1.2. Polisaxaridlar
Polisaxaridlar (poliozlar) tabiiy yukori molekulyar moddalar bulib, tabiatda juda kup tarkalgan, xamda inson va xayvon xayotida muxim rol uynaydi. Masalan, ulardan biri – kraxmal asosiy ozuka modda xisoblansa, oksil esa organizm uchun nixoyatda muxim modda xisoblanadi. Polisaxaridlar yuzlab va minglab monosaxaridlar koldiklaridan tashkil topgan bulib, ular kislotalar yeki ekzimlar ta’sirida gidrolizlanganda monosaxaridlar xosil bulsa, bunday polisaxaridlar gomopolisaxaridlar deyiladi. Ularga kraxmal, sellyulozalar misol bula oladi. Gidrolizlanganda xar xil monosaxaridlar xosil bulsa, bunday polisaxaridlar geteropolisaxarid deb ataladi. Gemitsellyuloza geteropolisaxaridlar jumlasiga kiradi. Polisaxaridlar uziga xos xossalarga ega bulib, mono va oligosaxaridlar xossalaridan fark kiladi. Ularning kupchiligi suvda erimaydi, ba’zilari issik suvda bukib, kolloid eritmalar xosil kiladi. Ular shirin ta’mga ega bulmagan amorf moddalardir. Ularning molekulyar ogirligi 20 000 – 100 000 oraligida.
Do'stlaringiz bilan baham: |