O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

 
11.2.Indekslarning turlari va tasnifi 
Indekslar qanday jarayonni ta`riflashi va vazifalari jihatidan to`rt turga 
bo`linadi: dinamika indekslari, reja (shartnomani) bajarish indekslari, hududiy 
indekslar va xalqaro indekslar. 
Hududiy indekslar turli hududlarga yoki ob`ektlarga tegishli iqtisodiy 
hodisalarning o`zaro nisbatini ko`rsatadi. Ular ayrim viloyat va mintaqalar 
rivojlanish darajasi va ixtisoslashishi, milliy iqtisodiyotga qo`shayotgan hissasi 
kabi muhim masalalarni o`rganishda asosiy qurol hisoblanadi.
Xalqaro indekslar iqtisodiy hodisalarning butun jahon va jo`rofiy 
mintaqalar miqyosida rivojlanish darajasi, mamlakatlar ijtimoiy - iqtisodiy 
taraqqiyot yo`lida erishgan qiyosiy darajalarini tavsiflaydi.
Dinamika, rejani bajarish, hududiy va xalqaro indekslarni hisoblash bir 
qator umumiy va xususiy muammolar bilan bog’liq. Ularni har taraflama 
o`rganish, echish yo`llarini topish va ilmiy asoslash indekslar nazariyasining 
bosh vazifasi hisoblanadi. 
Bu erda ta`kidlab o`tamizki, hududiy va xalqaro indekslarni hisoblash 
uslubiyati hanuzgacha ilmiy jihatdan to`la-to`kis ishlab chiqilmagan. Bu 
boradagi muhim masalalar tortishuv predmeti bo`lib qolmoqda. 
Dinamika indekslarini hisoblash uslubiyati esa ilmiy asosda har taraflama 
ishlangan bo`lib, ular timsolida indekslar nazariyasining xususiyatlari ham 
yaqqol ko`rinadi. Umuman indeks metodining vujudga kelishi ana shu dinamika 


101 
indekslaridan boshlanadi. Bundan buyon indekslar ustida so`z yuritilganda 
dinamika indekslari nazarda tutiladi.
Indekslar murakkab hodisaning ayrim elementlari, ularning bir xil 
to`dalari va umuman murakkab hodisa uchun hisoblanishi mumkin. SHu 
jihatdan ular guruhiy, yakka va umumiy indekslarga bo`linadi.
Qanday ko`rsatkichlar indekslashtirilishiga qarab, iqtisodiy indekslar 
miqdoriy ko`rsatkichlar indeksiga va sifat ko`rsatkichlar indeksiga bo`linadi.
Umumiy indekslar hisoblash usuliga qarab, agregat shakldagi va arifmetik 
o`rtacha, garmonik o`rtacha va geometrik o`rtacha indekslarga, ular esa, o`z 
navbatida, vaznli va vaznsiz indekslarga, vaznli indekslar esa bazis vaznli, joriy 
vaznli, to`plama yoki o`rtacha vaznli indekslarga bo`linadi. Bu indekslar nafaqat 
hisoblash tartibi bilan, balki shu bilan birga mohiyati va qo`llanish shart - 
sharoiti jihatidan bir-biridan farq qiladi. 
Indekslashtirilayotgan hodisa deganda shunday hodisa nazarda tutiladiki
ularning ikki davrga tegishli ko`rsatkichlari taqqoslanadi. Demak, indeksda 
ikkita davr qatnashadi, biri-joriy (hisobot) davr, ikkinchisi o`tgan, bazis davr deb 
ataladi. Joriy davr – bu indekslashtirilayotgan hodisaning solishtirilayotgan 
ko`rsatkichi, bo`linuvchi miqdori tegishli bo`lgan davrdir. Y
«1»
satr osti ishorasi 
bilan belgilanadi. Bazis davr- hodisaning taqqoslash asosi qilib olinayotgan 
zaminiy ko`rsatkichi, bo`linuvchi miqdori tegishli bo`lgan vaqt uzunligi (oralii). 
Y
«0»
satr osti ishorasi bilan belgilanadi. Indekslarni tuzishda miqdoriy 
ko`rsatkichlar inglizcha quantity – miqdor so`zining birinchi harfi «q» orqali, 
sifat ko`rsatkichlarni esa inglizcha price-baho, productivity-mehnat unumdorligi, 
profitability – rentabellik yoki daromadlik darajasi kabi so`zlarning birinchi 
harfi «p» orqali ifodalash halqaro statistika amaliyotida qabul qilingan. Demak, 
«q» – ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot jismoniy hajmini, tashilgan yuk 
miqdorini, chiqarilgan yoki sotib olingan aktsiyalar miqdorini, etishtirilgan yalpi 
hosil hajmi va shu kabi miqdoriy ko`rsatkichlarni bildiradi. «R» esa yuqorida 
sanalganlardan tashqari tannarx, muomala xarajatlari darajasi, savdo 
ustamasining darajasi, xizmatlar uchun tarif (baho), bank foizi, bir ishchining 
nominal ish haqi, valyuta yoki aktsiya kursi va shunga o`xshash sifat 
ko`rsatkichlarni anglatadi. Aniq iqtisodiy indekslarni hisoblayotganda 
indekslashtirilayotgan hodisalarni boshqa harflar bilan ifodalash ma`qul. 
Jumladan, mahsulot tannarxini (inglizcha sost) «s», mahsulotning mehnat 
talabchanligini «t» , bir ishchining ish haqini «x», sotilgan mahsulot bir 
birligidan olingan foydani «

«, mahsulotning foydalilik (tannarxga nisbatan) 
darajasini «f», hosildorlikni «y», ekin maydonni «s», umumiy mehnat sarfini 
«T», asosiy kapitalning umumiy hajmini «F», uning samaradorlik darajasini «f», 
xom-ashyo va material resurslarining umumiy zahirasini «M», ularning 
samaradorligini «m» va h.k orqali belgilash mumkin. 
Yuqorida bayon etilganlarni umumlashtirib iqtisodiy indekslarni 
quyidagicha tasniflash mumkin:


102 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling