O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
-jadval O`zbekiston iste`mol baholari indekslari (2004 y.)
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0,63560 93,6 90,9 97,4 100,1 95,3
- 128,4 125,6 120,4 122,3 123,6
- 11.8. Joriy vaznli agregat indekslar. Paashe indekslari
16-jadval
O`zbekiston iste`mol baholari indekslari (2004 y.) Vazn dekabr 2004 y I Chorak 2004 II Chorak 2004 III Chorak 2004 IV Chorak 2004 2004/2003 d tovarlar jami 0,85544 97,0 94,8 99,4 101,4 98,0 shu jumladan Oziq- ovqat 0,63560 93,6 90,9 97,4 100,1 95,3 Nooziq- ovqat 0,21884 107,3 105,6 105,8 105,6 106,3 Xizmatlar 0,14556 128,4 125,6 120,4 122,3 123,6 ∙ Manba O`zbekiston iqtisodiyoti. Tahliliy sharh. – T.: 2005, 25-b. Bu erda indekslar quyidagi tartibda hisoblangan. Masalan III chorak 2004 y: a) tovarlar guruhi uchun: % 4 , 99 21884 , 0 63560 , 0 21884 , 0 8 , 105 6356 , 0 4 , 97 d d i I p p b) tovar va xizmatlar uchun % 6 , 102 000 , 1 14556 , 0 4 , 120 85544 , 0 4 , 99 d d i I p p Vaznli o`rtacha indekslarni tortilgan garmonik o`rtacha indeks shaklida ham tuzish mumkin: I M M i d i p j j n j p j n j p j n 1 1 1 1 (11.21) Agar vaznlar d M M q p q p j j j 1 1 1 1 joriy davr holatida tuzilgan bo`lsa, u holda sifat ko`rsatkichlar (masalan, baholar) uchun: I M M i q p q p p p q p q p p j j p 1 1 1 1 1 0 1 1 1 0 : 109 Demak, sifat ko`rsatkichlar uchun joriy vaznli garmonik o`rtacha indeks joriy vaznli agregat indeksga teng. Miqdoriy ko`rsatkichlar uchun ham u joriy vaznli agregat indeksga barobar, chunki 1 0 1 1 0 1 1 1 1 1 1 1 : 1 1 p q p q q q p q p q p q I q i p q q (11.22) Vaznli o`rtacha indekslar tortilgan geometrik o`rtacha shaklida ham tuzilishi mumkin W w p p p I ) ( 0 1 (11.23) Vaznli o`rtacha indekslar ichida amalda qo`llanishi jihatidan eng qulayi tortilgan arifmetik indekslardir. Ularning surati ham, maxraji ham iqtisodiy ma`noga, predmetlilik xususiyatiga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu indekslarni keng qo`llanishi ilmiy jihatdan asosli hisoblanadi. 11.7. Bazis vaznli agregat indekslar. Laspeyres indekslari Agregat so`zi lotincha «aggregatus» so`zidan olingan bo`lib, o`zaro biriktirish, birga qo`shish, uzviy birlashtirish degan luaviy mazmunga ega. Demak, agregat ko`rsatkichlar turli xil iqtisodiy ko`rsatkichlarni o`zaro biriktirishdan, uzviy birlashtirishdan tuzilgan umumiy , yima, to`plama ko`rsatkichlardir va ular murakkab hodisalarni miqdor sifat aniqligini o`lchaydi. Ana shunday ko`rsatkichlarni turli davrlar uchun tuzib, ularni o`zaro taqqoslashga asoslangan indekslar agregat indekslar deb ataladi. Ular murakkab iqtisodiy hodisalar o`zgarishini ta`riflaydi. Agregat indekslar tuzishdagi asosi muammo mohiyatan turli xildagi ko`rsatkichlardan umumiy agregat barpo etish uchun ularni vazminlashtirishdan iborat. O`z-o`zidan ravshanki, indekslashtirilayotgan hodisalar mazmunan turli xilda bo`lganligi uchun ularning ko`rsatkichlarini bevosita qo`shib bo`lmaydi. Demak, dastlab ularni bir o`lchovli ko`rinishga keltirish lozim, so`ngra agregat ko`rsatkich hosil qilish mumkin. Buning uchun indeksni hisoblash jarayoniga qo`shimcha ko`rsatkich kiritishimiz kerak, ammo u o`zgarmas miqdor bo`lishi shart. SHu bilan birga u ayrim indekslashtirilayotgan ko`rsatkichlar umumiy agregatda qanday vaznda bo`lishini ham aniqlaydi. SHunday qilib, agregat indeksni umumiy ko`rinishda quyidagicha yozish mumkin: sifat ko`rsatkichlari uchun I q p q p p 1 0 (11.24) miqdoriy ko`rsatkichlar uchun I pq pq q 1 0 (11.25) Vazn vazifasini har doim indekslashtirilayotgan hodisa bilan uzviy bog’langan bir iqtisodiy sharoitda shakllanadigan ko`rsatkich bajaradi. U 110 o`zgarmas miqdor maqomida bo`lishi uchun bazis vaznli agregat indekslarni tuzayotganda bazis davr holatida biriktiriladi: miqdoriy ko`rsatkichlari uchun I p q p q q 0 1 0 0 (11.26) sifat ko`rsatkichlari uchun I q p q p p 0 1 0 0 (11.27) Agregat indekslarda vaznlarni bazis davr holatida olish zarurligini 1871 yilda nemis olimi e. Laspeyres asoslagan. Indekslar nazariyasida ular Laspeyres indekslari deb yuritiladi. 12.1-jadvalga binoan, % 3 , 101 100 378000 382950 25000 100 5700 12 3100 10 50 100 70 80 120 150 1800 50 1350 100 25000 600 5700 12 3100 10 50 140 70 85 120 180 1800 40 1350 120 0 0 1 0 q p q p I q % 7 , 104 100 378000 395800 25000 1000 5700 12 3100 10 50 100 70 80 120 150 1800 50 1350 100 40000 1000 6000 12 3000 10 40 100 60 80 100 150 2000 50 1300 100 0 0 0 1 q p q p I q 11.8. Joriy vaznli agregat indekslar. Paashe indekslari Vaqt o`tgan sari hodisa va jarayonlar kyechish sharoitlarida kuzatiladigan o`zgarishlar to`plana boradi, davrlar orasidagi farqlar kuchayadi, natijada bazis davrning taqqoslamaligi pasayadi. Bu esa Laspeyres indekslariga ham ta`sir etadi. SHuning uchun agregat indekslarning muqobil varianti joriy vaznda tuziladi. Demak, ularda vazn qilib olinadigan ko`rsatkichlar joriy davr holatida qotgan holda qatnashadi: miqdoriy ko`rsatkichlar uchun I p q p q q 1 1 1 0 (11.28) sifat ko`rsatkichlari uchun I q p q p p 1 1 1 0 (11.29) Agregat indekslarni joriy vaznli qilib tuzishni 1874 yilda nemis olimi G.Paashe har taraflama asoslagan. Olim nomini abadiylashtirib, ular Paashe indekslari deb yuritiladi. 12.1 jadvalga ko`ra: % 7 , 98 100 395800 390700 40000 0 , 1 6000 12 3000 10 40 100 60 80 100 150 2000 50 1300 100 40000 6 , 0 6000 12 3000 10 40 140 60 85 100 180 2000 40 1300 120 0 1 1 1 q p q p I q 111 % 0 , 102 100 382950 390700 25000 6 , 0 5700 12 3100 10 50 140 70 85 120 180 1800 40 1350 120 40000 6 , 0 6000 12 3000 10 40 140 60 85 100 180 2000 40 1300 120 0 1 1 1 p q q p I p Qisqacha xulosalar Indeks ko`p qirrali tushunchadir. U turli sohalarda qo`llanib, ma`lum maqsad uchun xizmat qiladi. Statistikada bu atama murakkab solishtirma iqtisodiy ko`rsatkich ma`nosida ishlatiladi. Indeks umumiy ko`rinishda o`rganilayotgan iqtisodiy hodisalarni ikki holatda olib, ularni maxsus yo`l bilan o`lchashdan hosil bo`lgan ko`rsatkichlarni taqqoslash hosilasidir. Hodisalarning ikki holati orasida iqtisodiy jarayon kechadi, rivojlanish yuz beradi. Indekslar ana shu rivojlanish jarayonining me`yori bo`lib xizmat qiladi, ular hodisalarning nisbiy, o`rtacha va mutlaq o`zgarishlarini bir butunlikda ifodalaydi. Qiyoslash uchun hodisalar holatlarini turli jihatdan olib qarash mumkin va natijada rivojlanish jarayonining har xil qirralari oydinlashadi, jumladan ularning vaqt bo`yicha o`zgarishi, ob`ektlar va hududlararo yoki halqaro nisbatlari, reja, shartnoma yoki iqtisodiy normativlarni bajarish darajalari, iqtisodiy tuuilmalardagi ichki siljishlar namoyon bo`ladi. Bu esa indekslarni dinamik, hududiy, halqaro, reja yoki shartnomani bajarish, tuzilmaviy o`zgarishlar indeksi kabi turlarga tasniflash uchun nazariy- uslubiy zamin yaratadi. SHu bilan birga ular boshqa belgilar, masalan, to`plam birliklarini qamrab olish, tuzilish shakli, hisoblash uslubi va hokazolarga qarab ham tasniflanadi. Natijada indekslarning murakkab, ko`p pog’onali turkumlarining oilasi vujudga keladi. Guruhiy indekslar tabiati jihatidan yakka va umumiy indekslar o`rtasida oraliq o`rinni egallaydi. Ayrim bir jinsli tarkibiy unsurlarning o`zgarishini ifodalovchi yakka indekslarga nisbatan ular umumiy indeks xarakteriga ega. Bu holda guruhiy indekslar ushbu unsurlarning o`rtacha o`zgarishini o`lchaydi va ikki shaklda: o`zgaruvchan va o`zgarmas tarkibli indekslar ko`rinishida tuziladi. Umumiy to`plam chegarasida muayyan bir jinsli unsurlar o`zgarishini ifodalovchi indeks sifatida ular yakka indekslar xususiyatiga ega. Bu holda guruhiy indekslar o`rtacha darajalarni bevosita taqqoslashga asoslanadi. Indekslar iqtisodiy mazmun va talqinga ega bo`lishi uchun ularning asosida yotadigan ko`rsatkichlar predmetlik, moddiylik xarakteriga ega bo`lishi kerak. Aks holda ular mavhum, arifmetik son bo`lib qoladi, xolos. Ammo bu asosiy talabni tor chegarada ko`rsatkichlarning bir o`lchamligini yuzaki ta`minlash ma`nosida talqin etish noto`g’ridir. Indekslar real hodisalar o`zgarishini ma`lum sharoitda va jihatdan kerakli aniqlik darajasida ifodalasa, demak ular iqtisodiy mazmunga ega va asosiy talabga javob beradi. Ushbu bobda ko`rib chiqilgan barcha indekslar bu talab - shartni qoniqtiradi. YAkka, vaznsiz va o`zgarmas vaznli umumiy indekslar shaklan nisbiy miqdorlarga ko`proq yaqinlashsa ham, ammo mazmunan ulardan farq qiladi, 112 chunki ular ham nisbiy o`zgarish bilan birgalikda o`rtacha va mutlaq o`zgarishlarni aniqlash imkonini beradi, predmetlik, moddiylik talabiga asoslanadi. SHu bilan birga bu indekslar o`ziga xos xususiyatlarga ega. Vaqt bo`yicha teskarilanish, omillar teskarilanishi, doiraviy aylanma bo`yicha teskarilanish, o`lchov usuliga nisbatan barqarorlik kabi xislatlari bilan ular boshqa indekslar toifasidan ajralib turadi. Bu xususiyatlar o`zgaruvchan bazis yoki joriy vaznli (Laspeyres va Paashe usuli) umumiy indekslar uchun xos emas. SHu sababli indekslarning test nazariyasi vujudga kelib, unga binoan yuqorida ko`rsatilgan xossalar ideal indekslarni tuzishda asosiy mezonlar sifatida qabul qilinishi kerak. Bunday indekslar ushbu nazariya asoschisi Ivring Fisher nomi bilan Fisher indekslari deb ataladi. Ular Laspeyres va Paashe usulida tuzilgan agregat indekslardan hisoblangan geometrik o`rtacha indekslar bo`lib, yuqoridagi xossalarga ega bo`lgan indekslar turkumini to`ldiradi. Umumiy indekslarning asosiy shakli agregat indekslarni hisoblash, sifat ko`rsatkichlar uchun ularni Paashe usulida, ya`ni joriy vazn bilan, miqdoriy ko`rsatkichlar uchun esa Laspeyres usulida(bazis vazn bilan) tuzish haqidagi statistikaga oid darslik va qo`llanmalarda xanuzgacha keng tarib etib kelinayotgan metodologik echim - tavsiya na nazariy va na amaliy jihatdan asosga ega. Har qanday agregat indeks surati yoki maxrajidagi ko`rsatkichlardan biri real, hayotda mavjud bo`lgan iqtisodiy voqeani o`lchovchi ko`rsatkich emas, u ma`lum shart bilan hisoblab topilgan shartli ko`rsatkichdir. Demak, uning predmetligi, moddiyligi, iqtisodiy realligi bu holda shartli tushunchadir. Indeksning iqtisodiy mazmuni qaysi davr ko`rsatkichi vazn qilib olinishi bilan belgilanmaydi. Balki u qanday sharoitda va bog’lanishda, rivojlanish jarayonining qaysi jihatini oydinlashtirishi, o`lchashi bilan indeksning iqtisodiy mohiyati aniqlanadi. Ana shu jihatdan har bir indeks hodisa o`zgarishining asosiy me`yori bo`lib, uning nisbiy, o`rtacha mutlaq miqdorini aniqlash imkonini beradi. SHu bilan birga har bir indeks nazariy va amaliy jihatdan ijobiy tomonlarga ham, kamchiliklarga ham ega. Ideal indekslar yo`q, bo`lishi ham mumkin emas. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling