hosil qilib, yuqoridagi natijalarning togriligini korsatib otamiz. Nazariy izlanishlarda mantiqiy xulosa qilishning asosiy turi deduksiya hisoblanadi. «Deduksiya fikrlashning shunday shakliki, bunda yangi fikr sof mantiqiy yol bilan (ya'ni mantiq qoidasi boyicha) fikr hukmlarning ayrim malumotlaridan kelib chiqadi» 
Ijodkorlik muammosini taniqli rus tadqiqotchisi A.N. Piyoz taniqli olimlar, ixtirochilar, rassomlar va musiqachilarning tarjimai hollari asosida quyidagi ijodiy qobiliyatlarni ajratib turadi: Xayol insonning zaruriy qobiliyatidir va boshlang'ich maktab yoshida tasavvur qilish qobiliyati rivojlanish nuqtai nazaridan alohida gamxo'rlikka muhtoj, chunki bu yoshda u ayniqsa intensiv rivojlanadi. Kelajakda ushbu funktsiya faolligining tez pasayishi kuzatiladi. Insonning xayol qilish qobiliyatining pasayishi bilan birga, shaxs kambag'al bo'lib qoladi, ijodiy fikrlash imkoniyatlari pasayadi, san'at va fanga qiziqish yo'qoladi. Masalan; sinfga oqituvchi kirganda hammasi ham osha rejalashtirilganday bolmasligi ham mumkin. Oquvchining fikriga kora oqituvchida yangi goya paydo bolishi mumkin. Misol uchun; namunaviy dars yoki ananaviy darsni kuzatishga kirgan matematika fani oqituvchilari fikr bildirib “Sizlar yaxshi masala echdingiz” deb aytishadi bunda oquvchi faxrlanib shu fanga va oqituvchisiga nisbatan mehri oshadi lekin, manashu fikriga qoshimcha qilib sen bu usulda ishlading bu masalani yana boshqa usullari bor deb korsatsa oquvchi fanga qiziqib ijodiy topilmalarni qidirishga harakat qiladi. Malumki har bir mashq ayniqsa masalalar faol fikrlashni, aniq echimlar izlashni, natijalarni masalaning shartida berilganlar bilan taqqoslash, tekshirish talab qilinsa samara beradi. Oquvchining xotirasini va minimal bilimini oshirishda masalalar echish katta ahamiyatga ega. Talim-tarbiya hamisha takomillashib ozgarib boradigan jarayondir. Dars mavzusini tuzishda har-bir aniq sinf hususiyatidan kelib chiqib oquvchilar individual ishlarini samarali tashkil qilishdir. Oqituvchining otadigan mavzusida aks ettirilgan shu holda samarali boladiki, qachonki bir tomondan oquvchining faoliyatini tashkil qiladi, uni mavzuda belgilangan bilim, malaka, konikma hosil qilishga yonaliriladi ikkinchi tomondan oquvchining fikrini, ijodini yoritib berishga tosqinlik qila olmaydi.
1. Oquvchilarni obrazli fikrlashga undashi;
2. Aniq muammoni burro ifodalashi;
3. Fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim joylariga urgu berib ajratgan holda ifoda etishi;
4 .Xushmuomalali va ziyrak bolishi;
5 .Qoyidagi soz birikmalaridan foydalanishi: «faraz qiling”, “tasavvur eting”, “ijodiy parvoz eting ...” va shu kabilar.
6. Korish kontakti (boglanishi)ni saqlashga harakat qilishi-tinglovchilarga qarashga harakat qilish (har bir qatnashchiga 3 sekunddan);
7. Har bir javob va taklifni doimo ragbatlanirishi maqsadga muvofiq.
Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ijodiy qobiliyatni shakllantirishga, ilmiy-ijodiy izlanishlarga yollaydigan, bilishga oid ilmiy faoliyatni tashkil etish shakl va metodlaridan foydalanish oz samarasini berdi. Bu borada ijodiy faoliyatni rivojlantirish darslariga dialog-darslar munozara, bahs, suhbatlar, fantaziya, izlanish darslari, muammolar qoyish va ularni yechish darslari; ishtirokchilik darslari, modellashtirish, badiiy texnik ijodkorlik, ijod qilish, kichik kashfiyotlar yaratish innovatsion metodlardan foydalanish kabilar eng samarali boldi. talim jarayonida dars shakllarining oyin usullari sifatida oqitishning malum bir paytida otkaziladi.
Sinfdan tashqari ishlar maktabning oquv-tarbiyaviy faoliyatining ajralmas va muhim qismidir. Uning maqsadi fan, texnika, madaniyat sohasida oquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishdan iborat. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarda fizikani organishga qiziqish uyg'otadi, fan va texnikaning yangi yutuqlari bilan tanishtirib boradi, tashabbuskorlikni, mustaqillikni, jamoa- doshlik va ortoqlik hissini, qoyilgan maqsadga erishishdagi qatiylikni tarbiyalaydi.
Sinfdan tashqari ishlar ikki guruhga bolinadi: 1) yaxshi ozlashtirmaydigan oquvchilarga konsultatsiya va qoshimcha mashgulotlar otish, ekskursiyalar tashkil etish; 2) fizika, fizika-texnika togaraklari, fizika kechalari, konferensiyalar, olimpiada va tanlovlar, maktabda fizika haftaligi, devoriy gazetalar chiqarish, korgazmalar tashkil qilish, fizik asboblar tayyorlash va hokazolar. Guruh mashgulotlari togaraklardir. Ommaviy mashg'ulotlar — fizika kechalari, tanlovlar, fizika haftaligi...
To garak — fizika va texnikadan muntazam ravishda otkaziladigan sinfdan tashqari ishlaming asosiy shaklidir. Uni fizika va texnikaga qiziquvchilar uchun tashkil qilinib, mavzusini oquvchilarning moyilligiga qarab uzoq muddatga moljallagan holda tanlanadi. Togarak a'zolari 10 —15 tagacha boladi. Agar xohlovchilar soni kop bolsa, ular guruhlarga bolinadi; bir oyda ikki marta togarak a'zolari bilan, ikki marta guruhdagi oquvchilar bilan mashgulot otkazish maqsadga muvofiq boladi. Mashgulot vaqti 7-sinflarda — 1 soat, yuqori sinflarda 1,5—2 soat, amaliy ishlar 1—3 soat boladi.
Birinchi yigilishda tashkiliy ishlar korilib, togarak sardori saylanadi, asboblarni tarqatib, yigishtirib oluvchi shaxs va redkollegiya tayinlanadi.
7-sinf oquvchilarini fizika-texnika togaragida asosan radiotexnika, elektrotexnika va boshqa texnika asoslari bilan tanishtirish moljal qilinadi. Buning uchun avval murakkab bo'lmagan asboblar yigib, keyin o'rganiladi. Bunday yol 7- sinflar uchun qollanadi.
Oquvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish yo`llari
Oqish darslarida oquvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishga moljallangan turli ijodiy topshiriqlardan foydalanish asosida oquvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritishga zamin hozirlash mumkin. Quyida shunday topshiriqlarni tashkil qilish shakllaridan namunalar keltiramiz:
1. Oquvchilarni ijodiy faollikka chorlash
Oquvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlaydigan okituvchi eng avvalambor oquvchilarda taqdim qilinayotgan oquv materialiga qizxiqtirish uygotish zarur.
2. Keltiriladigan obrazlar, solishtirishlardan unumli foydalanish va ular meyoriga amal qilish
Muammoli talim orqali o`quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish
Oqitishda muammoli talimdan foydalanish ham, ijodiy faoliyatni shakllantirishda samarali hisoblanadi. Oquvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bogliq bolgan talim metodlaridan evristik yoki tadqiqotchilik metodlari bilan birga oquvchilarni ijodiy fikr “laboratoriyasi”ga olib kiradigan jarayon ham asosiy ahamiyatga egadir. Muammoli talim shu jihatdan bir qancha afzalliklarga ega:
U oquvchilarni mantiqiy, ilmiy, didaktik, ijodiy fikrlashga orgatadi.
U oquv materialini ishonarli qiladi, bu bilan bilimlarning etiqodga aylanishiga komaklashadi.
U odatda, ancha tasirchan bolib, chuqur intellektual his-tuygular, shu jumladan kotarinki ruh, hissini oz imkoniyatlari va kuchiga ishonch tuygusini vujudga keltiradi, shuning uchun u oquvchilarni qiziqtiradi, oquvchilarda ilmiy bilishga jiddiy qiziqishni tarkib toptiradi.
Haqiqat qonuniyatining mustaqil “kashf etilishi” olingan bilimlarni unutmasligi aniqlab chiqilgan, mustaqil hosil qilingan bilimlar unutilgan taqdirda ham ularni tezda qayta tiklash mumkin.
Muammoli talimning asosiy maqsadi- Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichi talablari asosida bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, ozlashtirish natijasida bilimlarni amaliyotga tadbiq etilishini kuchaytirishdan iborat.
Demak, muayyan mavzuni muammo shaklida olib chiqish yoli bilan egallanadigan bilim, konikma va malakalar yigindisi muammoli talim deyiladi.
Muammoli talim quyidagilarda korinadi:
Muammo
Muammoli savol
Muammoli vazifa
Muammoli topshiriq
Muammoli vaziyat.
Muammoning ozi yunoncha “problem” sozidan olingan bolib, vazifa, topshiriq degan manolarni anglatadi.
Muammoli vaziyat-subektning psixologik holatini ifodalab, muammo bilan duch kelganda, aqliy qiyinchilikni paydo bolishi zudlik bilan hal qilishiga halaqit beradigan yangi bilim va harakat usullarini izlash, ularni topib hosil bolgan qiyinchiliklarni bartaraf etishni taminlaydi. Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda talimning bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion-qiziqarli tomonlariga ham koproq etibor berilishi lozim. Oquvchilar bilan olib boriladigan ishlarning xarakterli xususiyati ular psixikasining zaif tomonlariga sustlik bilan moslashish emas, balki oquvchilar maksimal darajada faollashishi uchun ularni aqliy rivojlanishiga faol tasir korsatish tamoyili bolmogi kerak. Tarbiyachi va oqituvchilar ayrim bolalar qobiliyati ortacha ekanligi yoki qobiliyatsizligi va hatto mukammal emasligi haqida paydo bolgan tasavvurni sezdirmasliklari lozim. Bunday oquvchilar ozlari tobora tezlashib va murakkablashib borayotgan talim jarayoniga asta-sekinlik bilan moslashib boradilar.
Talimda darsni togri va samarali tashkil etilishi albatta, oquvchilar bilim olishiga tasir etadi. Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda muhim masalalardan yana biri oqituvchining darsning texnologik jihatdan togri loyihalashga borib taqaladi. Interfaol metodlarni qaysi bosqichda qanday qollash darsni loyihalash vaqtidan boshlanadi. Loyihalash quyidagi bosqichlarda amalga oshadi.
I — diqqatni jamlash bosqichi
II- tinglash bosqichi
III- fikrlash bosqichi
Bu bosqichlar interfaol metodlarni togri, oz ornida qollash hamda dars camaradorligini oshirishga yordam beradi.
Diqqatni jamlash bosqichi: bunda oqituvchi bolalarning yangi mavzuga oid dastlabki tushunchalarni aniqlaydi.
Maqsadi:
dastlabki tushunchalar aniq, erkin namoyon qilish;
oz fikrini ifodalay olish;
darsga bolgan qiziqishlarini oshirish kabilardan iborat;
Anglash bosqichi: bunda oqituvchi oquvchilardan olgan dastlabki tushunchalariga qoshimcha talimotlarni jamlab yangi bilim bilan boyitadi. yani oquvchining bilgan va bilmagan malumoti toldiriladi.
Aniqlash bosqichining maqsadi:
-dastlabki tushunchalardan kelib chiqib, oquvchi anglash yangi bilimlar bilan toldirish:
- oquvchilar qiziqishini orttirish;
- tahlil qilishga- taqqoslashga orgatish;
-yangi darsni bayon etish.
Fikrlash bosqichi: bu bosqich darsni mustahkamlash qismiga togri keladi. Unda oquvchilar dastlabki tushuncha va malumotlarni tahlil qilib fikrladilar, bilimlarini mustahkamlaydilar. Oquvchilar otilgan dars, mavzu haqida munosabatlarini bildiradilar.
Togri tashkil etilgan dars oz samarasini beradi, albatta. Ammo har bir bosqichda qollaniladigan metodlarni chuqurroq organmay turib, dars samaradorligini oshirib bolmaydi.
Talim standartlari va meyorlari va ananaviy ravishda talim natijalarini baholash uchun foydalaniladi. Oquvchining natijalari standartga qanchalik yaqin bolsa, uning oquv faoliyati shunchalik yuqori baholanadi. Oquvchi tomonidan haqiqiy egallangan va yaratilgan bilimlar hajmi tola darajada nazorat qilinmaydi, chunki oquvchilarning standart doirasidan tashqaridagi shaxsiy bilim yoki boshqa natijalari ananaviy maktab nazaridan chetda qolib keladi.
Ijodkorlikda oquv natijalarini baholashga yondashuv ozgacha. Tashqi berilgan natijalarga erishilganlik darajasi emas, balki kopincha undan chetga chiqishlar tekshiriladi. Ijodkorlikni baholashda oquvchilar talimiy natijalarining asosiy parametri- standartlarning minimum talablariga mos kelishi emas balki oquvchining shaxsan talimiy osish darajasidir.
Ananaviy talimda oquvchi talim mazmunini saralashda amalda ishtirok etmaydi. Ijodkorlik faoliyatida esa talimda oquvchi talimiy samarasi talimning yangi mazmunini saralashda ishtirok etadi; bilimning hajmi,malakasi, faoliyat turlari hamda oquvchining foydalaniladigan usullari cheklanmagan boladi.
Oquvchilarga beriladigan talim standarti kopincha oquvchi shaxsiga, uning haqiqiy talimiy faoliyatiga bogliq bolmagan materiallarni ham vujudga keltiradiki, bu tayyor insholar, referatlar va boshqa yozma manbalarning paydo bolishiga olib keldi. Talim mahsulining bunday turini talimning maktab tizimi taqozo qiladi. Kompyuter texnologiyasi bu jarayoni yanada qulay va variativ qilib qoymoqda. Tayyor kontrol ishlar, referatlar hamda shu kabi internet tarmogiga joylashtirilgan materiallarning muttasil kopayib borayotgan toplamlari oquvchilarga tayyorgarlik kormay hamda zarur ishlarni bajarmay turib imtihonlar topshirishlarini osonlashtirmoqda.
Talim standartlarini tuzishda ijodiy yondashuv kurs yoki mavzuning organish natijasi sifatida tayyor fan mazmunini bermaydi, biroq oquvchidan yangi mazmunni, yani uning shaxsan talimiy osishini talab qiladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling