O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/141
Sana23.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1685834
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   141
Bog'liq
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika


aёllar 
500 000 
01.01.2000 y.ga 
15.01.1970 y.ga 
16-чизма. Ўзбекистон аҳолисининг жинси ва ёш таркиби 


119 
O`zbekiston aholisi tarkibini o`ziga xos xususiyatlari shundan iboratki
unda yoshlar (16 yoshgacha) va pensionerlar (60 yoshdan yuqori) salmog’i 
yuqori. 60 yoshdan so`ng esa umumiy aholi sonida ayollar salmog’i yuqoriroq. 
Aholi sonini yoshi bo`yicha guruhlarga ko`paytirib ham hisoblash 
mumkin. O` holda yoshi kattaligi (V
i
) sifatida yosh intervalining o`rtasi olinadi. 
Masalan, «A» tuman aholisining yoshi bo`yicha soni berilgan. Aholining 
o`rtacha yoshini hisoblash lozim bo`lsin. 
Yoshi, yili 
Aholi soni, 
ming kishi 
Yosh intervalining 
o`rtasi 
Kishi - yosh soni 



4=2x3 
0-4 
5-9 
10-14 
15-19 
20-25 
------ 
100 yosh va 
undan katta 
442,0
401,0 
431,4 
426,8 
451,8 
------ 
0,4 
2,5 
7,5 
12,5 
17,5 
22,5 
------ 
103,5 
1105,0 
3007,5 
5392,5 
7469,0 
10165,5 
41,4 
Jami 
5728,6 

17185,8 
Echim: Jadval ma’lumotlariga qaraganda tuman aholisining o`rtacha 
yoshi teng: 
V=17185,8:5728,6=30,0 yosh 
12.4. Aholining tabiiy harakati statistikasi 
Har qanday hududning aholi soni uning tuzilishi, tug’ilishi, vafot etishi va 
migratsiyasi hisobiga o`zgarib turadi. Aholi sonini tug’ilishlar va vafot etishlar 
hisobiga o`zgarishi aholining tabiiy harakati deb ataladi. 
Aholining tabiiy harakati avvalo mutloq ko`rsatkichlar bilan ifodalanadi: 
tug’ilishlar soni – T, vafot etganlar soni – VE, tabiiy o`sish soni – (T-VE). 
SHular qatoriga nikohdan o`tganlar soni – NO`t va nikohdan o`chganlar soni – 
NO`ch ko`rsatkichlari ham kiradi. 
Aholining tug’ilishi, vafot etishi va tabiiy o`sish darajasi va o`zgarishi 
kishilar 
hayotining 
ijtimoiy-iqtisodiy 
shart-sharoitlariga 
bog’liq. 
Bu 
ko`rsatkichlar avvalo ma’lum davr (masalan, bir yil) uchun mutloq miqdorlarda 
aniqlanadi va shu jarayonlar xaqida ma’lum fikr yuritish imkoniyatini bersa 
xam, lekin ular bunday tabiiy xarakatlarning intensivligi (tezligi) darajasini 
ifodalab bera olmaydi, chunki mamlakatlar aholisi soni xar xil. Masalan, ikkita 
mamlakatning har birida bir yilda 20 mingdan aholi tug’ilgan bo`lib, u 
mamlakatlarning o`rtacha yillik aholi soni birinchisida 40,0 mln, ikkinchisida 60 
mln. kishiga teng. Tug’ilish darajasi qaysi mamlakatda yuqori yoki past ekanini 
aniqlash uchun bu jarayonlarning nisbiy darajalari aniqlanadi. Buning uchun 


120 
tug’ilish, vafot etish va tabiiy o`sish absolyut sonini mamlakatning o`rtacha 
yillik aholi soniga bo`lish kerak. Statistikada bunday ko`rsatkichni har bir ming 
kishiga nisbatan (promilleda) ifodalanadi. 
Aholining 
tabiiy 
xarakatini 
ifodalovchi 
nisbiy 
ko`rsatkichlarga 
quyidagilar kiradi: 
Birinchi guruh - aholi tabiiy harakatining umumiy ko`rsatkichlarini 
aniqlash uchun demografik hodisalar sonini aholining o`rtacha yillik soniga 
bo`lib aniqlanadi. 
1. Tug’ilishning umumiy koeffitsienti ma’lum xududdagi aholining xar 
1000 tasiga nechta tug’ilish to`g’ri kelishini ifodalaydi 
Tug’ilish umumiy K
t
=T x 1000%/Ā; 
«A» shahrining o`rtacha yillik aholi soni 400 ming kishi. 2004 yilda 5,6 
ming kishi tug’ilgan 
Umumiy tug’ilish K
t
=5,6/400 x 1000%=14%
0

Demak, shahardagi har ming kishiga 14 bola tug’ilganini ifodalaydi. Bu 
ko`rsatkichni ham vaqt bo`yicha, ham xududlar bo`yicha solishtirish mumkin. 
2. Vafot etishning umumiy koeffitsienti xar ming kishidan nechtasi vafot 
etganini ifodalaydi. 
Umumiy vafot etish K
t
=VE/Ā x 1000%

«A» shaxrida 2004 yilda 4,0 ming kishi vafot etgan. 
Umumiy vafot etish K
t
=4,0/400x1000%=10%

Demak, shahardagi har ming kishidan 10 tasi vafot etganini ifodalaydi. 
3. Aholining tabiiy o`sish koeffitsienti xar 1000 kishiga to`g’ri kelgan 
tabiiy o`sish darajasini ko`rsatadi. 
Tabiiy o`sish K
t
=T-VE/Ā x 1000% 
«A» shahri uchun tabiiy o`sish koeffitsienti 
Tabiiy o`sish K
t
=5,6-4,0/400 x 1000%=4%
0
yoki 
Tabiiy o`sish K
t
=14-10=4% 
Demak, shahardagi har ming kishiga 4ta tabiiy ko`payish to`g’ri kelgan. 
O`zbekiston mustaqilligi yillarida yangicha demografik holat yuz berdi: 
bular ayniqsa aholi tug’ilishi, tabiiy takror paydo bo`lishi, migratsiya va 
urbonizastiya sohalarida yuz berdi. 
Umuman, o`sish darajasi va aholi sonining mutloq o`sishi ancha pasaydi. 
Keyingi o`n yil ichida (1991-2000 yy.) O`zbekiston aholisi 3,9 mln. 
kishiga ortdi va 25,0 mln. kishini tashkil etdi. O`rtacha har yil aholi 1,8%ga 
ortdi, yoki o`rtacha yillik absolyut o`sish – 390 ming kishini tashkil etdi. 
Avvalgi o`n yillikda (1981-1990 yy.) O`zbekiston aholisi 4,1 mln. kishiga 
yoki har yili 410 ming kishiga ortgan, o`rtacha o`sish tempi 2,5%ni tashkil 
etgan. 
Undan avvalgi o`n yilda (1959-1970 yy.) esa mamlakat aholisi o`rtacha 
3,8%ga ortgan. 
Aholining o`sish tezligining kamayishi asosan migratsiya hisobiga va 
tug’ilishning kamayishi hisobiga amalga oshgan. Qishloqda tug’ilish 25,5%
0
ga 
tenglashib, respublika bo`yicha o`rtacha ko`rsatkichga tenglashib qoldi va yana 
pasayish tendenstiyasiga ega. 


121 
«Ijtimoiy fikr» nomli markaz ma’lumotlariga qaraganda pasayish 2010 
yilgacha davom etadi. 2001-2010 yillar davomida o`rtacha o`sish darajasi 
1,4%ni tashkil etib, 2010 yilda aholi soni – 27,9 mln. kishini tashkil etadi. 
Tug’ilish K
t
-17,6%gacha pasayadi, vafot etish K
t
ortadi. 2010 yildan boshlab 
ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilanishi hisobiga tug’ilish biroz ortadi va 2025 
yilda O`zbekiston aholisi – 34,7 mln. kishiga etadi. 
4. Yashash koeffitsienti tug’ilish va vafot etish orasidagi nisbatni 
ifodalaydi: 
Yashash K
t
=T/VE x 100%
0
; yoki 
Yashash K
t
=Umumiy tug’ilish K
t
/Umumiy vafot etish K
t
Yuqoridagi misolda «A» shaxrida yashash koeffitsienti =1,4 (tug’ilganlar 
soni vafot etganlar sonidan 1,4 marta ko`p)ga teng. 
Nikohdan o`tish va nikohdan o`chish koeffitsientlari ham shularga o`shab 
aniqlanadi. 
Ikkinchi guruh ko`rsatkichlar – maxsus va yakka koeffitsientlar 
demografik jarayonlar sonini o`sha guruh aholi soni bilan solishtiriladi. Bu 
ko`rsatkichlar mamlakatdagi demografik ahvolni keng ma’noda o`rganish 
imkoniyatini beradi. 
1. Tug’ilishning maxsus koeffitsienti yil davomida bola tug’ish yoshidagi 
xar 1000 ayoldan (yosh guruhi 15-49 yosh) qanchasi bola ko`rganini ifodalaydi: 
Maxsus tug’ilish K
t
=T/A
15-49 yosh
x 1000% 
Bunda, A
15-49 yosh
– 15-49 yoshdagi ayollarning o`rtacha yillik soni 
tug’ilishning umumiy va maxsus koeffitsientlari orasida quyidagicha bog’lanish 
mavjud: 
Maxsus tug’ilish K
t
=Umumiy tug’ilish K
t
/d 
Bunda d=A
15-49
/A – 15-49 yilli ayollarning umumiy aholi sonidagi 
salmog’i. 
«A» shahridagi 15-49 yilli ayollarning umumiy aholi sonidagi salmog’i 
24,5% bo`lsa, 
Maxsus tug’ilish K
t
=14%/0,245=57,1%
0
2. Tug’ilish va vafot etishning yosh koeffitsientlari. Masalan, vafot 
etishning yosh koeffitsienti ma’lum yoshdagi kishilarning vafot etish darajasini 
ifodalaydi: 
Vafot etish K
t
=Xyoshda vafot etganlar soni/Ā
x
x 1000% 
Uchinchi guruh - andozaviy koeffitsientlar bo`lib, ular aholini takror 
paydo bo`lishini hududlar bo`yicha yoki bir hududdagi har xil vaqtlar orasidagi 
o`zgarishlarni aniqlash imkoniyatini beradi. 
Ikkita «A» va «V» aholi punktlari bo`yicha 2004 yilda quyidagi 
ma’lumotlar berilgan: 
Yoshi, yil 


Region 
VE 
koeffi-
tsienti 
Ax jamiga 
nisbatan% 
VE koef. 

Ax, jamiga 
nisbatan % 
Ax jamiga 
nisbatan % 
0-30 

60 

30 
42 


122 
30-60 

30 

30 
41 
60-yuqori 
22 
10 
21 
400 
17 
Jami 
5,2 
100 
10,5 
100 
100 
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda vafot etish, koeffitsienti yosh 
kategoriyalari bo`yicha kichik bo`lsa ham, «V» punktda «A» punktiga nisbatan 
yuqori. Bunday holat aholining yosh tarkibi xar xil bo`lganligi sababli sodir 
bo`lgan: «V» punktidagi aholi tarkibi ancha yosh. Tarkib omili ta’sirini 
yo`qotish maqsadida andozaviy ko`rsatkichlarni hisoblaymiz (masalan, region 
bo`yicha olingan aholi tarkibi asosida): 
«A» uchun VE
k
t
=2x42+6x41+22x17/100=7,04%

«V» uchun VE
K
t
=2x42+5x41+21x17/100=6,46%
0
Bu ko`rsatkichlar asosida aytish mumkinki, «A» punktida vafot etish 
koeffitsienti yuqoriroq. 
Shunday qilib, demografik jarayonlarni o`rganish jarayonida faqat 
umumiy ko`rsatkichlardan foydalanish etarli emas. Aholini takror paydo bo`lish 
jarayonini faqat o`zaro bir-biri bilan bog’langan ko`rsatkichlar tizimi to`liq aks 
ettirishi mumkin: umumiy, yakka, maxsus, andozaviy ko`rsatkichlar. 
Sobiq SSSR davlatining parchalanishi va ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar 
natijasida aholining mexanik xarakati faollashib ketdi. Qochoqlar va majburiy 
ko`chishlar soni ortdi. Bular haqidagi ma’lumotlar davlatning migratsiya xizmati 
tomonidan to`planib, Davlat statistika qo`mitasiga beriladi. Qochoqlar va 
majburiy ko`chishlar sonining ortishi qabul qiluvchi tomon uchun qo`shimcha 
tashvishlar yaratadi: ishga joylash, uy-joy bilan ta’minlash, ijtimoiy qo`llab 
quvvatlash, tibbiy yordam ko`rsatish va h.k. 
Aholining tabiiy va mexanik xarakati sababli aholi sonining o`zgarishini 
o`rganish uchun aholining umumiy o`sish koeffitsienti aniqlanadi. Uni bir necha 
usul bilan aniqlash mumkin: 
Umumiy o`sish K
t
=tabiiy o`sish K
t
+Mexanik o`sish K
t

Umumiy o`sish K
t
=(T-VE)+(K-Ch)/Ā x 1000%; 
Umumiy o`sish K
t
=A
1
-A
0
/Ā x 1000% 
«A» shahrida 2004 yil boshida 398 ming kishi yil oxirida esa 402 ming 
kishi mavjud bo`lgan. Yil davomida 3,; ming kishi ko`chib kelib, 1,0 ming kishi 
ko`chib ketgan. 
Mexanik o`sish K
t
=3,;-1,0/400 x 1000%=6%

Umumiy o`sish K
t
=4%+6%=10,0%

Shunday qilib, barcha omillar hisobiga aholining o`sishi 10%
0
ga, shu 
jumladan, mexanik o`sish 6% tashkil etgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling